Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.13K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
International ILEM Summer School: Turkiyada barcha xarajatlari qoplanadigan 1 haftalik yozgi maktab!

Yozgi maktabda tegishli mavzular (20 dan ortiq mavzu bor) boʻyicha tadqiqot olib borayotgan va faoliyat yuritayotgan PhD bosqichi talabalari hamda yosh olimlar qatnashishi mumkin.

Nomzodlar tegishli mavzulardan biri boʻyicha avval abstrakt, keyinchalik toʻliq ilmiy ish (maqola) topshirishi kerak (ingliz tilida).

Yozgi maktab sanasi: 2023-yil 24-30-iyul (Istanbul)

Dasturning bosh mavzusi: Rethinking Art and Aesthetics in the Islamic World: Concepts, Theories, and Practices.

Imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– Bepul turar joy va oziq-ovqat
– Turkiyaga borish-kelish va ichki transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-ilem-summer-school-turkiyada-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-yozgi-maktab/

@grantlar
👍60❤5
Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

Dasturda kamida bakalavrlik darajasiga (istalgan yoʻnalishda) ega va ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 9 oylik taʼlim va amaliyot dasturida bepul oʻqish
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Hujjatlar 2023-yil 23-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/dubai-business-associates-dubayda-biznes-sohasi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-oylik-dastur/

@grantlar
👍57🔥12❤9
Dunyoning TOP universitetlariga oʻqishimni (bakalavriat) koʻchirsam boʻladimi?

Javob:
Baʼzilariga koʻchirish mumkin, ayrimlariga esa yoʻq.

Navbatdagi postda ayrim TOP universitetlarga oʻqishni koʻchirish mumkin yoki mumkin emasligini koʻrib chiqamiz.

👉 BATAFSIL OʻQISH 👈

@grantlar
👍22❤7
Silk Roads Youth Research Grant: Buyuk Ipak Yo’liga oid tadqiqotlar uchun 10 000 AQSh dollari grant; joy – 12 ta!

Dastur doirasida UNESCO Buyuk Ipak Yoʻlining umumiy merosi va tarixini tadqiq qiluvchi 12 ta tadqiqot loyihasiga grant ajratadi.

Loyihalar 35 yoshdan oshmagan magistratura yoki PhD (doktorantura) tadqiqotchilari tomonidan ingliz tilida topshirilishi mumkin.

Dastur imtiyozi: 12 nafar gʻolibning har biriga tadqiqotini amalga oshirish uchun 10 000 dollardan grant ajratiladi.

Loyihalar 2023-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/silk-roads-youth-research-grant/

@grantlar
👍28❤8🔥6
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2023-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 100 ta sovrindor Londondagi taqdirlash marosimiga taklif etiladi
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, 25 ming nusxada kutubxona va maktablarga tarqatiladi

Sheʼrlar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
👍33🔥2❤1
Imagine 2200 hikoyalar tanlovi: 12 nafar gʻolib 300 dollardan 3000 dollargacha mukofotni qoʻlga kiritadi!

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar ingliz tilida boʻlishi yoki inglizchaga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 3000 dollar.
– 2-o’rin: 2000 dollar.
– 3-o’rin: 1000 dollar.
– Qolgan 9 nafar finalistlarning har biriga 300 dollardan.
– Gʻolib boʻlgan 12 ta hikoya tanlov tashkilotchisining onlayn to’plamida chop etiladi.

Hikoyalar 2023-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/imagine-2200-tanlovi-kelajak-haqida-hikoyalar-uchun-3-000-aqsh-dollarigacha-pul-mukofoti/

@grantlar
👍54❤4
12-17 yoshlilar uchun Oʻzbekiston Xavfsiz internet Milliy markazining shiori boʻyicha tanlov!

Tanlovda Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi 12-17 yoshli barcha qatnashishi mumkin.

Shiorlar oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tilida qabul qilinadi.

Tanlov maqsadi: bolalar xavfsizligi va himoyasini o’zida mujassam etuvchi shiorni ishlab chiqish.

