Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
CERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot 2023-yilning yozida Jeneva shahridagi CERN tashkilotida 8 hafta davom etadi.

Fizika, kompyuter fanlari, muhandislik va matematika sohasi boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr hamda magistrlar ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Kuniga 91 dollar ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy topishda yordam.

Arizalar 2023-yil 30-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/cern-summer-student-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍34❤6🔥6
Barcha bosqichlar uchun Vengriya hukumati grantlariga qabul eʼlon qilindi!

Vengriya hukumatining Vengriya universitetlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Stipendium Hungaricum grant dasturiga arizalar qabuli boshlandi.

Oʻzbekistonliklar dastur doirasida quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat
– Magistratura
– Bir bosqichli magistratura
– Doktorantura (PhD)
– Yuqoridagi barcha bosqichlar boʻyicha 1 yoki 2 semestrlik talaba lamashinuvi dasturi

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Bepul turar joy beriladi.
– Oylik stipendiya (103-425 yevro).
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 16-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vengriya-bakalavriat-magistratura-va-tayyorlov-kurslari-uchun-toliq-grantlar-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍50
Stipendium Hungaricum grantini yutgan hamyurtlarimiz hujjatlari

Biroz oldin Vengriyada to'liq grant asosida o'qish imkonini beruvchi Stipendium Hungaricum grant dasturi haqida post joylagandik.

E'tiboringizga shu grantni yutgan o'zbek talabalarning hujjatlarini havola qilamiz:

👉 Bakalavriat va magistraturada o'qish uchun shu grantni yutgan oʻzbek talabalarining dasturga topshirgan hujjatlari

👉 Shu grantni doktoranturada o'qish uchun yutgan o'zbek talabaning dasturga topshirgan hujjatlari

@grantlar
👍27
Oʻqish bepul universitetlar: Agder universiteti (Norvegiya)

Agder universiteti Norvegiyada AACSB xalqaro tashkiloti tomonidan akkreditatsiyalangan 2 ta universitetning biri hisoblanadi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Har semestr 800 NOK (77 dollar) semestr badali toʻlash kerak
– Norveg va ingliz tilida bakalavriat, magistratura, PhD va boshqa turdagi dasturlar taklif etiladi

Til talabi:
– Bakalarvait uchun kamida IELTS 5.0
– Magistratura uchun kamida IELTS 6.0
– Doktorantura uchun aniq belgilanmagan

Qabul
– Bakalavriat uchun har yili 1-noyabrdan 1-dekabrgacha
– Magistratura uchun odatda har yili 1-martgacha (dasturga qarab farq qiladi)

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-agder-universiteti-university-of-agder/

@grantlar
👍51❤13🔥4
Bishkekdagi OSCE akademiyasi: Magistratura kurslari uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida joylashgan OSCE akademiyasi quyidagi 2 magistrlik kursi uchun qabul eʼlon qildi:
– MA in Politics and Security Programme
– MA in Economic Governance and Development Programme

Bu magistrlik kurslariga jami 60 nafargacha talaba qabul qilinadi va barchasiga toʻliq grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
–
Kontrakt pulida toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 360 yevro stipendiya.
– Bishkekka borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oʻzlashtirish darajasi eng yaxshi boʻlgan talabalar Yevropada moliyalashtiriladigan amaliyot imkoniyatlariga ega boʻladi.

Arizalar 2023-yil 15-yanvar 22:59 gacha qaul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-academy-in-bishkek-magistratura-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍39🔥12
“EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition” fototanlovida qatnashib, 1000 dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda butun dunyodan suratkashlikka qiziquvchi barcha qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Bosh sovrin – 1000 dollar
– Yana 3 ta kategoriya boʻyicha gʻoliblarning har biriga 250 dollardan mukofot

Suratlar 2023-yil 28-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eo-global-wildlife-natural-world-photography-competition/

@grantlar
👍34
Janubiy Koreya: Dunyoning 42-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 260 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Hozirda ariza topshirish mumkin bo'lgan qabul muddatlari:
– Odatiy qabul – 2023-yil 13-yanvargacha (oʻqish 2023-yil kuzdan);
– Kechki qabul – 2023-yil 26-maygacha (oʻqish 2023-yil kuzdan).

