Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Humphrey Fellowship Program: AQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dasturga kamida bakalavrlik darajasi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Universitetlarga qabul testlari xarajatlari qoplanadi.
– J-1 toifasidagi vizani olishda yordam.
– AQSHga borish-kelish uchun ekonom-klass toifasidagi aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Oylik stipendiya.
– Kasbiy rivojlanish mablagʻi beriladi.
– Universitetda oʻqish toʻlovi va boshqa badallar qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 9-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/xyubert-x-xamfri-stipendiyalari/

@grantlar
👍35🔥8❤2
Atlas Shrugged Essay Contest: Bosh mukofoti 10 000 dollar bo’lgan insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 84 ta!

Tanlovda 12-sinf (tashkilotchilar ruxsati bilan 11-sinf) oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari ishtirok etishi mumkin.

Insholar “Atlas Shrugged” asari boʻyicha yozilishi kerak.

Goʻliblar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-o’rin – 10 000 dollar;
– 2-o’rin (3 ta) – 2500 dollar;
– 3-oʻrin (5 ta) – 500 dollar;
– Finalistlar (25 ta) – 100 dollar;
– Yarim final ishtirokchilari (50 ta) – 50 dollar.

Tanlovda qatnashish mutlaqo bepul.

Insholar 2023-yil 6-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/atlas-shrugged-essay-contest-for-students/

@grantlar
👍35❤7🔥3
Volunteer Society Nepal: Nepalda volontyorlik dasturi

Ayrimlar biroz toʻlovi boʻlsa ham, xorijdagi biror volontyorlik dasturi orqali tajriba orttirishni xohlaydi.

Volunteer Society Nepal tashkiloti Nepalda volontyrolik qilishni xohlovchilarga shunday imkoniyatni taqdim qiladi.

Dastur narxlari:
– 2 haftalik dastur: 400 yevro;
– 3 haftalik dastur: 500 yevro;
– 4 haftalik dastur: 600 yevro;
– keyingi qo’shimcha har bir hafta uchun: 75 yevrodan.

Toʻlangan haq quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– Aeroportda kutib olish va kuzatib qoʻyish
– Dastur davomida bepul oziq-ovqat (2 mahal)
– Mezbon oilalarda yashash imkoniyati
– Shahar transportidan foydalanish
– Nepal tili va madaniyati darslari
– Katmandu shahri boʻylab gid yordamidagi ekskursiya
– Viza olish va joʻnab ketish oldidan yordam
– Nepal boʻylab boshqa sayohatlarni tashkil etishda ko’mak

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/volunteer-society-nepal-nepalda-volontyorlik-dasturi/

@grantlar
👍40❤9🔥2
Germaniyada talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar haqida

Germaniya — ham oʻqib, ham ishlash uchun eng maqbul davlatlardan biridir. Bugungi postimizda Germaniyada talaba sifatida ishlash bo'yicha koʻp beriladigan savollarga javob beramiz.

👉 POSTNI O'QISH 👈

@grantlar
👍41❤12🔥1
Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq!

Ushbu xalqaro insholar tanloviga 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– 14 yoshgacha boʻlganlar;
– 15-25 yoshlilar.

Bu yilgi tanlov mavzusi: Youth Creating a Peaceful Future (Tinch kelajakni yaratuvchi yoshlar).

Insholar ingliz, fransuz yoki yapon tilida yozilishi mumkin.

Mukofotlar: Jami 60 dan ortiq sovrinli oʻrinlar bor. Sovrindorlar diplom, sovgʻalar va pul mukofoti (740 dollargacha) bilan taqdirlanadi.

Insholar 2023-yil 15-iyun, 23:59 gacha qabul qilinadi

Batafsil👇
https://grantlar.uz/goi-peace-foundation-25-yoshgacha-bolganlar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍40❤8🔥1
Bugun (6-may) O'zbekiston vaqti bilan 21:00 dan boshlab 2022-yilda o'ynalgan Grin karta (Green Card) natijalarini tekshirish mumkin bo'ladi.

❗️Tasdiqlash raqamingizni https://dvprogram.state.gov saytiga kiritgan holda, arizangiz holatini tekshirishingiz mumkin bo'ladi.

Grin karta natijalarini qanday qilib tekshirish va unutib qo'yilgan tasdiqlov raqamini qanday qayta tiklash mumkinligi haqida batafsil👇

https://grantlar.uz/blog/green-card-grin-karta-natijalarini-qanday-tekshirish-va-unutib-qoyilgan-tasdiqlov-raqamini-qanday-tiklash-mumkin

P.S. 2022-yilda Grin karta o'ynaganmidingiz?

@grantlar_namuna
👍135🔥23❤21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim sifatli va bepul bo’lishi mumkinmi?

✅Ha. Germaniyada deyarli hamma davlat universitetlarida ta’lim olish mutlaqo bepul va Germaniya ta’lim sifati bo’yicha dunyoda yetakchi 3-o’rinda turadi.

📍Lekin O’zbekistonda maktab yoki litseyni bitirgach, to’gʻridan-to’gʻri Germaniya universitetlariga hujjat topshira olmaysiz. Dastlab, Studienkollegʼda 1 yil o’qishingiz zarur.

