Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Hozirga qadar dunyoning turli davlatlaridagi oʻqish bepul boʻlgan 20 ga yaqin universitetlar haqida postlar joylaganmiz.

Baʼzi mushtariylar “Bu universitetlarga chindan kirsa boʻladimi oʻzi?” deb ham soʻraydi.

Ha, albatta kirsa boʻladi. Oʻqish bepul boʻlgan universitetlarda koʻplab oʻzbek talabalar tahsil olgan va olmoqda.

Ularning baʼzilari bilan Grantlar.uz jamoasi suhbat ham qilgan.

Quyida oʻqish bepul universitetlarda tahsil olgan/olayotgan hamyurtlarimiz bilan boʻlgan suhbatlarni oʻqishingiz mumkin:

👉 Berea kollejida (AQSH) oʻqiyotgan talaba bilan suhbat
👉 Berea kolleji haqida

👉 NTNU universitetida (Norvegiya) oʻqiyotgan talaba bilan suhbat
👉 NTNU universiteti haqida

👉 Erlangen-Nyurenberg universitetida (Germaniya) oʻqiyotgan talaba bilan suhbat
👉 Erlangen-Nyurenberg universiteti haqida

👉 Bamberg universitetida (Germaniya) oʻqiyotgan talaba bilan suhbat
👉 Bamberg universiteti haqida

👉
Zigen universitetida (Germaniya) tahsil olayotgan hamyurtimiz bilan suhbat
👉 Zigen universiteti haqida

Hozirda bu universitetlarning aksariyatiga arizalar qabul qilinmoqda, baʼzilariga esa qabul endi boshlanadi. Talablarga mos boʻlsangiz, siz ham topshirishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
👍21🔥10❤9
Avstraliya: bakalavr va magistratura kurslarida o’qish uchun 25% gacha grantlar

Batafsil👇
https://grantlar.uz/avstraliya-bakalavr-va-magistratura-kurslarida-oqish-uchun-25-gacha-grantlar/

@grantlar
👍20❤4🔥4
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan kishilarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 18-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
👍37🔥10
Davlat ekologiya qoʻmitasidan “Ozon qatlami va hayot” nomli ilmiy maqolalar tanlovi; mukofot – noutbuk!

Tanlovda ozon qatlamini muhofaza qilish, sovitish va havoni konditsionerlash sohasi boʻyicha oʻqiyotgan / tadqiqot olib borayotgan bakalavr, magistr va doktorantlar ishtirok etishi mumkin.

Maqolalar ingliz yoki rus tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar: 4 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri noutbuk bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2022-yil 1-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ozon-qatlami-va-hayot-nomli-ilmiy-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
👍42🔥7
THIEL Fellowship: 22 yoshgacha bo’lgan, o’z biznes g’oyasiga ega yoshlar uchun 100 000 AQSH dollari!

Bu dastur OTMda oʻqish oʻrniga oʻz loyihasini amalga oshirmoqchi boʻlganlarga moʻljallangan. Agar gʻolib talaba boʻlsa, oʻqishni tashlashi kerak boʻladi.

Mukofot

Har yili 20-30 nafar gʻolib quyidagicha taqdirlanadi:
– 100 ming dollar mablagʻ
– Thiel jamgʻarmasing asoschilari, investorlari va olimlari yordami

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/thiel-fellowship-22-yoshgacha-bolgan-oz-biznes-goyasiga-ega-yoshlar-uchun-100-000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍38🔥10❤5
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2022-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2023-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 30 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

P.S. Bu dasturga oldindan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun hozirdan xabardor qilmoqdamiz.

@grantlar
👍70🔥10❤8
Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati!

Copernicus dasturi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga Gamburg universitetida 1 semestr oʻqish imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlar ushbu imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Aviachipta va viza xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy, sug'urta, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 260-300 yevro choʻntak puli ajratiladi.

Bakalavrni tugatgan va magistraturaga oʻqishga kirishni rejalashtirayotganlar ham ariza topshira oladi.

Arizalar har yili quyidagi sanagacha qabul qilinadi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
– Qishki semestr uchun 1-martgacha.

Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati: 2022-yil 1-sentabr.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stipendium-copernicus-germaniyada-bir-semestr-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Bu dasturni International Excellence Scholarship dasturi bilan adashtirmang.

@grantlar
👍48🔥4❤2
Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dasturga kamida bakalavrlik darajasi va kamida 5 yillik mehnat tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Universitetlarga qabul testlari xarajatlari qoplanadi.
– J-1 toifasidagi vizani olishda yordam.
– AQSHga borish=kelish uchun ekonom-klass toifasidagi aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Oylik stipendiya.
– Kasbiy rivojlanish mablagʻi beriladi.

Arizalar 2022-yil 10-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/xyubert-x-xamfri-stipendiyalari/

@grantlar
👍42🔥10
Germaniyaga talaba vizasini olish uchun bloklangan hisob raqam ochish va unga kerakli summani oʻtkazish kerak.

Xoʻsh, bloklangan hisob raqamni qanday ochsa boʻladi? Unga qo'yilishi kerak bo'lgan summa qancha?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/bloklangan-hisob-raqamni-qanday-ochaman-germaniya/

@grantlar
👍29🔥8
Rossiya: HSE oliygohi bakalavriat va magistratura kurslari uchun toʻliq va qisman grantlar taklif etmoqda.

Nomzod faqat ingliz tilida yoki ham rus, ham ingliz tilida oʻqitiladigan kurslardan birini tanlashi mumkin.

