Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2022-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2023-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 30 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

P.S. Bu dasturga oldindan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun hozirdan xabardor qilmoqdamiz.

@grantlar
👍38🔥8❤5
Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun grant dasturlari

Obunachilarimiz koʻpincha “maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun ham dasturlar bormi”, deb soʻraydi.

Ha, koʻp.

Bugun hozirda arizalar qabul qilinayotgan shunday dasturlar haqida maʼlumot beramiz.

1. EducationUSA Virtual PEP – AQSH universitetlariga ariza topshirish, grant olish yoʻllari, akademik ingliz tilida yozish va boshqa koʻnikmalarni oʻrgatuvchi bepul dastur.

Arizalar qabuli 23.09.2022 gacha.

👉 BATAFSIL

2. FLEX dasturi – AQSH maktablarida 1 yil taʼlim olish imkonini beruvchi dastur. AQSHga borish va u yerda oʻqish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

Arizalar qabul 13.10.2022 gacha.

👉 BATAFSIL

3. UWC dasturi – 4 ta qitʼada joylashgan 18 ta kollejning birida toʻliq yoki qisman grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Arizalar qabuli 06.11.2022 gacha.

👉 BATAFSIL

4. Ocean Awareness Contest – 11-18 yoshlilar uchun ijodiy ishlar tanlovi. Gʻoliblar 100 dollardan 1500 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi.

👉 BATAFSIL

5. Atlas Shrugged Essay Contest – 12-sinf (tashkilotchilar ruxsati bilan 11-sinf) oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari uchun insholar tanlovi.

G'oliblar 25 dollardan 10 ming dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Arizalar qabuli 26.09.2022 gacha.

👉 BATAFSIL

6. The Fountainhead Essay Contest – maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi.

Gʻoliblar 25 dollardan 5000 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Arizalar qabuli 27.04.2023 gacha.

👉 BATAFSIL

7. Anthem Essay Contest – maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi.

Gʻoliblar 25 dollardan 2000 dollargacha mukofot bilan taqdirlanadi. Sovrinli oʻrinlar 84 ta.

Arizalar qabuli 27.04.2023 gacha.

👉 BATAFSIL

8. Immerse Education Essay Competition – 13-18 yoshlilar uchun insholar tanlovi. Gʻoliblar mashhur Oksford, Kembirj kabi universitetlarning yozgi maktablar uchun 100% grantni qoʻlga kiritadi.

Arizalar 04.01.2023 gacha.

👉 BATAFSIL

9. Yale Young Global Scholars Program – maktabning 10-11-sinf o'quvchilari va kollej/litsey o'quvchilari uchun mo'ljallangan Yell universitetining 2 haftalik yozgi maktab. Onlayn yoki oflayn tarzda qatnashishi uchun 100% gacha grant olish mumkin.

Arizalar qabul 10.01.2023 gacha.

👉 BATAFSIL

10. Biopage Storytelling Writing Contest – insholar tanlovi; barcha qatnashishi mumkin. Gʻoliblar 100-300 dollar bilan mukofotlanadi.

Arizalar qabul 31.07.2023 gacha.

👉 BATAFSIL

✊ Imkoniyatlarni boy bermang!

@grantlar
👍55🔥12❤2
Oʻqish bepul universitetlar: Gamburg universiteti (Germaniya)

Gamburg universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 132-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Aksariyat dasturlarda oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi).
– Har semestr uchun 337 yevro 50 sent haq toʻlanadi. Bu toʻlov jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqini oʻz ichiga oladi.
– Ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin.

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 31-mart yoki 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Baʼzi yoʻnalishlarda qabul muddati farq qiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-gamburg-universiteti-universitat-hamburg/

@grantlar
👍64❤5🔥2
Berkeley Prize: Bakalavriat talabalari uchun mukofot jamgʻarmasi 35 ming dollar boʻlgan insholar tanlovi!

Tanlovda arxitektura sohasida oʻqiyotgan bakalavriat talabalari yakka yoki jamoa tarzida qatnashishi mumkin.

Insholar ingliz tilida yoziladi.

