Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Business Today International Conference: Nyu-Yorkda bakalavriat talabalari uchun xarajatlari qoplanadigan xalqaro konferensiya!

Konferensiya 2023-yil 2-5-noyabr kunlari Manxettenda (Nyu-York) boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Konferensiya mavzusi: Beyond the horizon

Imtiyozlar:
– Ariza toshirish bepul
– Nyu-Yorkka safar xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul oziq-ovqat
– Konferensiya doirasida Impact Challenge musobaqasida qatnashib, gʻolib boʻlgan jamoaga 15 ming dollar mukofot

Arizalar 2023-yil 15-iyun (1-raund) va 2023-yil 15-iyulgacha (2-raund) qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/business-today-international-conference/

@grantlar
👍54❤17🔥5
Koreyada Koreys tili taʼlimi sohasida tahsil oling (magistratura)

Koreyadagi (Seul) IGSE oliygohi koreys tili taʼlimiga ixtisoslashgan MA in Korean Language Education magistrlik dasturini taklif qiladi.

Dasturni bitirganlar:
– Koreys tili taʼlimi magistlik diplomi va koreys tilini oʻqitish boʻyicha sertifikatga ega boʻladi (2-daraja)
– Koreys tili taʼlimi boʻyicha ixtisoslashtirilgan bilimlarga ega boʻladi
– Oliy darajadagi koreys tili koʻnikmalarini rivojlantiradi
– Bilimlarini amalga tatbiq etishni oʻrganadi

Qabul 2023-yil 7-iyungacha davom etadi.

Universitet saytiga kirib, agentlik yordamisiz, ya'ni hech qanday firma to'lovisiz ariza topshirishingiz mumkin.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar va boshqalar haqida QABUL YOʻRIQNOMASIDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Oliygoh talabalari videolari:

👉
Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

👉 Oʻzbekist
onlik talaba qiz videosi

👉
Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114
👍30❤7
Ingliz tilida oʻqisa boʻladigan, lekin IELTS/TOEFL talab qilmaydigan grantlar bormi?

Ko'pchilik yuqoridagi savol bilan murojaat qiladi. Bu savolga javob: ha, bunday grantlar bor.

Bu post qabul jarayonida til sertifikati talab qilmaydigan dasturlar turlari haqida bilib olasiz.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍24🔥5❤4
Yaqinda Grantlar.uz loyihasi volontyori Firdavsbek Burxonov AQSHda oʻqish (bakalavriat) uchun talaba vizasi suhbatiga kirib chiqdi.

Va viza masalalari boʻyicha AQSH elchixonasidagi hozirgi vaziyat haqida qisqa video tayyorladi.

Bu videoni eʼtiboringizga havola qilamiz.

Videoni koʻrish👇
https://youtu.be/l2pq3nJwbww

@grantlar
👍56🔥7❤6
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍33🔥7❤6
Qirgʻiziston: talabalar uchun Markaziy Osiyoda qayta tiklanuvchi energiya boʻyicha ilmiy konferensiya; Oʻzbekistonlik 2 nafar talaba uchun toʻliq grant mavjud

Konferensiya 2023-yil 17-iyun kuni Bishkek shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Nomzodlar ariza topshirish jarayonida kamida 3 betdan iborat tadqiqot ishini ingliz tilida topshirishi kerak, konferensiyada shu ish boʻyicha ingliz tilida taqdimot qilib beradi.

Grant miqdori: 2 nafar oʻzbekistonlik ishtirokchiga safar va turar joy xarajatlari qoplab beriladi.

Arizalar 2023-yil 7-iyun 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-asian-student-scientific-conference-on-renewable-energy-empowering-the-future/

@grantlar
👍44🔥5❤3
Imkoniyati cheklanganlar uchun Toshkent shahridagi Piza universiteti filialida oʻqishga moʻljallangan 281 mln soʻmlik grant

Bu grantga bakalavriatni ekologiya va geologiya sohasi boʻyicha oʻqishni xohlovchi imkoniyati cheklangan Oʻzbekiston fuqarolari ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlar 30 yoshdan oshmagan boʻlishi va ingliz tilini kamida B1 darajada bilishi kerak. Bu grantlar 2 nafar talabaga taqim etiladi.

