Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Sentabrda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2022-yil sentabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 Nyu-Yorkda bakalavriat talabalari uchun xarajatlari qoplanadigan xalqaro konferensiya! (dedlayn: 1-sentabr)

👉 Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati! (dedlayn: 1-sentabr)

👉 18-29 yoshlilar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida 1 haftalik bepul onlayn maktab! (dedlayn: 5-sentabr)

👉 Harvard Kennedy School: AQSHda 4 oylik amaliyot dasturi; 30 000 dollar stipendiya beriladi! (dedlayn: 7-sentabr)

👉 “Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov: gʻolibga velosiped! (dedlayn: 10-sentabr)

👉 Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish imkoniyati; yillik stipendiya – 86 000 dollar! (dedlayn: 13-sentabr)

👉 ADB Internship Program: magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun haq toʻlanadigan amaliyot! (dedlayn: 15-sentabr)

👉 Dunyoning 17-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha! (dedlayn: 20-sentabr)

👉 GCSP Prize – global xavfsizlikka oid innovatsion loyihalar uchun 10 500 dollar mukofot! (dedlayn: 22-sentabr)

👉 Sustainability Scholarship: istalgan davlatda magistratura kursida o’qish uchun 5000 yevrogacha grant (dedlayn: 22-sentabr)

👉 Atlas Shrugged Essay Contest: Bosh mukofoti 10 000 dollar bo’lgan insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 84 ta! (dedlayn: 26-sentabr)

👉 Germaniya: Musiqa yoʻnalishida magistratura yoki malaka oshirish kurslari uchun stipendiya! (dedlayn: 29-sentabr)

👉 Harvard Radcliffe Fellowship Program: Turli soha vakillari uchun AQSHda 9 oylik amaliyot! (dedlayn: 29-sentabr)

👉 Japan Internship Program: Yaponiyada 5 haftalik amaliyot; sugʻurta va safar xarajatlari qoplanadi; joy – 200 ta! (dedlayn: 30-sentabr)

👉 Oʻzbekiston: mukofot jamgʻarmasi 90 mln soʻm boʻlgan videoroliklar tanlovi! (dedlayn: 30-sentabr)

👉 Writers Of The Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari! (dedlayn: 30-sentabr)

👉 The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar! (dedlayn: 30-sentabr)

👉 Iqtisodiyot, moliya va biznes masalalari yoritiladigan jurnalistik ishlar uchun 15 000 dollargacha grant! (dedlayn: 30-sentabr)

👉 Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha! (dedlayn: 30-sentabr)

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
👍79🔥15❤14
iF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro!

Tanlovga BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan biriga aloqador loyihalar qabul qilinadi.

Tanlova kompaniyalar, fondlar, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar ariza topshirishi mumkin.

Mukofot: Eng munosib loyiha(lar) 100 ming yevro mablagʻ bilan taʼminlanadi.

Arizalar 2022-yil 9-noyabrgacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/if-social-impact-prize-ijtimoiy-loyihalar-tanlovi-mukofot-jamgarmasi-100-000-yevro/

@grantlar
👍36❤1
TÖMER imtihoni nima va qanday imkoniyatlar beradi?

Turkiyada turk tilida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun TÖMER til kurslari, imtihoni, narxlari va TÖMER sertifikati ahamiyati haqida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/tomer-imtihoni-nima-va-qanday-imkoniyatlar-beradi/

@grantlar
👍16
GCSP Prize – global xavfsizlikka oid innovatsion loyihalar uchun 10 500 dollar mukofot!

Dasturga yakka shaxslar, jamoalar yoki davlat va xususiy tashkilotlar ariza berishi mumkin (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 10 500 dollar va maxsus sertifikat
– 2- va 3-oʻrin: maxsus sertifikat

Arizalar 2022-yil 22-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gcsp-prize-global-xavfsizlikka-oid-innovatsion-loyihalar-uchun-mukofot/

@grantlar
👍28❤1
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 500 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
👍43🔥8❤3
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Helsinki universiteti (TOP 101) magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi qoplanadi (50% dan 100% gacha).

Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmatsevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

Hujjatlar qabuli 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 5-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻra olishingiz uchun grant haqidagi maʼlumot ertaroq berilmoqda.

@grantlar
👍55❤8
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan kishilarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 18-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
👍34❤5🔥4
Keling, ikkilanmay safimizga qo'shiling

Polshaning UITM Universitetida O'zbekistonlik talabalar soni kun sayin ortib bormoqda. Bunda esa D'STUDYning yordami katta.

🤗 Siz ham Asadbek, Nusratillo va Abdulazizlar kabi nufuzli Universitet talabasi bo'lishni istasangiz D'STUDYga murojaat qiling.

Afzalliklar:
– Qisman va toʻliq grantlar mavjud;
– 2-semestrdan kontraktni oyma-oy boʻlib toʻlash mumkin;
– Erasmus va Work and Travel dasturida qatnashish;
– IELTS boʻlmasa, onlayn imtihon orqali kirish mumkin;
– 27 ta davlatga vizasiz sayohat;
– Yashash xarajatlari arzon.

Ushbu Universitetda o'zingiz orzu qilgan sohaning yetuk mutaxassisi bo'lishingizga shubha yo'q.

🗓 Qabul davom etmoqda. Shoshiling, yuzlab talabalar orasidan joy oling.

🧑‍🎓 Talaba bo'lish orzuligicha qolmasin! D'STUDYga ishoning va talaba bo'ling.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT

Murojaat uchun:
☎️ +998952034440
☎️ +998916074440
👉 @dtour_travel
👉 @dtour_dstudy

🔗https://t.me/d_study_uz
👍41🔥8❤1
Kanada: magistratura va doktorantura uchun 45 ming Kanada dollarigacha grantlar

Kalgari universiteti magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi talabalarga bir necha turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar talabalarni yiliga 700 Kanada dollaridan 45 ming Kanada dollarigacha stipendiya bilan taʼminlaydi.

Arizalar qabul har yili 1-noyabrdan boshlanadi va qabul tugashi tanlangan dasturga qarab farq qiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-magistratura-va-doktorantura-uchun-36-ming-kanada-dollarigacha-grantlar/

@grantlar
👍38❤9
Sustainability Scholarship: istalgan davlatda magistratura kursida o’qish uchun 5000 yevrogacha grant

Batafsil👇
https://grantlar.uz/sustainability-scholarship-istalgan-davlatda-magistratura-kursida-oqish-uchun-5000-yevrogacha-grant/

@grantlar
👍16❤5
Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beruvchi FSJ dasturi mavjud.

Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha tibbiyot sohasida amaliyot oʻtagan va hozirda Germaniyada shifokor boʻlib ishlayotgan hamyurtimiz – Hamidullo Halilov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda dastur, uning talablari, hujjat topshirish jarayoni va boshqa qimmatli maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyada-fsj-dasturi-boyicha-amaliyot-otagan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍40🔥5❤2
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatorda oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3000 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 200 AQSh dollaridan pul mukofoti.
– Eng yaxshi 12 ta sheʼr Winning Writers saytiga joylanadi.

Sheʼrlar 2022-yil 15-apreldan 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍30❤10🔥4
The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 5000 dollargacha mukofot yutib oling; sovrinli oʻrinlar 84 ta!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “The Fountainhead (Favvorabosh)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 5000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 1250 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 250 dollar;
– Finalistlar (25 nafar) – 100 dollar;
– Yarim-finalistlar (50 nafar) – 25 dollar.

Insholar 2023-yil 27-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-fountainhead-essay-contest-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍50❤6🔥6
Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar – 84 ta!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “Anthem (Madhiya)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 2000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 500 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 100 dollar;
– Finalistlar (25 nafar) – 50 dollar;
– Yarim-finalistlar (50 nafar) – 25 dollar.