Sovrinlar:
– 1-oʻringa kamida 8500 dollar mukofot.
– Qolgan summa boshqa sovrinli oʻrinlar orasida taqsimalanadi.
– Yarim finalistlar yozgi stipendiya dasturi boʻyicha tanlovga qatnashish imkoniga ega boʻladi.

Arizalar 2022-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/berkeley-prize-bakalavriat-talabalari-uchun-mukofot-jamgarmasi-35-ming-dollar-bolgan-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍25🔥7
Qozogʻiston: Markaziy Osiyo yoshlari muzokaralari va OSCE modeli; barcha xarajatlar qoplanadi!

Tadbirda 18-25 yoshli nomzodlar qatnashishi mumkin. Tadbir 2022-yil 20-24-oktabr kuni Olmaota shahrida boʻlib oʻtadi. Mashgʻulotlar ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Iqtisodiy imtiyozlari:
– Turar joy, oziq-ovqat va ichki transport xarajatlari qoplanadi
– Qozogʻiztonga borish va kelish xarajati qoplanadi

Arizalar 2022-yil 23-sentabr 17:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-asian-youth-talks-and-model-osce/

@grantlar
👍29🔥2
Women Deliver xalqaro konferensiyasi uchun toʻliq grant; konferensiyada oflayn yoki onlayn qatnashish mumkin!

Konferensiya 2023-yil 17-20-iyul kunlari Kigali shahrida (Ruanda) boʻlib oʻtadi. Konferensiyaga ingliz, ispan yoki fransuz tilida ariza berish mumkin.

Konferensiyada gender tengligi, ayol-qizlar huquqlari va shu kabi masalalar muhokama qilinadi.

Istalgan yoshdagi va istalgan davlatdan boʻlgan nomzodlar ariza berishi mumkin.

Grantlar

Oflayn qatnashish uchun:
– Qatnashish haqi qoplanadi
– Safar xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Ichki transport va oziq-ovqat uchun haq

Onlayn qatnashish uchun:
– Qatnashish haqida qoplanadi
– Internet/texnologiyadan foydalanish uchun stipendiya

Arizalar 2022-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/women-deliver-xalqaro-konferensiyasi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍53🔥3❤1
Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan eng yaxshi videoroliklar tanlovi!

Tanlovda yoshidan qatʼi nazar, barcha Oʻzbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar

Tanlov gʻoliblari (1-, 2-, 3-oʻrin) qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar uchun ham pul mukofotlari beriladi:
– “Eng yaxshi operatorlik ishi uchun”;
– “Eng yaxshi videomontaj uchun”;
– “Eng yaxshi infografika uchun”.

Videoroliklar 2022-yil 10-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/xotin-qizlarga-nisbatan-zoravonlikning-oldini-olishga-qaratilgan-eng-yaxshi-videoroliklar-tanlovi/

@grantlar
👍30❤3🔥3
Oʻqish bepul universitetlar: Oslo universiteti (Norvegiya) – magistratura va PhD bosqichlari

Ushbu universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 101-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi).
– Lekin har semestr toʻlanishi kerak boʻlgan quyidagi summalar bor:
a) semestr badali: 600 NOK (58 dollar);
b) SAIH badali: 40 NOK (4 dollar);
c) Kopinor badali: 220 NOK (22 dollar).
– Ingliz va norveg tillarida oʻqish mumkin.
– Deyarli barcha soha mavjud.

Qabul

Odatda kuzgi semestr uchun qabul 15-oktabrdan 15-noyabrgacha davom etadi. Lekin yoʻnalishga qarab qabul muddati farq qilishi mumkin.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-oslo-universiteti-norvegiya-magistratura-va-phd-bosqichlari/

@grantlar
👍50🔥8❤4
Hansen Leadership Institute: Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 3 haftalik yozgi maktab!

Dasturga 20-26 yoshli bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi talabalari ariza topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlar AQSHdagi San Diego universitetida 2023-yil iyul oyida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
– Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi.
– Viza uchun barcha kerakli hujjatlar yuboriladi.

Arizalar 2023-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hansen-leadership-institute/

@grantlar
👍31🔥7❤3
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2022-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍26🔥4❤3
Oʻqish bepul universitetlar: Agder universiteti (Norvegiya)

Agder universiteti Norvegiyada AACSB xalqaro tashkiloti tomonidan akkreditatsiyalangan 2 ta universitetning biri hisoblanadi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Har semestr 800 NOK (77 dollar) semestr badali toʻlash kerak
– Norveg va ingliz tilida bakalavriat, magistratura, PhD va boshqa turdagi dasturlar taklif etiladi

Til talabi:
– Bakalarvait uchun kamida IELTS 5.5
– Magistratura uchun kamida IELTS 6.0
– Doktorantura uchun aniq belgilanmagan

Qabul
– Bakalavriat uchun har yili 1-noyabrdan 1-dekabrgacha
– Magistratura uchun odatda har yili 1-martgacha (dasturga qarab farq qiladi)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-agder-universiteti-university-of-agder/

@grantlar
👍47🔥19
Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 8500 dollar stipendiya!

Kyoto University of Advanced Science oliygohi muhandislik boʻyicha bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga 2 turdagi grantlarni taklif etadi.

1. Super KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Qabul to'lovidan to'liq ozod qiladi.
– Yiliga 8500 dollar stipendiya beriladi.

2. KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt yoki qabul to'lovini to'lashdan 50% yoki 100% ozod qiladi.

Navbadagi qabul:
– 2022-yil 3-oktabrdan 28-oktabrgacha
– 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 13-yanvargacha
– 2023-yil 13-fevraldan 10-martgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kyoto-university-of-advanced-science-yaponiyada-muhandislik-boyicha-bakalavr-kurslari-uchun-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍32🔥15
AQSH: ayol-qizlarga bakalavriatda o'qish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!

AQSHdagi Simmons universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchi nomzodlarga Kotzen Scholarship grantini taklif qiladi.

Bu universitetning bakalavriat kurslariga faqat ayol-qizlar qabul qilinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilinadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat ta'minlanadi
– O'qish, tadqiqot xarajatlari uchun 3000 dollar mablag'ajratiladi

2023-yil kuzgi semestrda o'qishni boshlash uchun arizalar 2022-yil 1-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/simmons-university-aqsh-bakalavr-kursida-bepul-oqish-turar-joy-taminoti-oqish-xarajatlari-uchun-qoshimcha-3000-aqsh-dollari-miqdorida-yordam-puli/

@grantlar
👍34❤12🔥6
Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

Hozirda 2023-yil bahorgi va kuzgi semestr uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar
👍72❤5🔥5
Oktabrda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2022-yil oktabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 Women Deliver xalqaro konferensiyasi uchun toʻliq grant; konferensiyada oflayn yoki onlayn qatnashish mumkin! (dedlayn: 1-oktabr)

👉 Getty Foundation: Olim va tadqiqotchilar uchun AQSHda 9 oygacha rezidensiya dasturi; stipendiya 65 ming dollargacha (dedlayn: 3-oktabr)

👉 Faculty Enrichment Program: OTM oʻqituvchilari uchun AQSHda 4 oylik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 10-oktabr)

👉 Dunyoning 4-raqamli oliygohi – Stenford univrsitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant! (dedlayn: 12-oktabr)

👉 Ozarbayjon: Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik mavzusidagi xalqaro talabalar forumi! (dedlayn: 12-oktabr)

👉 FLEX: Maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun AQSHda 1 yil davomida oʻqish imkoniyati; oʻqish davomida barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 13-oktabr)

👉 OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi! (dedlayn: 15-oktabr)

👉 Awake Tourism Challenge: Turizm sohasiga oid startaplar tanlovi! (dedlayn: 15-oktabr)

👉 Estoniyada 5 oygacha tadqiqot uchun 660 yevro stipendiya – yo’l xarajatlari ham qoplanadi! (dedlayn: 15-oktabr)

👉 AQSHda demokratiyani rivojlantirish boʻyicha 5 oylik amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 17-oktabr)

👉 Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 28-oktabr)

👉 Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 8500 dollar stipendiya! (dedlayn: 28-oktabr)

👉 AQSH: Oʻqituvchilar va oʻrta taʼlim sohasidagi xodimlar uchun 6 haftalik almashuv dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 31-oktabr)

