Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
CERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot 2023-yilning yozida Jeneva shahridagi CERN tashkilotida 8 hafta davom etadi.

Fizika, kompyuter fanlari, muhandislik va matematika sohasi boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr hamda magistrlar ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Kuniga 91 dollar ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy topishda yordam.

Arizalar 2023-yil 30-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/cern-summer-student-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍57🔥9❤5
Germaniya: Bakalavr va magistrlar uchun yozgi amaliyot dasturi; oylik stipendiya - 1200 yevro!

Germaniyadagi DESY tadqiqot markazi fizika, fizikaga oid tabiiy fanlar va hisoblash (computing) sohasida oʻqiyotgan bakalavr va magistrlarga yozgi amaliyot dasturini taklif etadi.

Amaliyot 2023-yil 18-iyuldan 8-sentabrgacha, ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oyiga 1200 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Markaz hostelidan chegirmali turar joy (xona)

Arizalar 2023-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-desy-summer/

@grantlar
👍35🔥12❤3
CV nima: qanday, qayerda tayyorlayman? Ko'rinishi qanaqa bo'ladi?

Koʻpgina dasturlarda nomzodlardan CV soʻraladi. Bunda nomzodlarda “CV nima oʻzi?”, “Uni qanday tayyorlayman?” va shu kabi boshqa savollar tugʻilishi mumkin.

Grantlar.uz jamoasi CV va uni EuroPass formatiga (eng ommabop formatlardan biri) tayyorlash haqida maqola tayyorlagan. Undan CVʼga oid eng muhim maʼlumotlarni topishingiz mumkin.

Maqola bilan quyida tanishing👇
https://grantlar.uz/blog/cv-nima-qanday-qayerda-tayyorlayman-korinishi-qanaqa-boladi/

@grantlar
👍46🔥14
Ruminiya hukumatining stipendiya dasturi: bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun toʻliq grant!

Dastur Ruminiya universitetlarida toʻliq grant asosida tahsil olish imkonini beradi.

Grantga ingliz, rumin yoki fransuz tilida ariza topshirish mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi, universitetga roʻyxatdan oʻtish va boshqa shu kabi toʻlovlardan toʻliq ozod qilidi.
– 1 yillik rumin tili kursi kontraktidan toʻliq ozod qiladi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Bepul yotoqxona taʼminlanadi.
– Favqulodda tibbiy yordam xizmatlari qoplanadi.
– Mahalliy jamoat transportlaridan foydalanishda imtiyozlar beriladi.

Arizalar 2023-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/romanian-government-scholarship-ruminiyada-bakalavr-magistratura-va-doktorantura-kurslari-uchun-toliq-grant/

Qo'shimcha manba:

👉 Ruminiyada o'qishning afzalliklari

@grantlar
👍53🔥10❤9
JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2023-yil fevral oʻrtalaridan 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍64❤8🔥4
AQSHning 15 ta universitetiga grant asosida qabul qilingan Murodbek Usmonov bilan suhbat

Suhbat davomida:

👉
Bunday natijani qayd etish uchun qanday tayyorgarlik koʻrish va nimalar qilish kerak?

👉 8 ta universitet talabaning arizasini rad etgan. Buning sabablari nimada?

👉 Tayyorgarlik va hujjat topshirish uchun qancha xarajat qilindi?

👉 Va boshqa foydali maʼlumotlarga ega bo'lasiz

Suhbatni toʻliq oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/aqshning-15-ta-universitetiga-grant-asosida-qabul-qilingan-ozbek-talaba-bilan-suhbat/

P.S. Talabaning universitetlarga topshirgan hujjatlari bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar
👍51🔥48❤9
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2023-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍75🔥11❤8
UESTC: Xitoyda magistratura va PhD uchun to’liq grant, bepul yotoqxona, bepul sug’urta va stipendiya!

Xitoyda joylashgan UESTC universitetdagi istalgan magistratura va PhD dasturida oʻqish uchun (ingliz yoki xitoy tilida) toʻliq va qisman grantlarni taklif qiladi.

Grant turlari:
– Toʻliq grant – kontrakt puli, tibbiy sugʻurta xarajati toʻliq qoplanadi, yotoqxonadan bepul xona va 221 dollar oylik stipendiya beriladi.
– Qisman grant – kontrakt puli, tibbiy sugʻurta xarajati toʻliq qoplanadi, yotoqxonadan bepul xona beriladi.

