Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Warren Wilson College: AQSh bakalavr kurslarida bepul o’qish imkoniyati; joy – 25 tagacha!

Mazkur universitet har yili 25 tagacha bakalavriat talabasiga Milepost One grantini taqdim etadi. Yillik oilaviy daromadi 125 ming dollardan kam boʻlgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

Imtiyozi: Bu grantni qoʻlga kiritgan talabalar bakalavriat kursida bepul oʻqish imkoniga ega boʻladi.

Arizalar 2022-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/warren-wilson-college-aqsh-bakalavr-kurslarida-bepul-oqish-imkoniyati-joy-25-tagacha/

@grantlar
👍32❤3🔥2
AAUW International Fellowships: AQSHda magistratura, doktoranturada o’qish va  postdoktorlik tadqiqoti uchun 50 000 dollargacha grant

Bu grant faqat ayol-qizlar uchun ajratiladi. Nomzodlardan kamida IELTS 6.5 yoki shunga teng til sertifikati so'raladi.

Grant miqdori: Grant sohibalariga ta'lim xarajatlariga ishlatish uchun yillik 20 ming dollardan 50 ming dollargacha grant ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aauw-international-fellowships-magistratura-doktoranturada-oqish-va-postdoktorlik-tadqiqoti-uchun-grant/

@grantlar
👍24❤3
Berkeley Prize: Bakalavriat talabalari uchun mukofot jamgʻarmasi 35 ming dollar boʻlgan insholar tanlovi!

Tanlovda arxitektura sohasida oʻqiyotgan bakalavriat talabalari yakka yoki jamoa tarzida qatnashishi mumkin.

Insholar ingliz tilida yoziladi.

Sovrinlar:
– 1-oʻringa kamida 8500 dollar mukofot.
– Qolgan summa boshqa sovrinli oʻrinlar orasida taqsimalanadi.
– Yarim finalistlar yozgi stipendiya dasturi boʻyicha tanlovga qatnashish imkoniga ega boʻladi.

Arizalar 2022-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/berkeley-prize-bakalavriat-talabalari-uchun-mukofot-jamgarmasi-35-ming-dollar-bolgan-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍25🔥1
Ozarbayjon: Barcha xarajatlari qoplanadigan investitsiya va yoshlar tadbirkorligi forumi!

Forum 2022-yil 17-18-noyabr kunlari Boku shahrida boʻlib oʻtadi. Oʻz startapiga ega 18-35 yoshli nomzodlar qatnashishi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Viza yordami
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi

Arizalar 2022-yil 25-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/azerbaijan-investment-and-youth-entrepreneurship-forum/

@grantlar
👍30❤4🔥1
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 500 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
👍48
Noyabrda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2022-yil noyabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 AQSHda bakalavriat uchun toʻliq grant, bepul turar joy va 12 000 dollar mablagʻ! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Kanadada doktoranturani oʻqish uchun yillik 50 ming dollar grant; joy – 166 ta! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 UNIL Master's grants: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun 1650 dollar oylik stipendiya! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 AQSHda huquq boʻyicha magistratura PhD bosqichida o'qish uchun grantlar (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Berkeley Prize: Bakalavriat talabalari uchun mukofot jamgʻarmasi 35 ming dollar boʻlgan insholar tanlovi! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 O’zbekistonda yoshlarni ishga joylashish ko’nikmalarini shakllantirish dasturi uchun logotiplar tanlovi! (dedlayn: 2-noyabr)

👉 Barcha xarajatlari qoplanadigan 1 yillik malaka oshirish dasturi; 4 oy AQSHda amaliyot oʻtaladi! (dedlayn: 2-noyabr)

👉 iF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro! (dedlayn: 9-noyabr)

👉 Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan eng yaxshi videoroliklar tanlovi! (dedlayn: 10-noyabr)

👉 Warren Wilson College: AQSh bakalavr kurslarida bepul o’qish imkoniyati; joy – 25 tagacha! (dedlayn: 15-noyabr)

👉 AQSHda magistratura, doktoranturada o’qish va postdoktorlik tadqiqoti uchun 50 000 dollargacha grant (dedlayn: 15-noyabr)

👉 Wake Forest University: Bakalavriatni AQSHda oʻqish uchun toʻliq grant, bepul yotoqxona va oziq-ovqat! (dedlayn: 15-noyabr)

👉 APU (Yaponiya) universitetida magistraturani PhD bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya! (dedlayn: 16-noyabr)

👉 AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya! (dedlayn: 18-noyabr)

👉 Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va bepul turar joy! (dedlayn: 27-noyabr)

👉 Bakalavriatni Kanadada oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari (dedlayn: 30-noyabr)

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
👍61🔥4❤2
Coe College: AQSHda bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant!

Coe College oliygohi istalgan bakalavriat dasturida o'qish uchun Global Leadership Scholarship grantini taklif qiladi. Grant har yili 1 nafar xorijlik talabaga beriladi.

