Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
NIGINTERN 2023: Yaponiyada talabalar uchun amaliyot dasturi; safar va turar joy xarajatlari qoplanadi!

Ushbu dasturga hozirda bakalavriatning 3-kursi yoki magistraturaning 1-kursida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot 2022-yil 15-iyundan 26-iyulgacha Yaponiyada oʻtaladi. Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi.

Dastur imtiyozlari:
– Yaponiyaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Yaponiyadagi aeroportdan institutgacha yetib olish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul turar joy taʼminlandi.
– Dastur yakunida sertifikat taqdim etiladi.

Arizalar 2022-yil 28-noyabrdan 2023-yil 6-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nigintern-yaponiyada-talabalar-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍46❤6
Coe College: AQSHda bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant!

Coe College oliygohi istalgan bakalavriat dasturida o'qish uchun Global Leadership Scholarship grantini taklif qiladi. Grant har yili 1 nafar xorijlik talabaga beriladi.

Grant miqdori: Grant universitetda o'qish pulini (tuition fee) to'liq qoplaydi.

Arizalar 2023-yil 3-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/coe-college-aqshda-bakalavriat-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍50❤4
Forwarded from Oxiana Fellowship
✊Are you a hard-working 9️⃣🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 in Uzbekistan with big dreams? Did you watch every motivational video on Youtube already but still don’t know how to take your first step?

If your answer is “yes” to both, we have INCREDIBLE news for you!!! 🤩😃😍

We are launching the third season of the Oxiana Fellows Incubator to help you take that first step towards your dreams!

The Oxiana Fellows Incubator is a one of a kind 6 month-long program designed to help you launch your OWN projects that make you UNIQUE, grow with like-minded motivated peers, learn crucial life skills, and get guidance from a team of international mentors.
🤓 More information about the Incubator

😓 Application form
Deadline to apply: December 11th, 2022
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍48🔥4
Rossiya: Open Doors 2022/23 onlayn olimpiadasi – 400 nafar sovrindorlar Rossiya universitetlarida grant asosida oʻqiydi!

Open Doors 2022/23 olimpiadasida magistratura yoki PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar qatnashishi mumkin.

Olimpiada 14 ta yoʻnalish boʻyicha onlayn tarzda boʻladi, unda ingliz yoki rus tilida ishtirok etish mumkin.

Sovrindorlarga beriladigan imkoniyatlar:
– Yoʻnalishiga mos istalgan magistrlik yoki PhD kursiga imtihonsiz va toʻlovlarsiz kirish.
– Oʻqishdagi toʻlov-kontrakt summasi Rossiya hukumati tomonidan toʻliq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.

Har yili 400 nafargacha ishtirokchi sovrindor boʻladi.

Olimpiadada ishtirok etish uchun 2022-yil 10-dekabrgacha roʻyxatdan oʻtish va portfolio toʻldirish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-open-doors-onlayn-olimpiadasi/

@grantlar
👍32🔥10❤4
Janubiy Koreyaning Joongbu universitetiga 70% gacha grantlar; Oʻzbekistondagi suhbat asosida qabul qilinish imkoniyati mavjud!

Taklif etiladigan dasturlar:
– Til kursi
– Bakalavriat
– Magistratura
– PhD

Til kursi uchun TOPIK 1 yoki 2 daraja boʻlishi zarur.

Suhbatlar 28-noyabrdan12-dekabrgacha Joongbu universiteti vakili janob Lee Min Hee tomonidan Oʻzbekistonda oʻtkaziladi.

Ingliz yoki koreys tili sertifikatiga qarab, 40% dan 70% gacha grantlar taklif etiladi.

❗️ Elchixona uchun KDB ma'lumotnomasi va ota-ona yillik daromadi talab qilinadi.
❗️Arizachilar universitet vakili suhbatidan oʻtib qabul qilinadi.

Kontrakt:
👉 1 semestr bakalavr uchun: 3,117,000~3.907.000 krw
👉 1 semestr Magistr va PhD uchun: 2,345,000~4,644,000 krw

Suhbat uchun ro'yxatdan o'tish 2022-yil 30-noyabrgacha davom etadi.

Qoʻshimcha maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun:
☎️ +998901179065
📱 @Pearls707

Rasmiy VEB-SAYTDA universitet bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
👍47❤8🔥5
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2022-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
🔥19👍16❤1
​Koreyada ingliz tili sohasida tahsil oling (magistratura)

Seul shahrida
(Janubiy Koreya) joylashgan IGSE oliygohi professor James Forrest ishtirokida “Xorijiy til darslarida lirika va sheʼriyatdan foydalanish” mavzusida maxsus onlayn maʼruza tashkillashtirmoqda.

