Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Bugundan qabul boshlanadi

Kanada: dunyoning 31-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati!

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, tibbiyot, stomatologiya, huquq, musiqa, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1500 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3700 dollargacha grant

Arizalar 2023-yil 1-iyundan 24-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍89❤17🔥5
iF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro!

Tanlovga BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan biriga aloqador loyihalar qabul qilinadi.

Tanlova kompaniyalar, fondlar, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar ariza topshirishi mumkin.

Mukofot: Eng munosib loyiha(lar) 100 ming yevro mablagʻ bilan taʼminlanadi.

Arizalar 2023-yil 25-sentabrgacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/if-social-impact-prize-ijtimoiy-loyihalar-tanlovi-mukofot-jamgarmasi-100-000-yevro/

@grantlar
👍20❤7🔥3
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti joriy yilda jami 410 nafar talabani (280 nafar magistr, 130 nafar PhD) oʻqishga qabul qilishini e'lon qildi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 6.0 yoki TOEFL 80 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (540-1000 dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2023-yil 10-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2023-yil 3-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍61🔥6❤3
Hurford Youth Fellowship Program: AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 3 oylik dastur!

Dasturga 30 yoshdan oshmagan, demokratiya rivojiga hissa qo'shish va demokratik faollikka qiziquvchi nomzodlar ariza berishi mumkin.

Qabul qilinganlar 3 oy davomida Vashingtonda amaliyot o'taydi va malaka oshiradi (ingliz tilida).

Moliyaviy imkoniyatlari:
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Bepul tibbiy sug'urta
– Jihozlangan, internetga ulangan ish xonasi

Arizalar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hurford-youth-fellowship-program-aqshda-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-3-oylik-dastur/

@grantlar
👍54🔥9❤6
OSCE Akademiyasidan Qirgʻizistonda 4 haftalik yozgi maktab – barcha xarajatlar qoplanadi!

Yozgi maktab mashgʻulotlari 2023-yilning 1-26-avgust kunlari Bishkek va Issiqkoʻlda oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Iqtisod, xalqaro munosabatlar, siyosiy fanlar yoki shu sohalarga aloqador yoʻnalishda bakalavrlik darajasiga ega yoki bakalavriatning oxirgi bosqichida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– 450 yevro stipendiya
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Viza va registratsiya yordami

Arizalar 2023-yil 16-iyun 17:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-akademiyasidan-qirgizistonda-4-haftalik-yozgi-maktab-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan hamyurtimiz bilan suhbat

@grantlar
👍41❤5🔥1
Qirgʻiziston: OSCE Akademiyasidan loyiha boshqaruvi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 5 kunlik trening!

Trening mashgʻulotlari Bishkek shahrida 2023-yil 7-11-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Bakalavrlik yoki magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Afzalliklar:
– Ishtirok etish bepul
– Safar va viza xarajatlari qoplanadi
– Aeroport transferi xarajati qoplanadi
– Maxsus sertifikat

Arizalar 2023-yil 25-iyun 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/qirgiziston-osce-akademiyasidan-loyiha-boshqaruvi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-5-kunlik-trening/

@grantlar
👍44❤9🔥2
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 000 funt-sterling mqidorida).

Arizalar qabuli 2023-yil sentabr oyi boshida boshlanadi hamda 2023-yil dekabr yoki 2024-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ertaroq maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍117❤18🔥15
ADB–JSP: magistraturani Yangi Zelandiyada oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Bu dastur doirasida dunyoning 87-raqamli oliygohi – Oklend universitetining bir qancha magistrlik dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovidan ozod qiladi
– Borish-kelish uchun viachipta xarajatlari qoplanadi
– Yashash xarajatlari uchun oylik moddiy yordam
– Bepul tibbiy sugʻurta

Arizalar 2023-yil 21-iyulgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yildan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/asian-development-bank-japan-scholarship-program/

@grantlar
👍50❤5🔥4
Italiya: Milan Politexnika universitetining magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 10 ming yevrogacha stipendiya; joy – 136 ta!

Grantlar universitetdagi barcha Master of Science magistrlik kurslari uchun beriladi. Ingliz yoki italyan tilida oʻqish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qiladi.
– Grant turiga qarab, yiliga 10 ming yevrogacha stipendiya beriladi.
– Ayrim grantlarda bepul yotoqxona taʼminlanadi.

Arizalar 2023-yil 19-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/italiya-milan-politexnika-universitetining-magistratura-kurslarida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍54❤6🔥3
Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov!

Tanlovga suratlar quyidagi 2 toifa boʻyicha qabul qilinadi:
– 14-17 yoshlilar.
– 18-25 yoshlilar.

Tanlov mavzusi: Ipak Yoʻlini ochib bering: arxitektura, yodgorliklar va shaharsozlik orqali

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar sovrindor (jami 6 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 18-55 mm linzali bitta obyektivga ega professional raqamli refleks fotoapparat.
– 2-oʻrin: yarim professional raqamli fotoapparat.
– 3-oʻrin: raqamli fotoapparat.

Suratlar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-eyes-on-the-silk-roads-fototanlovi/

@grantlar
👍49❤8🔥1
“EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition” fototanlovida qatnashib, 500 dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda butun dunyodan suratkashlikka qiziquvchi barcha qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Bosh sovrin – 500 dollar
– Yana 2 ta kategoriya boʻyicha gʻoliblarning har biriga 250 dollardan mukofot

Suratlar 2024-yil 26-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eo-global-wildlife-natural-world-photography-competition/

@grantlar
👍16❤3
Oʻqish bepul universitetlar: Germaniyadagi Technical University of Munich (TUM)

Bu universitet dunyoning eng kuchli oliygohlari roʻyxatida 49-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Aksariyat dasturlarda oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– Har semestr uchun 62 yevrodan 152,3 yevrogacha haq toʻlanadi. Bu toʻlov semestr badali va jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqini oʻz ichiga oladi
– Ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Baʼzi yoʻnalishlarda qabul muddati farq qiladi.