Imtiyozlari:
– 4 yillik kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– 4 yil davomida bepul yotoqxona taʼminlanadi

Arizalar 2023-yil 30-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/imkoniyati-cheklanganlar-uchun-toshkent-shahridagi-piza-universiteti-filialida-granti/

@grantlar
👍60❤9🔥9
​​Toshkentdagi Amerika markazidan 1000 dollardan 8000 dollargacha grant!

Toshkentdagi Amerika markazi jamiyatga ijobiy o'zgarish olib keladigan onlayn loyihalar uchun 1000 AQSH dollaridan 8000 AQSH dollarigacha grant taklif qilmoqda.

Taklif etiladigan onlayn loyihalar quyidagi mavzulardan birini o'zida mujassamlashtirishi kerak:
– Computer Programming/Internet Piteracy;
– Climate Literacy;
– Citizen Journalism;
– Media Literacy;
– Women Empowerment

Qanday ariza topshiriladi?

Ariza topshirish uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:

1. Ariza shaklini yuklab oling va to'ldiring.

2. Quyidagi shakllarni ham yuklab olib, to'ldiring:
– SF424-I shakli (Federal yordam uchun ariza)
– SF424B shakli (Qurilishga oid boʻlmagan dasturlar uchun budjet maʼlumoti)

3. Toʻldirilgan shakllar va oʻzingizga tegishli CVʼni 2023-yil 14-iyungacha quyidagi email manziliga yuboring: Tashkent-ACT@state.gov

Batafsil maʼlumot olish uchun BU YERGA kiring (“American Center Tashkent (ACT) grant” boʻlimi).

@grantlar
👍54❤11🔥8
OSCE Summer School dasturi g'olibi bilan suhbat

Hozirda Qirg'izistonda bo'lib o'tuvchi 4 haftalik OSCE Summer School dasturi uchun arizalar qabuli davom etmoqda.

Ariza topshirayotganlar uchun foydali bo'lishini o'ylagan holda ushbu dasturning avvalgi mavsumida ishtirok etgan g'olibimiz Dilnavoz Najimova bilan suhbat uyushtirishga qaror qildik.

Dilnavoz Najimova — hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 2-kurs magistr talabasi. OSCE Summer School dasturining 2021-yildagi mavsumida ishtirok etgan.

Suhbat davomida quyidagi savollarga javob olamiz:
— Dasturga qabul qilish shartlari qanday?
— Bakalavr bitiruvchi talabalari talabalari uchunmi yoki boshqa bosqichdagilar ham qatnasha oladimi?
— Ariza topshirishda yo'nalish qay darajada ahamiyatga ega? Boshqa yo'nalish talabalari ham qatnasha oladimi?
— Ariza topshirayotganda nimaga e'tibor berish kerak?
— Dasturning manfaatli jihatlari qanday va boshqalar.

Suhbat vaqti: ertaga — 2023-yil 27-may soat 21:00 da.

Suhbatda ishtirok etish uchun belgilangan vaqtda @grantlar_namuna kanalini kuzatsangiz kifoya. Barchangizni kutib qolamiz!

Maʼlumot uchun: Bu maktabga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
– 450 yevro stipendiya
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Viza va registratsiya yordami

@grantlar_namuna
👍35❤3🔥2
International Summer School on Arbitration: magistrlar va yosh mutaxassislar uchun Ozarbayjonda 5 kunlik yozgi maktab!

Yozgi maktabga ingliz tilini biluvchi va arbitraj sohasidagi magistrlar hamda yosh mutaxassislar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imtiyozlari:
– Bepul turar joy
– 3 mahal bepul oziq-ovqat
– Bepul maʼruza va kurs materiallari

Arizalar 2023-yil 30-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-summer-school-on-arbitration/

@grantlar
👍35❤10🔥2
International Local Authorities Internship: Bakalavrlar va bakalavriatni yaqinda bitirganlar uchun Turkiyada barcha xarajatlari qoplanadigan amaliyot!

Amaliyot 2023-yil 20-27-avgust kunlari Turkiyada boʻlib oʻtadi. Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak (til sertifikati talab etilmaydi).

Ishtirokchilar dastur davomida mahalliy boshqaruv bo'yicha nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladi.