Arizalar 2023-yil 1-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/uestc-xitoyda-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-bepul-yotoqxona-bepul-sugurta-va-stipendiya/

@grantlar
👍51🔥12❤1
Qabul boshlandi:

Yaponiyaning 1-raqamli universitetiga o'qishni stipendiya asosida ko'chirish imkoniyati!

Global Science Course dasturi Tokio universitetining bakalavriat bosqichiga (3-kursga) stipendiya asosida oʻqishni koʻchirish imkonini beradi.

Dastur ingliz tilida, yapon tilini bilish talab qilinmaydi. Bakalavriatning 2, 3 va 4-kursida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Faqat kimyo sohasiga oʻqishni koʻchirish mumkin. Lekin hozirda aynan kimyo sohasi boʻyicha oʻqiyotgan boʻlish talab etilmaydi.

Imkoniyatlari:
– 1050 dollar oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Bepul yapon tili kursi
– Doimiy yordam

Arizalar 2023-yil 24-yanvardan 23-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-utokyo-transfer/

@grantlar
👍57🔥12❤2
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2050 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (760 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1140 dollar).

Arizalar 2023-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍59
Yenching Global Symposium: Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro simpozium!

2023-yilgi simpozium mavzusi: Humanity: Cartographies of Collaboration.

Istalgan sohada kamida bakalavrlik darajasiga ega hamda 1992-yil 1-yanvardan keyin tugʻilganlar qatnashishi mumkin.

Simpozium ham onlayn, ham oflayn formatda boʻladi. Xitoyga borib qatnasha olmaydiganlar onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Onlayn qatnashadiganlar tadbirning barcha mashgʻulotlarida bepul qatnashadi.
– Oflayn qatnashuvchilar uchun Xitoyga borish-kelish, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 31-yanvar, soat 20:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching_simpozium/

@grantlar
👍33❤6
Bruney hukumatining stipendiya dasturi: diplom kurslari, bakalavriat va magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bruney hukumatining stipendiya dasturi xorijlik talabalarga Bruneydagi 5 ta nufuzli oliygohning diplom kurslari, bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqish imkonini beradi.

Aksariyat dasturlar ingliz tilida, ayrim dasturlar malay yoki arab tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 360 dollar oylik stipendiya.
– Oziq-ovqat xarajatlari uchun 110 dollar oylik mablagʻ.
– Oʻquv qurollar uchun 440 dollar yillik mablagʻ.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Yotoqxonadan turar joy.
– Toʻliq sugʻurta.
– Qaytishda yuklarni yuborish uchn 360 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2023-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bruney-oliygohlarda-oqish-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar
👍68❤3
Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar!

Universitetdagi darslar ingliz tilida olib boriladi. Grantlarni istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasini toʻlashdan 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% ozod qiladi.
– Eng munosib nomzodlar uchun yotoqxona toʻlovi ham qoplanishi mumkin.

Arizalar 2023-yil 1-fevraldan 12-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bilkent-universiteti-turkiyada-ingliz-tilida-bakalavr-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar/

@grantlar
👍58❤12
Oʻqish bepul universitetlar: Lyuksemburg universiteti

– Aksariyat yoʻnalishlarda oʻqish uchun kontrakt toʻlovi yoʻq
– Dunyoda nufuzi boʻyicha TOP 300 likka kiradi
– Bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari mavjud

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-lyuksemburg-universiteti/

@grantlar
🔥57👍32
Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyciha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1690 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 921 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 1-apreldan 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar
👍44❤1
RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

RIPS dasturi bakalavriat talabalariga Kaliforniya universiteti tarkibidagi IPAMda 1 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Amaliyot ingliz tilida, 2023-yil 20-iyundan 18-avgustgacha boʻlib oʻtadi hamda kompyuter fanlari, matematika, ma'lumotlar tahliliga oid hisoblash ishlarini o'zi ichiga oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 4000 dollar stipendiya.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– AQSHga borish-kelish uchun mablagʻ.
– Viza olishga yordam.

Arizalar 2023-yil 13-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rips-bakalavrlar-uchun-kaliforniya-universitetida-1-oylik-amaliyot-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍58🔥11❤1
Toshkentdagi Amerika markazidan insholar tanlovi!

Inshoda Oʻzbekistonda yashovchi barcha qatnashishi mumkin. Insholar “Technology in Education” mavzusida ingliz tilida yozilishi va 500 soʻzdan oshmasligi kerak.

