Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Maktab, litsey va kollej o'quvchilari uchun AQSHda 2 haftalik yozgi maktabga 100% gacha grant!

Yale Young Global Scholars Program - maktabning 10-11-sinf o'quvchilari va kollej/litsey o'quvchilari uchun mo'ljallangan Yell universitetining 2 haftalik yozgi maktab dasturidir.

Qabul qilingan nomzodlarga, iqtisodiy ehtiyojidan kelib chiqib, yozgi maktabga qatnashish uchun 100% gacha grantlar ajratiladi.

Yozgi maktabga onlayn yoki oflayn qatnashish mumkin.

Arizalar 2022-yil 2-noyabr yoki 2023-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-dunyodagi-eng-yaxshi-oliygohlarning-10-taligiga-kirgan-yale-universiteti-yozgi-maktabi-uchun-100-grant/

@grantlar
👍69🔥16❤14
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 3 xil muddat bor:
– Har yili 31-dekabrgacha.
– Har yili 31-yanvargacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
👍34🔥10❤8
Dunyoning 4-raqamli oliygohi – Stenford univrsitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant!

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant quyidagilar bilan taʼminlaydi:

– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 12-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍45🔥10❤5
National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!

Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-oʻrin:
5000 funt-streling.
2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 200 funt-sterling.

Sheʼrlar qabuli 2022-yil 31-oktyabrgacha davom davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
👍28❤3
RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

RIPS dasturi bakalavriat talabalariga Kaliforniya universiteti tarkibidagi IPAMda 1 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Amaliyot ingliz tilida, 2023-yil 20-iyundan 18-avgustgacha boʻlib oʻtadi hamda kompyuter fanlari, matematika, ma'lumotlar tahliliga oid hisoblash ishlarini o'zi ichiga oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 3800 dollar stipendiya.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– AQSHga borish-kelish uchun mablagʻ.
– Viza olishga yordam.

Arizalar 2022-yil noyabr oyidan 2023-yil 13-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rips-bakalavrlar-uchun-kaliforniya-universitetida-1-oylik-amaliyot-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻra olishingiz uchun dastur haqidagi maʼlumot ertaroq berilmoqda.

@grantlar
👍56🔥16❤1
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 18 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2022-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍47
Reagan-Fascell Democracy Fellows Program: AQSHda demokratiyani rivojlantirish boʻyicha 5 oylik amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga demokratiya faollari, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati yetakchilari va olimlar (tadqiqotchilar) ariza topshirish mumkin.

Nomzodlardan:
– ish tajribasi yoki
– doktorlik, fan nomzodi yoki shunga teng daraja hamda
– ingliz tilini bilish talab etiladi.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Seminar, joylarga safarlar, mashgʻulotlar xarajati qoplanadi
– Yashash, oziq-ovqat, AQSHga borish-kelish xarajati qoplanadi
– Demokratik manbalar markazidan foydalanish imkoni beriladi

Arizalar 2022-yil 17-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/reagan-fascell-democracy-fellows-program/

@grantlar
👍34❤5🔥1
Attention everyone!!!

Deadline
for TEDxYouth@BukharaPS event is just 6 days away!

Hurry up!

As a speaker, you will get a lot from this event:
– a certificate of a TEDx speaker;
– unique experience;
– improvement of your public speaking skills;
– the video of your speech will be uploaded on an official TEDx YouTube channel and on their official website (ted.com);
– an opportunity to share your idea worth spreading with the world;
– networking with amazing people and many more.

Deadline: September 15, 2022.

🗓Date: November 15, 2022
📍Place: Bukhara
📌Eligibility: Anyone between 15-30

Note: Travel and accommodation expenses will not be covered by the organizers.

You can apply here: https://forms.gle/gmM3ay23bmXKdej2A

Telegram | Instagram
👍38🔥12❤9
Awake Tourism Challenge: Turizm sohasiga oid startaplar tanlovi!

Tanlovda 35 yoshdan kichik kamida 2 kishidan iborat boʻlgan guruh sifatida qatnashish mumkin. Startap taqdimoti (pitch) ingliz tilida tayyorlanishi kerak.

Tanlov imkoniyatlari:
– UNWTO Demo Day’da qatnashish
– UNWTO innovatsion tarmog‘iga a’zo bo‘lish
– Les Roches Spark Innovatsion Markazida inkubatsiya xizmatlaridan foydalanish (Kran Montana shahrida 3 oylik turar joy taʼminlanadi)
– Startaplar uchun mablagʻ jalb qilish imkoniyati va boshqalar

Arizalar 2022-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/awake-tourism-challenge-turizm-sohasiga-oid-startaplar-tanlovi/

@grantlar
👍36🔥6
Dunyoning eng nufuzli universitetlarida oʻqish uchun toʻliq grantlar

Bugun dunyodagi eng nufuzli oliygohlarda bakalavriat, magistratura va PhD bosqichini toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi va hozirda arizalar qabul qilinayotgan grantlar haqida maʼlumot beramiz.

