Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
10 haftalik bepul koreys tili kursi; 2 haftasi Koreyada boʻladi va qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi!

KDB Global Leadership Program – 8 haftalik onlayn kurs va 2 haftalik oflayn treningdan iborat dastur.

Ingliz yoki koreys tilini kamida B2 darajada biladigan bakalavr, magistr va doktorantlar qatnashishi mumkin (til sertifikati majburiy emas).

Jami 40 nafar ishtirokchi qabul qilinadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Butunlay bepul
– Darsliklar va turli suvinerlar taʼminlanadi
– Eng yaxshi ishtirokchilar mukofotlar bilan taqdirlanadi
– Koreyada boʻlib oʻtadigan 2 haftalik treningda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi

Arizalar 2022-yil 30-aprel, 20:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kdb-global-leadership-program/

@grantlar
👍56🔥19
Tech Briefs: Innovatsion texnologiyalar boʻyicha tanlov; bosh mukofot 25 ming dollar!

Har yili oʻtkaziladigan Create the Future Design tanloviga inson hayotini yengillashtirish boʻyicha yangi ixtirolar, texnika va texnologiyalar dizaynlari/gʻoyalari qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Bosh mukofot: 25 ming dollar
– 7 ta kategoriya gʻolibining har biriga ish stansiyasi kompyuteri
– En ommabop 10 ta ish muallifiga magnitik toʻplam
– Yuqori baholangan 100 ta ish egalariga maxsus sertifikat

Ishlar 2022-yil 1-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tech-briefs-aqshda-innovatsion-texnologiyalar-boyicha-tanlov/

@grantlar
👍30❤8🔥6
International Merit Postgraduate Scholarship: Britaniyada magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar; joy 125 ta!

Sheffild universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun qisman grantlar taklif etmoqda. Grantlar 2022-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun beriladi.

Grant imtiyozi: Grant kontrakt summasining 25 foizini toʻlashdan ozod qiladi. Jami 125 nafar talaba ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2022-yil 16-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-merit-postgraduate-scholarship-britaniyada-magistraturani-oqish-uchun-qisman-grantlar/

@grantlar
👍25❤2🔥2
Dunyoning 27-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Britaniyadagi Manchester universiteti buxgalteriya va moliya hamda biznes va boshqaruvga oid 15 ta magistrlik kurslarida oʻqish uchun Alliance MBS grantini taqdim etadi.

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Hozirda 2022-yil kuzgi semestr uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-manchester-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍25🔥7
Grant yutish uchun nima qilish kerak? Yoxud “yutolmayman” deb, hujjat topshirmaydiganlar uchun maxsus maqola


Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/grant-yutish-uchun-nima-qilish-kerak-yoxud-yutolmayman-deb-hujjat-topshirmaydiganlar-uchun-maxsus-maqola/

@grantlar
👍32🔥6❤4
Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq!

Ushbu xalqaro insholar tanloviga 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– 14 yoshgacha boʻlganlar;
– 15-25 yoshlilar.

Bu yilgi tanlov mavzusi: My Values (Mening qadriyatlarim).

Insholar ingliz, fransuz yoki yapon tilida yozilishi mumkin.

Mukofotlar: Jami 60 dan ortiq sovrinli oʻrinlar bor. Sovrindorlar diplom, sovgʻalar va pul mukofoti (840 dollargacha) bilan taqdirlanadi.

Insholar 2022-yil mart oyidan 15-iyun, 23:59 gacha qabul qilinadi

Batafsil👇
https://grantlar.uz/goi-peace-foundation-25-yoshgacha-bolganlar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍49❤10🔥9
Steppe Sisters and Humboldtians Early Career Conference: Ayol-qiz tadqiqotchilar uchun Toshkentda 3 kunlik xalqaro konferensiya!

Konferensiyagda Markaziy va Ichki Osiyo tarixi, arxeologiyasi, ekologiyasi va antropologiyasi sohalari boʻyicha tadqiqot olib boruvchi ayol-qiz tadqiqotchilar (magistr, PhD va postdoktorlar ham) qatnashishi mumkin.

Konferensiya 2022-yil 5-7-sentabrda, ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Safar xarajatlarini qoplash imkoniyati bor
– Oziq-ovqat taʼminlanadi
– Soʻrov asosida turar joy taʼminalandi
– Farzandli ayollar uchun bolaga qarab turish xizmati mavjud
– Qatnashish bepul

Arizalar 2022-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/steppe-sisters-and-humboldtians-early-career-conference/

@grantlar
👍28🔥4❤2
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya; joy 400 ta!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti har yili jami 400 nafar atrofida magistr va PhD talabalarini oʻqishga qabul qiladi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 6.0 yoki TOEFL 80 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (530-1000 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2022-yil 10-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2022-yil 31-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍48🔥2
Grant yutish haqida: baholar va insholarning o'rni qanday?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/grant-arizasini-tushunib-oling/

@grantlar
👍19❤11🔥4
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 500 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 700 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍43
Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan 9-10-sinf oʻquvchilari uchun bepul yozgi lager!

AQSH elchixonasi Oʻzbekistondagi 9-10-sinf oʻquvchilar uchun Samarkand–USA English Camp – 2022 yozgi lagerini eʼlon qildi. Mazkur yozgi lagerda qatnashish mutlaqo BEPUL. Shuningdek oʻquvchilar uchun bepul yotoqxona va oziq-ovqat ham taʼminlanadi.

Lager 2022-yil 15-iyundan 15-iyulgacha Samarqandda boʻlib oʻtadi.

