Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Davlat ekologiya qoʻmitasidan “Ozon qatlami va hayot” nomli ilmiy maqolalar tanlovi; mukofot – noutbuk!

Tanlovda ozon qatlamini muhofaza qilish, sovitish va havoni konditsionerlash sohasi boʻyicha oʻqiyotgan / tadqiqot olib borayotgan bakalavr, magistr va doktorantlar ishtirok etishi mumkin.

Maqolalar ingliz yoki rus tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar: 4 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri noutbuk bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2022-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ozon-qatlami-va-hayot-nomli-ilmiy-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
👍31🔥5
Ariza topshirishda til sertifikati talab etilmaydigan grantlar

Bir qancha dasturlar nomzodlardan ariza topshirish bosqichida til sertifikati (IELTS, TOEFL va hk) talab qilmaydi.

Bugun hozirda arizalar qabul qilinayotgan aynan shunday dasturlar roʻyxatini eʼtiboringizga havola qilamiz.

👉 ROʻYXATNI KOʻRISH 👈

@grantlar
👍17🔥8❤4
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1119 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
👍40❤8🔥3
Samarqandda rasmiy TEDx tadbiri: spikerlarga maxsus sertifikat beriladi, nutqlar TED loyihasining YouTube kanaliga joylanadi!

TEDxYouth@MirzoUlugbekSt – xalqaro TED loyihasining rasmiy litsenziyasiga ega tadbir boʻlib, 2022-yil 20-mayda Samarqandda oʻtkaziladi.

15-24 yoshli, ingliz tilida yaxshi gapira oladigan nomzodlar spiker sifatida qatnashishi mumkin.

Foydali jihatlari:
– TEDx tomonidan tasdiqlangan sertifikat.
– Nutqlar yozib olinadi va TEDx rasmiy YouTube kanaliga joylanadi.
– Spikerlar ismi va roli xalqaro TED loyihasining rasmiy saytida koʻrsatiladi.
– Jamoa aʼzolari va keng fikrli spikerlar bilan uzoq muddatli aloqa oʻrnatish imkoni.

Arizalar 2022-yil 20-aprel, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/samarqandda-rasmiy-tedx-tadbiri/

@grantlar
👍46🔥8❤7
Imagine 2200 hikoyalar tanlovi: 12 nafar gʻolib 300 dollardan 3000 dollargacha mukofotni qoʻlga kiritadi!

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar ingliz tilida boʻlishi yoki inglizchaga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 3000 dollar.
– 2-o’rin: 2000 dollar.
– 3-o’rin: 1000 dollar.
– Qolgan 9 nafar finalistlarning har biriga 300 dollardan.
– Gʻolib boʻlgan 12 ta hikoya tanlov tashkilotchisining onlayn to’plamida chop etiladi.

Hikoyalar 2022-yil 5-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/imagine-2200-tanlovi-kelajak-haqida-hikoyalar-uchun-3-000-aqsh-dollarigacha-pul-mukofoti/

@grantlar
👍30❤6🔥2
Xorijda 1 yoki 2 semestr oʻqish/amaliyot oʻtash imkonini beradigan qabuli ochiq dasturlar

Bugun hozirda arizalar qabul qilinayotgan hamda xorijda 1 yoki 2 semestr oʻqish/amaliyot oʻtash imkonini beradigan dasturlarni eʼtiboringizga havola qilamiz.

1. IES dasturi. Dastur bakalavr, magistr va doktorantlarga moʻljallangan boʻlib, talabalarga Germaniyadagi universitetlarda 1 semestr davomida oʻqish imkonini beradi.

Dasturga talabalar ingliz tilida ham, nemis tilida ham hujjat topshirishi mumkin. Oʻqish ham talaba hujjat topshirgan tilda boʻladi.

Dastur Germaniyada yashash, oʻqish, turar joy, viza, sugʻurta, kontrakt toʻlovi xarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplaydi.

