Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya; joy 400 ta!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti har yili jami 400 nafar atrofida magistr va PhD talabalarini oʻqishga qabul qiladi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 6.0 yoki TOEFL 80 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (530-1000 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2022-yil 10-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2022-yil 31-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍48🔥2
Grant yutish haqida: baholar va insholarning o'rni qanday?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/grant-arizasini-tushunib-oling/

@grantlar
👍19❤11🔥4
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 500 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 700 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍43
Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan 9-10-sinf oʻquvchilari uchun bepul yozgi lager!

AQSH elchixonasi Oʻzbekistondagi 9-10-sinf oʻquvchilar uchun Samarkand–USA English Camp – 2022 yozgi lagerini eʼlon qildi. Mazkur yozgi lagerda qatnashish mutlaqo BEPUL. Shuningdek oʻquvchilar uchun bepul yotoqxona va oziq-ovqat ham taʼminlanadi.

Lager 2022-yil 15-iyundan 15-iyulgacha Samarqandda boʻlib oʻtadi.

Lager davomida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
– ingliz tilini rivojlantirish
– Amerika haqida oʻrganish
– butun Oʻzbekistondan yangi doʻstlar orttirish
– turli oʻyinlar, klublar va sport hamda boshqalar

Ishtirokchilar 1 oy davomida Samarqand davlat chet tillari institutidagi maxsus darslarga qatnaydi.

Lager uchun arizalar 2022-yil 14-may, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Ishtirok etish uchun koʻrsatilgan sanagacha BU YERDA ariza topshirish kerak.

👉 KOʻP BERILADIGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

@grantlar
👍133🔥16❤10
“Samarkand-USA English Camp - 2022” yozgi lageri haqida koʻp beriladigan savollarga javoblar tayyorlandi.

Ariza topshirishga kirishishdan oldin ularni oʻqib chiqsangiz, sizda tugʻilishi mumkin boʻlgan savollarga javob olasiz.

👉SAVOL-JAVOBLARNI OʻQISH 👈

P.S. Bu savol-javoblar lager haqidagi postga ham qoʻshib qoʻyildi.

@grantlar
👍40🔥6❤1
Elektron pochta va uning ahamiyati haqida

Grant va dasturlarga ariza topshirishda email (elektron pochta) manzili soʻraladi. Emailning ahamiyati tasavvur qilganingizdan ancha muhim.

Bugun emailning ahamiyati, uni qay tarzda ochish maqsadga muvofiqligi haqda maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/elektron-pochta-va-uning-ahamiyati-haqida/

@grantlar
👍28❤4🔥4
Bristol Short Story Prize: havaskor va professional yozuvchilar uchun hikoyalar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 20 ta!

2022 Bristol Short Story Prize hikoyalar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Tanlovda 2022-yil 4-may holatiga koʻra kamida 16 yosh boʻladigan barcha qatnashishi mumkin.

Hikoyalar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 1000 funt-sterling
– 2-oʻrin: 500 funt-sterling
– 3-oʻrin: 250 funt-sterling
– yana 17 nafar sovrindorga 100 funt-sterlingdan

Hikoyalar 2022-yil 4-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bristol-short-story-prize-havaskor-va-professional-yozuvchilar-tanlovi/

@grantlar
👍32🔥10
Writers Of The Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yyil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2022-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍47🔥6
Grantga hujjat topshirishdagi muhim qoida: qabulning oxirgi kunini kutmang

Biror grant yoki dasturga ariza topshirishni oxirgi kun/daqiqaga taqash bir qancha koʻngilsiz oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin.

Bugun shu haqida maʼlumot beramiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/grantga-hujjat-topshirishdagi-muhim-qoida-qabulning-oxirgi-kunini-kutmang/

@grantlar
👍27🔥7
Elite Editing Thesis Write-up Scholarship: Avstraliya yoki Yangi Zelandiyada oʻqiyotgan oʻzbek magistr va PhD talabalariga ilmiy ish yozish uchun stipendiya

Bu dasturga faqat Avstraliya yoki Yangi Zelandiya OTMlarida oʻqiyotgan magistrlar va PhD talabalari ariza topshira oladi.