Dastur imtiyozi: dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish va kelish, turar joy, oziq-ovqat va h.k.) tashkilotchilar tomonidan toʻliq qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 16-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-local-authorities-internship/

@grantlar
👍52❤12🔥9
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
👍56❤13🔥7
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2023-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
👍33❤9
Germaniya parlamentida (Bundestag) barcha xarajatlar qoplanadigan 5 oylik amaliyot dasturi!

Dasturga nemis tilini kamida B2 darajada biladigan, 1994-yil 1-martdan keyin tugʻilgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Turar joy xarajatlari qoplanadi
– 500 yevro oylik stipendiya
– Berlinga borish-qaytish va sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-bundestag-parlament-tizimi-boyicha-barcha-xarajatlar/

@grantlar
👍46❤5🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hurmatli abituriyent hamda talabalar!

🏛 Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida bakalavriat hamda magistratura uchun yangi o‘quv mavsumiga qabul ochildi!

📖 Buyuk Britaniyaning 178 yillik tarixga ega Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan ushbu OTM:

⏺ Agroiqtisodiyot;
⏺ Agrologistika;
⏺ Oziq-ovqat xavfsizligi hamda biznes boshqaruvi;
⏺ Aqlli va barqaror qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda o‘z sohasida yetakchi bo‘lishni maqsad qilganlar uchun ayni muddao!

✅ Yangi o‘quv mavsumida magistratura uchun 50 ta o'rin, bakalavriat uchun esa 200 ta grant o‘rni ajratilgan.

☎️ Shoshiling! Hoziroq murojaat qiling:
+998999810919 | @iau_2022
+998977335298
+998993159860

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32❤7🔥1
Gollandiya: Dunyodagi 77-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar

Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega boʻladi:
– Kontrakt summasiga 10 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasiga 15 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasi yiliga 2314 yevro chegirma.

Arizalar 2023-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi (o'qish 2024-yil fevraldan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leiden-university-excellence-scholarship-gollandiyada-magistratura/

@grantlar
👍32🔥6❤4
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2023-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍50🔥15❤14
IMF Youth Fellowship Program: 20-35 yoshli yetakchilar uchun Marokashda 6-kunlik forum; barcha xarajatlar qoplanadi!

Xalqaro valyuta fondi tomonidan tashkil etilgan bu dasturga xalqaro aloqalar va rivojlanish, kommunikatsiyalar, iqtisod yoki shularga oid sohalardan birini bitirgan nomzodlar hamda shu sohalar boʻyicha oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

20-35-yosh oraligʻida boʻlish va ingliz tilini bilish talab etiladi.

Imtiyozlar:
– Ekspert, olim va mutaxassislarning seminarlari.
– Dunyoning turli burchaklaridan boʻlgan yetakchilar bilan doimiy aloqa oʻrtanish.
– 2023-yil 9-15-oktabr kunlari Marokashda oʻtkazildigan forumda qatnashish. Bunda tadbirda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/imf-youth-fellowship-program/

@grantlar
👍51❤6🔥1
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatorda oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3000 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 300 AQSh dollaridan pul mukofoti.
– Eng yaxshi 12 ta sheʼr Winning Writers saytiga joylanadi.

Sheʼrlar 2023-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍35❤8🔥2
Endi Britaniya universitetlariga kirgan xorijlik talabalar oilasini oʻzi bilan olib ketolmaydimi?

Buyuk Britaniyada xorijlik talabalarning oʻqish davomida oila aʼzolarini Britaniyaga olib kelishiga oid yangi cheklovlar eʼlon qilindi.

Bu cheklovlarga koʻra, 2024-yil yanvar oyidan boshlab faqat tadqiqot dasturlarida (PhD, tadqiqotga asoslangan magistratura dasturlari kabi) tahsil oluvchi talabalar oʻqish davomida oila aʼzolarini olib borishi mumkin boʻladi. Bakalavriat yoki tadqiqotga asoslanmagan magistrlik dasturlariga oʻqishga kirgan talabalar esa oila aʼzolarini oʻzlari bilan Britaniyaga olib keta olmaydi.

Bu cheklovlarga sabab Britaniyadagi migrantlar sonining oshib borayotganidir.

Britaniyada oʻqishni va oʻqish davomida oilasini ham olib ketishni rejalashtirayotganlarga bu yangilikni hisobga olish tavsiya etiladi.

@grantlar_namuna
👍60❤11🔥10