Grantlar.uz
79.6K subscribers
8.41K photos
49 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Helsinki universiteti (TOP 101) magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi qoplanadi (50% dan 100% gacha).

Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmatsevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

Hujjatlar qabuli 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 5-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻra olishingiz uchun grant haqidagi maʼlumot ertaroq berilmoqda.

@grantlar
👍67🔥10❤7
iF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro!

Tanlovga BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan biriga aloqador loyihalar qabul qilinadi.

Tanlova kompaniyalar, fondlar, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar ariza topshirishi mumkin.

Mukofot: Eng munosib loyiha(lar) 100 ming yevro mablagʻ bilan taʼminlanadi.

Arizalar 2022-yil 9-noyabrgacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/if-social-impact-prize-ijtimoiy-loyihalar-tanlovi-mukofot-jamgarmasi-100-000-yevro/

@grantlar
👍35🔥6❤2
Jurnalist, bloger va hujjatli film rejissyorlari uchun Germaniyada 2 oylik amaliyot dasturi; stipendiya – 3800 yevro!

Internationale Journalisten-Programme tashkiloti tomonidan taklif etiladigan bu dasturga 20-35 yoshli, nemis yoki ingliz tilini biladigan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imtiyozlari:
– Germaniya OAVlaridan birida 2 oy davomida amaliyot oʻtash
– 3800 yevro stipendiya
– Soha uchun kerakli bilim va koʻnikmalarni oshirish imkoniyati

Arizalar 2022-yil 25-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/internationale-journalisten-programme-germaniyada-2-oylik-amaliyot/

@grantlar
👍39❤6🔥6
I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida o‘qish uchun ayol-qiz talabalarga 1 yillik grant

Grant Texnologik mashinalar va jihozlar (sovutish mashinasozligi) yo‘nalishi boʻyicha bakalavriatda oʻqish uchun beriladi.

2022-2023-oʻquv yilida shu yoʻnalishda 1, 2, 3 va 4-kurs boʻladigan va toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan ayol-qizlar ariza topshirishi mumkin.

Grant miqdori: 2 nafar gʻolibaga 1 yillik kontrakt summasi toʻlab beriladi.

Arizalar 2022-yil 30-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/toshkent-davlat-texnika-universitetida-oqish-uchun-ayol-qiz-talabalarga-1-yillik-grant/

@grantlar
👍45❤14🔥2
English for Science: Oʻzbekiston tadqiqotchi-olimlari uchun bepul akademik ingliz tilida dasturi

Dasturda ingliz tilini kamida B1 darajada biladigan oʻzbekistonlik tadqiqotchi-olimlar qatnashishi mumkin.

Manfaatli jihatlari:
– Qatnashish bepul
– Ilmiy ishlarni yetakchi xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etishda amaliy yordam
– tadqiqot yoʻnalishlari va ixtisosliklari boʻyicha Akademik ingliz tili bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyati va boshqalar

Arizalar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/english-for-science-ozbekiston-tadqiqotchi-olimlari-uchun-bepul-akademik-ingliz-tilida-dasturi/

@grantlar
👍39❤9🔥2
Grantlar.uz loyihasidan maxsus dastur:

Path to the US High Schools: Maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni AQSH maktablarida davom ettirish imkoniyati!

Kim qatnasha oladi?
– 2022-yil sentabr holatiga koʻra, maktabning 9 va 10-sinf oʻquvchilari va kollej/litseyning 1-kurs oʻquvchilar

Dasturda quyidagilar boʻyicha maʼlumot va amaliy yordam beriladi:
– AQSH maktablariga hujjat topshirish va oʻqish uchun grant olish
– Hujjatlarni tayyorlash
– Intervyudan oʻtish
– Ariza topshirishdan boshlab, qabul qilinguncha istalgan savollarga javob berish

Kim oʻtadi?
Dastur mashgʻulotlari AQSH maktablariga hujjat topshirish tajribasiga ega oʻquvchilar, AQSH maktablarida toʻliq yoki qisman grant asosida oʻqish imkonini beruvchi dasturlar (FLEX, UWC va h.k.) gʻoliblari tomonidan oʻtiladi.

