Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Woods Hole: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 12 haftagacha haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!

Dasturda oxirgi kursdan bitta oldingi kursda oʻqiyotgan bakalavriat talabalari qatnashishi mumkin. Talabalar tabiiy fanlar va muhandislikka oid loyihalarda ilmiy xorim boshchiligida tadqiqot olib boradi.

Dastur imtiyozlari:
– Haftasiga 680 dollar stipendiya
– Bepul turar joy
– Safar xarajati uchun 700 dollar mablagʻ
– Viza uchun yordam

Arizalar 2023-yil 6-fevral, soat ertalabki 9:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/woods-hole-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-12-haftagacha-haq-tolanadigan-tadqiqot-dasturi/

@grantlar
👍54🔥14❤2
Juru Energy kompaniyasidan bakalavr, magistrlar va OTMni bitirganiga 2 yildan oshmaganlar uchun Toshkentda haq toʻlanadigan amaliyot!

Quyidagi lavozimlardan birida amaliyot oʻtash mumkin:
– Renewable Energy Engineer (solar, wind)
– Electrical engineer
– Power System Engineer
– SCADA/Automation Engineer
– Mechanical/Thermal engineer
– Civil Engineer
– HVAC Engineer
– Water Supply / Wastewater/ Drainage
– Engineer
– Environmental Specialist
– Biodiversity Specialist
– Socio-Economic Specialist
– Energy Analyst/ Economist
– Low Carbon Specialist
– Business Development Assistant
– HR Assistant

Nomzodlardan ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi.

Amaliyot 3 oy davom etadi va amaliyot davomida haq toʻlanadi.

Arizalar 2023-yil 20-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/juru-energy-paid-internship/

@grantlar
👍51🔥12❤5
O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Nukusdagi yangi loyiha bo‘yicha “Loyiha menejeri” bo‘sh ish o‘rinlariga ochiq tanlov e’lon qiladi.

Loyiha boshqaruvi bo‘yicha talab etiladigan tajriba – 3+ yil.

Ish masofaviy, nomzod bilan 1 yilga fuqarolik-huquqiy shartnoma tuziladi.

Nomzodlar tarjimai holi va qiziqishlari asoslangan maktubni education@acdf.uz elektron pochtasiga “Nukusda loyiha boshqaruvchisi” sarlavhasi bilan yoʻllashi lozim.

Arizalar 2023-yilning 10-fevraligacha qabul qilinadi.
___

Фонд развития культуры и искусства Узбекистана объявляет открытый конкурс на вакансию «Проджект-менеджер» для нового проекта в г. Нукусе.

Требуемый опыт в управлении проектами – от 3-х лет.

Работа удаленная, с кандидатом будет оформлен договор гражданско-правового характера на 1 год.

Для отклика на вакансию кандидаты должны отправить CV с сопроводительным письмом с пометкой «Проджект-менеджер в Нукусе» на имейл адрес education@acdf.uz

Заявки принимаются до 10 февраля 2023 г. включительно.
👍37❤4🔥2
Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar – 84 ta!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “Anthem (Madhiya)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 2000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 500 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 100 dollar;
– Finalistlar (25 nafar) – 50 dollar;
– Yarim-finalistlar (50 nafar) – 25 dollar.

Insholar 2023-yil 27-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/anthem-essay-contest-maktab-kollej-va-litsey-oquvchilari-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍50🔥3
Hozirda ko'plab grantlarga arizalar qabul qilinmoqda.

Shu sababli grant yutish boʻyicha qisqa maslahatlar haqidagi postimizni qayta ulashmoqchimiz.

👉 QISQA MASLAHATLARNI O'QISH

@grantlar
👍47❤3🔥3
Siz bunga ariza topshirdingizmi?

AQSHning Ball State University oliygohida 21 kunlik UNITED almashinuv dasturiga arizalar qabuli bugun (31-yanvar) 16:00 da tugadi.

Taʼkidlash joizki, bu dasturga qiziquvchilar soni nihoyatda koʻp boʻldi. Buni raqamlar ham aytib turibdi: kanaldagi post deyarli 3 ming marta ulashilgan, 57 ming marta koʻrilgan, saytdagi maqola 40 ming martadan ortiq oʻqilgan.

Sizdan quyidagi soʻrovnomaga ovoz berishingizni soʻrardik, bu ushbu dastur uchun taxminiy raqobat darajasini bilib olishga yordam beradi.

Soʻrovnoma savoli: UNITED almashinuv dasturiga ariza topshirdingizmi?

@grantlar
👍66❤9🔥8
Bristol Short Story Prize: havaskor va professional yozuvchilar uchun hikoyalar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 20 ta!

2023 Bristol Short Story Prize hikoyalar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Tanlovda 2023-yil 26-aprel holatiga koʻra kamida 16 yosh boʻladigan barcha qatnashishi mumkin.

Hikoyalar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 1000 funt-sterling
– 2-oʻrin: 500 funt-sterling
– 3-oʻrin: 250 funt-sterling
– yana 17 nafar sovrindorga 100 funt-sterlingdan

Hikoyalar 2023-yil 26-aprelacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bristol-short-story-prize-havaskor-va-professional-yozuvchilar-tanlovi/

@grantlar
👍53❤9🔥5
bp kompaniyasidan Belfastdagi 4 kunlik One Young World sammitida qatnashish uchun toʻliq grant!

bp
kompaniyasi One Young World sammitida (2023-yil 2-5-oktabr) qatnashish imkonini beruvchi Net Zero grantini eʼlon qildi.

Dasturga karbonat angidriddan holi / karbonat chiqindilarini kamaytiruvchi energiya manbalari ustida ish olib boruvchi yosh yetakchilar ariza topshirishi mumkin.

