Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga dollardan.

Sheʼrlar 2022-yil 15-avgustdan 2023-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍35🔥4❤3
Qabul tugashiga 5 kun qoldi

Insholar tanlovi: pandemiya davridagi hayot haqida insho yozib, pul mukofoti yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va unda COVID-19 bilan bogʻliq hayotiy tajribangiz haqida hikoya qilinishi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2022-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
👍52🔥6❤5
THIEL Fellowship: 22 yoshgacha bo’lgan, o’z biznes g’oyasiga ega yoshlar uchun 100 000 AQSH dollari!

Bu dastur OTMda oʻqish oʻrniga oʻz loyihasini amalga oshirmoqchi boʻlganlarga moʻljallangan. Agar gʻolib talaba boʻlsa, oʻqishni tashlashi kerak boʻladi.

Mukofot

Har yili 20-30 nafar gʻolib quyidagicha taqdirlanadi:
– 100 ming dollar mablagʻ
– Thiel jamgʻarmasing asoschilari, investorlari va olimlari yordami

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/thiel-fellowship-22-yoshgacha-bolgan-oz-biznes-goyasiga-ega-yoshlar-uchun-100-000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍23🔥18
Aksariyat talabalar xorijda o'qish paytida ishlashni ham rejalashtiradi.

Xo'sh, xorijda ham o'qib, ham ishlamoqchi bo'lganlar nimalarga e'tibor qaratishi kerak?

Bugun shu haqida qisqacha to'xtalamiz.

👉 VIDEONI SHAKLIDA KO'RISH👈

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

@grantlar
👍20❤5
National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!

Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin:
5000 funt-streling.
2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 200 funt-sterling.

Sheʼrlar qabuli 2022-yil 31-oktyabrgacha davom davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
👍35❤7🔥5
“We are together” ijtimoiy loyihalar tanlovi

Tanlovda 18 yosh va undan katta jismoniy shaxslar hamda tashkilotlar qatnashishi mumkin. Tanlovga ekologiya, barqaror rivojlanish, teng imkoniyatlar va ijtimoiy adolat, tibbiyot va sogʻlom turmush tarziga oid loyihalar qabul qilinadi.

Imtiyozlari:
– Qatnashish bepul
– Final bosqichiga oʻtganlar Moskvadagi forumga taklif etiladi; safar xarajatlari qoplanishi mumkin
– Diplom, esdalik sovgʻalar va pul mukofotlari
– Yetakchi ekspertlar, jamoat arboblari bilan uchrashuvlar

Arizalar 2022-yil 15-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/we-are-together-ijtimoiy-loyihalar-tanlovi/

@grantlar
👍51❤11🔥6
Markaziy Osiyodagi trening, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarga qatnashish uchun 500 dollargacha safar grantlari!

Bu dasturga 18-30 yoshli yosh yetakchilar, jurnalistlar, blogerlar, jamoatchilik faollari, jamoat tashkilotlari vakillari ariza bera oladi.

Grantlar Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistonda boʻlib oʻtadigan tadbirlar uchun ajratiladi.

Dastur imkoniyati: Munosib nomzodlarga 500 dollargacha grant ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/500-dollargacha-safar-grantlari/

@grantlar
👍23❤4🔥4
Business Today International Conference: Nyu-Yorkda bakalavriat talabalari uchun xarajatlari qoplanadigan xalqaro konferensiya!

Konferensiya 2022-yil 4-6-noyabr kunlari Manxettenda (Nyu-York) boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Konferensiya mavzusi: Community through business.

Imtiyozlar:
– Ariza toshirish bepul
– Nyu-Yorkka safar xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul oziq-ovqat
– Konferensiya doirasida Impact Challenge musobaqasida qatnashib, gʻolib boʻlgan jamoaga 15 ming dollar mukofot

Arizalar 2022-yil 1-avgust va 2022-yil 1-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/business-today-international-conference/

@grantlar
👍54❤8🔥5
Avgustda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2022-yil avgust oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 “Ozon qatlami va hayot” nomli ilmiy maqolalar tanlovi; mukofot – noutbuk! (dedlayn: 1-avgust)

👉 18-30 yoshlilar uchun Strasburgda demokratiya mavzusida forum; qatnashish xarajatlari qoplanadi! (dedlayn: 2-avgust)