Arizalar 2022-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/path-to-the-us-high-schools
👍60❤6🔥2
5 kundan keyin qabul tugaydi

Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq!

Ushbu xalqaro insholar tanloviga 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– 14 yoshgacha boʻlganlar;
– 15-25 yoshlilar.

Bu yilgi tanlov mavzusi: My Values (Mening qadriyatlarim).

Insholar ingliz, fransuz yoki yapon tilida yozilishi mumkin.

Mukofotlar: Jami 60 dan ortiq sovrinli oʻrinlar bor. Sovrindorlar diplom, sovgʻalar va pul mukofoti (840 dollargacha) bilan taqdirlanadi.

Insholar 2022-yil mart oyidan 15-iyun, 23:59 gacha qabul qilinadi

Batafsil👇
https://grantlar.uz/goi-peace-foundation-25-yoshgacha-bolganlar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍57🔥6❤5
Oʻzbekiston: “Mening raqamli huquqlarim” videoroliklar tanlovida qatnashib, Samsung Galaxy telefoni yutib oling!

Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan oʻtkazilayotgan bu tanlovda 18-30 yoshli barcha qatnashishi mumkin.

Tanlovga 60 soniyadan oshmagan videorolik topshirish talab etiladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin. Samsung Galaxy A52 4/128 GB..
– 2-oʻrin. Samsung Galaxy A23 4/64 GB.
– 3-oʻrin. Samsung Galaxy A22 4/64 GB.
– Yana 3 nafar sovrindor: 3 ta Power Bank Xiaomi Mi 3, 10000 mAh.

Arizalar 2022-yil 20-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mening-raqamli-huquqlarim-videoroliklar-tanlovi/

@grantlar
👍46❤3🔥3
Yangi O'zbekiston Universitetidan bakalavr bosqichida oʻqishni istagan intiluvchan yoshlar uchun takrorlanmas imkoniyatlar!

Universitet siz uchun:
– 50%, 70%, 100% gacha grant yutish;
– AQSH, Germaniya va Janubiy Koreya kabi davlatlarda amaliyot o‘tash;
– yuqori malakali xorijiy professorlar tajribasidan foydlanish;
– rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli kadrlar ro‘yxatiga kirish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Arizalar 2022-yil, 20-iyunga qadar onlayn shaklda qabul qilinadi.

Onlayn hujjat topshirish: https://admissions.newuu.uz/

Murojaat uchun:
📞 +998 (71) 202 4111

P.S. Universitetda ta'lim jarayonlari ingliz tilida olib borilganligi sababli sizdan ingliz tilini bilish darajangizni tasdiqlovchi sertifikat talab etiladi.

👉 BATAFSIL 👈

Veb-sayt | Instagram | Facebook |Telegram
👍54🔥8❤7
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridagi biri – Stenford uninversiteti (AQSH) bakalavriat kurslariga ariza topshirayotganlarga moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Moliyaviy yordam shakllari quyidagicha:

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 150 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 75 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Arizalar qabuli uchun 2 ta dedlayn (qabul muddati) bor:
– Erta qabul: har yili 1-noyabr.
– Odatiy qabul: har yili 5-yanvar.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stenford-universitetining-bakalavriat-talabalariga-moliyaviy-yordam-dasturi/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ancha erta maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍74🔥12❤6
Wake Forest University: Bakalavriatni AQSHda oʻqish uchun toʻliq grant, bepul yotoqxona va oziq-ovqat!

AQShda joylashgan Wake Forest universiteti bakalavriat bosqichiga topshiruvchi nomzodlarga Stamps Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi va boshqa badallardan toʻliq ozod etiladi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Shaxsiy xarajatlar uchun 3400 dollar mablagʻ ajratiladi.
– Tadqiqotlar uchun qoʻshimcha 15 000 dollarlik yordam puli olish mumkin.

Bu grant yiliga 15 nafargacha talabaga ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wake-forest-university-bepul-oqish-yotoqxona-3-400-dollar-stipendiya-va-15-000-dollar-moliyaviy-yordam/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ancha erta maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍53🔥11❤9
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki tabiiy fanlar boʻyicha qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
👉 Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
👉 Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
👉 Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2022-yil 25-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
👍63🔥5❤2
MEXT University Recommendation: APU (Yaponiya) universitetida magistraturani PhD bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Grant APUda mavjud istalgan magistrlik va PhD dasturi uchun beriladi. Oʻqish – ingliz tilida.

Grant imkoniyatlari:
– Qabul badallari qoplanadi
– Kontrakt summasi toʻlab beriladi
– Oyiga 1072 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta taʼminlanadi

Arizalar 2022-yil 16-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mext-university-recommendation-apu-yaponiya-universitetida-magistraturani-phd-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍54🔥9❤1
TED Fellows Program: Kanadaga bepul sayohat va TED konferensiyasida nutq soʻzlash imkoniyati!

Navbatdagi konferensiya 2023-yil 14-22-aprel kunlari Vankuver shahrida (Kanada) boʻlib oʻtadi. Ishtirokchilardan oʻz sohasiga oid mavzuda nutq soʻzlash talab etiladi (ingliz tilida).

Kamida 18 yosh boʻlgan istalgan soha vakillari ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– TED Fellows konferensiyasiga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (safar, turar joy, oziq-ovqat va h.k.) qoplanadi.
– Dastur tashkilotchilari mutaxassislardan omma oldida nutq soʻzlash va nutqini sayqallash yuzasidan yordam oladi.

Arizalar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shaxsiy-rivojlanish-uchun-ted-fellows-program-dasturi-ishtirokchilar-ted-talkda-nutq-sozlaydilar/

@grantlar
👍53❤9🔥9
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 18 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2022-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍27❤2🔥2
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 130 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichini tamomlagan yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍47🔥5❤3
Eʼlon!

Excellence Scholarship (IES) dasturiga arizalar qabuli muddati 2022-yil 30-iyungacha uzaytirildi.

Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Ishtirokchilar uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

Quyida dasturga oid manbalar bilan tanishishingiz mumkin:

👉 Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

👉 Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

👉 Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

@grantlar
👍27🔥5
AQSHda oʻqishga ketayotgan talaba bilishi lozim boʻlgan 4 narsa

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/aqshda-oqishga-ketayotgan-talaba-bilishi-lozim-bolgan-4-narsa/

@grantlar
👍30❤9🔥9
Japan Internship Program: Yaponiyada 5 haftalik amaliyot; sugʻurta va safar xarajatlari qoplanadi; joy – 200 ta!

Amaliyotga ingliz yoki yapon tilida ariza topshirish mumkin. Amaliyot ham shu tillardan birida olib boriladi.

Dasturga jami 200 nafar ishtirokchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Dastur imkoniyatlar:
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Bepul ishlatish uchun noutbuk, LAN, mobil qurilma va boshqalarni olib turish mumkin.
– Yaponiyaga tashrif xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-internship-program/

@grantlar
👍34🔥7❤6
Deutschland Scholarship: Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 150 ta!

Mannheim universiteti bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun 150 ta grant taklif etmoqda.

Grantlar universitetdagi istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 300 yevro stipendiya
– Taqdirlash marosimi
– Amaliyot, turli tadbirlarga takliflar imkoniyati

Qabul muddatlari:
– Bakalavriat uchun 2022-yil 1-iyundan 18-iyulgacha;
– Magistratura uchun 2022-yil 15-martdan 31-maygacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/deutschland-scholarship/

@grantlar
👍48❤3🔥3