Lager davomida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
– ingliz tilini rivojlantirish
– Amerika haqida oʻrganish
– butun Oʻzbekistondan yangi doʻstlar orttirish
– turli oʻyinlar, klublar va sport hamda boshqalar

Ishtirokchilar 1 oy davomida Samarqand davlat chet tillari institutidagi maxsus darslarga qatnaydi.

Lager uchun arizalar 2022-yil 14-may, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Ishtirok etish uchun koʻrsatilgan sanagacha BU YERDA ariza topshirish kerak.

👉 KOʻP BERILADIGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

@grantlar
👍133🔥16❤10
“Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lageri haqida koʻp beriladigan savollarga javoblar tayyorlandi.

Ariza topshirishga kirishishdan oldin ularni oʻqib chiqsangiz, sizda tugʻilishi mumkin boʻlgan savollarga javob olasiz.

👉SAVOL-JAVOBLARNI OʻQISH 👈

P.S. Bu savol-javoblar lager haqidagi postga ham qoʻshib qoʻyildi.

@grantlar
👍40🔥6❤1
Elektron pochta va uning ahamiyati haqida

Grant va dasturlarga ariza topshirishda email (elektron pochta) manzili soʻraladi. Emailning ahamiyati tasavvur qilganingizdan ancha muhim.

Bugun emailning ahamiyati, uni qay tarzda ochish maqsadga muvofiqligi haqda maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/elektron-pochta-va-uning-ahamiyati-haqida/

@grantlar
👍28❤4🔥4
Bristol Short Story Prize: havaskor va professional yozuvchilar uchun hikoyalar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 20 ta!

2022 Bristol Short Story Prize hikoyalar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Tanlovda 2022-yil 4-may holatiga koʻra kamida 16 yosh boʻladigan barcha qatnashishi mumkin.

Hikoyalar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 1000 funt-sterling
– 2-oʻrin: 500 funt-sterling
– 3-oʻrin: 250 funt-sterling
– yana 17 nafar sovrindorga 100 funt-sterlingdan

Hikoyalar 2022-yil 4-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bristol-short-story-prize-havaskor-va-professional-yozuvchilar-tanlovi/

@grantlar
👍32🔥10
Writers Of The Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yyil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2022-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍47🔥6
Grantga hujjat topshirishdagi muhim qoida: qabulning oxirgi kunini kutmang

Biror grant yoki dasturga ariza topshirishni oxirgi kun/daqiqaga taqash bir qancha koʻngilsiz oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin.

Bugun shu haqida maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/grantga-hujjat-topshirishdagi-muhim-qoida-qabulning-oxirgi-kunini-kutmang/

@grantlar
👍27🔥7
Elite Editing Thesis Write-up Scholarship: Avstraliya yoki Yangi Zelandiyada oʻqiyotgan oʻzbek magistr va PhD talabalariga ilmiy ish yozish uchun stipendiya

Bu dasturga faqat Avstraliya yoki Yangi Zelandiya OTMlarida oʻqiyotgan magistrlar va PhD talabalari ariza topshira oladi.

Dastur imkoniyati:
– Talaba boshqa dasturdan moddiy yordam olmayotgan boʻlsa, 12 hafta uchun 4320 dollar;
– Boshqa dasturdan ham moddiy yordam olayotgan boʻlsa, 12 hafta uchun 2600 dollar stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/elite-editing-thesis-write-up-scholarship/

@grantlar
👍30🔥7
Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 15 ta!

Ushbu insho (esse)lar tanlovida 2 kategoriya boʻyicha ishlar qabul qilinadi:
– Talaba ketagoriyasi: bakalavr, magistr, PhD bosqichi talabalari va oʻqishni endi bitirganlar uchun
– Mutaxassis kategoriyasi: hozirda ishlayotganlar uchun

Mukofotlar

Sovrinli oʻrinlar 15 ta. Gʻoliblar oʻz olgan oʻrniga qarab quyidagi mukofotlarning barchasi yoki bir nechtasini qoʻlga kiritadi:
– 2000 yevrogacha pul mukofoti
– 2022-yil noyabrdagi forumda qatnashish (Vena shahrida); bunda safar va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat
– Harvard Business Review nashriga 1 yillik obuna
– Tanlov ishtirokchilari hamjamiyatlariga qoʻshilish

Insholar 2022-yil 14-may, 13:00 gacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peter-drucker-challenge-esselar-tanlovi/

@grantlar
👍39🔥5
Immerse Education Essay Competition: Oksford, Kembrij va Sidney universitetida 2 haftalik oflayn yoki onlayn yozgi maktabga 100% gacha grant yutib oling!

Tanlovda 13-18 yoshli o'quvchilar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
- 10 nafar g'olib mashhur Oksford yoki Kembridj universitetlarining 2 haftalik yozgi maktabiga qatnashish to'lovi uchun 100% chegirmani qo'lga kiritadi.
- 2-o'rinni olganlar yozgi maktab to'lovi uchun 70% chegirmani qo'lga kiritadi.

Yozgi maktabda quyidagilar ta'minlanadi:
- 13 kunlik turar joy
- nonushta va tushlik
- 40 soatlik akademik mashg'ulotlar
- o'quv materiallari
- mentorlik dasturi
- ekskursiyalar
- bitiruv marosimi va sertifikat

Arizalar 2022-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/immerse-education-essay-competition-oksford-va-kembrij-universitetida-yozgi-maktab-uchun-100-gacha-grant/

@grantlar
👍48🔥13❤6
Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

Dasturda kamida bakalavrlik darajasiga (istalgan yoʻnalishda) ega boʻlgan nomzodlar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 9 oylik taʼlim va amaliyot dasturida bepul oʻqish
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/dubai-business-associates-dubayda-biznes-sohasi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-oylik-dastur/

@grantlar
👍40❤8🔥8