Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar – 84 ta!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “Anthem (Madhiya)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 2000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 500 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 100 dollar;
– Finalistlar (25 nafar) – 50 dollar;
– Yarim-finalistlar (50 nafar) – 25 dollar.

Insholar 2023-yil 27-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/anthem-essay-contest-maktab-kollej-va-litsey-oquvchilari-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍30❤4🔥3
AQSHda huquq boʻyicha magistratura PhD bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 marta qabul qilinadi. 2022-yildagi qabulning oxirgi muddati – 2022-yil 1-noyabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍18🔥9
Grantlar.uz jamoasi Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatib, oʻqish uchun qolgan hamyurtimiz – Nargiza Numonjonova bilan Au Pair dastur haqida suhbat qilgan.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:

👉 Au Pair qanday dastur?

👉 Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?

👉 Qanday hujjat topshirish mumkin?

👉 Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqing👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyaga-au-pair-dasturi-orqali-borish-haqida-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍48❤11🔥1
Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya!

Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga bir nechta turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant turlari va miqdorlari turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma.
– Oyiga 1000 yervo stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grant-va-oyiga-1000-yevrogacha-stipendiya/

@grantlar
👍22❤2🔥2
Central European University: doktorantura uchun 100% grant va 1680 yevro oylik stipendiya!

Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti doktorantura (PhD) bosqichida oʻqishni xohlovchilarga CEU Doctoral Scholarship grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud barcha doktorantura kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 1680 yevro stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-doktorantura-uchun-100-grant-va-1350-yevrogacha-oylik-stipendiya//

@grantlar
👍22❤3🔥1
Qozogʻistonda Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuv: sayohat bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi!

Tanlovda qatnashish uchun “Men nima uchun Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashmoqchiman?” mavzusida esse yozish kerak (oʻzbek, ingliz yoki rus tilida).

Eng yaxshi 5 ta esse muallifi 2022-yil 26-28-oktabr kunlari Ostona shahridagi V Nobel festivalida qatnashadi.

Mukofot: 5 nafar gʻolib uchun sayohat bilan bogʻlik barcha xarajatlar qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 23-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/v-nobel-fest-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍58🔥16
Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati!

UPG Sustainability Leadership dasturi insonlar va tashkilotlarni barqaror rivojlanish sohasida ijobiy yetakchilikka chaqiruvchi harakatdir.

Dastur 500 dan ortiq 18-35 yoshli yoshlarga barqaror rivojlanishdagi yetakchilik boʻyicha 2 oylik bepul onlayn kurslarni taklif etadi.

Datsur imkoniyatlari:
– 500 dan ortiq ishtirokchi bepul 2 oylik onlayn kursda ishtirok etadi.
– Ulardan 60 nafar eng munosiblari AQSHdagi 1 haftalik kursda qatnashadi: kursda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajat qoplanadi.
– Kursni tamomlagan barcha 500 dan ortiq ishtirokchiga sertifikat beriladi.

Arizalar 2022-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/upg-sustainability-leadership-barqaror-rivojlanish-sohasida-yetakchilik-boyicha-bepul-kurslar/

@grantlar
👍32🔥3❤2
Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursiniga 2-qabulni eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Erasmus Mundus magistraturani deyarli barcha sohalarda Yevropa davlatlarida to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
– “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun 30-oktabrgacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @gn_work

@grantlar_namuna
👍45❤6🔥1
Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Summer@EPFL dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga yozgi taʼtilda Shveytsariyada 2-3 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar:
– Oyiga 1600 CHF (taxminan 1598 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
– Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
– Kompyuter fanlari
– Kompyuter injiniringi
– Telekommunikatsiyalar
– Elektrotexnika

Arizalar qabuli 2022-yil noyabrda boshlanadi va 2022-yil 4-dekabrgacha davom etadi (2023-yilgi yozgi amaliyot uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summerepfl-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-shveytsariyada-xarajatlar-qoplanadigan-amaliyot/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ancha erta maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍35🔥1
15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohi: barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga moʻljallangan boʻlib, ishtirokchilar AQSHdagi 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashadi (ingliz tilida).

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– Viza toʻlovi qoplanadi.
– AQSHga borish-kelish aviachiptasi olib beriladi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Dastur tadbirlariga qatnash uchun mahalliy transport taʼminalandi.
– Favqulodda tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2022-yil 16-dekabr 13:00 gacha qabul qilinadi.

Dastur haqida manbalar:

👉 TechGirls dasturi talablari, imkoniytarlari, qanday ariza topshirish haqida maqola

👉 TechGirls dasturi g'olibasi bilan matnli suhbat

👉 TechGirls dastur g'olibasi bilan ovozli suhbat haqida

@grantlar
👍52❤13🔥8
Rossiya: Open Doors 2022/23 onlayn olimpiadasi – 400 nafar sovrindorlar Rossiya universitetlarida grant asosida oʻqiydi!

Open Doors 2022/23 olimpiadasida magistratura yoki PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar qatnashishi mumkin.

Olimpiada 14 ta yoʻnalish boʻyicha onlayn tarzda boʻladi, unda ingliz yoki rus tilida ishtirok etish mumkin.