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

👉 Shu grant g'olibi bilan matnli suhbat

👉 Shu grant g'olibi bilan ovozli suhbat

@grantlar
👍49❤7
​​Koreyada ingliz tili sohasida tahsil oling (magistratura)

Seul shahrida
(Janubiy Koreya) joylashgan IGSE oliygohi ingliz tiliga ixtisoslashgan quyidagi magistrlik dasturlarini taklif qiladi:
– MA in TESOL
– MA in ELT Materials Development
– Shuningdek koreys tili va madaniyati kurslari

Oliygoh xalqaro talabalar uchun qabul boʻyicha onlayn brifing tashkillashtirmoqda.

Qabul boʻyicha brifing (Zoom orqali):
– Kim uchun:
Seulda TESOL boʻyicha magistraturani oʻqishni xohlaganlar uchun
– Vaqti: 2022-yil 18-noyabr, 18:00 (Uzb vaqti bilan)
– Dastur tarkibi:
1) IGSE MA in TESOL dasturi oʻquv haqida maʼlumot
2) Ariza topshirish jarayoni va grantlar
3) Vizaga ariza topshirish
4) Savol-javoblar

☝️Brifingda qatnashish uchun BU YERDA oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim (roʻyxatdan oʻtgach, Zoom havolasi email orqali yuboriladi).

Magistratura kurslariga qabul jarayonlari
2022-yil 12-dekabrdan 21-dekabrgacha davom etadi.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar, grantlar haqida QABUL YOʻRIQNOMASIDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Oliygoh talabalari videolari:

👉
Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

👉 Oʻzbekist
onlik talaba qiz videosi

👉
Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti l Qabul yoʻriqnomasi
👍31❤5🔥3
Lester B. Pearson International Scholarship Program: Bakalavriatni Kanadada oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan bu grant ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Tasodifiy xarajatlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar qabuli 2022-yil 30-noyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

@grantlar
👍48❤4🔥3
Oʻqish bepul universitetlar: Bamberg universiteti (Germaniya)

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 60 yevro (61 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Har semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta uchun 43,8 yevro (45 dollar) toʻlanadi
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
– Yozgi semestr uchun arizalar har yili 15-iyulgacha;
– Qishki semestr uchun arizalar har yili 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-bamberg-universiteti-germaniya/

@grantlar
👍40❤14
Markaziy Osiyodagi trening, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarga qatnashish uchun 500 dollargacha safar grantlari!

Bu dasturga 18-30 yoshli yosh yetakchilar, jurnalistlar, blogerlar, jamoatchilik faollari, jamoat tashkilotlari vakillari ariza bera oladi.

Grantlar Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistonda boʻlib oʻtadigan tadbirlar uchun ajratiladi.

Dastur imkoniyati: Munosib nomzodlarga 500 dollargacha grant ajratiladi.

Arizalar 2022-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/500-dollargacha-safar-grantlari/

@grantlar
👍33🔥9
Toshkentdagi Farmatsevtika texnik universiteti uchun 40 ta grant oʻrni eʼlon qilindi!

Mazkur grantlar universitetda mavjud farmatsevtika, biokimyo va biotibbiyot fanlari boʻyicha bakalavriat dasturlarida tahsil olish uchun taqdim etiladi. Bitiruvchilar xalqaro tan olinadigan Britaniya diplomiga ega boʻladi.

Grant miqdori: Grantlarni qoʻlga kiritgan talabalar uchun kontrakt summasi toʻliq (4 yil davomida) qoplab beriladi.

