Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
MEXT Undergraduate Students: Yaponiyada bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant va oylik 900 dollar stipendiya!

Bu dastur Yaponiyada deyarli barcha sohalar boʻyicha bakalavriat bosqichida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Talaba ingliz yoki yapon tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Yaponiyaga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
– 900 AQSH dollari miqdorda oylik stipendiya beriladi.
– Kontrakt toʻlovi va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplab beriladi.

Arizalar 2023-yil 26-may 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mext-talaba-dasturi-yaponiyada-bakalavriatni-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-11000-dollar-stipendiya/

@grantlar
👍45🔥15❤9
Global Peace Photo Award: Bosh sovrin 10 ming yevro va Avstriyaga bepul sayohat boʻlgan fototanlov!

Tanlovga tinch va osuda hayotni aks ettirgan fotosuratlar qabul qilinadi.

Tanlovda 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– Bolalar (15 yoshgacha boʻlganlar)
– Kattalar (15 yosh va undan kattalar)

Mukofotlar:
– Kattalar kategoriyasi gʻolib 10 000 yevro, bolalar kategoriyasi gʻolibi 1000 yevro bilan taqdirlanadi.
– Kuchli 5 talikka kirgan suratlar egalari maxsus medal bilan taqdirlanadi.
– Barcha gʻoliblar 2023-yil 19-sentabrda Avstriya parlamentida boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimiga taklif etiladi. Borish-kelish va turar joy xarajatlari qoplanadi.

Suratlar 2023-yil 21-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-peace-photo-award/

@grantlar
👍63❤6
Kecha Yaponiyada bakalavriatni oʻqish uchun “MEXT Undergraduate Students” toʻliq grantiga qabul boshlangani haqida ma'lum qilgandik.

Grantlar.uz jamoasi mazkur grantni qoʻlga kiritgan va hozirda Yaponiyada tahsil olayotgan hamyurtimiz – Azimov Sarvar bilan suhbat qilgan.

Sarvar suhbatda bu grantga qabul jarayoni va uni qo'lga kiritish borasidagi qimmatli tajribasi bilan bo'lishgan.

Suhbatni quyidagi havol orqali oʻqishingiz mumkin👇
https://grantlar.uz/blog/yaponiyada-oqish-uchun-mext-talaba-toliq-grantini-yutib-olgan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍46🔥6❤4
Dunyoning 3-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant!

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar qabuli 2023-yil 1-iyuldan 11-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ertaroq maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
❤55👍41🔥13
Tavsiyanoma yozish haqida kerakli ma'lumotlar

Har bir xalqaro grant dasturga yoki universitetga ariza topshirayotganda so'raladigan hujjatlardan biri tavsiyanoma — recommendation letter hisoblanadi.

Bu postda tavsiyanoma nima ekani va u odatda qanday maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi haqida qisqacha maʼlumot beramiz.

👉 BATAFSIL O'QISH 👈

@grantlar
👍33
Business Today International Conference: Nyu-Yorkda bakalavriat talabalari uchun xarajatlari qoplanadigan xalqaro konferensiya!

Konferensiya 2023-yil 2-5-noyabr kunlari Manxettenda (Nyu-York) boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Konferensiya mavzusi: Beyond the horizon

Imtiyozlar:
– Ariza toshirish bepul
– Nyu-Yorkka safar xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul oziq-ovqat
– Konferensiya doirasida Impact Challenge musobaqasida qatnashib, gʻolib boʻlgan jamoaga 15 ming dollar mukofot

Arizalar 2023-yil 15-iyun (1-raund) va 2023-yil 15-iyulgacha (2-raund) qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/business-today-international-conference/

@grantlar
👍59❤8🔥7
Hozirga qadar dunyoning turli davlatlaridagi oʻqish bepul boʻlgan bir qancha universitetlar haqida postlar tayyorlaganmiz.

Baʼzi mushtariylar “Bu universitetlarga chindan kirsa boʻladimi oʻzi?” deb ham soʻrashyapti.

Ha, albatta kirsa boʻladi. Oʻqish bepul boʻlgan universitetlarda koʻplab oʻzbek talabalar tahsil olgan va olmoqda.

Ularning baʼzilari bilan Grantlar.uz jamoasi suhbat ham qilgan.