Sammit ingliz tilida olib boriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Belfastdagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 6-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/net-zero-scholarship-belfast-2023/

@grantlar
👍42❤9🔥1
Vengriya: Biotexnologiya va qishloq xoʻjaligida suv boshqaruvi boʻyicha magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

BMTning FAO tashkilot va Vengriya hukumati quyidagi ikkita magistrlik kursida oʻqish uchun toʻliq grant taklif etmoqda:
– Master in Agricultural Water Management Engineering
– Master in Biotechnology

Oʻqish ingliz tilida boʻladi va 2023-yil sentabrdan boshlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Ariza va kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– Kitob va oʻquv materiallari

Arizalar 2023-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/agrosanoat-boyicha-magistraturada-oqishni-xohlovchilar-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍42❤2
Latvian State Scholarships: Talabalar, OTM oʻqituvchilari va tadqiqotchilariga Latviyadagi yozgi maktablar uchun grantlar!

Latviya hukumati 2023-yilning yozida Latviyada oʻtkaziladigan bir nechta yozgi maktablar uchun grantlar taqdim etmoqda. Maktablar ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Grant yutib olganlarga 1000 yevro mablagʻ ajratiladi va bu mablagʻ quyidagilarni toʻliq qoplaydi:
– Maktabga qatnashish haqi
– Turar joy
– Oziq-ovqat
– Seminar va maʼruzalar
– Ekskuriyalar
– Va boshqa madaniy tadbirlar

Arizalar 2023-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/talabalar-va-otm-xodimlariga-latviyada-yozgi-kurslar-uchun-711-yevro-grant/

@grantlar

😎😎😎😎😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍68🔥7❤3
Latvian State Scholarships: Latviyada barcha bosqichlarda oʻqish uchun oyiga 700 yevrogacha stipendiya!

Latviya universitetlarida bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun Latviya davlat stipendiyalar taklif etilmoqda. Latviya universitetlarida ingliz yoki latv tilida oʻqish mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Bakalavriat va magistratura talabalariga 500 yevro, PhD bosqichi talabalariga 700 yevro oylik stipendiya beriladi.
– Baʼzi universitetlar stipendiya sohiblarini yotoqxona bilan taʼminlashi mumkin.

Arizalar 2023-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/latvian-state-scholarships-latviyada-barcha-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiyalar/

@grantlar
👍59🔥7❤1
Qatar universitetida bir yillik arab tili kursi uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va bepul turar joy!

Qatar universiteti
tarkibidagi Arab tili markazi tomonidan taklif qilinadigan ushbu grantlarga 18-40 yoshli barcha ariza topshirishi mumkin. Arizalar ingliz yoki arab tilida topshiriladi.

Grant imtiyozlari:
– Bepul oʻqish
– Oylik stipendiya
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Bepul turar joy
– Rezidentlik vizasi xarajati qoplanadi
– Bepul kitoblar
– Bepul 3 mahal ovqat va boshqalar

Arizalar 2023-yil 16-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/arabic-for-non-native-speakers-scholarship/

@grantlar
👍131🔥13❤9
Latviyadagi yozgi maktabga grant yutgan talaba hujjatlari

Kecha Latviyadagi bir qancha yozgi maktablarda qatnashish moʻljallangan Latviya hukumati granti haqida maʼlumot bergandik.

Avvalgi yillarda bu grantni anchagina oʻzbek talaba, o'qituvchi va tadqiqotchilar yutib olgan va yozgi maktablarda qatnashib kelgan.

Bugun shunday talabaning mazkur grant uchun topshirgan hujjatlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.

👉 HUJJATLARNI KO'RISH 👈

@grantlar
👍22🔥9❤1
YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.

Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2500 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.

Qatnashish uchun 2023-yil 31-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar

😎😎😎😎😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47🔥6
The Geneva Challenge 2023 tanlovi: pul mukofoti va Shveytsariyaga bepul sayohat!

Tanlovda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari 3-5 kishilik jamoa boʻlib qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki fransuz tilida yolgʻilik muammolari boʻyicha loyiha (yechim) ishlab chiqiladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin (1 ta jamoa): 11 000 dollar;
– 2-oʻrin (2 ta jamoa): 5500 dollardan;
– 3-oʻrin (2 ta jamoa): 2740 dollardan mukofot bilan taqdirlanadi.
– Bu 5 ta jamoa Shveytsariyaga taqdimot uchun taklif etiladi (borib kelish, turar joy va viza xarajatlari qoplanadi).

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2023-yil 23-aprel.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-geneva-challenge-tanlovi-pul-mukofoti-va-shveytsariyaga-sayohat/

@grantlar
👍65❤5
JSTdan esselar tanlovi: Mukofot – 5400 dollar va Britaniyaga bepul sayohat!

Jahon savdo tashkiloti navbatdagi WTO Essay Award for Young Economists esselar (ilmiy maqolalar) tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda PhD darajasiga ega nomzodlar qatnashishi mumkin.

Esselar ingliz tilida, savdo siyosati va xalqaro savdo hamkorligi muammolariga qaratilgan boʻlishi kerak.

Mukofot:
– 5416 AQSH dollari
– Britaniyadagi taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyati (xarajatlar qoplanadi)

Esselar 2023-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wto-essay-award-for-young-economists/

@grantlar
👍58❤5🔥2
“EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition” fototanlovida qatnashib, 1000 dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda butun dunyodan suratkashlikka qiziquvchi barcha qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Bosh sovrin – 1000 dollar
– Yana 3 ta kategoriya boʻyicha gʻoliblarning har biriga 250 dollardan mukofot

Suratlar 2023-yil 28-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eo-global-wildlife-natural-world-photography-competition/

@grantlar

😎😎😎😎😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥17