Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2022-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2022-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍45❤4🔥4
📣 Abituriyentlar diqqatiga!

🔹 Xalqaro Qishloq Xo'jaligi universiteti, Xalqaro ta'limni O'zbekistonda olish imkoniyatini taklif qiladi.

🔹 Darslar 'science-based practice-oriented' shiori ostida ingliz tilida, chet ellik professorlar tomonidan o'rgatilinadi.

🔹 Universitetni muvaffaqiyatli bitirgan talabalar RAU (Royal Agricultural University) diplomiga ega bo'lishadi.

🔹 Talabalar qishloq xo'jaligiga oid eng oxirgi innavatsion texnologiyalar bilan tanishib borishadi va ularni amaliyotda qo'llash imkoniyatiga ega bolishadi.

❗️Unutmang, qolgan 80 ta grant o'rinlaridan birini aynan siz qo'lga kiritishingiz mumkin.

‼️Shoshiling! Hujjatlar joriy yilning 25-avgustiga qadar davom etadi.

Batafsil ma'lumot uchun:

📞 +99899 981 09 19
📞 +99895 780 00 28

Instagram | Facebook | Website | Telegram
👍33🔥9
ADB Internship Program: magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun haq toʻlanadigan amaliyot!

Amaliyot Filippin poytaxti Manila shahrida ingliz tilida boʻlib oʻtadi. Amaliyotchilar 8-11 hafta davomida amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Xalqaro tashkilotida ishlash.
– 50 dan ortiq davlatlarning tajribali mutaxassislari bilan hamkorlik qilish.
– OTB faoliyati haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo’lish.
– Aviachipta xarajatlarining bir qismi OTB tomonidan qoplanadi.
– Barcha amaliyotchilarga stipendiya taqdim etiladi.

2023-yilgi amaliyot uchun arizalar 2 marta qabul qilinadi:
– 2022-yil 15-iyuldan 15-sentabrgacha
– 2022-yil 15-dekabrdan 2023-yil 15-fevralgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/adb-internship-program-magistratura-va-phd-bosqichi-talabalari-uchun-haq-tolanadigan-amaliyot/

@grantlar
👍39❤4
AQSH: Simmons Universityda bakalavriat bosqichida oʻqish va oʻqishni koʻchirish uchun 108 000 AQSH dollargacha grantlar

Bu universitet bakalavriat bosqichiga faqat ayol-qizlarni qabul qiladi. Oʻgʻil bolalar topshira olmaydi.

Grantlar:
– First-Year Scholarship (1-kursdan oʻqishni boshlash uchun) – 4 yil uchun kontrakt puliga 108 ming dollargacha chegirma
– Transfer Scholarship (oʻqishni Simmons universitetiga koʻchirish uchun) – Kontrakt puliga yiliga 7-17 ming dollar chegirma

Arizalar 2023-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-simmons-universityda-bakalavriat/

@grantlar
👍48❤4
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

Bu universitetda faqat PhD dasturlari taklif etiladi.

Oʻqish va tadqiqot olib borish ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi).
– Yiliga 19 600 dollar stipendiya beriladi.
– Yaponiyaga borib, joylashib olish uchun yordam puli beriladi.
– Shaxsiy kompyuter beriladi.
– Konferensiyalarda ishtirok etish xarajatlari qoplanadi.

Arizalar yiliga ikki marta: mart oyi oxirlari va noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-oist-graduate-university-yaponiya/

@grantlar
👍57❤9🔥4
Immerse Education Essay Competition: Oksford, Kembrij va Sidney universitetida 2 haftalik oflayn yoki onlayn yozgi maktabga 100% gacha grant yutib oling!

Tanlovda 13-18 yoshli o'quvchilar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
- 10 nafar g'olib mashhur Oksford yoki Kembridj universitetlarining 2 haftalik yozgi maktabiga qatnashish to'lovi uchun 100% chegirmani qo'lga kiritadi.
- 2-o'rinni olganlar yozgi maktab to'lovi uchun 70% chegirmani qo'lga kiritadi.

