Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
GIFT Internship Program: Bakalavriat talabalari uchun Koreyada toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Janubiy Koreyada joylashgan GIFT oliy taʼlim muassasasi bakalavriatning 3 va 4-kursi talabalariga yozgi va qishki amaliyot dasturini taklif etadi. Dastur ingliz tilida boʻladi va 1 oy davom etadi.

GIFT laboratoriyalaridagi tadqiqot sohalariga kuchli qiziqqan talabalar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Bepul yotoqxona taʼminlanadi
– Janubiy Koreyaga borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi
– yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi

2023-yilgi amaliyot uchun qabulning oxrigi sanalari:
– 2022-yil 25-noyabr (qishki amaliyot uchun)
– 2023-yil 12-may (yozgi amaliyot uchun)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gift-talabalar-uchun-janubiy-koreyada-amaliyot-aviachipta-yotoqxona-va-transport-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍31❤4🔥4
The CineSpace Film Competition: NASAdan qisqa metrajli filmlar tanlovi; mukofot – 10 000 dollargacha!

Tanlovga istalgan mavzu va janrdagi, 10 daqiqadan oshmaydigan filmlar qabul qilinadi.

Filmlar ingliz tilida boʻlishi yoki ingliz tilidagi subtitr bilan birga topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 10 000 dollar
– 2-oʻrin: 5000 dollar
– 3-oʻrin: 3000 dollar
– Yana 2 ta maxsus kategoriya boʻyicha har bir gʻolibga 4000 dollardan mukofot

Arizalar 2022-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-cinespace-film-competition-qisqa-metrajli-filmlar-uchun-10-000-aqsh-dollari-mukofot/

@grantlar
👍35🔥3❤2
Hozirda Germaniya universitetlarining aksariyatida hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Germaniyada koʻplab oʻqish bepul boʻlgan (kontrakt summasi toʻlanmaydigan) universitetlar mavjud.

Quyida Germaniyaning ayrim oʻqish bepul universitetlarini keltiramiz:

👉 MLU universiteti

👉 Bamberg universiteti

👉 Technical University of Munich

👉 Gamburg universiteti

👉 Zigen universiteti

Ariza topshirish muddatini oʻtkazib yubormang.

@grantlar
👍48❤7🔥7
Immerse Education Essay Competition: Oksford, Kembrij va Sidney universitetida 2 haftalik oflayn yoki onlayn yozgi maktabga 100% gacha grant yutib oling!

Tanlovda 13-18 yoshli o'quvchilar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
- 10 nafar g'olib mashhur Oksford yoki Kembridj universitetlarining 2 haftalik yozgi maktabiga qatnashish to'lovi uchun 100% chegirmani qo'lga kiritadi.
- 2-o'rinni olganlar yozgi maktab to'lovi uchun 70% chegirmani qo'lga kiritadi.

Yozgi maktabda quyidagilar ta'minlanadi:
- 13 kunlik turar joy
- nonushta va tushlik
- 40 soatlik akademik mashg'ulotlar
- o'quv materiallari
- mentorlik dasturi
- ekskursiyalar
- bitiruv marosimi va sertifikat

Arizalar 2022-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/immerse-education-essay-competition-oksford-va-kembrij-universitetida-yozgi-maktab-uchun-100-gacha-grant/

@grantlar
👍53🔥6❤4
Volunteer Society Nepal: Nepalda volontyorlik dasturi

Batafsil👇
https://grantlar.uz/volunteer-society-nepal-nepalda-volontyorlik-dasturi/

@grantlar
👍25🔥10❤2
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1600 dollargacha oylik stipendiya!

Nomzodlar ingliz yoki yapon tilida oʻqishi mumkin, biroq bu grantga ariza topshira olish uchun yapon tilini suhbatlasha oladigan darajada bilishi kerak.

Grant imkoniyati:
– 10 nafar gʻolibning har biriga oʻqishini tugatguncha 1200 dollardan 1600 dollargacha oylik stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 1-sentabrdan 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/honjo-international-scholarship-foundation-yaponiyada-bakalavriatdan-keyingi-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻra olishingiz uchun grant haqidagi maʼlumot ertaroq berilmoqda.

@grantlar
👍54🔥2❤1
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatorda oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3000 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 200 AQSh dollaridan pul mukofoti.
– Eng yaxshi 12 ta sheʼr Winning Writers saytiga joylanadi.

Sheʼrlar 2022-yil 15-apreldan 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍38❤4🔥4
ESD Okayama Award: Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar!

Tanlovda mahalliy darajada Barqaror rivojlanish uchun taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan, shu sohaga oid mashgʻulotlarni amalga oshirayotgan tashkilotlar oʻz loyihasi bilan qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki yapon tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar: 2 tagacha eng yaxshi loyihaga 3 ming dollar mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/esd-okayama-award-tashkilotlar-uchun-talim-boyicha-mahalliy-loyihalar-tanlovi/

@grantlar
👍37🔥5❤4
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 500 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 700 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍53🔥2❤1
#bilsizmi

AQSHning J-1 vizasi haqida bilasizmi?

Maqolada tanishasiz:
– AQSH tomonidan beriladigan J-1 vizasi qanday viza?
– J-1 viza bilan AQSHga borib, qaytganlar 2 yil davomida AQSH yoki boshqa davlatlarga bora olmaydimi?
– Oʻzbekiston fuqarolariga qanday dasturlarda qatnashish uchun J-1 viza beriladi?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/aqshning-j-1-vizasi-haqida-bilasizmi/

@grantlar
👍28❤5🔥4
Tech Briefs: Innovatsion texnologiyalar boʻyicha tanlov; bosh mukofot 25 ming dollar!