Maʼruzada ingliz tilini oʻqitish sohasiga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin. Maxsus maʼruzadan keyin IGSE oliygohida 2023-yil bahorgi semestr uchun MA TESOL magistrlik kursiga qabul boʻyicha brifing ham boʻlib oʻtadi.

Maxsus maʼruza tafsilotlari:
– Sanasi:
7-dekabr, 2022, soat 15:00 da (UZB vaqti bilan)
– Usuli: Zoom ushrashuv orqali
– Spiker: James Forrest
* IGSE Ingliz tili taʼlimi kafedrasi professori
* CELTA va DELTA baholovchisi, Kembrij universiteti Ingliz taʼlimi mukofotlari sohibi

Qabul boʻyicha brifing (Zoom orqali:
– Kim uchun:
Seulda TESOL boʻyicha magistraturani oʻqishni xohlaganlar uchun
– Vaqti: 7-dekabr, 2022, soat 16:30 da (Uzb vaqti bilan)
– Dastur tarkibi:
1) IGSE MA in TESOL dasturi oʻquv haqida maʼlumot
2) Ariza topshirish jarayoni va grantlar
3) Vizaga ariza topshirish
4) Savol-javoblar

☝️Brifing va maxsus maʼruzada qatnashish uchun BU YERDA oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim (roʻyxatdan oʻtgach, Zoom havolasi email orqali yuboriladi).

IGSE ingliz tiliga ixtisoslashgan quyidagi dasturlarini taklif qiladi:
– MA in TESOL
– MA in ELT Materials Development
– Shuningdek koreys tili va madaniyati kurslari

Magistratura kurslariga qabul jarayonlari
2022-yil 21-dekabrdan 14-dekabrgacha davom etadi.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar, grantlar haqida QABUL YOʻRIQNOMASIDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Oliygoh talabalari videolari:

👉
Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

👉 Oʻzbekist
onlik talaba qiz videosi

👉
Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti l Qabul yoʻriqnomasi
👍36🔥10❤5
SUR Programme: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!

Dasturga hayot haqidagi fanlar (biologiya, tibbiyot, biotexnologiya va h.k.) boʻyicha tahsil olayotgan, birinchi yoki oxirgi bosqich talabasi boʻlmagan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2023-yil iyul-avgust oylarida Lozanna universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisdoiy imtiyozlar:
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– 1590 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 1272 dollargacha mablagʻ ajratilishi mumkin

Arizalar 2022-yil dekabr oyi oʻrtalaridan 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summer-undergraduate-research-sur/

@grantlar
👍43❤9
Radboud Encouragement Scholarship: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Ushbu grant Radboud universiteti tomonidan ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda jami 12 ta grant oʻrni ajratilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 11 220 yevro stipendiya beriladi.
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-encouragement-scholarship-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍21❤9🔥8
Leaders for Future: Germaniyada 2 oylik amaliyot uchun toʻliq va qisman grantlar!

Amaliyot Berlinda boʻlib oʻtadi, nemis yoki ingliz tilida qatnashish mumkin. Ariza topshirish vaqtida kamida 18 yosh bo'lgan barcha qatnashishi mumkin.

Amaliyot 2023-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha davom etadi.

Ishtirokchilarga toʻliq va qisman grantlar taqdim etiladi.

– Toʻliq grant: turar joy, tadbirlar, sugʻurta, mentorlik va maslahat xarajatlari, maʼmuriy toʻlovlar qoplanadi hamda 400 yevro choʻntak puli beriladi.
– Qisman grant: toʻliq grantda sanalaganlardan faqat turar joy xarajati qoplanmaydi.

Arizalar 2022-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leaders-for-future-germaniyada-2-oylik-amaliyot-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
👍57❤7🔥1
Lucerne Summer University: Magistratura talabalari uchun Shveytsariyada 1 haftalik yozgi maktab; barcha xarajatlar qoplanadi!

UNESCO homiyligidagi ushbu dasturda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlari 2023-yil 1-6-iyun kunlari Shveytsariyda boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Ishtirok etish mutlaqo bepul
– Toʻliq moliyaviy yordam mavjud: borish-kelish, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-lucerne-summer-university-ethics-in-a-global-context-lsue/
👍36🔥8❤1
Huquqshunoslar uchun Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi

Tanlovga huquqshunoslik sohasida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlganlar qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki ispan tilida maqola topshirish mumkin.