Arizalar 2022-yil 15-iyungacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL

2. Stipendium Copernicus dasturi. Bu dastur bakalavriat va magistratura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida oʻqish va amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Dasturga hujjat topshirish va oʻqish nemis tilida boʻladi (bu dasturga ingliz tilida qatnashib boʻlmaydi).

Dastur talabalarning Germaniyaga borish-kelish, viza, turar joy, sugʻurta, oziq-ovqat, transport kabi barcha xarajatlarini qoplab beradi.

Arizalar 2022-yil 1-sentabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL

3. Slovakiya Respublikasi milliy stipendiya dasturi. Dasturda bakalavriat, magistratura, PhD talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Dastur 1 oydan 10 oygacha almashinuv taʼlimi va tadqiqot olib borish uchun grant ajratadi. Oʻqish/tadqiqot xarajatlari qoplanadi, oyiga 400-1050 yevro stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ beriladi.

Ingliz yoki slovak tilida qatnashish mumkin.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL

Qabul muddatini oʻtkazib yubmang.

@grantlar
👍38❤6🔥5
Einstein Fellowship: Albert Eynshteynning uyida 6 oylik tadqiqot; 10 000 yevro stipendiya, yo’l xarajatlari qoplanadi!

Bu dasturda ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar sohasida kamida bakalavrlik darajasiga ega va 35 yoshdan oshmagan nomzodlar oʻz tadqiqot loyihasi bilan qatnashishi mumkin (ingliz tilida).

Qabul qilingan qatnashchilar 5-6 oy Eynshteynning yozgi uyida (Germaniya) yashab, loyihasi ustida ishlaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– 10 000 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/einstein-fellowship-albert-eynshteynning-uyida-6-oylik-tadqiqot-10-000-yevro-stipendiya-beriladi-va-yol-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍24🔥6❤2
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridagi biri – Stenford uninversiteti (AQSH) bakalavriat kurslariga ariza topshirayotganlarga moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Moliyaviy yordam shakllari quyidagicha:

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 150 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 75 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Arizalar qabuli uchun 2 ta dedlayn (qabul muddati) bor:
– Erta qabul: har yili 1-noyabr.
– Odatiy qabul: har yili 5-yanvar.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stenford-universitetining-bakalavriat-talabalariga-moliyaviy-yordam-dasturi/

@grantlar
👍57🔥13❤11
Budjetda oʻqiganlar 3 yil ishlab bermasa diplomini ololmaydimi yoxud budjetda oʻqiganlar xorijda keyingi bosqichda oʻqish uchun diplomini qanday oladi?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/budjetda-diplom/

@grantlar
👍39🔥8
Shveytsariya: Bakalavriat kurslarida italyan va ingliz tilida oʻqish uchun toʻliq grantlar; joy – 20 ta!

Lugano universiteti kommunikatsiya, iqtisod, informatika hamda Italyan tili, adabiyoti va madaniyati yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriatda oʻqish uchun 20 ta grant taklif qilmoqda.

Ingliz yoki italyan tilini kamida B2 darajada bilishni tasdiqlovchi sertifikat talab etiladi.

Grantlar kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/usi-bakalavriat-kurslarida-italyan-tilida-oqish-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar
👍36🔥10
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2022-yilgi 2-stipendiya tanlovini eʼlon qildi; oʻrinlar – 366 ta!

Ushbu stipendiyani qoʻlga kiritganlarning xorijda oʻqish, yashash va borish-kelish bilan bogʻliq barcha xarajatlari qoplanadi.

Ajratilgan grant oʻrinlari taqsimoti:
– Bakalavriat uchun 51 ta;
– Magistratura uchun 145 ta;
– Doktorantura uchun 110 ta oʻrin.

Shuningdek ayol-qizlarning bakalavriat va magistraturada oʻqishi uchun qoʻshimcha 60 ta oʻrin ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 15-apreldan 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/el-yurt-umidi-jamgarmasi-stipendiya-tanlovi/

@grantlar
👍56🔥8❤5
Turkiyada 5 haftalik amaliyot: safar, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi; 226 dollar stipendiya beriladi!