Grant miqdori: Grant universitetda o'qish pulini (tuition fee) to'liq qoplaydi.

Arizalar 2023-yil 3-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/coe-college-aqshda-bakalavriat-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍33🔥8❤4
Dunyoning 94-raqamli universitetida magistratura va doktorantura uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va turar joy uchun mablagʻ!

Xitoy fan va texnologiya universiteti ingliz va xitoy tilida oʻqitiladigan barcha magistratura hamda doktorantura dasturlari uchun USTC Fellowship grantlarini taklif etadi.

Grantlar qamrovi turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi.
– 550 dollar oylik stipendiya.
– Turar joy uchun mablagʻ.
– Kompleks tibbiy sugʻurta.

Arizalar 2023-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ustc-fellowship-xitoyda-magistratura-va-doktorantura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍36🔥4❤2
Kanada: magistratura va doktorantura uchun 45 ming Kanada dollarigacha grantlar

Kalgari universiteti magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi talabalarga bir necha turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar talabalarni yiliga 700 Kanada dollaridan 45 ming Kanada dollarigacha stipendiya bilan taʼminlaydi.

Arizalar qabul har yili 1-noyabrdan boshlanadi va qabul tugashi tanlangan dasturga qarab farq qiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-magistratura-va-doktorantura-uchun-36-ming-kanada-dollarigacha-grantlar/

@grantlar
👍54🔥4❤3
Koreyaning Joongbu universitetiga Oʻzbekistondagi suhbatlar asosida qabul davom etmoqda; 100% gacha grantlar mavjud!

Taklif etiladigan dasturlar:
– Til kursi
– Bakalavriat
– Magistratura
– PhD

Suhbatni universitetning Xalqaro boʻlimi boshligʻi Lee MIN Hee oladi.

Joongbu universiteti Koreyada akkreditatsiyadan oʻtgan va viza chiqish ehtimoli yuqori boʻlgan universitetdir.

Suhbatda qatnashishi mumkin:
– TOPIK (1-3) yoki IELTS (5.5) sertifikati borlar
– Yoki 2022-yil 3-dekabrgacha TOPIK yoki IELTS sertifikatini oluvchi nomzodlar

Oʻqish uchun 100% gacha grantlar taklif etiladi.

Suhbatlar 18-27-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi.

👉 BATAFSIL 👈

Suhbatga roʻyxatdan oʻtish:
@MrDevid_P
+998933350033

Qoʻshimcha maʼlumot:
@pearls707
+998901179065
👍44❤4
Dunyoning 54-raqamli universitetida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!

City University of Hong Kong universiteti (Xitoy) bakalavriat talabalariga Entrance Scholarship Scheme grant dasturini taklif qiladi.

Grantlar universitetda mavjud barcha bakalavrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grant imtiyozlari:
– Top Scholarship – kontrakt summasi, yotoqxona va yashash xarajatlarni toʻliq qoplaydi.
– Full Tuition Scholarship – kontrakt summasini toʻliq qoplaydi.
– Half Tuition Scholarship – kontrakt summasining yarmini qoplaydi.

Qabul uchun 2 ta muddat bor:
– 2022-yil 15-noyabr (erta qabul)
– 2023-yil 16-yanvar (odatiy qabul)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/entrance-scholarship-scheme-city-university-of-hong-kong/

@grantlar
👍48🔥3❤1
Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!

Tanlov 6 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi: vizual san’at asarlari, sheʼriyat, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa va raqs, interaktiv va multimedia ishlari.

Tanlovga ishlar 2 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:
– Junior divison – 11-14 yoshlilar kategoriyasi.
– Senior division – 15-18 yoshlilari kategoriyasi.

Mukofot: Har ikkala kategoriyada 6 nominatsiya boʻyicha 5 ta sovrinli oʻrin mavjud boʻlib, gʻoliblar 100 dollardan 1500 dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ishlar 2023-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-ocean-awareness-contest-18-yoshgacha-bolgan/

@grantlar
👍32🔥4
Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2022-2023-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1549 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2022-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/biznes-tadbirkorlik-sohasi-talabalari-uchun-tanlov-mukofot-2000-kanada-dollari/

@grantlar
👍29🔥4❤3
Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan eng yaxshi videoroliklar tanlovi!

Tanlovda yoshidan qatʼi nazar, barcha Oʻzbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar

Tanlov gʻoliblari (1-, 2-, 3-oʻrin) qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar uchun ham pul mukofotlari beriladi:
– “Eng yaxshi operatorlik ishi uchun”;
– “Eng yaxshi videomontaj uchun”;
– “Eng yaxshi infografika uchun”.