Studienkolleg – bu siz bilan Germaniya universitetlari o’rtasida ko’prik vazifasini bajaradi. Ya’ni siz bu 1 yil davomida o’z yo’nalishingizga mos fanlardan ta’lim olasiz va Germaniyada yashash sharoitlariga moslashasiz.

Studienkollegʼga kirish talablari:
▪️nemis tilini kamida B1 darajada bilish
▪️matematikadan yaxshi bilimga ega bolish

📍Germaniyada o’qish bo’yicha batafsil ma’lumot uchun konsultatsiyaga ro’yxatdan o’ting👇

https://forms.gle/twDW3qfs5aC3fR1V7

Telegram | Instagram | You tube | Konsultatsiya

Murojaat:
☎️ +998990120325
📱@kamolas_admin
👍40❤5
AYF Fellowship Program: Bakalavriat yoki magistraturani tamomlaganlar uchun Yapooniyada 9 oylik haq toʻlanadigan amaliyot!

Dasturda ingliz tilini taxminan IELTS 7.0 darajasida biladigan (til sertifikatiga ega boʻlish shart emas), bakalavriat yoki magistraturani bitirgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Qabul qilinganlar 2023-yil sentabr oyidan boshlab Yaponiyadagi Avaji orolida 9 oy davomida amaliyot oʻtaydi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Rasmiy mehnat shartnomasi asosida ishlash
– 197 000 JPY (1478 dollar) oylik ish haqi
– Bepul turarjoy (kommunal toʻlovlar a Wi-Fi haqi ham qoplanadi)
– Chegirmali narxlarda yapon tili kurslari
– Chegirmali narxlarda ovqatlar taklif qilinadi

Arizalar 2023-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/awaji-youth-federation-fellowship-program-by/

@grantlar
👍37❤12🔥6
Unicorns: umumiy mukofot jamgʻarmasi 150 mln soʻm boʻlgan startaplar tanlovi!

Ushbu tanlovda Oʻzbekiston boʻylab 18-30 yoshli nomzodlar qatnashishi mumkin.

Nomzodlar belgilangan sohalarga oid loyihalarini (startaplarini) taqdim etadi.

Mukofotlar:
– Samarqand. Qashqadaryo va Toshkent viloyatidan 5 nafardan jami 15 nafar gʻolibga 10 000 000 soʻm (oʻn million soʻm) pul mukofoti;
– Respublika boʻylab investorlarga maʼqul kelgan startap loyihalarga  $100 000 gacha investitsiya kiritiladi

Arizalar 2023-yil 21-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/unicorns-startaplar-tanloviga-qabul/

@grantlar
👍25❤19
JSTdan esselar tanlovi: Mukofot – 5400 dollar va Britaniyaga bepul sayohat!

Jahon savdo tashkiloti navbatdagi WTO Essay Award for Young Economists esselar (ilmiy maqolalar) tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda PhD darajasiga ega nomzodlar qatnashishi mumkin.

Esselar ingliz tilida, savdo siyosati va xalqaro savdo hamkorligi muammolariga qaratilgan boʻlishi kerak.

Mukofot:
– 5416 AQSH dollari
– Britaniyadagi taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyati (xarajatlar qoplanadi)

Esselar 2023-yil 2-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wto-essay-award-for-young-economists/

@grantlar
👍43❤8
O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha Milliy tanlov

Tanlovda tegishli oʻqituvchilar, pedagog xodimlar, fan mutaxassislari, ilmiy xodimlar, mualliflar guruhi hamda mustaqil izlanuvchilar qatnashishi mumkin.

Mukofot
G‘olib muallif yoki mualliflar guruhi 100 million so‘mdan bir martalik mukofot pullari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil 10-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kimyo-va-biologiya-fanlaridan-oquv-va-ilmiy-adabiyotlarni-yaratish-tanlovi/

@grantlar
👍34❤1
JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2023-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍52❤9🔥8
📣 Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetida yangi o'quv mavsumiga qabul ochildi – 200 ta grant oʻrni mavjud!

Yoʻnalishlar
✅ Agroiqtisodiyot
✅ Agrologistika
✅ Oziq-ovqat xavfsizligi boshqaruvi
✅ Barqaror-aqlli qishloq xo'jaligi

Nega aynan Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti?
1. Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo’jaligi universiteti diplomi.
2. Qishloq xo’jaligi sohasida ilg’or bilimli va malakali mutaxassislarga talab yuqoriligi.
3. Bir yil davomida chet elda o’qib kelish imkoniyati.
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-237-sonli qarori bilan universitetning tashkil etilganligi.
5. 200 GRANT o'rni!

Dasturlarimiz aynan o’z sohasida yetakchi bo'lishni maqsad qilganlar uchun!

📞Hoziroq murojat qiling!
+998999810919
+998993159860

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

Veb-sayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram
👍24🔥5❤3
English for Science: Oʻzbekiston tadqiqotchi-olimlari uchun bepul akademik ingliz tilida dasturi

Dasturda ingliz tilini kamida B1 darajada biladigan oʻzbekistonlik tadqiqotchi-olimlar qatnashishi mumkin.

