Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2023-2024-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1500 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/biznes-tadbirkorlik-sohasi-talabalari-uchun-tanlov-mukofot-2000-kanada-dollari/

@grantlar
👍45❤2
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1184 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
👍48❤9🔥3
World Heritage Young Professionals Forum: Saudiya Arabistonida barcha xarajatlari qoplanuvchi forum!

Forumda 23-32 yoshdagi jahon merosi, arxitektura, sanʼat tarixi, turizm va boshqa aloqador sohalarda tajribaga ega boʻlganlar ishtirok etishi mumkin.

Forum 2023-yil 3-12-sentabr kunlari Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Forum mavzusi: Looking Ahead: The Next 50 Years of Protecting Natural and Cultural Heritage.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Xalqaro safar xarajatlari qoplanadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi
– Safarga tayyorgarlik koʻrishda va viza olish jarayonida yordam

Arizalar 2023-yil 5-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-heritage-young-professionals-forum/

@grantlar
👍55🔥7❤2
Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati!

Copernicus dasturi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga Gamburg universitetida 1 semestr oʻqish imkonini beradi.

Qabul qilinganlar ushbu imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Aviachipta va viza xarajatlari qoplanadi.
– Semestr uchun oʻqish toʻlovi toʻlab beriladi.
– Turar joy, sug'urta, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 310 yevro choʻntak puli ajratiladi.

Bakalavrni tugatgan va magistraturaga oʻqishga kirishni rejalashtirayotganlar ham ariza topshira oladi.

Arizalar har yili quyidagi sanagacha qabul qilinadi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
– Qishki semestr uchun 1-martgacha.

Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati: 2023-yil 1-sentabr.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stipendium-copernicus-germaniyada-bir-semestr-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Bu dasturni International Excellence Scholarship dasturi bilan adashtirmang.

@grantlar
👍48🔥12❤4
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 130 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍55❤15🔥3
Iqtisodiyot, moliya va biznes masalalari yoritiladigan jurnalistik ishlar uchun 15 000 dollargacha grant!

Ushbu McGraw Fellowship for Business Journalism dasturiga ingliz tilida material tayyorlay oladigan va kamida 5 yillik tajribaga ega jurnalistlar, frilans jurnalistlar, muxbirlar va muharrirlar ariza berishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Tanlangan mavzuni yoritish uchun 15 000 dollargacha grant beriladi
– Muharrirlik yordami koʻrsatiladi

Arizalar 2023-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-biznes-jurnalistikasi-boyicha-loyihalar-tanlovi-mukofot-15-000/

@grantlar
👍31❤6🔥3
“EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition” fototanlovida qatnashib, 500 dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda butun dunyodan suratkashlikka qiziquvchi barcha qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Bosh sovrin – 500 dollar
– Yana 2 ta kategoriya boʻyicha gʻoliblarning har biriga 250 dollardan mukofot

Suratlar 2024-yil 26-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eo-global-wildlife-natural-world-photography-competition/

@grantlar
👍31
​Xotirani yaxshilash boʻyicha bepul marafon!

• Xotirangizda
muammolar bormi?
• Chet tili lug'atlarni yodlashda qiynalyapsizmi?

Unda sizni @grantlar_namuna kanalida 15-mayda boshlanadigan 3 kunlik "Super Xotira" marafoniga taklif qilamiz!

Marafon
tarkibi:
– Tasavvurni shakllantirish
– O'lgan xotirani tiklash
– Xotiramizning xatolari va ularga yechimlar
– Kitobni tez va samarali o'qish metodikasi
– Chet tili so'zlarini oson eslab qolish

Marafon mashgʻulotlari vaqti: 15, 16, 17--may kunlari soat 21:30 da
Marafon oʻtkaziladigan joy: @grantlar_namuna kanali

🧠Xotiramizdagi muammolar

1. Bizning miyamiz shug'ullanmagani tufayli xotiramiz odatda juda sust bo'ladi.

2. Kerakli ma'lumotni to'g'ri va tartibli tarzda xotiramizga joylolmaganimiz tufayli kerakli ma'lumotni miyamizdan kerakli vaqt topolmaymiz.