The Sky Global Summer Exchange & Internship Program – Turkiyada 2022-yil 18-iyuldan 19-avgustgacha amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Belgilangan sohalarda tahsil oluvchi 3-4-kurs bakalavrlar, shuningdek magistrlar ariza topshirishi mumkin. Ingliz tilini C1 darajada biladigan 10 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Safar xarajatlari qoplanadi
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– 226 dollar stipendiya beriladi

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/sky-global-summer-exchange-and-internship-program/

@grantlar
👍40🔥6❤4
Nemis tili menga nima beradi?

Koʻpchilik ingliz tilini oʻrganadi. Lekin ayrimlar buning oʻrniga nemis tilini yoki ingliz tilidan keyin nemis tilini oʻrganadi. Va bu munosib tanlov.

Bugun nemis tili orqali qatnashish mumkin boʻlgan grant dasturlari haqida gaplashamiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/nemis-tili-menga-nima-beradi/

@grantlar
👍40❤3
Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri – Lugano universitetining (Shveytsariya) magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant!

Grantlar quyidagi sohalarda oʻqish uchun beriladi:
– Informatics
– Artificial Intelligence
– Computational Science
– Software and Data Engineering
– Management and Informatics
– Financial Technology and Computing

Grant 2 yil davomida kontrakt summasidan toʻliq ozod qiladi.

Til talabi: IELTS 5.5.

Arizalar 2022-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/usi-it-kompyuter-fanlari-dasturlash-va-informatika-sohalari-boyicha-magistratura/

@grantlar
👍27🔥10❤2
Italiya: Milan Politexnika universitetining magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 15 ming yevrogacha stipendiya; joy – 144 ta!

Grantlar universitetdagi barcha Master of Science magistrlik kurslari uchun beriladi. Ingliz yoki italyan tilida oʻqish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qiladi.
– Grant turiga qarab, yiliga 15 ming yevrogacha stipendiya beriladi.
– Ayrim grantlarda bepul yotoqxona taʼminlanadi.

Arizalar 2022-yil 19-maydan 20-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/italiya-milan-politexnika-universitetining-magistratura-kurslarida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍38
Haq toʻlanadigan amaliyot dasturlari

Bugun hozirda arizalar qabul qilinayotgan amaliyot dasturlari haqida maʼlumot beramiz.

Ularning baʼzilar amaliyotga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qoplaydi va stipendiya ham beradi, baʼzilari esa xarajatlarni qisman qoplaydi.

Roʻyxat qabul yakunlanishiga eng yaqin qolgan dasturlardan boshlanadi.

Demak, boshladik:

1. The Sky Global Summer Exchange & Internship Program
– Turkiyada
– Ingliz tilida
– 3-4-kurs bakalavrlar va magistrlar uchun
– Barcha xarajatlar qoplanadi
– Qabul: 2022-yil 30-aprelgacha

👉 BATAFSIL

2. GIFT Internship Program
– Koreyada
– Ingliz tilida
– Bakalavrlar uchun
– Barcha xarajatlar qoplanadi
– Qabul: 2022-yil 13-maygacha

👉 BATAFSIL

3. Dubay Business Associates oʻqish va amaliyot dasturi:
– Birlashgan Arab Amirliklarida
– Ingliz tilida
– Bakalavrlik darajasiga ega va ish tajribasi 3 yildan oshmaganlar uchun
– Barcha xarajatlar qoplanadi
– Qabul: 2022-yil 30-iyungacha

👉 BATAFSIL

4. Bank Internship Program:
– AQSHda
– Ingliz tilida
– Magistr va doktorantlar (PhD) uchun
– Ish haqi va safar xarajatlari uchun mablagʻ beriladi
– Qabul: 2022-yil 1-oktabrdan 31-oktabrgacha

👉 BATAFSIL

5. Max Planck institutlari amaliyot dasturi:
– Germaniyada
– Ingliz tilida
– Bakalavr, magistr, doktorant va kompyuter fanlari sohasida tajribaga ega nomzodlar uchun
– Barcha xarajatlar qoplanadi
– Qabul: Doimiy