👉 UNIVERSITET HAQIDA BATAFSIL

@grantlar
👍48❤9🔥1
Qozogʻiston: Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun Qozogʻiston hukumati grantlari; joy 550 ta!

Bu dastur doirasida Qozogʻistondagi 36 ta universitetda, istalgan bosqich va yoʻnalishda oʻqish uchun grant yutib olish mumkin.

Nomzod qaysi tilni bilishiga qarab, ingliz, rus yoki qozoq tilida oʻqitiladigan dasturni tanlay oladi.

Arizalarni ingliz, rus yoki qozoq tilida topshirish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– Oylik stipendiya beriladi

Arizalar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/qozogiston-bakalavriat-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-qozogiston-hukumati-grantlari/

@grantlar
👍34❤12🔥2
📣 International Agriculture University (IAU) 200 ta GRANT oʻrinlari uchun qabulni davom ettirmoqda! SHOSHILING!

🎓 Nega aynan IAU? Sababi oddiy:
1. Buyuk Britaniya diplomi.
2. Zamonaviy o’quv dasturlari.
3. Chet elda o’qib kelish imkoniyati.
4. Prezidentimizning farmoni bilan universitetning tashkil etilganligi.
5. 200 ta GRANT o'rinlari!

☎️ Hoziroq murojaat qiling!
+998999810919 | @iau_2022
+998977335298
+998993159860

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

Veb-sayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥6❤5
TOP-100 universitetlariga kirish istagidagi isteʼdodli yoshlar uchun 1 haftalik bepul Ibrat oromgohi!

Oromgoh maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun 2023-yil 3-9-iyul va 17-23-iyul kunlari; bakalavriat talabalari va bitiruvchilari uchun 14-20-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

Bu galgi oromgohning asosiy maqsadi: TOP-100 universitetlari bakalavriat hamda magistratura bosqichiga kirish imkoniyatini yaratish hamda ular uchun kerakli koʻnikmalarni rivojlantirish.

Dasturda qatnashishi mumkin:
– Maktab oʻquvchilari va abituriyentlar (16-20 yosh)
– Bakalavriat bosqichi talabalari yoki bakalavriat bosqichi bitiruvchilari (20-30 yosh)

Dastur imkoniyatlari:
– 1 haftalik bepul oromgoh. Bunda ishtirokchilar bepul oziq-ovqat va turar joy bilan taʼminlanadi.
– Turli mahorat darslari, sohaviy master-klasslar va tanlovlarda ishtirok etish.
– Dastur soʻnggida maxsus sertifikat beriladi.

Arizalar 2023-yil 16-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ibrat-camp-oromgohi-uchun-navbatdagi-qabul/

@grantlar
🔥49👍22❤9
International Excellence Scholarship Program dasturiga ariza topshirish bo'yicha bepul ochiq dars

Hozirda International Excellence Scholarship Program (IES) — barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Ko'p sonli nomzodlarga yordam berish maqsadida ushbu dasturga ariza topshirish bo'yicha ko'rsatma berish uchun 2 kunlik bepul ochiq dars o'tkazishga qaror qildik.

Ochiq dars 2 kun davom etadi va quyidagilar o’rgatiladi:
1-kunda: 2023-yil 6-iyun, soat 22:00 da
— Dastur haqida ma'lumot
— CV tayyorlash

2-kunda: 2023-yil 7-iyun, soat 22:00 da.
— Ariza shaklini to'ldirish
— Transkript tayyorlash
— 2 ta savolga javob yozish

❗️Shunday qilib, 1-dars o'tkazilish vaqti bugun 2023-yil 6-iyun, soat 22:00 da.

ESLATMA: dastur ishtirokchilari uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant:
Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

👉 Dastur haqida batafsil BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
👍28❤6
Grant yutish uchun personal statement’ni qanday yozish kerak?

Quyidagi maqolamizda bu masalani yaxshi va yomon misollar hamda ularga izohlar orqali muhokama qilingan.

Maqolani oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/grant-yutish-uchun-personal-statementni-qanday-yozish-kerak-yaxshi-va-yomon-misollar-va-ularga-izohlar/

@grantlar
👍30❤8🔥4
Oʻqish bepul universitetlar: Curtis Institute of Music (AQSH)

Bu oliygohda musiqa sohalari boʻyicha bakalavriat, magistratura, diplom kurslari va boshqa dasturlar taklif etiladi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Qabul qilingan barcha talaba kontrakt summasidan ozod qilinadi.
– Yashash xarajatlarini qoplash uchun 2 xil turdagi moliyaviy yordam mavjud.
– Talabalar universitetda oʻqish davridagi kitoblar va boshqa oʻquv materiallari xarajatlarini qoplash uchun 1750 dollar toʻlashi kerak.

Qabul

Arizalar odatda sentabr yoki oktabr oyidan boshlab qabul qilinadi va dekabr oʻrtalarida yakunlanadi.

👉 OLIYGOH HAQIDA BATAFSIL

@grantlar
👍39❤8🔥3
Kanada: Dunyoning 18-raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan Lester B. Pearson International Scholarship granti ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2024-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Tasodifiy xarajatlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar qabuli 2023-yil sentabr oyida boshlanadi va 2023-yil 30-noyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

Maʼlumot uchun: Toronto universiteti nufuzi boʻyicha Kanadada 1-oʻrinni, dunyoda 18-oʻrinni egallab turibdi.

@grantlar
👍77🔥28❤8