Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Stamps Scholarship: AQSHda bakalavriat uchun toʻliq grant, bepul turar joy va 12 000 dollar mablagʻ!

Mayami universiteti bakalavriatda oʻqishni xohlovchilar uchun Stamps Scholarship dasturini taklif etadi.

Maktab, kollej yoki litseyda oxirgi sinf/kurs vaqti ariza topshiradiganlar bu grantga talabgorlik qilishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi va boshqa badallar qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul oziq-ovqat
– Noutbuk va darsliklar olish uchun mablagʻ
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Tadqiqotlar uchun 12 ming dollar mablagʻ

Arizalar 2022-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi (2023-yilning bahorgi yoki kuzgi semestri uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stamps-scholarship-aqshda-bakalavr-kursi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍61🔥8❤6
Yale Drama Series: Pyesa yozib, uni jahonga taniqli nashriyotda chop ettirish va 10 000 dollar yutib olish imkoniyati

Bu tanlov hali professional faoliyatga kirishmagan dramaturglar uchun moʻljallangan. Unda istalgan davlat fuqarolari ingliz tilida yozgan pyesasi bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Gʻolib pyesa Yale University Press tomonidan nashr etiladi
– Gʻolib 10 ming dollar bilan taqdirlanadi

Arizalar 2022-yilning 15-avgustigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yale-drama-series-pyesalar-tanlovi/

@grantlar
👍38🔥10❤2
Dunyoning 7 raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant!

AQSHda joylashgan Princeton universiteti bakalavrlik kurslariga topshiruvchi barcha nomzodlarga ularning moliyaviy holatiga qarab, moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Oilaviy daromadi 65 ming dollardan kam boʻlgan talabalar oʻqish pulidan ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Navbatdagi qabul 2022-yil avgust oyi oʻrtalarida boshlanadi (2023-yildan boshlab oʻqish uchun) va quyidagi sanalargacha davom etadi:
– 2022-yil 1-noyabr (erta qabul).
– 2023-yil 1-yanvar (odatiy qabul)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ancha erta maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍79❤24🔥9
MEXT University Recommendation: APU (Yaponiya) universitetida magistraturani PhD bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Grant APUda mavjud istalgan magistrlik va PhD dasturi uchun beriladi. Oʻqish – ingliz tilida.

Grant imkoniyatlari:
– Qabul badallari qoplanadi
– Kontrakt summasi toʻlab beriladi
– Oyiga 1072 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta taʼminlanadi

Arizalar 2022-yil 16-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mext-university-recommendation-apu-yaponiya-universitetida-magistraturani-phd-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍39🔥10❤3
AQSHda huquq boʻyicha magistratura PhD bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 marta qabul qilinadi. 2022-yildagi qabulning oxirgi muddati – 2022-yil 1-noyabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍36🔥9❤6
Volontyorlar uchun Antaliyada 5 kunlik kuzgi lager: Turar joy, oziq-ovqat va ichki transport xarajatlari qoplanadi!

Dasturda volontyorlik tajribasiga ega 18-35 yoshlilar qatnashishi mumkin. Dastur tadbirlari ingliz tilida boʻliadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Ichki transport xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy, oziq-ovqat, va ichki turizm xarajatlari qoplanadi.
– Bepul tibbiy sug‘urta.
– Viza olish uchun taklifnoma yuboriladi (agar viza kerak boʻlsa).
– Maxsus sertifikat.

Arizalar 2022-yil 1-avgust 02:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/4th-icyf-international-young-volunteers-camp/

@grantlar
👍62❤11🔥7
Wake Forest University: Bakalavriatni AQSHda oʻqish uchun toʻliq grant, bepul yotoqxona va oziq-ovqat!

AQShda joylashgan Wake Forest universiteti bakalavriat bosqichiga topshiruvchi nomzodlarga Stamps Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi va boshqa badallardan toʻliq ozod etiladi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Shaxsiy xarajatlar uchun 3400 dollar mablagʻ ajratiladi.
– Tadqiqotlar uchun qoʻshimcha 15 000 dollarlik yordam puli olish mumkin.

Bu grant yiliga 15 nafargacha talabaga ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wake-forest-university-bepul-oqish-yotoqxona-3-400-dollar-stipendiya-va-15-000-dollar-moliyaviy-yordam/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ancha erta maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍45🔥18❤2
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan kishilarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 18-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
👍32🔥10❤6
Harvard Kennedy School: AQSHda 4 oylik amaliyot dasturi; 30 000 dollar stipendiya beriladi!

Dasturga jurnalist, siyosatchi, olim va professor-oʻqituvchilar ariza topshirishi mumkin.

Ishtirokchilar media va siyosatga oid masalalar yuzasidan tadqiqot olib boradi (ingliz tilida).

Dastur imtiyozlari:
– 30 ming dollar stipendiya
– Ish joyi, telefon, kompyuter, Garvard email manzili va Garvard ID hujjati beriladi
– Assistent boʻlib ishlash ham mumkin (alohida haq toʻlanadi)

Arizalar 2022-yil 7-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-kennedy-school-jurnalist-siyosatchi-va-professor-oqituvchilar-uchun-4-oylik-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍43🔥4❤2
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2022-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2023-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 30 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

P.S. Bu dasturga oldindan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun hozirdan xabardor qilmoqdamiz.