Dastur imkoniyati:
– Talaba boshqa dasturdan moddiy yordam olmayotgan boʻlsa, 12 hafta uchun 4320 dollar;
– Boshqa dasturdan ham moddiy yordam olayotgan boʻlsa, 12 hafta uchun 2600 dollar stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/elite-editing-thesis-write-up-scholarship/

@grantlar
👍30🔥7
Peter Drucker Challenge esselar tanlovi: 2000 yevrogacha pul mukofoti va Avstriyaga bepul sayohat; sovrinli oʻrinlar – 15 ta!

Ushbu insho (esse)lar tanlovida 2 kategoriya boʻyicha ishlar qabul qilinadi:
– Talaba ketagoriyasi: bakalavr, magistr, PhD bosqichi talabalari va oʻqishni endi bitirganlar uchun
– Mutaxassis kategoriyasi: hozirda ishlayotganlar uchun

Mukofotlar

Sovrinli oʻrinlar 15 ta. Gʻoliblar oʻz olgan oʻrniga qarab quyidagi mukofotlarning barchasi yoki bir nechtasini qoʻlga kiritadi:
– 2000 yevrogacha pul mukofoti
– 2022-yil noyabrdagi forumda qatnashish (Vena shahrida); bunda safar va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Sertifikat
– Harvard Business Review nashriga 1 yillik obuna
– Tanlov ishtirokchilari hamjamiyatlariga qoʻshilish

Insholar 2022-yil 14-may, 13:00 gacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peter-drucker-challenge-esselar-tanlovi/

@grantlar
👍39🔥5
Immerse Education Essay Competition: Oksford, Kembrij va Sidney universitetida 2 haftalik oflayn yoki onlayn yozgi maktabga 100% gacha grant yutib oling!

Tanlovda 13-18 yoshli o'quvchilar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
- 10 nafar g'olib mashhur Oksford yoki Kembridj universitetlarining 2 haftalik yozgi maktabiga qatnashish to'lovi uchun 100% chegirmani qo'lga kiritadi.
- 2-o'rinni olganlar yozgi maktab to'lovi uchun 70% chegirmani qo'lga kiritadi.

Yozgi maktabda quyidagilar ta'minlanadi:
- 13 kunlik turar joy
- nonushta va tushlik
- 40 soatlik akademik mashg'ulotlar
- o'quv materiallari
- mentorlik dasturi
- ekskursiyalar
- bitiruv marosimi va sertifikat

Arizalar 2022-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/immerse-education-essay-competition-oksford-va-kembrij-universitetida-yozgi-maktab-uchun-100-gacha-grant/

@grantlar
👍48🔥13❤6
Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

Dasturda kamida bakalavrlik darajasiga (istalgan yoʻnalishda) ega boʻlgan nomzodlar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 9 oylik taʼlim va amaliyot dasturida bepul oʻqish
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/dubai-business-associates-dubayda-biznes-sohasi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-oylik-dastur/

@grantlar
👍40❤8🔥8
Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan tashkilotlar uchun kichik grantlar dasturi

Grantlar sanʼat, madaniyat, sport dasturlari, ayollar uchun huquq va imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan loyihalar uchun beriladi.

Ariza berishi mumkin boʻlgan tashkilotlar:
– Davlat va xususiy taʼlim muassasalari.
– Oʻzbekiston va AQSHning notijorat tashkilotlari
– Fuqarolik jamiyati tashkilotlari / nohukumat tashkilotlar.
– Tahlil markazlari.

Miqdori: Har bir loyihaga (jami 10 ta) 5-15 ming dollar ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 15-maygacha yoki 2022-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ozbekistondagi-aqsh-elchixonasidan-tashkilotlar-uchun-kichik-grantlar-dasturi/

@grantlar
👍50🔥6
Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun tanlov va dasturlarning yangilangan roʻyxati

Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin boʻlgan va arizalar qabul qilinayotgan tanlovlar hamda dasturlarning yangilangan roʻyxatini eʼtiboringizga havola qilamiz.