👉 GRANTLAR RO'YXATI 👈

@grantlar
👍28🔥11
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3000 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3000 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2022-yil 15-oktabrdan 2023-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
👍50🔥5❤4
Qirgʻiziston: Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi mavzusida 4 kunlik konferensiya; barcha xarajatlar qoplanadi!

Konferensiya 2022-yil 24-27-oktabr kunlari Bishkekda oʻtkaziladi.

18-30 yoshli talabalar va yosh mutaxassislar qatnashishi mumkin. Ingliz yoki rus tilini bilish talab etiladi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Borish-kelish, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Dastur doirasidagi tadbirlarga qatnash uchun transport xarajatlari qoplanadi
– Konferensiyada saralab olingan 1 nafar ishtirokchining Berlindagi yoshlar forumida qatnashishi moliyalashtiriladi

Arizalar 2022-yil 18-sentabr 21:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/qirgiziston-markaziy-osiyoda-iqlim-ozgarishi-mavzusida-4-kunlik-konferensiya/

@grantlar
👍31🔥12❤5
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1600 dollargacha oylik stipendiya!

Nomzodlar ingliz yoki yapon tilida oʻqishi mumkin, biroq bu grantga ariza topshira olish uchun yapon tilini suhbatlasha oladigan darajada bilishi kerak.

Grant imkoniyati:
– 10 nafar gʻolibning har biriga oʻqishini tugatguncha 1200 dollardan 1600 dollargacha oylik stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/honjo-international-scholarship-foundation-yaponiyada-bakalavriatdan-keyingi-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiya/

@grantlar
👍19🔥1
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

Bu universitetda faqat PhD dasturlari taklif etiladi.

Oʻqish va tadqiqot olib borish ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi).
– Yiliga 16 840 dollar stipendiya beriladi.
– Yaponiyaga borib, joylashib olish uchun yordam puli beriladi.
– Shaxsiy kompyuter beriladi.
– Konferensiyalarda ishtirok etish xarajatlari qoplanadi.

Arizalar yiliga 2 marta: mart oyi oxirlari va noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Hozir ochiq boʻlgan qabul uchun hujjatlar 2022-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-oist-graduate-university-yaponiya/

@grantlar
👍41🔥9❤5
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi talabalar uchun grant eʼlon qildi: 1 yillik toʻlov-shartnoma puli toʻlab beriladi

Dasturga Oʻzbekiston OTMlarida tahsil olayotgan bakalavrlar (1-bosqich bakalavrlardan tashqari) va magistrlar ariza topshirishi mumkin.

Manfaatli jihatlari:
– 1 yillik toʻlov-shartnoma puli toʻlab beriladi
– Oʻqish tugagach, ish bilan taʼminlanadi

Arizalar 2022-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/madaniyat-va-sanatni-rivojlantirish-jamgarmasi-talabalar-uchun-grant-elon-qildi/

@grantlar
👍37🔥7❤2
Oʻqish bepul universitetlar: MLU (Germaniya)

MLU universiteti dunyoning eng kuchli universitetlari roʻyxatida 477-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 56,1 yevro (61 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Har semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta uchun 60 yevro (61 dollar) toʻlanadi
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
– Bakalavriatga eng yaqin qabul: 2023-yil 15-yanvar
– Magistraturaga eng yaqin qabul: 2022-yil 15-dekabr

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-mlu-germaniya/

@grantlar
👍52🔥21❤9
Vanier Canada Graduate Scholarship: Kanadada doktoranturani oʻqish uchun yillik 50 ming dollar grant; joy – 166 ta!

Bu grantga quyidagi sohalarda tadqiqot olib borishni xohlovchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin:
– Health research
– Natural sciences and/or engineering
– Social sciences and humanities

Dastur imtiyozi: Doktorantura davomida (3 yil) yiliga 50 ming dollar stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 1-noyabrgacha qabul qiliandi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vanier-canada-graduate-scholarship/

@grantlar
👍20❤2🔥1
MEXT University Recommendation: APU (Yaponiya) universitetida magistraturani PhD bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Grant APUda mavjud istalgan magistrlik va PhD dasturi uchun beriladi. Oʻqish – ingliz tilida.

Grant imkoniyatlari:
– Qabul badallari qoplanadi
– Kontrakt summasi toʻlab beriladi
– Oyiga 1072 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta taʼminlanadi

Arizalar 2022-yil 16-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mext-university-recommendation-apu-yaponiya-universitetida-magistraturani-phd-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍38❤12🔥1
Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!

Tanlov 6 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi: vizual san’at asarlari, sheʼriyat, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa va raqs, interaktiv va multimedia ishlari.

Tanlovga ishlar 2 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:
– Junior divison – 11-14 yoshlilar kategoriyasi.
– Senior division – 15-18 yoshlilari kategoriyasi.

Mukofot: Har ikkala kategoriyada 6 nominatsiya boʻyicha 5 ta sovrinli oʻrin mavjud boʻlib, gʻoliblar 100 dollardan 1500 dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ishlar 2023-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-ocean-awareness-contest-18-yoshgacha-bolgan/

@grantlar
👍23🔥11
Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga dollardan.

Sheʼrlar 2023-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍28🔥2