Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
SUR Programme: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!

Dasturga hayot haqidagi fanlar (biologiya, tibbiyot, biotexnologiya va h.k.) boʻyicha tahsil olayotgan, birinchi yoki oxirgi bosqich talabasi boʻlmagan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2023-yil iyul-avgust oylarida Lozanna universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisdoiy imtiyozlar:
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– 1590 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 1272 dollargacha mablagʻ ajratilishi mumkin

Arizalar 2022-yil dekabr oyi oʻrtalaridan 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summer-undergraduate-research-sur/

@grantlar
👍43❤9
Radboud Encouragement Scholarship: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Ushbu grant Radboud universiteti tomonidan ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda jami 12 ta grant oʻrni ajratilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 11 220 yevro stipendiya beriladi.
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-encouragement-scholarship-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍21❤9🔥8
Leaders for Future: Germaniyada 2 oylik amaliyot uchun toʻliq va qisman grantlar!

Amaliyot Berlinda boʻlib oʻtadi, nemis yoki ingliz tilida qatnashish mumkin. Ariza topshirish vaqtida kamida 18 yosh bo'lgan barcha qatnashishi mumkin.

Amaliyot 2023-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha davom etadi.

Ishtirokchilarga toʻliq va qisman grantlar taqdim etiladi.

– Toʻliq grant: turar joy, tadbirlar, sugʻurta, mentorlik va maslahat xarajatlari, maʼmuriy toʻlovlar qoplanadi hamda 400 yevro choʻntak puli beriladi.
– Qisman grant: toʻliq grantda sanalaganlardan faqat turar joy xarajati qoplanmaydi.

Arizalar 2022-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leaders-for-future-germaniyada-2-oylik-amaliyot-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
👍57❤7🔥1
Lucerne Summer University: Magistratura talabalari uchun Shveytsariyada 1 haftalik yozgi maktab; barcha xarajatlar qoplanadi!

UNESCO homiyligidagi ushbu dasturda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlari 2023-yil 1-6-iyun kunlari Shveytsariyda boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Ishtirok etish mutlaqo bepul
– Toʻliq moliyaviy yordam mavjud: borish-kelish, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2022-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-lucerne-summer-university-ethics-in-a-global-context-lsue/
👍36🔥8❤1
Huquqshunoslar uchun Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi

Tanlovga huquqshunoslik sohasida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlganlar qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki ispan tilida maqola topshirish mumkin.

Gʻoliblar quyidagilar bilan taʼminalandi:
– Maxsus sertifikat
– Agar chop etish standartlariga mos boʻlsa, gʻolib insholar The American University International Law Review (AUILR) nashrida chop etiladi

Maqolalar qabuli 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/human-rights-essay-award-ilmiy-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
👍29
Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 26 ta qisman grant!

Gollandiyadagi Radboud universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun 26 ta qisman grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasiga chegirma qilinadi (16 000 yevro emas, 2209 yevro toʻlanadi).
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-scholarship-programme-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-grantlar/

@grantlar
👍28❤4🔥4
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2022-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2023-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
👍35🔥9❤8
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Helsinki universiteti (TOP 101) magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi qoplanadi (50% dan 100% gacha).

Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmatsevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

Hujjatlar qabuli 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 5-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍46🔥9❤8
Shvetsiya: Uppsala universitetining magistratura dasturlarida o'qish uchun 100% lik grant!

Nufuzi boʻyicha dunyoda 128-oʻrinda turuvchi Uppsala universiteti magistraturada oʻqish uchun Uppsala University Global Scholarship grantini taklif qiladi.

Grantlarni Uppsala universitetidagi istalgan magistrlik dasturi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyati: bu grant talabani kontrakt summasini toʻlashdan 100% ozod qiladi.

Arizalar 2023-yil 16-yanvargacha qabul qilinadi.