Gʻoliblar quyidagilar bilan taʼminalandi:
– Maxsus sertifikat
– Agar chop etish standartlariga mos boʻlsa, gʻolib insholar The American University International Law Review (AUILR) nashrida chop etiladi

Maqolalar qabuli 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/human-rights-essay-award-ilmiy-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
👍29
Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 26 ta qisman grant!

Gollandiyadagi Radboud universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun 26 ta qisman grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasiga chegirma qilinadi (16 000 yevro emas, 2209 yevro toʻlanadi).
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-scholarship-programme-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-grantlar/

@grantlar
👍28❤4🔥4
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2022-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2023-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
👍35🔥9❤8
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Helsinki universiteti (TOP 101) magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi qoplanadi (50% dan 100% gacha).

Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmatsevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

Hujjatlar qabuli 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 5-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍46🔥9❤8
Shvetsiya: Uppsala universitetining magistratura dasturlarida o'qish uchun 100% lik grant!

Nufuzi boʻyicha dunyoda 128-oʻrinda turuvchi Uppsala universiteti magistraturada oʻqish uchun Uppsala University Global Scholarship grantini taklif qiladi.

Grantlarni Uppsala universitetidagi istalgan magistrlik dasturi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyati: bu grant talabani kontrakt summasini toʻlashdan 100% ozod qiladi.

Arizalar 2023-yil 16-yanvargacha qabul qilinadi.

👉 GRANTLAR HAQIDA BATAFSIL 👈

@grantlar
👍48🔥1
TechWomen: Ayol-qizlar uchun AQSHda 5 haftalik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur kamida bakalavrlik darajasi va STEM (Science, Technology, Engineering and Mathematics) 2 yillik toʻliq stavkali ish tajribasiga ega yetakchi ayol-qizlarga AQSHda malaka oshirish imkonini beradi.

5 haftalik malaka oshirish kursi 2023-yil sentabr-oktabr oylarida boʻlib oʻtadi.

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish hamda AQSHdagi mahalliy parvozlar aviachiptalari olib beriladi.
– San-Fransisko va Vashingtondagi dasturlar davomda bepul turar joy taʼminlanadi.
– Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar taʼminlandi.
– Mezbon kompaniyalar, jamoat tadbirlariga borishda transport xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 13-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/techwomen-xotin-qizlar-uchun-aqshda-5-haftalik-dastur-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍57🔥15❤8
Obama fondining stipendiya dasturi: AQSHda 1 yillik taʼlim dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur oʻz sohasiga sezilarli hissa qoʻshgan yetakchilar uchun moʻljallangan. Ishtirokchilar Kolumbiya universitetidagi 1 yillik malaka oshirish mashgʻulotlariga qatnashadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– 4 tagacha kurs uchun kontrakt summasi va boshqa badallar toʻliq qoplanadi.
– AQSHga borish kelish va boshqa tegishli safarlar uchun aviachiptalar olib beriladi.
– Tibbiy, tish parvarishi va hayot sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 20-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/obama-foundation-scholars-program-fully-funded/

@granlar
👍68🔥17❤3
LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

AQSHdagi Oy va sayyoralar instituti bakalavriat talabalariga oy va sayyoralarni tadqiq qilish boʻyicha 10 haftalik amaliyot dasturini taklif etadi.

Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dasturning moliyaviy imkoniyatlari:
– 7720 dollar stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun qoʻshimcha 500 dollargacha mablagʻ.
– Konferensiyaga tezis (maqola) topshirgan amaliyotchilarga 1500 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2022-yil 12-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lpi-summer-intern-program-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-10-haftalik-haq-tolanadigan-yozgi-amaliyot/

@grantlar
👍41❤6
“Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnali uchun maqolalar tanlovi eʼlon qilindi; mukofot jamgʻarmasi 10 million soʻm!

Tanlovda Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va boshqaruv xodimlari qatnashishi mumkin. Maqolalar ingliz, rus yoki oʻzbek tilida topshirilishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5 mln soʻm
– 2-oʻrin: 3 mln soʻm
– 3-oʻrin: 2 mln soʻm

Maqolalar 2022-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ozbekistonda-oliy-talim-jurnali-uchun-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
👍43🔥13❤4