Quyida oʻqish bepul universitetlarda tahsil olgan/olayotgan hamyurtlarimiz bilan boʻlgan suhbatlarni oʻqishingiz mumkin:

👉 Berea kollejida (AQSH) oʻqiyotgan talaba bilan suhbat
👉 Berea kolleji haqida

👉 Erlangen-Nyurenberg universitetida (Germaniya) oʻqiyotgan talaba bilan suhbat
👉 Erlangen-Nyurenberg universiteti haqida

👉 Bamberg universitetida (Germaniya) oʻqiyotgan talaba bilan suhbat
👉 Bamberg universiteti haqida

👉 Zigen universitetida (Germaniya) tahsil olayotgan hamyurtimiz bilan suhbat
👉 Zigen universiteti haqida

Hozirda oʻqish bepul universitetlarning ayrimlariga arizalar qabul qilinmoqda, baʼzilariga esa qabul endi boshlanadi. Talablarga mos boʻlsangiz, siz ham topshirishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
👍43❤11🔥7
Grantlar.uz jamoasi Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatib, oʻqish uchun qolgan hamyurtimiz – Nargiza Numonjonova bilan Au Pair dastur haqida suhbat qilgan.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:

👉 Au Pair qanday dastur?

👉 Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?

👉 Qanday hujjat topshirish mumkin?

👉 Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqing👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyaga-au-pair-dasturi-orqali-borish-haqida-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍24❤14
Shape the future challenge: 15-20 yoshlilar uchun 3 haftalik bepul onlayn kurs va bellashuv; mukofot – Silikon vodiysiga (AQSH) xarajatlari qoplanadigan sayohat!

Dastur ishitrokchilari 2023-yil 15-maydan 4-iyungacha onlayn mentorlik seanslari, seminarlarda qatnashadi va 2-6 kishilik jamoa sifatida Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga oid muammo yuzasidan yechim ishlab chiqadi (ingliz tilida).

Eng yaxshi gʻoya (yechim) taklif qilgan jamoa aʼzolari Silikon vodiysiga (AQSH) taʼlim sayohati uchun borish imkonini qoʻlga kiritadi.

Bunda:
– AQSHga borish va kelish chiptalari olib beriladi
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– Sayohat davomida seminarlar, Google, Apple, Instagram kabi kompaniyalarga tashriflar uyushtiriladi

Qatnashish uchun 2023-yil 7-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/moonshot-pirates-shape-the-future-challenge/

@grantlar
👍86❤16🔥13
Einstein Fellowship: Albert Eynshteynning uyida 6 oylik tadqiqot; 10 000 yevro stipendiya, yo’l xarajatlari qoplanadi!

Bu dasturda ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar sohasida kamida bakalavrlik darajasiga ega va 35 yoshdan oshmagan nomzodlar oʻz tadqiqot loyihasi bilan qatnashishi mumkin (ingliz tilida).

Qabul qilingan qatnashchilar 5-6 oy Eynshteynning yozgi uyida (Germaniya) yashab, loyihasi ustida ishlaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– 10 000 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/einstein-fellowship-albert-eynshteynning-uyida-6-oylik-tadqiqot-10-000-yevro-stipendiya-beriladi-va-yol-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍34❤5🔥3
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2023-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍42❤3🔥3
Iyunda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2023-yil iyun oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi! (dedlayn: 1-iyun)

👉 SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-iyun)

👉 Dunyoning 15-raqamli universitetida tibbiyot sohasida magistratura kurslarini onlayn oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-iyun)

👉 JSTdan esselar tanlovi: Mukofot – 5400 dollar va Britaniyaga bepul sayohat! (dedlayn: 2-iyun)

👉 Dunyoning 15-raqamli universitetida onlayn magistratura kurslarini toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati! (dedlayn: 6-iyun)

👉 Bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat! (dedlayn: 7-iyun)

👉 Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 9-iyun)

👉 Imagine 2200 hikoyalar tanlovi: 12 nafar gʻolib 300 dollardan 3000 dollargacha mukofotni qoʻlga kiritadi! (dedlayn: 13-iyun)

👉 Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi! (dedlayn: 13-iyun)

👉 Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq! (dedlayn: 15-iyun)

👉 Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya! (dedlayn: 15-iyun)

👉 Khazar University: Ozarbayjonda barcha bosqichlarda oʻqish uchun grantlar (dedlayn: 15-iyun)

👉 Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov! (dedlayn: 25-iyun)

👉 Iqlim oʻzgarishi taʼsiri aks etgan fotosuratlar tanlovida ishritok etib, 1000 funt sterlinggacha mukofot yutib oling! (dedlayn: 27-iyun)

👉 International Excellence Scholarship Program (IES) - barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturi! (dedlayn: 30-iyun)

👉 Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar! (dedlayn: 30-iyun)

👉 Yaponiyada istalgan soha boʻyciha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 30-iyun)

👉 Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar! (dedlayn: 30-iyun)

👉 Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari! (dedlayn: 30-iyun)

May oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
👍57❤9
Rossiya: HSE oliygohidan bakalavriat va magistratura kurslari uchun toʻliq va qisman grantlar!