Mukofotlar:
– 1-o‘rin: Planshet (Samsung Galaxy Tab S7, 128Gb 4G)
– 2-o‘rin: Elektron kitob o‘quvchi (Amazon Kindle Paperwhite)
– 3-o‘rin: Fitness bilaguzuk (Xiaomi MI smart band 6)

Arizalar 2023-yil 20-apreldan 11-may 24:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/12-17-yoshlilar-uchun-saferinternetday-shiorlar-tanlovi/

@grantlar
👍73🔥9❤7
Iqlim oʻzgarishi taʼsiri aks etgan fotosuratlar tanlovida ishritok etib, 1000 funt sterlinggacha mukofot yutib oling!

Tanlov 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– 18 yosh va undan kattalar
– 18 yoshdan kichiklar

Ishtirokchilar tabiat va yerdagi hayotga iqlim, ob-havo oʻzgarishi yoki mavsumiy oʻzgarishlar taʼsiri aks etgan fotosuratlar bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar
– 18 yosh va undan kattalar kategoriyasi gʻolibiga 1000 GBP (1237 AQSH dollari)
– 18 yoshdan kichiklar kategoriyasi gʻolibiga 500 GBP (618 AQSH dollari)

Arizalar 2023-yil 27-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tabiatni-suratga-tushirishni-yoqtirasizmi-fotosuratlaringiz-bilan-tanlovda-ishtirok-etib-1000-funt-sterling-yutib-oling/

@grantlar
👍66❤7🔥3
Bu yil FLEX dasturiga O'zbekistondan 55 nafar o'quvchi qabul qilindi!

Qabul qilingan o'quvchilar 1yil davomida AQSHda yashaydi va AQSHdagi yuqori sinflar maktabida (high school) o'qiydi.

Dasturda ishtirok etish bilan bog'liq barcha xarajatlar (yashash, o'qish, borish va kelish xarajatlari va h.k.) AQSH hukumati tomonidan qoplanadi.

FLEX dasturiga navbatdagi qabul 2023-yil avgustda boshlanadi.

✊ Bu safargi qabulda ham o'quvchilarga doimiy ravishda yo'l-yo'riq va ma'lumot berib boramiz.

👏 G'oliblarni esa chin dildan tabriklaymiz! AQSHda sizni sarguzashtlarga bor 1 yil kutmoqda.

P.S. FLEX dasturi haqida BU YERDA tanishing (bu ma'lumotlar muddati tugagan qabulga tegishli, 2023-yil avgustda yangi ma'lumotlar joylanadi).

@grantlar_namuna
🔥73👍56❤20
Qirgʻizistonda inson huquqlari boʻyicha bepul yozgi maktab; 10 ta ishtirokchining borish-kelish va turar joy xarajatlari qoplanadi!

Yozgi maktabda talabalardan tortib jamoatchilik harakatlari va tashkilotlarning faollarigacha barcha ishtirok etishi mumkin.

Yozgi maktab Qirgʻizistonda joylashgan Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti kampusida 2023-yil 19-30-iyun kunlari boʻlib oʻtadi (rus tilida).

Imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– 10 nafar ishtirokchi borish-kelish uchun bepul aviachipta va turar joy bilan taʼminalandi
– Maxsus sertifikat
– Issiqkoʻlga 1 kunlik sayohat

Arizalar 2023-yil 12-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/auca-qirgizistonda-inson-huquqlari-boyicha-bepul-yozgi-maktab/

@grantlar
👍28🔥18❤9
Xorijda tahsil olishning afzalliklari

Kanalimizga joylanadigan aksariyat dasturlar xorijda o'qish imkonini beradi.

Xo'sh, chet elda o'qish qanday afzalliklarga ega?

Bu post orqali xorijda o'qishning afzalliklari bilan tanishasiz.

👉 MATN SHAKLIDA MA'LUMOT OLISH

👉 VIDEO ORQALI MA'LUMOT OLISH

@grantlar
👍18🔥3❤2
Deutschland Scholarship: Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 140 ta!

Mannheim universiteti bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun 140 ta grant taklif etmoqda.

Grantlar universitetdagi istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 300 yevro stipendiya
– Taqdirlash marosimi
– Amaliyot, turli tadbirlarga takliflar imkoniyati

Qabul muddatlari:
– Bakalavriat uchun 2023-yil 1-iyundan 15-iyulgacha;
– Magistratura uchun 2023-yil 15-martdan 31-maygacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/deutschland-scholarship/

@grantlar
👍36❤10🔥1
Qabul davom etmoqda

Janubiy Koreya: Dunyoning 42-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 260 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Navbatdagi qabul:
– Kechki qabul – 2023-yil 26-maygacha (oʻqish 2023-yil kuzdan).