Insholar 2023-yil 27-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/anthem-essay-contest-maktab-kollej-va-litsey-oquvchilari-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍40🔥9❤3
Oʻqish bepul boʻlgan oliygoh – Deep Springs kollejiga (AQSH) navbatdagi qabul 2022-yil 1-sentabrdan boshlanadi!

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Faqat bakalavriat bosqichi kurslari taklif etiladi.
– Qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant beriladi (grant taʼlim, turar joy va oziq-ovqat xarajatini qoplaydi).
– Oʻqish davomida ranchoda haftasiga kamida 20 soat ishlash talab etiladi.

Qabul

Arizalar 2022-yil 1-sentabrdan 6-noyabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2023-yil kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-deep-springs-kolleji-aqsh/

@grantlar
👍49🔥7❤2
Grantlar.uz jamoasi Germaniyada oʻqish uchun Hanns Seidel Stiftung stipendiyasini yutib olgan talaba – Umidjon Karimberdiyev bilan suhbatlashgan.

Suhbatda bilib olasiz:

👉 Bu stipendiya qanday imkoniyatlar beradi (bakalavriat, magistratura, PhD uchun)?
👉 Dastur talablari qanday?
👉 Qanday hujjatlar topshiriladi?
👉 Hujjat topshirish va suhbat jarayonida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar
👉 Bu stipendiya orqali Germaniyaga ketishda oila aʼzolarini olib ketish mumkinmi?
👉 Stipendiya olgan holda Germaniyada haftasiga necha soat ishlash mumkin va boshqa muhim masalalar.

Ushbu dasturga arizalar yilda 2 marta qabul qilinadi:
– Kuzgi semestr uchun: 15-iyulgacha
– Bahorgi semestr uchun: 15-yanvargacha

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/hanns-seidel-stiftung-stipendiyasini-yutgan-talaba-umidjon-karimberdiyev-bilan-suhbat/

@grantlar
👍29❤5🔥4
UNIL Master's grants: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun 1650 dollar oylik stipendiya!

Lozanna universitetida taklif qiladigan ushbu grant universitetda mavjud ingliz yoki fransuz tilida oʻqitiladigan aksariyat magistratura dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 1650 dollar stipendiya
– Roʻyxatdan oʻtish toʻlovidan ozod qilinadi

Arizalar 2022-yil 15-sentabrdan 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/unil-masters-scholarship-shveytsariyada-magistratura/

@grantlar
👍30❤4
Oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi?

Oʻzbekistonda bakalavriatda oʻqiyotgan koʻplab talabalarni oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi degan savol qiynaydi.

Biz bu haqida matnli va video maʼlumot tayyorlaganmiz. Quyida oʻqishingiz / koʻrishingiz mumkin👇

👉 MATN SHAKLIDA MAʼLUMOT 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍26🔥3❤1
Oʻzbekiston: mukofot jamgʻarmasi 90 mln soʻm boʻlgan videoroliklar tanlovi!

“Ilm innovatsiya va taraqqiyot” nomli ushbu tanlovda 16-30 yoshli nomzodlar qatnashishi mumkin.

Tanlov quyidagi 3 yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:
– Buyuk ajdodlar merosi
– Men ixtirochiman
– Eng kreativ animatsion rolik

Mukofotlar

Har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 15 mln soʻm, gʻoliblik statuetkasi va sertifikat.
– 1-oʻrin: 10 mln soʻm, gʻoliblik statuetkasi va sertifikat.
– 1-oʻrin: 5 mln soʻm, gʻoliblik statuetkasi va sertifikat.

Arizalar 2022-yil 30-sentabr, 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mukofot-jamgarmasi-90-mln-som-bolgan-videoroliklar-tanlovi/

@grantlar
👍44❤5🔥2
Lester B. Pearson International Scholarship Program: Bakalavriatni Kanadada oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan bu grant ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Tasodifiy xarajatlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar qabuli 2022-yil 30-noyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

@grantlar
👍37❤6🔥3