👉 Koreyada 3 kunlik forum. Aviachipta, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi! (dedlayn: 5-avgust)

👉 Pokiston va Oʻzbekiston diplomatik aloqalarining 30 yilligi munosabati bilan insholar tanlovi! (dedlayn: 6-avgust)

👉 Toshkentda “Iqlim oʻzgarishi va ziddiyatlar” mavzusida trening: qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 7-avgust)

👉 Bangkokda 4 kunlik dastur, 35 ta toʻliq va qisman grantlar taklif etiladi! (dedlayn: 10-avgust)

👉 ClimateScience Olympiad 2022: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun mukofot jamgʻarmasi 15 000 AQSh dollar boʻlgan onlayn olimpiada! (dedlayn: 10-avgust)

👉 OSCE Akademiyasi: Iqtisod sohasida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va boshqa moddiy imtiyozlar! (dedlayn: 14-avgust)

👉 Rossiya: HSE oliygohi bakalavriat va magistratura kurslari uchun toʻliq va qisman grantlar taklif etmoqda. (dedlayn: 14-avgust)

👉 “We are together” ijtimoiy loyihalar tanlovi (dedlayn: 15-avgust)

👉 Yale Drama Series: Pyesa yozib, uni jahonga taniqli nashriyotda chop ettirish va 10 000 dollar yutib olish imkoniyati (dedlayn: 15-avgust)

👉 Rossiya: HSE universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar! (dedlayn: 15-avgust)

👉 I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida o‘qish uchun ayol-qiz talabalarga 1 yillik grant (dedlayn: 30-avgust)

👉 Germaniya parlamentida (Bundestag) barcha xarajatlar qoplanadigan 5 oylik amaliyot dasturi! (dedlayn: 31-avgust)

👉 Immerse Education Essay Competition: Oksford, Kembrij va Sidney universitetida 2 haftalik oflayn yoki onlayn yozgi maktabga 100% gacha grant yutib oling! (dedlayn: 31-avgust)

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
👍76🔥12❤3
GCSP Prize – global xavfsizlikka oid innovatsion loyihalar uchun 10 500 dollar mukofot!

Dasturga yakka shaxslar, jamoalar yoki davlat va xususiy tashkilotlar ariza berishi mumkin (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 10 500 dollar va maxsus sertifikat
– 2- va 3-oʻrin: maxsus sertifikat

Arizalar 2022-yil 22-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gcsp-prize-global-xavfsizlikka-oid-innovatsion-loyihalar-uchun-mukofot/

@grantlar
👍32🔥5
2-bosqich ishtirokchilari.pdf
273.8 KB
"Path to the US High Schools" dasturi 1-bosqich natijalari e'lon qilindi.

40 nafar ishtirokchi 2-bosqich uchun tanlab olindi. Yuqoridagi fayl orqali ularni bilib olishingiz mumkin.

2-bosqich 1-10-avgust kunlari o'tkaziladi va ishtirokchilardan ingliz til darajani aniqlovchi test olinadi.

2-bosqichga o'tgan ishtirokchilarni tabriklaymiz! Siz bunga loyiqsiz!

O'ta olmaganlarga esa ko'ngilni cho'ktirmay, olg'a intilishga chaqiramiz.✊

@grantlar_namuna
👍40🔥11❤6
Women Deliver xalqaro konferensiyasi uchun toʻliq grant; konferensiyada oflayn yoki onlayn qatnashish mumkin!

Konferensiya 2023-yil 17-20-iyul kunlari Kigali shahrida (Ruanda) boʻlib oʻtadi. Konferensiyaga ingliz, ispan yoki fransuz tilida ariza berish mumkin.

Konferensiyada gender tengligi, ayol-qizlar huquqlari va shu kabi masalalar muhokama qilinadi.

Istalgan yoshdagi va istalgan davlatdan boʻlgan nomzodlar ariza berishi mumkin.

Grantlar

Oflayn qatnashish uchun:
– Qatnashish haqi qoplanadi
– Safar xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Ichki transport va oziq-ovqat uchun haq

Onlayn qatnashish uchun:
– Qatnashish haqida qoplanadi
– Internet/texnologiyadan foydalanish uchun stipendiya

Arizalar 2022-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/women-deliver-xalqaro-konferensiyasi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍57❤10🔥8
Vanier Canada Graduate Scholarship: Kanadada doktoranturani oʻqish uchun yillik 50 ming dollar grant; joy – 166 ta!