👉 GRANTLAR HAQIDA BATAFSIL 👈

@grantlar
👍48🔥1
TechWomen: Ayol-qizlar uchun AQSHda 5 haftalik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur kamida bakalavrlik darajasi va STEM (Science, Technology, Engineering and Mathematics) 2 yillik toʻliq stavkali ish tajribasiga ega yetakchi ayol-qizlarga AQSHda malaka oshirish imkonini beradi.

5 haftalik malaka oshirish kursi 2023-yil sentabr-oktabr oylarida boʻlib oʻtadi.

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish hamda AQSHdagi mahalliy parvozlar aviachiptalari olib beriladi.
– San-Fransisko va Vashingtondagi dasturlar davomda bepul turar joy taʼminlanadi.
– Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar taʼminlandi.
– Mezbon kompaniyalar, jamoat tadbirlariga borishda transport xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 13-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/techwomen-xotin-qizlar-uchun-aqshda-5-haftalik-dastur-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍57🔥15❤8
Obama fondining stipendiya dasturi: AQSHda 1 yillik taʼlim dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur oʻz sohasiga sezilarli hissa qoʻshgan yetakchilar uchun moʻljallangan. Ishtirokchilar Kolumbiya universitetidagi 1 yillik malaka oshirish mashgʻulotlariga qatnashadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– 4 tagacha kurs uchun kontrakt summasi va boshqa badallar toʻliq qoplanadi.
– AQSHga borish kelish va boshqa tegishli safarlar uchun aviachiptalar olib beriladi.
– Tibbiy, tish parvarishi va hayot sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 20-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/obama-foundation-scholars-program-fully-funded/

@granlar
👍68🔥17❤3
LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

AQSHdagi Oy va sayyoralar instituti bakalavriat talabalariga oy va sayyoralarni tadqiq qilish boʻyicha 10 haftalik amaliyot dasturini taklif etadi.

Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dasturning moliyaviy imkoniyatlari:
– 7720 dollar stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun qoʻshimcha 500 dollargacha mablagʻ.
– Konferensiyaga tezis (maqola) topshirgan amaliyotchilarga 1500 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2022-yil 12-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lpi-summer-intern-program-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-10-haftalik-haq-tolanadigan-yozgi-amaliyot/

@grantlar
👍41❤6
“Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnali uchun maqolalar tanlovi eʼlon qilindi; mukofot jamgʻarmasi 10 million soʻm!

Tanlovda Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va boshqaruv xodimlari qatnashishi mumkin. Maqolalar ingliz, rus yoki oʻzbek tilida topshirilishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5 mln soʻm
– 2-oʻrin: 3 mln soʻm
– 3-oʻrin: 2 mln soʻm

Maqolalar 2022-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ozbekistonda-oliy-talim-jurnali-uchun-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
👍43🔥13❤4
Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 2 haftalik yetakchilikni rivojlantirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dastur Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unga bakalavriatning 3- va 4-kurs talabalari ariza topshirishi mumkin.

Dasturga 19 nafar talaba saralab olinadi va ular 2023-yil 7-20-may kunlari AQSHdagi mashgʻulotlarda qatnashadi.

Moliyaviy imtiyoz: Qabul qilingan talabalar uchun dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar toʻliq qoplab beriladi.

Arizalar 2023-yil 6-yanvar, tushki 12:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-leadership-development-program-for-uzbekistan-students-in-the-united-states/

@grantlar
👍85
Qirgʻiziston: Yuqori sinf oʻquvchilari va universitet talabalari uchun munozara turniri!

Turnirda maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari va universitet talabalari qatnashishi mumkin. Qabul qilingan ishtirokchilar media savodxonlik mavzusida munozara/debat qiladi (ingliz tilida).

Turni 2022-yil 17-18-dekabr kunlari Bishkek shahrida boʻlib oʻtadi.