Yozgi maktabda quyidagilar ta'minlanadi:
- 13 kunlik turar joy
- nonushta va tushlik
- 40 soatlik akademik mashg'ulotlar
- o'quv materiallari
- mentorlik dasturi
- ekskursiyalar
- bitiruv marosimi va sertifikat

Arizalar 2022-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/immerse-education-essay-competition-oksford-va-kembrij-universitetida-yozgi-maktab-uchun-100-gacha-grant/

@grantlar
👍60🔥7❤2
Japan Internship Program: Yaponiyada 5 haftalik amaliyot; sugʻurta va safar xarajatlari qoplanadi; joy – 200 ta!

Amaliyotga ingliz yoki yapon tilida ariza topshirish mumkin. Amaliyot ham shu tillardan birida olib boriladi.

Dasturga jami 200 nafar ishtirokchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Dastur imkoniyatlar:
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Bepul ishlatish uchun noutbuk, LAN, mobil qurilma va boshqalarni olib turish mumkin.
– Yaponiyaga tashrif xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-internship-program/

@grantlar
👍49❤10🔥2
AQSHda huquq boʻyicha magistratura PhD bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 marta qabul qilinadi. 2022-yildagi qabulning oxirgi muddati – 2022-yil 1-noyabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍39🔥6
Schwarzman Scholars: Dunyoning 17-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2022-yil 20-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
👍45🔥3❤2
Women Deliver xalqaro konferensiyasi uchun toʻliq grant; konferensiyada oflayn yoki onlayn qatnashish mumkin!

Konferensiya 2023-yil 17-20-iyul kunlari Kigali shahrida (Ruanda) boʻlib oʻtadi. Konferensiyaga ingliz, ispan yoki fransuz tilida ariza berish mumkin.

Konferensiyada gender tengligi, ayol-qizlar huquqlari va shu kabi masalalar muhokama qilinadi.

Istalgan yoshdagi va istalgan davlatdan boʻlgan nomzodlar ariza berishi mumkin.

Grantlar

Oflayn qatnashish uchun:
– Qatnashish haqi qoplanadi
– Safar xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Ichki transport va oziq-ovqat uchun haq

Onlayn qatnashish uchun:
– Qatnashish haqida qoplanadi
– Internet/texnologiyadan foydalanish uchun stipendiya

Arizalar 2022-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/women-deliver-xalqaro-konferensiyasi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍39🔥9❤3
DIQQAT E’LON!

O‘zbekistondagi eng talabgir universitetga uzoq kutilgan qabul jarayoni boshlandi. STARS International University oliygohida xalqaro hamda milliy yo‘nalishdagi talabalar “STARS” milliy diplomi bilan birgalikd, 2 ta Britaniya diplomini qo‘lga kiritadilar.

🗒 Qabul vaqti
: 19-avgustdan 10-sentyabrgacha davom etadi.

📨 Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://stars.university/uz/admission

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+99878-129-19-19

Batafsil ma'lumot:

🇺🇿 UZB 🇷🇺 RU

YouTube | stars.university.uz | Instagram | Facebook
👍29🔥3
Oʻqish bepul universitetlar: Curtis Institute of Music (AQSH)

Bu oliygohda musiqa sohalari boʻyicha bakalavriat, magistratura, diplom kurslari va boshqa dasturlar taklif etiladi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Qabul qilingan barcha talaba kontrakt summasidan ozod qilinadi.
– Yashash xarajatlarini qoplash uchun 2 xil turdagi moliyaviy yordam mavjud.
– Talabalar universitetda oʻqish davridagi kitoblar va boshqa oʻquv materiallari xarajatlarini qoplash uchun 1750 dollar toʻlashi kerak.

Qabul

Arizalar odatda sentabr yoki oktabr oyidan boshlab qabul qilinadi va dekabr oʻrtalarida yakunlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-curtis-institute-of-music-aqsh/

@grantlar
👍34🔥5❤1
Toshkentdagi Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetida o'qish uchun 50 ta grant qoldi!

Universitetda taʼlim toʻliq ingliz tilida. Qabul uchun IELTS 5.0 yoki shunga teng til sertifikati kerak. Til sertifikati yoʻqlar ichki til imtihonini topshirib kirishi mumkin.