3. Tasavvur qobiliyatimizni juda tor doiraga tushirib qo'yganmiz va bu bizning xotiramizda muhim rol o'ynashini bilmaganmiz

4. O'zimizga past baho beramiz va daholar ham aslida oddiylikdan boshlashgan, siz va bizning ham o'zgaradigan vaqtimiz keldi.

🕺Marafonda yuqoridagi barcha muammolarga baham beramiz!

– Marafon ustozi: Ibrohimjon Abduvaliyev
– Qabul soni cheklanmagan, har qanday yoshdagilar uchun
– Eng faol o'quvchilarga maxsus hadyalar bor

💯Bularning barchasi BEPUL.

Qatnashish uchun nima qilish kerak
?
Shunchaki, @grantlar_namuna kanalida bor boʻlishingiz kerak. ;)

Yaxshi yoki yomon xotira bo'lmaydi. Shug'ullantirilgan yoki shug'ullantirilmagan xotira bo'ladi.

Postni doʻstlarga ulashishni unutmang.

P.S.
Marafon @grantlar_namuna va @ibro_memory loyihalari hamkorligida tashkil etilmoqda.

@grantlar_namuna
👍36❤13🔥10
Iqlim oʻzgarishi taʼsiri aks etgan fotosuratlar tanlovida ishritok etib, 1000 funt sterlinggacha mukofot yutib oling!

Tanlov 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– 18 yosh va undan kattalar
– 18 yoshdan kichiklar

Ishtirokchilar tabiat va yerdagi hayotga iqlim, ob-havo oʻzgarishi yoki mavsumiy oʻzgarishlar taʼsiri aks etgan fotosuratlar bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar
– 18 yosh va undan kattalar kategoriyasi gʻolibiga 1000 GBP (1237 AQSH dollari)
– 18 yoshdan kichiklar kategoriyasi gʻolibiga 500 GBP (618 AQSH dollari)

Arizalar 2023-yil 27-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tabiatni-suratga-tushirishni-yoqtirasizmi-fotosuratlaringiz-bilan-tanlovda-ishtirok-etib-1000-funt-sterling-yutib-oling/

@grantlar
👍63❤15
Yale Drama Series: Pyesa yozib, uni jahonga taniqli nashriyotda chop ettirish va 10 000 dollar yutib olish imkoniyati

Bu tanlov hali professional faoliyatga kirishmagan dramaturglar uchun moʻljallangan. Unda istalgan davlat fuqarolari ingliz tilida yozgan pyesasi bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Gʻolib pyesa Yale University Press tomonidan nashr etiladi
– Gʻolib 10 ming dollar bilan taqdirlanadi

Arizalar 2023-yilning 1-iyunidan 15-avgustigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yale-drama-series-pyesalar-tanlovi/

@grantlar
👍41❤5🔥1
ESD Okayama Award: Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar!

Tanlovda mahalliy darajada Barqaror rivojlanish uchun taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan, shu sohaga oid mashgʻulotlarni amalga oshirayotgan tashkilotlar oʻz loyihasi bilan qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki yapon tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar: 2 tagacha eng yaxshi loyihaga 3 ming dollar mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 14-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/esd-okayama-award-tashkilotlar-uchun-talim-boyicha-mahalliy-loyihalar-tanlovi/

@grantlar
👍35❤6🔥4
Deutschland Scholarship: Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 140 ta!

Mannheim universiteti bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun 140 ta grant taklif etmoqda.

Grantlar universitetdagi istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 300 yevro stipendiya
– Taqdirlash marosimi
– Amaliyot, turli tadbirlarga takliflar imkoniyati

Qabul muddatlari:
– Bakalavriat uchun 2023-yil 1-iyundan 15-iyulgacha;
– Magistratura uchun 2023-yil 15-martdan 31-maygacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/deutschland-scholarship/

@grantlar
👍44🔥12❤5
Ongoing LF: Ingliz yoki nemis tilini B1 darajada biluvchilar uchun Germaniyada 2 haftadan 24 haftagacha amaliyot dasturi!