Manfaatli jihatlari:
– Qatnashish bepul
– Ilmiy ishlarni yetakchi xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etishda amaliy yordam
– tadqiqot yoʻnalishlari va ixtisosliklari boʻyicha Akademik ingliz tili bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyati va boshqalar

Arizalar 2023-yil 5-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/english-for-science-ozbekiston-tadqiqotchi-olimlari-uchun-bepul-akademik-ingliz-tilida-dasturi/

@grantlar
👍32🔥10
AUC Excellence Scholarship Program: bakalavriatni Misrda oʻqish uchun 100% gacha grant!

Qohiradagi Amerika universiteti bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqish uchun grantlar taklif qiladi. Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant miqdori: Talabalarga iqtidori va moliyaviy holatiga qarab, kontrak summasi uchun 20-100% lik grantlar taqdim etiladi.

Arizalar 2023-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/auc-excellence-scholarship-program-bachelors/

@grantlar
👍52❤4🔥4
International Local Authorities Internship: Bakalavrlar va bakalavriatni yaqinda bitirganlar uchun Turkiyada barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot!

Amaliyot 2023-yil 20-27-avgust kunlari Turkiyada boʻlib oʻtadi. Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak (til sertifikati talab etilmaydi).

Ishtirokchilar dastur davomida mahalliy boshqaruv bo'yicha nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladi.

Dastur imtiyozi: dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish va kelish, turar joy, oziq-ovqat va h.k.) tashkilotchilar tomonidan toʻliq qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 16-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-local-authorities-internship/

@grantlar
🔥21👍20❤6
The Global Undergraduate Awards: bakalavrlar va bakalavriat bitiruvchilari uchun kurs/diplom ishlari tanlovi; bosh mukofot – Irlandiyaga bepul sayohat!

Tanlovda bakalavriatni 2023- yoki 2024-yil bitiradiganlar yoki 2022-yil bitirganlar qatnashishi mumkin.

Istalgan yoʻnalish boʻyicha va istalgan bosqichda yozilgan kurs, tadqiqot yoki diplom ishi qabul qilinadi (ingliz tilida yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda).

Bosh mukofot (25 ta):
– Oltin medal;
– Sertifikat;
– UA Global sammitiga bepul chipta (Irlandiya, Dublin);
– Sammitga qatnashish (safar xarajatlari ham) toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishlar 2023-yil 7-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-global-undergraduate-awards-bakalavrlar-va-bakalavriat-bitiruvchilari-uchun-kurs-diplom-ishlari-tanlovi/

@grantlar
👍48❤7
Building for Peace Scholarship: Belfastdagi 4 kunlik xalqaro sammitda qantashish uchun toʻliq grant; joy – 5 ta!

Bu grant hamyonbop va barqaror uy-joy uchun innovatsiyalar hamda qochqinlar va zaif jamoalarni qoʻllab-quvvatlash sohasiga ijobiy hissa qoʻshayotgan 18-30 yoshli yetakchilarga Belfastdagi (Shimoliy Irlandiya) One Young World sammitida qatnashish imkonini beradi (ingliz tilida).

Sammit 2023-yil 2-6-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Jami 5 nafar yosh yetakchiga grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Belfastdagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi transport xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 7-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/building-for-peace-scholarship-belfast/

@grantlar
👍62❤9
International Excellence Scholarship Program (IES) - barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturi!

Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida o'qish hamda amaliyot o'tash imkonini beradi.

Ishtirokchilar uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

Quyida dasturga oid manbalar bilan tanishishingiz mumkin:

👉 Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

👉 Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

👉 Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

Arizalar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

@grantlar
👍56❤8🔥5
Hozirda qabul davom etayotgan mahalliy tanlov va oromgohlar

Mahalliy tashkil etilayotgan dasturlarga qabul qilinish ehtimoli xalqaro dasturlardan ko'ra yuqoriroq bo'lib, tajriba orrtirish va networking'ni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi.

Qolaversa, hozirda shunday tanlovlar tashkil etilmoqdaki, agar unda g'olib bo'lsangiz, o'z biznesingizni yo'lga qo'yish uchun 100 million so'mgacha pul mukofotiga ega bo'lishingiz mumkin.

1. President Tech Award: Eng yaxshi startaplar uchun tanlov. Umumiy mukofot jamg'armasi 1 000 000 AQSH dollari.
Dedlayn: 2023-yil 7-iyul.

2. Unicorns startaplar tanlovi. Umumiy mukofot jamgʻarmasi 150 mln soʻm.
Dedlayn: 2023-yil 21-may

3. Kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha Milliy tanlov. G'oliblarga 100 million so‘mdan bir martalik mukofot puli beriladi.
Dedlayn: 2023-yil 10-iyul

4. “Eko volontyorlar” oromgohi. Jizzaxning Zomin tumanida bo'lib o'tuvchi bepul oromgoh.
Dedlayn: 2023-yil 13-may

@grantlar_namuna
👍44❤8🔥6