Universitet xususiyatlari:
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus qarori asosida tashkil etilgan
– Xalqaro taʼlim standartlari
– Buyuk Britaniya diplomi beriladi
– 7 ta yoʻnalish mavjud
– 50 ta grant oʻrni qoldi

Arizalar 2022-yil 7-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/xalqaro-qishloq-xojaligi-universiteti/

@grantlar
👍27❤7
Sentabrda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2022-yil sentabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 Nyu-Yorkda bakalavriat talabalari uchun xarajatlari qoplanadigan xalqaro konferensiya! (dedlayn: 1-sentabr)

👉 Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati! (dedlayn: 1-sentabr)

👉 18-29 yoshlilar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida 1 haftalik bepul onlayn maktab! (dedlayn: 5-sentabr)

👉 Harvard Kennedy School: AQSHda 4 oylik amaliyot dasturi; 30 000 dollar stipendiya beriladi! (dedlayn: 7-sentabr)

👉 “Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov: gʻolibga velosiped! (dedlayn: 10-sentabr)

👉 Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish imkoniyati; yillik stipendiya – 86 000 dollar! (dedlayn: 13-sentabr)

👉 ADB Internship Program: magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun haq toʻlanadigan amaliyot! (dedlayn: 15-sentabr)

👉 Dunyoning 17-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha! (dedlayn: 20-sentabr)

👉 GCSP Prize – global xavfsizlikka oid innovatsion loyihalar uchun 10 500 dollar mukofot! (dedlayn: 22-sentabr)

👉 Sustainability Scholarship: istalgan davlatda magistratura kursida o’qish uchun 5000 yevrogacha grant (dedlayn: 22-sentabr)

👉 Atlas Shrugged Essay Contest: Bosh mukofoti 10 000 dollar bo’lgan insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 84 ta! (dedlayn: 26-sentabr)

👉 Germaniya: Musiqa yoʻnalishida magistratura yoki malaka oshirish kurslari uchun stipendiya! (dedlayn: 29-sentabr)

👉 Harvard Radcliffe Fellowship Program: Turli soha vakillari uchun AQSHda 9 oylik amaliyot! (dedlayn: 29-sentabr)

👉 Japan Internship Program: Yaponiyada 5 haftalik amaliyot; sugʻurta va safar xarajatlari qoplanadi; joy – 200 ta! (dedlayn: 30-sentabr)

👉 Oʻzbekiston: mukofot jamgʻarmasi 90 mln soʻm boʻlgan videoroliklar tanlovi! (dedlayn: 30-sentabr)

👉 Writers Of The Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari! (dedlayn: 30-sentabr)

👉 The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar! (dedlayn: 30-sentabr)

👉 Iqtisodiyot, moliya va biznes masalalari yoritiladigan jurnalistik ishlar uchun 15 000 dollargacha grant! (dedlayn: 30-sentabr)

👉 Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha! (dedlayn: 30-sentabr)

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
👍79🔥15❤14
iF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro!

Tanlovga BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan biriga aloqador loyihalar qabul qilinadi.

Tanlova kompaniyalar, fondlar, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar ariza topshirishi mumkin.

Mukofot: Eng munosib loyiha(lar) 100 ming yevro mablagʻ bilan taʼminlanadi.

Arizalar 2022-yil 9-noyabrgacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/if-social-impact-prize-ijtimoiy-loyihalar-tanlovi-mukofot-jamgarmasi-100-000-yevro/

@grantlar
👍36❤1
TÖMER imtihoni nima va qanday imkoniyatlar beradi?

Turkiyada turk tilida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun TÖMER til kurslari, imtihoni, narxlari va TÖMER sertifikati ahamiyati haqida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/tomer-imtihoni-nima-va-qanday-imkoniyatlar-beradi/

@grantlar
👍16
GCSP Prize – global xavfsizlikka oid innovatsion loyihalar uchun 10 500 dollar mukofot!

Dasturga yakka shaxslar, jamoalar yoki davlat va xususiy tashkilotlar ariza berishi mumkin (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 10 500 dollar va maxsus sertifikat
– 2- va 3-oʻrin: maxsus sertifikat

Arizalar 2022-yil 22-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gcsp-prize-global-xavfsizlikka-oid-innovatsion-loyihalar-uchun-mukofot/

@grantlar
👍28❤1
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 500 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
👍43🔥8❤3
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Helsinki universiteti (TOP 101) magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi qoplanadi (50% dan 100% gacha).

Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmatsevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

Hujjatlar qabuli 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 5-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻra olishingiz uchun grant haqidagi maʼlumot ertaroq berilmoqda.

@grantlar
👍55❤8
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan kishilarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 18-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
👍34❤5🔥4