Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2023-2024-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1500 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/biznes-tadbirkorlik-sohasi-talabalari-uchun-tanlov-mukofot-2000-kanada-dollari/

@grantlar
👍46🔥8❤1
Insholarda tanlovida qatnashib, noutbuk yutib oling!

Oʻzbekistonda umumiy taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun “Boburni anglash” mavzusida insholar tanlovi eʼlon qilindi. Tanlov davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bagʻishlanadi.

Tanlov onlayn tarzda oʻtkaziladi va insholar 2023-yil 14-fevraldan 20-fevralgacha qabul qilinadi.

Tanlovda quyidagi 2 toifa boʻyicha qatnashish mumkin:
1) 10-14 yoshlilar
2) 15-18 yoshlilar

Mukofotlar:
– 1-oʻrin:
diplom va zamonaviy noutbuk;
– 2-oʻrin: diplom va planshet;
– 3-oʻrin: diplom va kitoblar to‘plami.

Insholar @insholarbot orqali qabul qilinadi.

@grantlar
👍88🔥8❤1
Volunteer Society Nepal: Nepalda volontyorlik dasturi

Ayrimlar biroz toʻlovi boʻlsa ham, xorijdagi biror volontyorlik dasturi orqali tajriba orttirishni xohlaydi.

Volunteer Society Nepal tashkiloti Nepalda volontyrolik qilishni xohlovchilarga shunday imkoniyatni taqdim qiladi.

Dastur narxlari:
– 2 haftalik dastur: 400 yevro;
– 3 haftalik dastur: 500 yevro;
– 4 haftalik dastur: 600 yevro;
– keyingi qo’shimcha har bir hafta uchun: 75 yevrodan.

Toʻlangan haq quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– Aeroportda kutib olish va kuzatib qoʻyish
– Dastur davomida bepul oziq-ovqat (2 mahal)
– Mezbon oilalarda yashash imkoniyati
– Shahar transportidan foydalanish
– Nepal tili va madaniyati darslari
– Katmandu shahri boʻylab gid yordamidagi ekskursiya
– Viza olish va joʻnab ketish oldidan yordam
– Nepal boʻylab boshqa sayohatlarni tashkil etishda ko’mak

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/volunteer-society-nepal-nepalda-volontyorlik-dasturi/

@grantlar
👍73🔥5
iF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro!

Tanlovga BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan biriga aloqador loyihalar qabul qilinadi.

Tanlova kompaniyalar, fondlar, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar ariza topshirishi mumkin.

Mukofot: Eng munosib loyiha(lar) 100 ming yevro mablagʻ bilan taʼminlanadi.

Arizalar 2023-yil 25-sentabrgacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/if-social-impact-prize-ijtimoiy-loyihalar-tanlovi-mukofot-jamgarmasi-100-000-yevro/

@grantlar
👍35❤10🔥3
Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq!

Ushbu xalqaro insholar tanloviga 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– 14 yoshgacha boʻlganlar;
– 15-25 yoshlilar.

Bu yilgi tanlov mavzusi: Youth Creating a Peaceful Future (Tinch kelajakni yaratuvchi yoshlar).

Insholar ingliz, fransuz yoki yapon tilida yozilishi mumkin.

Mukofotlar: Jami 60 dan ortiq sovrinli oʻrinlar bor. Sovrindorlar diplom, sovgʻalar va pul mukofoti (740 dollargacha) bilan taqdirlanadi.

Insholar 2023-yil 15-iyun, 23:59 gacha qabul qilinadi

Batafsil👇
https://grantlar.uz/goi-peace-foundation-25-yoshgacha-bolganlar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍50🔥13❤5
The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2023- yoki 2024-yil bitiradiganlar yoki 2022-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
– Oltin medal;
– Sertifikat;
– UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
– Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2023-yil 7-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-global-undergraduate-awards-bakalavrlar-va-bakalavriat-bitiruvchilari-uchun-kurs-diplom-ishlari-tanlovi/

@grantlar
👍58❤2🔥2
Adliya vazirligidan vorislik huquqi boʻyicha tanlov; mukofotlar – noutbuk, televizor va planshet!

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining 15 yoshga to‘lgan fuqarolari qatnashishi mumkin.

Tanlov oʻzbek tilida va quyidagi 2 bosqichda oʻtkaziladi:
1. Test sinovi.
2. Suhbat.