Copernicus Berlin tashkiloti tomonidan taklif etiluvchi bu dasturga istalgan yosh va istalgan soha vakillari, jumladan, oʻquvchilar, talabalar, ishlayotganlar, ishsizlar ham ariza topshirishi mumkin.

Nomzod amaliyot davomiyligi va davrini oʻzi tanlaydi.

Ingliz yoki nemis tilini kamida B1 darajada bilish lozim (til sertifikati talab etilmaydi).

Dastur pulli, lekin dastur haqi uchun 50% lik grantlar taklif etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Germaniya va Yevropa Ittifoqiga safar qilish imkoniyati
– Nemis va ingliz tilini yaxshilash, nemis madaniyati bilan tanishish va tanishlar orttirish imkoniyati
– Dastur haqida uchun 50% gacha grant olish imkoni mavjud

Arizalar yiliga 4 marta qabul qilinadi:
– 1-28-fevral
– 1-31-may
– 1-31-avgust
– 20-noyabr – 20-dekabr

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ongoing-internship-program-leaders-for-future-ongoing-lf/

@grantlar
👍65❤10🔥1
Jurnalistika sohasida o’qiyotgan talabalar uchun 75 mln so’mlik ta’lim granti

XushnudbekUz kanali tomonidan eʼlon qilingan ushbu grantlar jurnalistika sohasida ta’lim olayotgan, yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichiga ega, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va chin yetim, nogironligi bor talabalar uchun ajratiladi.

Grant miqdori: saralab olingan 25 nafar talabaning har biriga 3 mln soʻmdan mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 25-may 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jurnalistika-sohasida-oqiyotgan-talabalar-uchun-75-mln-somlik-talim-granti/

@grantlar
👍43🔥5❤4
Kanada: dunyoning 31-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati!

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, tibbiyot, stomatologiya, huquq, musiqa, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1500 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3700 dollargacha grant

Arizalar 2023-yil 1-iyundan 24-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍59🔥6❤4
Dunyoning 15-raqamli universitetida onlayn magistratura kurslarini toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyati!

Britaniyadagi Edinburg universiteti onlayn magistratura kurslarida oʻqishni xohlovchilarga Edinburgh Global Online Learning Masters Scholarships grantlarini taklif qiladi.

Dastur doirasida 20 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini (tuition fee) toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2023-yil 6-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/edinburgh-global-online-learning-masters-scholarships/

@grantlar
👍39❤5
Imagine 2200 hikoyalar tanlovi: 12 nafar gʻolib 300 dollardan 3000 dollargacha mukofotni qoʻlga kiritadi!

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar ingliz tilida boʻlishi yoki inglizchaga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 3000 dollar.
– 2-o’rin: 2000 dollar.
– 3-o’rin: 1000 dollar.
– Qolgan 9 nafar finalistlarning har biriga 300 dollardan.
– Gʻolib boʻlgan 12 ta hikoya tanlov tashkilotchisining onlayn to’plamida chop etiladi.

Hikoyalar 2023-yil 13-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/imagine-2200-tanlovi-kelajak-haqida-hikoyalar-uchun-3-000-aqsh-dollarigacha-pul-mukofoti/

@grantlar
👍55❤11
“Young Turcologists” Summer School: Bishkekda yosh turkologlar uchun 6 kunlik yozgi maktab – barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu yozgi maktab 2023-yil 18-26-iyun kunlari Bishkek shahrida boʻlib oʻtadi (turk tilida).

Kamida magistrlik darajasiga ega va turki tilini biluvchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Moddiy imtiyozlar:
– Borish-kelish uchun aviachipta xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy, oziq-ovqat taʼminlanadi
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 25-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/young-turcologists-summer-school-bishkekda-yosh-turkologlar-uchun-6-kunlik-yozgi-maktab/

@grantlar
👍31🔥5❤4
Schwarzman Scholars: Dunyoning 14-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2023-yil 19-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
👍42❤6🔥5