Mukofotlar: Eng yaxshi 5 ta insho muallifi Toshkentdagi Amerika markazi brendiga ega kapyushonli kiyim (hoodie) bilan taqdirlanadi.

Insholar 2023-yil 7-fevral, tushki 12:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/toshkentdagi-amerika-markazidan-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍64🔥19
Grant yutish uchun personal statement’ni qanday yozish kerak?

Quyidagi maqolamizda bu masalani yaxshi va yomon misollar hamda ularga izohlar orqali muhokama qilingan.

Maqolani oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/grant-yutish-uchun-personal-statementni-qanday-yozish-kerak-yaxshi-va-yomon-misollar-va-ularga-izohlar/

@grantlar
👍55❤24
Oʻqishini xorijga grant asosida koʻchirmoqchi boʻlganlar, qayerdasizlar? :)

Nima gap oʻzi?

Yaponiyadagi 1-raqamli, dunyoda nufuzi boʻyicha 23-oʻrinda turuvchi Tokio universiteti xorijlik bakalavriat talabalariga oʻqishni ushbu universitetga grant asosida koʻchirish imkonini taklif etmoqda (Global Science Course dasturi).

Dastur toʻliq ingliz tilida; hujjat topshirish va oʻqish uchun yapon tilini bilish shart emas.

Grant nimalarni oʻz ichiga oladi?

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 1300 dollar stipendiya
– Bepul turar joy
– Bepul yapon tili kurslari
– Yordam uchun masʼul shaxs biriktiriladi

Kimlar topshirishi mumkin?

Hozirda oliy ta'lim muassasasida 2, 3 va 4-kursda o'qiyotgan talabalar ariza topshira oladi. Qabul qilinganlar Tokio universitetida oʻqishni 3-kursdan davom ettiradi.

Bundan tashqari, nomzod kimyo fanidan, shuningdek, matematika, fizika va biologiya fanlarining kamida 2 tasi bo’yicha universitetning bakalavr kurslarida boshlang’ich ta’limni olgan bo’lishi kerak.

IELTS 6.5 talab qilinadi.

Qaysi soha boʻyicha oʻqiladi?

Qabul qilingan talabalar kimyo sohasi boʻyicha oʻqiydi va tadqiqot olib boradi. Lekin oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlganlar hozirda aynan kimyo sohasi boʻyicha bakalavriatda oʻqiyotgan boʻlishi shart emas (talablarga mos boʻlsa, sohasi boshqa boʻlsa ham topshirish mumkin).

Qabul qachongacha?

Arizalar 2023-yil, 23-mart, soat 13:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil maʼlumot bormi?

Bor. Batafsil maʼlumotni BU YERDAN topasiz.

Boshqa universitet va davlatlarga ham oʻqishni grant asosida koʻchirsa boʻladimi?

Koʻp hollarda, ha, boʻladi. Bu haqida BU YERDA batafsil bilib oling.

@grantlar_namuna
👍71❤5
Turkiya burslari boʻyicha mentorlik kursi uchun yangi guruga qabul!

Koʻplab nomzodlarning talablariga binoan, @Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari boʻyicha toʻliq tartibli professional mentorlik kursi uchun yangi guruh ochilayotganini eʼlon qiladi.

Kurs kim uchun?

Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturani Turkiyada ingliz yoki turk tilida toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Turkiya burslari dasturi Turkiyada deyarli bacha sohalarda (jumladan, tibbiyot, stomatologiya va farmasevtika sohasida ham) toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kursni kim olib boradi?

Kurs Turkiya burslari granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
– “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Mentor avval ham bunday kurslar qilganmi?

Ha, Abdulaziz Murtazoyev bir necha yillardan beri har xil grantlar yuzasidan mentorlik qilib keladi. Bunday kurslarga qatnashganlargan bir qanchasi turli toʻliq grantlarni, jumladan, Turkiya burslari grantini ham qoʻlga kiritgan.

👉 Oʻtgan yili mentorlik kursiga qatnashib, shu grantni yutgan talaba – bakalavr

👉 Oʻtgan yili mentorlik kursiga qatnashib, shu grantni yutgan talaba – magistr

Kurs mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar va/yoki telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun 2023-yil 31-yanvar, soat 23:59 gacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Hozirda oxirgi sinf yoki bosqichda oʻqiyotgan oʻquvchilar va talabalar ham topshira oladi.

Kurs, kurs narxi haqida batafsil maʼlumot olish va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @gn_work

@grantlar_namuna
👍54