Mukodotlar:
– 1-o‘rin: Noutbuk;
– 2-o‘rin: Televizor;
– 3-o‘rin: Planshet.

Tanlovda qatnashish uchun 2023-yil 23-fevralgacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/adliya-vazirligidan-vorislik-huquqi-boyicha-tanlov/

@grantlar
👍41🔥11❤2
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 18 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2023-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍45🔥3❤1
AQSHda huquq boʻyicha magistratura PhD bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 marta qabul qilinadi. 2023-yildagi qabulning oxirgi muddati – 2023-yil 1-noyabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍35🔥8❤3
EducationUSA Academy Connects: 15-17 yoshli oʻquvchilar uchun AQSH universitetlariga kirish boʻyicha tayyorlov kursi!

Dastur maktabning yuqori sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, ingliz tilida, onlayn tarzda boʻlib oʻtib. Kurslar AQSH universitetlari tomonidan olib boriladi.

Foydali jihatlar:
– Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi
– AQSH universitetlariga qabul jarayoni bilan tanishish
– Universitetlarga virtual tashrif
– Madaniy mashgʻulotlar

Arizalar 2023-yil 1-mart 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/educationusa-15-17-yoshlilar-uchun-aqshda-oqish-imkoniyatlari-haqida-onlayn-dastur/

@grantlar
👍53🔥11
Worldwide Youth Multimedia Competition tanlovida ishtirok etib, AQSHdagi lagerda qatnashish imkoniyatini qo'lga kiriting!

Tanlovda 10-24 yoshli barcha (maktab, litsey/kollej oʻquvchilari ham) qatnashishi mumkin. Tanlovga video, taqdimot yoki rasmlarga ega insho (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 9 nafar sovrindorga ularning ismi tushirilgan sertifikat beriladi.
– 9 nafar sovrindor AQSHdagi “Koinot meʼmorlari” lagerida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi (ichki transport, turar joy, oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi).
– Shuningdek, barcha ishtirokchilarga turli onlayn kurslarga qatnashish uchun obuna taqdim etiladi.

Ishlar 2023-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/worldwide-youth-multimedia-competition/

@grantlar
👍75❤13🔥6
Atlas Shrugged Essay Contest: Bosh mukofoti 10 000 dollar bo’lgan insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 84 ta!

Tanlovda 12-sinf (tashkilotchilar ruxsati bilan 11-sinf) oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari ishtirok etishi mumkin.

Insholar “Atlas Shrugged” asari boʻyicha yozilishi kerak.

Goʻliblar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-o’rin – 10 000 dollar;
– 2-o’rin (3 ta) – 2500 dollar;
– 3-oʻrin (5 ta) – 500 dollar;
– Finalistlar (25 ta) – 100 dollar;
– Yarim final ishtirokchilari (50 ta) – 50 dollar.

Tanlovda qatnashish mutlaqo bepul.

Insholar 2023-yil 6-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/atlas-shrugged-essay-contest-for-students/

@grantlar
👍71
🔊IELTS INSTRUCTOR bo'lishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat!

✔️ALTIUS LC o'z qadriyatlariga mos o'qituvchilar jamoasini shakllantirish maqsadida "TEACHERS" nomli maxsus Intensive IELTS kursiga qabul boshlanganini e'lon qiladi!

Kurs davomiyligi:
✔️2 yarim oy

Kurs narxi:
✔️
500 ming so'm (IELTS daraja uchun)

Kursdan ko'zlangan maqsad:
✔️
yuqori natija
✔️ALTIUS LC uchun sifatli IELTS o'qituvchilarini tayyorlash

❗️MUHIM: Kursni tugatgach, Sizga sinov muddati bilan MAY oyidan boshlab tayyor guruhlarga dars o'tish imkoniyati beriladi.

Nega May?
May oyida ba'zi o'qituvchilarimiz uzrli sabablarga ko'ra ta'tilga chiqishadi. Ularning o'rinlariga munosib nomzodlar ushbu kurs orqali saralanadi.

Quyidagi kurslarga ham qabul davom etmoqda:

🔴Beginner
🔴Elementary
🔴Pre-intermediate
🔴Intermediate
🔴IELTS

Manzil:
Chilonzor metro, Shuhrat chorraha

Murojaat uchun:
@Tolibjon_Davlatov

❗️Ingliz tilini online bepul o'rganish uchun kanalimizga a'zo bo'ling👇
https://t.me/altius_learningcentre
👍33🔥4
Khazar University: Ozarbayjonda barcha bosqichlarda oʻqish uchun grantlar

Ozarbayjon poytaxti Bokuda joylashgan Hazar universiteti bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish qisman grantlar taklif etmoqda.