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

👉 Shu grant g'olibi bilan matnli suhbat

👉 Shu grant g'olibi bilan ovozli suhbat

@grantlar
👍44🔥4❤2
🔊ALTIUS LC dan "qaynoqqina" Intensive Multilevel (CEFR) va IELTS kurslarini kutib oling.

❗️❗️MUHIM❗️❗️
Endilikda Sizda ALTIUS LC da 18-apreldan boshlab quyidagi kurslarda OFFLINE yoki ONLINE tarzda o'qib, IELTS va CEFR imtihonlarida ko'rsatgan natijangizga ko'ra o'quv markaz uchun qilgan umumiy xarajatlaringizni TO'LIQ yoki QISMAN qoplash imkoniyati mavjud

🔴Multilevel (CEFR)

🔴Beginner
🔴Elementary
🔴Pre-intermediate
🔴Intermediate
🔴IELTS

Batafsil ma'lumot uchun:
👇
https://t.me/altius_learningcentre

Murojaat uchun:
@Tolibjon_Davlatov

Manzil:
Toshkent shahri, Chilonzor metro, Shuhrat chorraha
👍21❤4🔥1
Global STEM Leadership Scholarship Programme: Britaniyada magistraturani STEM sohasida oʻqish uchun qisman grantlar

Bu grant dasturi City University of London oliygohi tomonidan STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) sohasi boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun taklif etilmoqda.

Dastur doirasida 25 nafar talabaga grant ajratiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovining 75 foizi qoplanadi — 10 nafar;
– Kontrakt toʻlovining 50 foizi qoplanadi — 15 nafar.

Arizalar 2023-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-stem-leadership-scholarship-programme/

@grantlar
👍42❤8🔥3
Turkiyadagi eng arzon universitetlar

Turkiyaning aksariyat davlat universitetlarida kontrakt to'lovi ancha arzon. Bu esa hamyonbop to'lov evaziga sifatli ta'lim olishni istaganlar uchun maqbul tanlov boʻlishi mumkin.

Bugungi postda Turkiyadagi kontrakti eng arzon davlat universitetlari bilan tanishasiz.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍27🔥4❤3
Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar!

55th World Gallery of Cartoons – Skopje 2023 tanloviga ishlar qabul qilinmoqda. Tanlovda rasm chizishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 1500 dollar va maxsus haykalcha;
– 1-o’rin: 1000 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 2-o’rin: 500 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 5 nafar 3-oʻrin sohiblari va 5 nafar maxsus mukofot sohiblari maxsus yorliq nishon bilan taqdirlanadi.
– Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat beriladi.

Ishlar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-gallery-of-cartoons-skopje-tanlovi/

@grantlar
👍46❤7🔥2
O'qish bepul universitetlar: Islandiya universiteti (Islandiya)

THE reytingi bo'yicha 501-600-o'rinni egallab turgan bu universitetda bakalavriat, magistratura va PhD dasturlari taklif etiladi.

Bu universitetdagi ta'lim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– Faqat yiliga 75 000 ISK (550 AQSH dollari) registratsiya badali to'lanadi
– Ingliz yoki island tillarida o'qish mumkin

Arizalar har yili 12-dekabrdan 1-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍43❤5🔥2
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 18 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2023-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍33❤4
AYF Fellowship Program: Bakalavriat yoki magistraturani tamomlaganlar uchun Yapooniyada 9 oylik haq toʻlanadigan amaliyot!

Dasturda ingliz tilini taxminan IELTS 7.0 darajasida biladigan (til sertifikatiga ega boʻlish shart emas), bakalavriat yoki magistraturani bitirgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Qabul qilinganlar 2023-yil sentabr oyidan boshlab Yaponiyadagi Avaji orolida 9 oy davomida amaliyot oʻtaydi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Rasmiy mehnat shartnomasi asosida ishlash
– 197 000 JPY (1478 dollar) oylik ish haqi
– Bepul turarjoy (kommunal toʻlovlar a Wi-Fi haqi ham qoplanadi)
– Chegirmali narxlarda yapon tili kurslari
– Chegirmali narxlarda ovqatlar taklif qilinadi

Arizalar 2023-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/awaji-youth-federation-fellowship-program-by/

@grantlar
👍32❤9🔥1