Har yili oʻtkaziladigan Create the Future Design tanloviga inson hayotini yengillashtirish boʻyicha yangi ixtirolar, texnika va texnologiyalar dizaynlari/gʻoyalari qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Bosh mukofot: 25 ming dollar
– 7 ta kategoriya gʻolibining har biriga ish stansiyasi kompyuteri
– En ommabop 10 ta ish muallifiga magnitik toʻplam
– Yuqori baholangan 100 ta ish egalariga maxsus sertifikat

Ishlar 2022-yil 1-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tech-briefs-aqshda-innovatsion-texnologiyalar-boyicha-tanlov/

@grantlar
👍33🔥5❤4
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya; joy 400 ta!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti har yili jami 400 nafar atrofida magistr va PhD talabalarini oʻqishga qabul qiladi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 6.0 yoki TOEFL 80 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (530-1000 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2022-yil 10-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2022-yil 31-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍56❤8🔥7
Oʻzbekiston fuqarolariga AQSH hukumati tomonidan taklif etiladigan toʻliq moliyalashtirilgan dasturlar

Bunday dasturlar anchagina va ularda turli yosh va soha vakillari (maktab oʻquvchilaridan tortib, 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega mutaxassislargacha) qatnashishi mumkin.

👉 DASTURLAR ROʻYXATINI KOʻRISH

@grantlar
👍39❤5
Germaniya: Bakalavr va magistrlarga qisqa muddatli nemis tili kurslari uchun grant!

Kurslar har yili yozda Germaniya universitetlaridan birida oʻtkaziladi. Davomiyligi – kamida 18 oʻqish kuni.

Ariza topshirish vaqtida nemis tilidan kamida A2 daraja sertifikati talab etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 1061 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 875 yevro mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yilning 15-sentabridan 1-dekabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-bakalavriat-va-magistratura-qisqa-muddatli-kurslar/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻra olishingiz uchun grant haqidagi maʼlumot ertaroq berilmoqda.

@grantlar
👍87❤13🔥11
Maltada 4 haftalik ingliz tili va IELTS kursini oʻqish uchun toʻliq grant; bepul turar joy ham taʼminlanadi!

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Gʻolib taklif etilgan muayyan muddat oraligʻidan kursni qachon oʻqishni oʻzi tanlaydi.

Arizalar ingliz tilida toʻldiriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Maltada 4 haftalik bepul umumiy ingliz tili va IELTS kursi
– Bepul turar joy va SIM-karta taʼminlandi
– Doʻkon va restoranlar uchun chegirma beruvchi karta taqdim etiladi
– Aeroportdan maktabga borish va qaytish uchun transport taʼminlanadi
– Netflix, DVD disklar va kitoblardan bepul foydalanish imkoni
– Kurs materiallari, daraja testlari va sertifikat

Arizalar 2022-yil 25-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/maltada-4-haftalik-ingliz-tili-va-ielts-kursini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍94🔥20❤19
Writers Of The Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yyil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2022-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍42🔥10❤9
KOICA: Koreyada kimyo sohasida magistratura va doktoranturani oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 22 ta!

KOICA tashkiloti va “Oʻzkimyosanoat” AJ hamkorligida tashkil etilgan bu grant doirasida magistratura uchun 12 ta, doktorantura (PhD) uchun 10 ta joy ajratilgan.

Dastur imkoniyatlari:
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Kontrakt toʻlovi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Turar joy xarajati qoplanadi
– Bepul tibbiy sugʻurta

Arizalar 2022-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/koica-koreyada-kimyo-sohasida-magistratura-va-doktoranturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍35❤4🔥4
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
👍33🔥4❤2
​Koreyada ingliz tili sohasida oʻqish (magistratura)

Seul shahrida
(Janubiy Koreya) joylashgan IGSE oliygohi ingliz tiliga ixtisoslashgan quyidagi magistrlik dasturlarini taklif qiladi:
– MA in TESOL
– MA in ELT Materials & Digital Contents Development

Oliygoh xalqaro talabalar uchun qabul boʻyicha onlayn brifing va maxsus maʼruza tashkillashtirmoqda.

Onlayn maxsus maʼruza:
– Vaqti: 2022-yil 9-iyun, 16:00 (Uzb vaqti bilan)
– Mavzusi: The Future of English materials
– Kichik mavzusi: What I Would Like the Future of ELT Materials to Be and What I Think It’s Likely to Be
– Shakli: Zoom orqali
– Spiker: Dr. Brian Tomlinson:
* MATSDA (the international Materials Development Association) asoschisi va raisi;
* Anaheim universitetida TESOL boʻyicha professor-oʻqituvchi;
* Liverpul universitetida Faxriy professor

Qabul boʻyicha brifing (Zoom orqali):
– Kim uchun:
Seulda TESOL boʻyicha magistraturani oʻqishni xohlaganlar uchun
– Vaqti: 2022-yil 9-iyun, 17:40 (Uzb vaqti bilan)
– Dastur tarkibi:
1) IGSE MA in TESOL dasturi oʻquv haqida maʼlumot
2) Ariza topshirish jarayoni
3) Vizaga ariza topshirish
4) Savol-javoblar

☝️Ushbu tadbirlarda qatnashish uchun BU YERDA oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim (roʻyxatdan oʻtgach, Zoom havolasi email orqali yuboriladi).

Ushbu magistrlik dasturlariga arizalar 2022-yil 20-iyundn 30-iyungacha qabul qilinadi.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar, grantlar haqida QABUL YOʻRIQNOMASIDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Oliygoh talabalari videolari:

👉
Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

👉 Oʻzbekist
onlik talaba qiz videosi

👉
Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti | Qabul yoʻriqnomasi
👍41❤11🔥11
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1119 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
👍34❤7🔥4