Grantlar universitetda mavjud istalgan soha uchun beriladi.

Darslar ingliz tilida boʻladi. Oʻqishga kirish yoki granti qoʻlga kiritish uchun IELTS/TOEFL talab etilmaydi.

Imtiyozi:
Grantlar talabani kontrakt summasining muayyan qismini toʻlashdan ozod qiladi.

Qabul 2023-yil 15-may yoki 15-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/khazar-university-ozarbayjonda-barcha-bosqichlarda-tahsil-olish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
👍32
Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar!

Universitetdagi darslar ingliz tilida olib boriladi. Grantlarni istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasini toʻlashdan 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% ozod qiladi.
– Eng munosib nomzodlar uchun yotoqxona toʻlovi ham qoplanishi mumkin.

Arizalar 2023-yil 1-fevraldan 12-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bilkent-universiteti-turkiyada-ingliz-tilida-bakalavr-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar/

@grantlar
👍62❤6🔥5
Qabul 24-fevralgacha uzaytirildi

Turkiye Burslari: barcha bosqichlar va sohalar uchun toʻliq grantlar, yotoqxona, stipendiya va boshqalar!

Ushbu grant Turkiya universitetlarida barcha bosqichlar (bakalavr, magistr, PhD) va sohalarda, jumladan, tibbiyotga oid sohalarda ham oʻqish uchun beriladi.

Nomzodlar ingliz yoki turk tilida oʻqish uchun ariza topshirishi mumkin. Har yili butun dunyodan taxminan 5000 kishi ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli qoplanadi.
– Oylik stipendiya.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Bepul turar joy.
– Bepul turk tili kursi.

Arizalar 2023-yil 24-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 GRANT HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan talaba bilan suhbat

👉 Saralash bosqichidagi testlar haqida

@grantlar
👍47🔥8
ClimateScience Olympiad 2023: 12-25 yosh boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Dubayga bepul safar qiladi!

Olimpiada onlayn shaklda, 12 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 12-16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-20 yoshlilar.
– 21-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 dollar
– 2-oʻrin: 3000 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-7-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– 8-10-oʻrinlarning har biri: 500 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– Eng yaxshi 10 ta ishtirokchi Dubayda boʻlib oʻtadigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi.
– Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar beriladi.

Qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati – 2023-yil 20-may.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

@grantlar
👍61🔥8❤5
Canada/USA Mathcamp: 13-18 yoshli oʻquvchilar uchun AQSHda yozgi matematika oromgohi; toʻliq moliyaviy yordam mavjud!

Oromgohda ingliz tilini biladigan va matematikaga qiziqadigan 13-18 yoshli maktab, oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Oromgoh mashgʻulotlari 2023-yil 2-iyuldan 6-avgustgacha Burlington shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadi.

Moliyaviy yordam

Dastur bir necha turdagi toʻliq va qisman grantlarni taklif etadi. Ularning eng katta miqdorlisi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– Dasturda qatnashish haqi, jumladan turar joy, oziq-ovqat, ichki transport xarajatlari qoplanadi
– Borish va kelish uchun mablagʻ ajratiladi

Arizalar 2023-yil 9-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/canada-usa-mathcamp-for-13-18-year-olds/

@grantlar

😎😎😎😎😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍58🔥12❤4
Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 100 dollardan.

Sheʼrlar 2023-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍29❤7
Einstein Fellowship: Albert Eynshteynning uyida 6 oylik tadqiqot; 10 000 yevro stipendiya, yo’l xarajatlari qoplanadi!

Bu dasturda ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar sohasida kamida bakalavrlik darajasiga ega va 35 yoshdan oshmagan nomzodlar oʻz tadqiqot loyihasi bilan qatnashishi mumkin (ingliz tilida).

Qabul qilingan qatnashchilar 5-6 oy Eynshteynning yozgi uyida (Germaniya) yashab, loyihasi ustida ishlaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– 10 000 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/einstein-fellowship-albert-eynshteynning-uyida-6-oylik-tadqiqot-10-000-yevro-stipendiya-beriladi-va-yol-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍25🔥10