@grantlar
👍81❤6🔥5
Grantlar.uz loyihasidan maxsus dastur:

Path to the US High Schools: Maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni AQSH maktablarida davom ettirish imkoniyati!

Kim qatnasha oladi?
– 2022-yil sentabr holatiga koʻra, maktabning 9 va 10-sinf oʻquvchilari va kollej/litseyning 1-kurs oʻquvchilar

Dasturda quyidagilar boʻyicha maʼlumot va amaliy yordam beriladi:
– AQSH maktablariga hujjat topshirish va oʻqish uchun grant olish
– Hujjatlarni tayyorlash
– Intervyudan oʻtish
– Ariza topshirishdan boshlab, qabul qilinguncha istalgan savollarga javob berish

Kim oʻtadi?
Dastur mashgʻulotlari AQSH maktablariga hujjat topshirish tajribasiga ega oʻquvchilar, AQSH maktablarida toʻliq yoki qisman grant asosida oʻqish imkonini beruvchi dasturlar (FLEX, UWC va h.k.) gʻoliblari tomonidan oʻtiladi.

Arizalar 2022-yil 20-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/path-to-the-us-high-schools

@grantlar
👍53🔥6❤3
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Helsinki universiteti (TOP 101) magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi qoplanadi (50% dan 100% gacha).

Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmatsevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

Hujjatlar qabuli 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 5-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻra olishingiz uchun grant haqidagi maʼlumot ertaroq berilmoqda.

@grantlar
👍42🔥7❤5
Qozogʻiston: Orol dengizi bo‘yida 4-xalqaro yozgi maktab; qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda 18-35 yoshli talabalar (bakalavr, magistr, fan doktori) qatnashishi mumkin. Yozgi maktab 2022-yil 10-20-avgust kunlari Qozogʻistonda boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Safar, turar joy, oziq-ovqat va ishtirok bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi

Arizalar 2022-yil 31-iyul, 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/4th-aral-summer-school/

@grantlar
👍44🔥10❤6
iF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro!

Tanlovga BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan biriga aloqador loyihalar qabul qilinadi.

Tanlova kompaniyalar, fondlar, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar ariza topshirishi mumkin.

Mukofot: Eng munosib loyiha(lar) 100 ming yevro mablagʻ bilan taʼminlanadi.

Arizalar 2022-yil 9-noyabrgacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/if-social-impact-prize-ijtimoiy-loyihalar-tanlovi-mukofot-jamgarmasi-100-000-yevro/

@grantlar
👍22🔥3
“EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition” fototanlovida qatnashib, 1000 dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda butun dunyodan suratkashlikka qiziquvchi barcha qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Bosh sovrin – 1000 dollar
– Yana 3 ta kategoriya boʻyicha gʻoliblarning har biriga 250 dollardan mukofot

Suratlar 2023-yil 28-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eo-global-wildlife-natural-world-photography-competition/

@grantlar
👍32❤9
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 500 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 700 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍25🔥10
Grantlar.uz jamoasi Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatib, oʻqish uchun qolgan hamyurtimiz – Nargiza Numonjonova bilan Au Pair dastur haqida suhbat qilgan.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:

👉 Au Pair qanday dastur?

👉 Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?

👉 Qanday hujjat topshirish mumkin?

👉 Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqing👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyaga-au-pair-dasturi-orqali-borish-haqida-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍61❤3
Nemis tili menga nima beradi?

Koʻpchilik ingliz tilini oʻrganadi. Lekin ayrimlar buning oʻrniga nemis tilini yoki ingliz tilidan keyin nemis tilini oʻrganadi. Va bu munosib tanlov.

Bugun nemis tili orqali qatnashish mumkin boʻlgan grant dasturlari haqida gaplashamiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/nemis-tili-menga-nima-beradi/

@grantlar
❤26👍25🔥3
Toshkentda “Iqlim oʻzgarishi va ziddiyatlar” mavzusida trening: qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi!

Trening 2022-yil 4-7-oktabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Ijtimoiy fanlar va shu sohaga aloqador sohada bakalavrlik yoki magistlik diplomida ega nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur imkoniyatlar:
– Safar, oziq-ovqat va turar joy xarajatlari qoplanadi.
– Maxsus sertifikat beriladi.

Arizalar 2022-yil 7-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/certificate-training-climate-change-and-conflict/

@grantlar
👍41❤4
“Yangi O‘zbekiston” mavzusida maqolalar tanlovida ishtirok etib, 6 mln soʻmgacha mukofot yutib oling!

Tanlovda 2022-yil 25-maydan 25-iyuliga qadar gazeta va jurnallarda hamda Oʻzbekiston milliy axborot agentligi va matbuot nashrlarining rasmiy saytlarida eʼlon qilingan maqolalar bilan qatnashish mumkin.

Mukofotlar:
– 2 ta 1-oʻrin: diplom hamda 6 mln soʻmdan pul mukofoti;
– 2 ta 2-oʻrin: diplom hamda 4 mln soʻmdan pul mukofoti;
– 2 ta 3-oʻrin: diplom hamda 2 mln soʻmdan pul mukofoti;
– Qoʻshimcha 3 ta ragʻbatlantiruvchi oʻrin mualliflari diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Maqolalar 2022-yil 30-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/yangi-ozbekiston-mavzusida-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
👍53🔥7❤3