👉 ROʻYXATNI KOʻRISH 👈

@grantlar
👍24🔥8
Barcha bosqich talabalari, tadqiqotchilar va mutaxassislar uchun A.A.Gromiko nomidagi ilmiy maqolalar va publistik esselar tanlovi!

Tanlovda MDH davlatlaridan boʻlgan, 40 yoshdan oshmagan deyarli barcha soha mutaxassislari, tadqiqotchilar, oʻqituvchilar, bakalavr, magistr va aspirantlar, OTM bitiruvchilari qatnashishi mumkin.

Ishlar rus tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar:
– 3 ta nominatsiya (asosiy, debyutant, esselar tanlovi nominatsiyalari) boʻyicha tashqi xotira qurilmasidan noutbukkacha boʻlgan mukofotlar.
– Finalistlar Moskvada boʻladigan forumga taklif qilinadi; borish-kelishm turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
– Gʻoliblarning ilmiy ishlari yetakchi jurnallarda chop etiladi.
– Esdalik sovgʻalar va sertifikatlar.

Ishlar 2022-yil 12-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mdh-davlatlarining-yosh-xalqaro-mutaxassislari-tanlovi/

@grantlar
👍38
Italiyaning mashhur Milan universitetida magistraturani oʻqish uchun 155 ta toʻliq va qisman grant!

Grantlar Milan universitetidagi istalgan magistrlik kursida oʻqish uchun beriladi (ingliz yoki italyan tilida oʻqish mumkin).

Grant imtiyozlari:
– 100 nafar talabaga toʻliq grant beriladi: talaba universitetdagi barcha badallardan (toʻlovi, kitoblar haqi va hk) toʻliq ozod qilinadi.
– 55 nafar talabaga qisman grant beriladi: universitetdagi barcha badallar uchun 6000 yevro chegirma qilinadi.

Arizalar 2022-yil 30-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-milan-excellence-scholarships/

@grantlar
👍45
Zurich Enterprise Challenge tanloviga qatnashib, 5350 dollar pul mukofoti yutib oling!

Zurich Enterprise Challenge 2022 tanlovida magistratura, MBA va PhD bosqichi talabalari 3-4 kishilik jamoa sifatida qatnashadi va berilgan keyslar boʻyicha yechimlarni taklif etadi.

Tanlov ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Mukofotlar:
– Gʻolib jamoa: 5000 CHF (5350 dollar);
– 2-oʻrinni olgan jamoa: 2000 CHF (2140 dollar);
– 1-bosqichdagi barcha eng yaxshi jamoalar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2022-yil 26-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/zurich-enterprise-challenge-tanlovi/

@grantlar
👍32🔥8
​😍🇹🇷«Meta-Talim Tömer markazi» 25 mln so'mlik grant e'lon qiladi

«
Meta-Ta'lim Tömer markazi» kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida "Tömer loyihasi" nomli grantga qo'l urdi.

🤩Ramazon oyida boshlanib, 1 oydan 5 oygacha davom etadigan xayriya aksiyasiga qabul boshlanganligini e'lon qilamiz.

📌 Loyiha uchun umumiy miqdorda 25.000.000 so'm mablag' ajratildi. Unga ko'ra 6 nafar yigit-qizga 5 oy davomida, 10 nafarga 1 oy davomida Turk tili TÖMER kursiga mutlaqo bepul o'rganish imkoniyati beriladi.

"Tömer loyihasi" grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi, 15 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan, kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

⚡️
Talabgorlar «Meta-Talim Tömer markazi» jamoasi a'zolari tomonidan motivatsion xat va suhbat orqali saralab olinadi. Loyihada qatnashish uchun arizalar shu yilning 25-aprelidan 5-may sanasiga qadar qabul qilinadi.

«Meta-Talim Tömer markazi» jamoalari ushbu xayrli ishni o'z qadriyatlaridan kelib chiqqan holda, Turk tiliga qizuvchi yoshlarni moddiy qo’llab quvvatlash uchun amalga oshirmoqda.

👉 Tömer loyihasi grantiga ro'yxatdan o'tish

🧑🏻‍💻 Aloqa uchun:
📞 +998977433399
👍51🔥4❤3
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
👍34