Nomzod faqat ingliz tilida yoki ham rus, ham ingliz tilida oʻqitiladigan kurslardan birini tanlashi mumkin.

Grant turlari quyidagicha:

HSE Gold Scholarship – kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qiladi va 1700 rubl oylik stipendiya taqdim etadi

Tuition fee waivers – kontrakt summasidan 25% dan 70% gacha chegirma qilinadi.

Qabul 2023-yil 13-avgustgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-ingliz-va-rus-tillaridagi-bakalavr-va-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar-va-stipendiya/

@grantlar
👍24❤4🔥1
Immerse Education Essay Competition: Oksford, Kembrij, London va Sidney universitetida 2 haftalik oflayn yoki onlayn yozgi maktabga 100% gacha grant yutib oling!

Tanlovda 13-18 yoshli o'quvchilar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
- 10 nafar g'olib mashhur Oksford yoki Kembridj universitetlarining 2 haftalik yozgi maktabiga qatnashish to'lovi uchun 100% chegirmani qo'lga kiritadi.
- 2-o'rinni olganlar yozgi maktab to'lovi uchun 70% chegirmani qo'lga kiritadi.

Yozgi maktabda quyidagilar ta'minlanadi:
- 13 kunlik turar joy
- nonushta va tushlik
- 40 soatlik akademik mashg'ulotlar
- o'quv materiallari
- mentorlik dasturi
- ekskursiyalar
- bitiruv marosimi va sertifikat

Arizalar 2023-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/immerse-education-essay-competition-oksford-va-kembrij-universitetida-yozgi-maktab-uchun-100-gacha-grant/

@grantlar
👍53❤11
Professional va havaskor ijodkorlar uchun “BO It!” illustratsiyalar tanlovi!

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan istalgan davlat fuqarosi qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar berilgan shakl asosida Bolonya shahriga bagʻishlangan illustratsiya yaratishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 800 yevro va Millenium galereyasidagi koʻrgazmada ishning namoyishi
– 2-oʻrin: 500 yevro
– 3-oʻrin: sanʼat asbob-uskunalari va materiallarini sotib olish uchun 200 yevrolik vaucher
– Boshqa imtiyozlar ham mavjud

Ishlar 2023-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bo-it-ilyustratsiyalar-tanlovi-mukofot-1200-yevro/

@grantlar
👍26❤8
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 000 funt-sterling mqidorida).

Arizalar qabuli 2023-yil sentabr oyi boshida boshlanadi hamda 2023-yil dekabr yoki 2024-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ertaroq maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍115❤21🔥19
KAIST EE Camp 2023: Koreyada barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi oromgoh!

Dasturga KAIST universitetida elektrotexnika boʻyicha magistraturani oʻqishga qiziquvchi talabalar ariza topshirishi mumkin.

Oromgoh mashgʻulotlari 2023-yil 17-18-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Borish va qaytish uchun aviachipta xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi

Arizalar 2023-yil 19-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-ee-camp-koreyada-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-yozgi-oromgoh/

@grantlar
👍44❤10🔥6
Bishkekdagi OSCE akademiyasi: Inson huquqlari va barqarorlik yoʻnalishi boʻyicha magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant!

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida joylashgan OSCE akademiyasi quyidagi “Human Rights and Sustainability” mgistrlik dasturini taklif etadi.

Bu magistrlik kursiga har yili 20-25 nafar talaba qabul qilinadi va barchasiga toʻliq grant ajratiladi.

Ariza topshirish va darslar ingliz tilida amalga oshiriladi.

Grant imkoniyatlari:
–
Kontrakt pulida toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 450 yevro stipendiya.
– Bishkekka borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oʻzlashtirish darajasi eng yaxshi boʻlgan talabalar Yevropada moliyalashtiriladigan amaliyot imkoniyatlariga ega boʻladi.

Arizalar 2023-yil 30-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/master-of-arts-and-liberal-sciences-in-human-rights-and-sustainability/

@grantlar
👍35❤8
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki tabiiy fanlar boʻyicha qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2023-yil 25-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
👍61❤8
ClimateScience Olympiad 2023: 12-25 yosh boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Dubayga bepul safar qiladi!

Olimpiada onlayn shaklda, 12 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 12-16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-20 yoshlilar.
– 21-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 dollar
– 2-oʻrin: 3000 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-7-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– 8-10-oʻrinlarning har biri: 500 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– Eng yaxshi 10 ta ishtirokchi Dubayda boʻlib oʻtadigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi.
– Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar beriladi.

Qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati – 2023-yil 20-may.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

@grantlar
👍55🔥10❤8