Sovrindorlarga beriladigan imkoniyatlar:
– Yoʻnalishiga mos istalgan magistrlik yoki PhD kursiga imtihonsiz va toʻlovlarsiz kirish.
– Oʻqishdagi toʻlov-kontrakt summasi Rossiya hukumati tomonidan toʻliq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.

Har yili 400 nafargacha ishtirokchi sovrindor boʻladi.

Olimpiadada ishtirok etish uchun 2022-yil 10-dekabrgacha roʻyxatdan oʻtish va portfolio toʻldirish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-open-doors-onlayn-olimpiadasi/

@grantlar
👍41🔥6
Gollandiyada magistraturada tahsil olish uchun navbatdagi to‘liq va qisman grantlar!

Gollandiyadagi Amsterdam ozod universiteti ingliz tilidagi magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga VU Fellowship Programme grant dasturini taklif etadi.

Nomzodlar quyidagilardan birini qoʻlga kiritishi mumkin:
– Kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi va umumiy 5000-10 000 yevro stipendiya.
– Faqat kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Faqat 5000-10 000 yevro stipendiya.

Arizalar 2022-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gollandiya-magistraturada-tahsil-olish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍37🔥11
Justus & Louise van Effen Scholarships: Gollandiyada magistratura uchun to'liq grant va stipendiya!

Gollandiyadagi Tu Delft universiteti magistratura bosqichida tahsil olishni xohlaganlarga The Justus & Louise van Effen Scholarships grant dasturini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.
– Shaxsiy rivojlanish mashgʻulotlari, seminarlar, treninglar va h.k.larda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Dastur doirasida har bir fakultet uchun 2 nafar talabaga grant ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tu_delft_grant_msc/

@grantlar
👍28❤3🔥1
TechGirls dasturi boʻyicha savol-javob guruhi!

Hozirda TechGirls dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur 15-17 yoshli qizlarga AQSHda 4 hafta taʼlim olish imkonini beradi. Qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

Biz TechGirs dasturining oʻtgan yilgi gʻolibasi Gulasal Butaeva bilan hamkorlikda savol-javob guruhi ochdik.

Dasturga ariza topshirayotganlar yoki ularning ota-onalari guruhga qoʻshilib, dastur va qabul yuzasidan savollarini soʻrashi mumkin.

👉 GURUHGA QOʻSHILISH 👈

☝️ Savol berishdan oldin MANA BU MAQOLANI oʻqib chiqing.

@grantlar_namuna
👍24🔥4
Young Leaders Fellowship: Yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha 1 yillik dastur; 10 kuni AQSHda oʻtkaziladi – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda 18-26 yoshli, ingliz tilini yaxshi biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin. Ishtirokchilar taʼlim, sogʻliqni saqlash yoki iqtisodiy xavfsizlik sohasiga oid muammo boʻyicha ish olib boradi.

Dasturda qatnashish bepul. Asosiy mashgʻulotllar onlayn tarzda olib boriladi, 10 kun (2023-yil 11-20-iyul) AQSHda malaka oshiriladi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– AQSHga borish-kelish xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Dastur yuzasidan mahalliy qatnovlar xarajatlari qoplanadi

Qabul 2-raundda amalga oshiriladi:
– 2022-yil 14-oktabrda 18-noyabrgacha
– 2022-yil 8-dekabran 18-dekabrgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/young-leaders-fellowship-program/

@grantlar
👍25🔥12
O’zbekistonda yoshlarni ishga joylashish ko’nikmalarini shakllantirish dasturi uchun logotiplar tanlovi!

Tanlovda maktabning 1-11-sinf oʻquvchilari yoki maktabni yaqinda biritganlar qatnashishi mumkin.

Mukofot: Gʻoliblar maxsus diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2022-yil 2-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/maktab-oquvchilari-uchun-yes-logotiplar-tanlovi/

@grantlar
👍39❤3🔥3
Hansen Leadership Institute: Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 3 haftalik yozgi maktab!

Dasturga 20-26 yoshli bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi talabalari ariza topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlar AQSHdagi San Diego universitetida 2023-yil iyul oyida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
– Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi.
– Viza uchun barcha kerakli hujjatlar yuboriladi.

Arizalar 2023-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hansen-leadership-institute/

@grantlar
👍44🔥5
Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 26 ta qisman grant!

Gollandiyadagi Radboud universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun 26 ta qisman grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasiga chegirma qilinadi (16 000 yevro emas, 2209 yevro toʻlanadi).
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-scholarship-programme-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-grantlar/

@grantlar
👍18🔥4
Umumiy moliyalashtirish jamgʻarmasi 1,5 milliard soʻm boʻlgan “Green standard in Aral” startaplar tanlovi!

Tanlov Orolboʻyi mintaqasidagi ekologik va sogʻliqni saqlash muhitiga oid muammolarga yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan. Tanlovda barcha yuridik va jismoniy shaxslar oʻz startap loyihasi bilan qatnashishi mumkin.

Mukofot: Umumiy moliyalashtirish jamgʻarmasi – 1,5 mlrd soʻm. Bu mablagʻ eng yaxshi startaplarni tatbiq etish uchun taqsimlanadi.

Arizalar 2022-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/green-standard-in-aral-startaplar-tanlovi/

@grantlar
👍25🔥3❤2