Arizalar 2023-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

O'qish 2023-yil qish faslidan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/toshkentdagi-farmatsevtika-texnik-universiteti-uchun-40-ta-grant/

@grantlar
👍43🔥4❤1
Oʻqish bepul universitetlar: MLU (Germaniya)

MLU universiteti dunyoning eng kuchli universitetlari roʻyxatida 477-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 56,1 yevro (61 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Har semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta uchun 60 yevro (61 dollar) toʻlanadi
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
– Bakalavriatga eng yaqin qabul: 2023-yil 15-yanvar
– Magistraturaga eng yaqin qabul: 2022-yil 15-dekabr

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-mlu-germaniya/

@grantlar
👍58🔥6
Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Erasmus Mundus magistraturani deyarli barcha sohalarda Yevropa davlatlarida to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
– “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun 25-noyabrgacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @gn_work

@grantlar_namuna
👍38🔥5
BIOPHAM: Farmasevtika va biofarmasevtika boʻyicha magistratura kursi uchun Erasmus Mundus’dan to’liq grant, 1000 yevro oylik stipendiya!

BIOPHAM dasturi farmasevtika va biofarmasevtika sohasida magistraturani Yevropaning 2 yoki 3 ta davlatida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2022-yil 14-noyabrdan 2023-yil 20-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 DASTUR HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
👍29❤5
Buxoro shahrida yangi universitet tashkil etildi!

✅ Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Buxorodagi OSIYO XALQARO UNIVERSITETI nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga litsenziya taqdim etildi.

🎓 Ushbu yangi OTMga talabalar quyidagi 13 ta yo‘nalish Bakalavr va 3 ta yo’nalish Magistratura bo‘yicha o'qish uchun qabul qilinmoqda:

🔹Davolash ishi
🔹Farmatsiya
🔹Stomatologiya
🔹Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
🔹Moliya va Moliya Texnalogiyalari
🔹Tarix
🔹Jismoniy Madaniyat
🔹Kompyuter ilmlari va dasturlash texnalogiyalari
🔹Konchilik ishi
🔹Boshlangʻich taʼlim
🔹Maktabgacha taʼlim
🔹Pedagogika va Psixologiya
🔹Ingliz tili va Adabiyoti

Magistraturada o’qish uchun:
🔹Pedagogika va Psixologiya
🔹Iqtisodiyot
🔹Boshlang’ich ta’lim

🎓 Ta’lim kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllarda olib boriladi.

☎️ Batafsil ma'lumot:
+998712050009

❗️Ro’yxatdan o’tish uchun:
🌐Veb-sayt: www.oxu.uz

Manzil: Buxoro vil., Buxoro sh., G’ijduvon ko’chasi 74
Mo’ljal: Avtovakzal, Xo’jalik Sudi to’g’risida

📨 Telegram: @Oxu_uz
👍30🔥6
AQSH: ayol-qizlarga bakalavriatda o'qish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!

AQSHdagi Simmons universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchi nomzodlarga Kotzen Scholarship grantini taklif qiladi.

Bu universitetning bakalavriat kurslariga faqat ayol-qizlar qabul qilinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilinadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat ta'minlanadi
– O'qish, tadqiqot xarajatlari uchun 3000 dollar mablag'ajratiladi

2023-yil kuzgi semestrda o'qishni boshlash uchun arizalar 2022-yil 1-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/simmons-university-aqsh-bakalavr-kursida-bepul-oqish-turar-joy-taminoti-oqish-xarajatlari-uchun-qoshimcha-3000-aqsh-dollari-miqdorida-yordam-puli/

@grantlar
👍37❤8🔥6
Oʻqish bepul universitetlar: Germaniyadagi Technical University of Munich (TUM)

Bu universitet dunyoning eng kuchli oliygohlari roʻyxatida 49-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Aksariyat dasturlarda oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi).
– Har semestr uchun 62 yevrodan 138 yevrogacha haq toʻlanadi. Bu toʻlov semestr badali va jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqini oʻz ichiga oladi.
– Ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin.

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Baʼzi yoʻnalishlarda qabul muddati farq qiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-technical-university-of-munich-germaniya/

@grantlar
👍63🔥5
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 18 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2023-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍30🔥5