👉 Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar! (dedlayn: 31-oktabr)

👉 SUSIs for Young Women Leaders – ayol-qiz talabalarAQSHda 4 haftalik oʻquv dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 31-oktabr)

👉 Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 1020 dollargacha oylik stipendiya! (dedlayn: 31-oktabr)

👉 Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1600 dollargacha oylik stipendiya! (dedlayn: 31-oktabr)

👉 SUSI for Scholars: AQSHda 5-6 haftalik malaka oshirish kursi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 31-oktabr)

👉 National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi! (dedlayn: 31-oktabr)

👉 Magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun Jahon bankida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi! (dedlayn: 31-oktabr)

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
👍77🔥8❤6
Oʻqish bepul universitetlar: Zigen universiteti (Germaniya)

Zigen universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 601-800-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi).
– Har semestr uchun 284,5 yevro haq toʻlanadi. Bu toʻlov jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqini oʻz ichiga oladi.
– Ingliz va nemis tillarida tahsil olish mumkin.

Qabul

Arizalar dasturga qarab, odatda har yili qishki semestr uchun aprel, may va iyul oylarigacha; yozgi semestr uchun esa noyabr yoki yanvar oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/germaniya-oqish-bepul-bolgan-zigen-universiteti/

@grantlar
👍46🔥11❤9
🌐O’ZBEKISTONDA ILK BOR

📢TRENING FORMATDAGI
“TÖMER 3 OYDA” KURSI

🇹🇷 TURK tili xalqaro
sertifikatining imkoniyatlari:
➡️ Magistraturaga kirish uchun eng qisqa fursatda olinadigan til sertifikati;
➡️ Turkiyada bakalavr va magistraturaga bir yil til kursisiz o’qish imkoniyati;
➡️ Turk kompaniyalari va firmalarida 400-800$ oylik maoshli ishlar;
➡️ Biznesmenlar uchun keng ko’lamli hamkorlik yo’llari;
➡️ Ustama oylik maosh

🏠Joylar soni cheklangan
Hoziroq ro’yhatdan o’ting

⬇️ Ro’yxatdan o’tish

👨🏻‍💻 Menejerga bog’lanish

📞 +998-55-500-60-50

📍 META-TA’LIM TÖMER markazi
👍29🔥1
UNIL Master's grants: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun 1650 dollar oylik stipendiya!

Lozanna universitetida taklif qiladigan ushbu grant universitetda mavjud ingliz yoki fransuz tilida oʻqitiladigan aksariyat magistratura dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 1650 dollar stipendiya
– Roʻyxatdan oʻtish toʻlovidan ozod qilinadi

Arizalar 2022-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/unil-masters-scholarship-shveytsariyada-magistratura/

@grantlar
👍38🔥8❤3
ERP Study Scholarships (DAAD): Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Dasturga iqtisod mutaxassisliklari va/yoki biznes boshqaruvi sohasida bakalavrlik diplomiga ega boʻlgan yoki bu diplomni 2023-yil iyul oyigacha qoʻlga kiritadigan nomzodlar topshirishi mumkin.

Nomzod ingliz yoki nemis tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– 850 yevro oylik stipendiya.
– Oʻquv xarajatlari uchun yiliga 460 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Zarur hollarda 2 oylik bepul nemis tili kursi.

Arizalar 2022-yil 28-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erp-study-scholarships-daad-germaniyada-iqtisodiyot-va-biznes-boshqaruvi-boyicha-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍35🔥8
SUSI for Scholars: AQSHda 5-6 haftalik malaka oshirish kursi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Oliy taʼlim va tadqiqot muassasalarida kamida 7 yillik ish tajribasiga ega boʻlganlarga tanlangan soha boʻyicha 6 hafta AQSHda malaka oshirish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– J-1 viza yordami.
– AQSHga borish-kelish va AQSH ichidagi aviaqatnovlar uchun aviachiptalar beriladi.
– Turar joy taʼminalandi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Arizalar 2022-yil 31-oktabr 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇

https://grantlar.uz/susi-for-scholar/

@grantlar
👍28🔥9❤2