Grant turlari quyidagicha:

HSE Gold Scholarship – kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qiladi va 1700 rubl oylik stipendiya taqdim etadi

Tuition fee waivers – kontrakt summasidan 25% dan 70% gacha chegirma qilinadi.

Qabul 2022-yil 14-avgustgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-ingliz-va-rus-tillaridagi-bakalavr-va-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar-va-stipendiya/

@grantlar
👍37🔥5
AQSHda oʻqishni xohlovchilar uchun 9 zaruriy maʼlumot

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH

@grantlar
👍22🔥3
Qirgʻiziston: 3-4-kurs bakalavrlar uchun xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik yozgi maktab!

Dasturga iqtisod, xalqaro aloqalar, siyosiy fanlar yoki shu sohalarga aloqador sohada oʻqiyotgan 3-4-kurs talabalar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– 360 yevro stipendiya
– Viza va roʻyxatdan oʻtishda yordam
– Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 12-iyun, 19:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/qirgiziston-3-4-kurs-bakalavrlar-uchun-xarajatlari-qoplanadigan-4-haftalik-yozgi-maktab/

@grantlar
👍29🔥11
Stamps Scholarship: AQSHda bakalavriat uchun toʻliq grant, bepul turar joy va 12 000 dollar mablagʻ!

Mayami universiteti bakalavriatda oʻqishni xohlovchilar uchun Stamps Scholarship dasturini taklif etadi.

Maktab, kollej yoki litseyda oxirgi sinf/kurs vaqti ariza topshiradiganlar bu grantga talabgorlik qilishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi va boshqa badallar qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul oziq-ovqat
– Noutbuk va darsliklar olish uchun mablagʻ
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Tadqiqotlar uchun 12 ming dollar mablagʻ

Arizalar 2022-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi (2023-yilning bahorgi yoki kuzgi semestri uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stamps-scholarship-aqshda-bakalavr-kursi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍64🔥17❤5
Samarkand - USA English Camp - 2022 lageriga ariza topshirdingizmi? (14-may 23:59 da qabul tugadi).
Anonymous Poll
21%
Ha
51%
Yo'q
15%
Talablariga mos emas ekanman
13%
Topshirmoqchi edim, topshira olmadim
👍75🔥30❤14
Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar!

Universitetdagi darslar ingliz tilida olib boriladi. Grantlarni istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasini toʻlashdan 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% ozod qiladi.
– Eng munosib nomzodlar uchun yotoqxona toʻlovi ham qoplanishi mumkin.

Arizalar 2022-yil 4-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bilkent-universiteti-turkiyada-ingliz-tilida-bakalavr-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar/

@grantlar
👍28🔥3❤1
AQSHda huquq boʻyicha magistratura PhD bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 marta qabul qilinadi. 2022-yildagi qabulning oxirgi muddati – 2022-yil 1-noyabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍28🔥8
International Local Authorities Internship: Bakalavrlar va bakalavriatni yaqinda bitirganlar uchun Turkiyada barcha xarajatlari qoplanadigan 7 kunlik amaliyot!

Amaliyot 2022-yil 21-27-avgust kunlari Turkiyada boʻlib oʻtadi. Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak (til sertifikati talab etilmaydi).

Ishtirokchilar dastur davomida mahalliy boshqaruv bo'yicha nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladi.

Dastur imtiyozi: dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish va kelish, turar joy, oziq-ovqat va h.k.) tashkilotchilar tomonidan toʻliq qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 10-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-local-authorities-internship/

@grantlar
👍26❤12🔥4
Russia-Balkan Youth Forum: Rossiyada 18-35 yoshlilar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 4 kunlik forum!

Forum 2022-yil 23-26-iyun kunlari, Qozon shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Forumga tadbirkorlik, ijodkorlik sohalari va xalq diplomatiyasi yoʻnalishi boʻyicha 18-35 yoshli nomzodlar ariza topshirish mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Safar xarajatlari qoplanadi
– Turar joy va boshqa xarajatlar qoplanadi
– Dasturi yakunida sertifikat beriladi

Nomzodlar forumda oflayn yoki onlayn qatnashishni tanlashi mumkin.

Arizalar 2022-yil 20-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/russia-balkan-youth-forum-rossiyada-18-35-yoshlilar-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-4-kunlik-forum/

@grantlar
👍43🔥11
Qirgʻiziston: Maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej/litsey oʻquvchilari va universitet talabalari uchun xarajatlari qoplanadigan ochiq suhbat!

Tadbir 2022-yil 28-29-may kunlari Osh shahrida (Qirgʻiziston) ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Ochiq suhbat mavzusi: Open Talks on Transport Connectivity in Central Asia and Afghanistan.

Dastur imkoniyatlari:
– Safar xarajatlari qoplanadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Loyiha uchun mikro-grant yutib olish imkoniyati

Arizalar 2022-yil 20-may, 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/open-talks-on-transport-connectivity-in-central-asia-and-afghanistan/

@grantlar
👍46🔥3❤2
Dunyoning 7 raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant!

AQSHda joylashgan Princeton universiteti bakalavrlik kurslariga topshiruvchi barcha nomzodlarga ularning moliyaviy holatiga qarab, moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Oilaviy daromadi 65 ming dollardan kam boʻlgan talabalar oʻqish pulidan ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Navbatdagi qabul 2022-yil avgust oyi oʻrtalarida boshlanadi (2023-yildan boshlab oʻqish uchun) va quyidagi sanalargacha davom etadi:
– 2022-yil 1-noyabr (erta qabul).
– 2023-yil 1-yanvar (odatiy qabul)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ancha erta maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍63🔥13❤11