Manfaatli jihatlar:
– Ishtirokchilar sertifikat va diplomlar bilan taqdirlanadi
– Cheklangan sondagi ishtirokchilarning borish-kelish va turar joy xarajatlari qoplab beriladi

Arizalar 2022-yil 10-dekabr, 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-asian-youth-cup/

@grantlar
👍46🔥16
Shveytsariya: Huquqshunoslik boʻyicha magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Shveytsariyadagi Jeneva Akademiyasi huquq boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilarga toʻliq grantlar taklif etadi.

Grantlar quyidagi masgitrlik dasturlari uchun beriladi:
– LLM in International Humanitarian Law and Human Rights
– Master of Advanced Studies in Transitional Justice, Human Rights and the Rule of Law

Grant imkoniyatlari:
– Kontrkat summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Arizalar 2022-yil 28-noyabrdan 2023-yil 27-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shveytsariya-huquqshunoslik-magistratura-toliq/

@grantlar
👍28🔥9❤1
CCP Fellowships – Strenghtening Civil Societies: Germaniya tomonidan 3 oygacha haq to'lanadigan trening!

Trening nomzodning tanlovi va COVID-19 bilan bogʻliq vaziyatga qarab, onlayn yoki oflayn boʻladi.

Ishtirokchilar 2-3 davomida malaka oshiradi, fikr almashadi. Dastur ingliz tilida amalga oshiriladi.

Dasturning iqtisodiy imkoniyatlari:
– Oyiga 550 yevro stipendiya
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Bepul turar joy
– Mahalliy qatnov uchun oylik jamoat transporti chiptasi
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Viza xarajatlari uchun kompensatsiya

Arizalar 2022-yil 22-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ccp-fellowships-strenghtening-civil-societies-germaniya-tomonidan-haq-tolanadigan-trening/

@grantlar
👍41🔥2
Estoniya: maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun bepul yozgi maktab; turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi!

Molekulyar va nazariy biologiya yozgi maktabiga maktabning 8-11-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki rus tilida topshiriladi. Qabul qilinganlar 2023-yil iyul-avgust oylarida Estoniyadagi yozgi maktab mashgʻulotlarida qatnashadi. Mashgʻulotlar 18 kun davom etadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– Turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Sayohat sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi
– Viza olish xarajatlari qoplanadi
– Borish va kelish xarajatlari qisman yoki toʻliq qoplanishi mumkin

Arizalar 2023-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/school-of-molecular-and-theoretical-biology/

@grantlar
👍62🔥5
Erasmus Mundus IMSISS qoʻshma dasturi: Xavfsizlik, razvedka va strategik tadqiqotlar boʻyicha xalqaro magistrlik dasturida oʻqish uchun toʻliq grant!

Ushbu dastur magistraturani Yevropaning 3 davlatida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Nomzodlar toʻliq ingliz tilida yoki ingliz va italyan tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.

Arizalar 2023-yil 13-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/magistratura-uchun-erasmus-mundus-dasturining-toliq-granti/

@grantlar
👍43🔥11❤2
Toshkentdagi AQSH elchixonasidan ayollar va qizlar uchun bepul o’z-o’zini himoya qilish mashg’ulotlari!

Bu mashgʻulotlarda 13 yoshdan oshgan barcha ayol qizlar qatnashishi mumkin (2023-yil yanvadan boshlanadi va 3 oy davom etadi).

Mashgʻulotlar ishtirokchilar soni 30 kishidan oshmagan 2 guruhda oʻtkaziladi:
– A guruh: 13-18 yoshlilar
– B guruh: 18 yoshdan kattalar

Mashgʻulotlar jiu-jitsu va dzyudo bo’yicha professional instruktorlar, professional psixologlar tomonidan olib boriladi.

Mashgʻulotlarda qatnashish mutlaqo bepul.

Arizalar 2022-yil 12-dekabrgacha yoki dastlabki 500 ta ariza kelib tushgunicha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/self-defense-camp-for-women-and-girls/

@granlar
👍65🔥15❤12