Videoroliklar 2022-yil 10-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/xotin-qizlarga-nisbatan-zoravonlikning-oldini-olishga-qaratilgan-eng-yaxshi-videoroliklar-tanlovi/

@grantlar
👍37
Magistraturani Gollandiyada oʻqiymizmi?

Gollandiya (Niderlandiya) dunyodagi eng sifatli taʼlim tizimiga ega 10 ta davlatning biridir.

Gollandiyadagi jami 55 ta universitetning 13 tasi dunyoning TOP 400 universiteti roʻyxatidan joy olgan.

Demak, bugun magistraturani Gollandiyada oʻqish va magistratura uchun golland universitetlari grantlari haqida maʼlumot beramiz.

👉 BATAFSIL OʻQISH 👈

@grantlar
👍34
UWC: Oʻzbekistonlik maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni xorijda grant asosida davom ettirish imkoniyati!

United World Colleges – dunyoning 4 ta qitʼasida joylashgan 18 ta maktab va kollejlar tizimidir.

Oʻzlari tanlagan davlatdagi kollej/maktabga qabul qilingan oʻquvchilar u yerda 2 yillik “International Baccalaureate (IB) Diploma” kursini oʻqiydi.

UWC qabul qilingan oʻquvchilarning moliyaviy holatida qarab, toʻliq yoki qisman grant ajratadi.

Toʻliq grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminalandi.
– Darsliklar olib beriladi.

Bu yilgi qabul 2022-yil 6-noyabrgacha davom etadi.

Qabul qilinganlar 2023-yil sentabrdan oʻqishni boshlaydi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ib-diploma-kurslarini-dunyoning-turli-davlatlarida-oqish-imkoniyati-haqida/

@grantlar
👍37❤11🔥4
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2022-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2022-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍49🔥8❤3
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Helsinki universiteti (TOP 101) magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi qoplanadi (50% dan 100% gacha).

Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmatsevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

Hujjatlar qabuli 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 5-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍38❤6🔥2
Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri - Boston universiteti stipendiyalari

AQSHda joylashgan Boston universiteti dunyoning eng kuchli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2022-yil oktabr oyi holatiga ko'ra, dunyodagi eng nufuzli universitetlar ro'yxatida 108-o'rinni egallab turibdi. Hozirda universitetda 35 mingga yaqin talaba va tadqiqotchi tahsil oladi.

Boston univesiteti bitiruvchilari, tadqiqotchilari va xodimlar hozirgacha jami 7 ta Nobel mukofotini qo'lga kiritgan.

Bu universitet bir qancha mashhur shaxslarning kamol topishida hissa qo'shgan.

Masalan, telefon ixtirochisi Aleksandr Bell shu universitetda ishlagan va tadqiqot olib borgan. Telefonni ham aynan shu dargohdagi tadqiqotlari natijasida ixtiro qilgan.

Qora tanlilar huquqlari himoyachisi Martin Lyuter King ham Boston universitetida PhD darajasini olgan. Bunday shaxslar ro'yxatini ancha uzoq davom ettirish mumkin.

Bakalavriat uchun grantlar

Hozirda Boston universiteti bakalavriat uchun taklif etadigan 2 ta yirik grantga arizalar qabul qilinmoqda.

1. Trustee Scholarship. Bu grant dasturi istalgan bakavrlik yo'nalishi uchun taqdim etiladi hamda g'oliblarni 4 yilgacha kontrakt summasi va boshqa majburiy to'lovlardan to'liq ozod qiladi.

Dastur doirasida 20 nafar talabaga grant ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

👉 Trustee Scholarship dasturi haqida batafsil

2. Presidential Scholarship. Bu dastur ham istalgan bakalavriat yo'nalishi uchun taqdim etiladi. Go'liblarga yillik kontrak summasidan 25 ming dollar chegirma qilinadi (4 yilga 100 ming dollar).

Arizalar 2022-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

👉 Presidential Scholarship dasturi haqida batafsil

@grantlar_namuna
👍68🔥4❤2
Dunyoning 7-raqamli universitetida to'liq grant asosida o'qish imkoniyati!

Princeton universiteti
(AQSH) 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab bakalavriatga qabul qilingan va yillik oilaviy daromadi 100 000 AQSH dollaridan kam boʻlgan barcha talabalar toʻliq moliyaviy yordam asosida oʻqishini eʼlon qilgan. bu yordam jami 1500 ta talabaga ajratiladi.

Oʻzbekistonda deyarli barcha oilaning rasmiy yillik daromadi 100 000 dollardan kam. Bu Princeton universitetiga qabul qilingan har qanday oʻzbek talaba (bakalavr) toʻliq moliyaviy yordam olishi anglatadi.

Toʻliq moliyaviy yordam imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Kitoblar va shaxsiy ehtiyojlar xarajati qoplanadi

Qabul sanalari:
– 2022-yil 1-noyabr (erta qabul).
– 2023-yil 1-yanvar (odatiy qabul)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍87❤10🔥10