👉 BATAFSIL

6. Scientific Internships:
– Avstriyada
– Ingliz tilida
– Bakalavr, magistrlar va bitiruvchilar uchun
– Oyiga 1119 yevro stipendiya
– Qabul: Doimiy

👉 BATAFSIL

7. OECD Internship Programme:
– Fransiya, AQSH, Germaniya, Yaponiya, Meksikada
– Ingliz yoki fransuz tilida
– Bakalavr, magistr va doktorantlar uchun
– Oyiga 700 yevro stipendiya
– Qabul: Doimiy

👉 BATAFSIL

Amaliyot dasturlari malaka va tajriba oshirish, sayohat qilish, tanishlar orttirish, CV uchun bekgraund va baʼzida yaxshigina pul ishlab olish imkonini beradi.

@grantlar
👍66🔥11❤3
AQSHning 14 ta universitetiga grant asosida qabul qilingan oʻzbek talabaning hujjatlari

Bugun 14 ta AQSH universitetiga turli miqdordagi grantlar asosida (to'liq grant ham bor) qabul qilingan hamyurtimiz Abdurayimov Jalolning universitetlarga topshirgan hujjatlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.

👉 HUJJATLARNI KO'RISH👈

@grantlar
👍28🔥9
Deutschland Scholarship: Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 150 ta!

Mannheim universiteti bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun 150 ta grant taklif etmoqda.

Grantlar universitetdagi istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 300 yevro stipendiya
– Taqdirlash marosimi
– Amaliyot, turli tadbirlarga takliflar imkoniyati

Qabul muddatlari:
– Bakalavriat uchun 2022-yil 1-iyundan 18-iyulgacha;
– Magistratura uchun 2022-yil 15-martdan 31-maygacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/deutschland-scholarship/

@grantlar
👍35🔥10
Xorijda tahsil olishning afzalliklari

Kanalimizga joylanadigan aksariyat dasturlar xorijda o'qish imkonini beradi.

Xo'sh, chet elda o'qish qanday afzalliklarga ega?

Bugun shu haqida ma'lumot beramiz.

👉 MATN SHAKLIDA MA'LUMOT OLISH

👉 VIDEO ORQALI MA'LUMOT OLISH

@grantlar
👍10🔥4
​​Koreyaning IGSE oliygohidan qabul yuzasidan Zoom uchrashuv

Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida joylashgan International Graduate School of English (IGSE) oliygohi magistraturada oʻqishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun qabul jarayoni boʻyicha Zoom uchrashuv oʻtkazmoqda.

Uchrashuv bevosita oliygoh vakillari tomonidan ingliz tilida olib boriladi.

Oliygoh taklif etadigan yoʻnalishlar:
– MA in TESOL
– MA in ELT Materials & Digital Contents Development

Ushbu magistrlik kurslariga qabul 2022-yil 26-maygacha davom etadi.

Ushbu magistrlik kurslari haqida qisqacha maʼlumot

Ushrashuvda quyidagi maʼlumotlar beriladi:
– MA in TESOL magistrlik kursining oʻquv dasturi haqida maʼlumot
– Ariza topshirish jarayoni
– Taklif etiladigan grantlar
– Vizaga ariza topshirish jarayoni
– Savol-javoblar

Uchrashuv tafsilotlari:
Vaqti:
Oʻzbeksiton vaqti bilan 2022-yil 28-aprel, 18:00-19:20
Usuli: Zoom orqali (onlayn, real vaqt rejimida)
Kim uchun: Yuqoridagi magistrlik kurslari boʻyicha Koreyada oʻqishni xohlovchilar uchun

Roʻyxatdan oʻtish

Uchrashuvda qatnashish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtganlarga uchrashuvda qatnashish uchun 2022-yil 28-aprelda email orqali Zoom havola (link) yuboriladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi arizani toʻldiring👇

https://forms.gle/V3nGq8eKiAc2YDGi9

Oliygoh talabalari videolari:

👉 Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

👉 Oʻzbekistonlik talaba qiz videosi

👉 Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayt | Qabul yoʻriqnomasi
👍15🔥4❤2