Bu grantga quyidagi sohalarda tadqiqot olib borishni xohlovchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin:
– Health research
– Natural sciences and/or engineering
– Social sciences and humanities

Dastur imtiyozi: Doktorantura davomida (3 yil) yiliga 50 ming dollar stipendiya beriladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vanier-canada-graduate-scholarship/

@grantlar
👍26🔥6
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 3 xil muddat bor:
– Har yili 31-dekabrgacha.
– Har yili 31-yanvargacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
👍44🔥6❤2
Chet elda grant yutishning 11 siri

Chet elda grant asosida o'qish uchun qanday yo'l tutish kerak? Buning sirlari nimada?

Grantlar.uz jamoasi xorijda o'qish uchun grant yutish borasida real va amaliy tavsiyalardan iborat material tayyorlagan.

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH 👈

@grantlar
👍31🔥1
Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dasturga bakalavrlik diplomi va kamida 2 yillik mehnat tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun mablagʻ
– Joʻnab ketish uchun mablagʻ
– Viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 2-avgustdan 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida manbalar:

👉 Chevening dasturi haqida batafsil maʼlumot

👉 Chevening gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat

👉 Chevening gʻoliblarining hujjatlari

@grantlar
👍51❤14🔥6
V-Young Professional Fellowship – Bangkokda 4 kunlik dastur, 35 ta toʻliq va qisman grantlar taklif etiladi!

Dastur 2022-yil 27-30-sentabr kunlari Bangkokda (Tailand) boʻlib oʻtadi. Yetakchilik mahoratini sayqallashga qaratilgan bu dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Jami 100 nafar ishtirokchi qabul qilinib, 10 nafariga toʻliq, 25 nafarsiga qisman grant ajratiladi.

Toʻliq grant oʻz ichiga oladi:
– Aviachipta va turar joy
– Oziq-ovqat
– Sertifikat va konferensiya toʻplami
– Madaniy va boshqa kechalarga tashrif

Qisman grant oʻz ichiga oladi:
– Turar joy
– Oziq-ovqat
– Sertifikat va konferensiya toʻplami
– Madaniy va boshqa kechalarga tashrif

Arizalar 2022-yil 10-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/v-young-professional-fellowship/

@grantlar
👍46❤5
Qabul muddati 31-avgustgacha uzaytirildi

KOICA: Koreyada kimyo sohasida magistratura va doktoranturani oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 22 ta!

KOICA tashkiloti va “Oʻzkimyosanoat” AJ hamkorligida tashkil etilgan bu grant doirasida magistratura uchun 12 ta, doktorantura (PhD) uchun 10 ta joy ajratilgan.

Dastur imkoniyatlari:
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Kontrakt toʻlovi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Turar joy xarajati qoplanadi
– Bepul tibbiy sugʻurta

Arizalar 2022-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/koica-koreyada-kimyo-sohasida-magistratura-va-doktoranturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍44🔥4❤2
Abituriyentlar diqqatiga!

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro Qishloq Xo'jaligi universiteti, siz abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida:

📣 QABUL jarayonlari MUDDATI UZAYTIRILDI.

❗️Universitet tashkil qilinganligi munosabati bilan 200 ta davlat Grantlari ajratildi.

❗️Hujjatlar joriy yilning 25.08.2022 kuniga qadar qabul qilinadi.

👉🏻 Ro'yxatdan o'tish!

Sizdan talab qilinadigan hujjatlar:

📌Pasport yoki ID karta elektron nusxasi;
📌Umumiy o‘rta ta'limni bitirganligi to‘g‘risidagi shahodatnoma yoki kollej / litsey diplomi;
📌 IELTS 5.0 va yoki boshqa ekvivalent sertifikatlar (+TOEFL, CEFR, Duolingo) elektron nusxasi;
📌 Oxirgi 3 oy ichida olingan 3,5x4,5 RASM;

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

Murojaat uchun:
📞 +998999810919
📞 +998957800028

Instagram | Facebook | Website
👍46🔥7❤3
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 18 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2022-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍34🔥6❤3