Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
KFUPM: Saudiya Arabistonida kimyo boʻyicha magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

KFUPM universitetining Kimyo fakultetidagi tadqiqotga asoslangan magistratura va PhD dasturiga qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda toʻliq grant beriladi.

Darslar va tadqiqot ingliz tilida olib boriladi. Hozirda 2024-yil bahorgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish bepul
– Yillik stipendiya
– Bepul turar joy
– Har yili bir marta vatanga borib kelish uchun bepul aviachipta
– Arzonlashtirilgan ovqatlar
– Universitetda haq toʻlanadigan ishda ishlash mumkin
– Qoʻshimcha moliyalashtirish manbalari mavjud

Arizalar 2023-yil 22-iyungacha qabul qilinadi. Ariza topshirish jarayonida universitet professori shaxsan yordam va koʻrsatmalar beradi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kfupm-saudiya-arabistonida-kimyo-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍27❤7🔥6
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2023-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍34🔥2❤1
Immerse Education Essay Competition: Oksford, Kembrij, London va Sidney universitetida 2 haftalik oflayn yoki onlayn yozgi maktabga 100% gacha grant yutib oling!

Tanlovda 13-18 yoshli o'quvchilar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
- 10 nafar g'olib mashhur Oksford yoki Kembridj universitetlarining 2 haftalik yozgi maktabiga qatnashish to'lovi uchun 100% chegirmani qo'lga kiritadi.
- 2-o'rinni olganlar yozgi maktab to'lovi uchun 70% chegirmani qo'lga kiritadi.

Yozgi maktabda quyidagilar ta'minlanadi:
- 13 kunlik turar joy
- nonushta va tushlik
- 40 soatlik akademik mashg'ulotlar
- o'quv materiallari
- mentorlik dasturi
- ekskursiyalar
- bitiruv marosimi va sertifikat

Arizalar 2023-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/immerse-education-essay-competition-oksford-va-kembrij-universitetida-yozgi-maktab-uchun-100-gacha-grant/

@grantlar
👍41❤8🔥4
Oʻqish bepul universitetlar: Gamburg universiteti (Germaniya)

Gamburg universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 128-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Aksariyat dasturlarda oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi).
– Har semestr uchun 339 yevro 90 sent haq toʻlanadi. Bu toʻlov jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqini oʻz ichiga oladi.
– Ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin.

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 31-mart yoki 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Baʼzi yoʻnalishlarda qabul muddati farq qiladi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍55❤17🔥10
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki tabiiy fanlar boʻyicha qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2023-yil 25-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
👍68❤4🔥3
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 18 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2023-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍33🔥6❤2
🇰🇷 Koreyaning nufuzli milliy va xususiy universitetlarida 80% gacha grantlar asosida oʻqing!

2023-yil kuzgi semestr uchun qabul davom etmoqda.

Hujjatlarni SAM. INTL. SILK ROAD ACADEMY orqali topshirishingiz mumkin.

Qabul haqida:

– Viza chiqish holati: 90-100%.  Bu yil ushbu agentlik orqali 60 kishi Koreya universitetlari talabasi boʻlishga ulgurdi.
– Bakalavriat, magistratura va PhD dasturlari uchun TOPIK 3/ IELTS 5.5 va undan yuqori daraja talab etiladi.
– Grant imkoniyatlari: 30-80% grantlar taklif etiladi va grant miqdorlari yil davomida oʻrgarmasdan saqlanadi. TOPIK darajangiz yangilansa, chegirma ham ko'tariladi. IELTS bilan topshiruvchilar darajadan qat'i nazar 40% chegirma bilan ta'lim oladi.

✔️ Koreys tilida oʻqish uchun barcha yoʻnalishlar ochiq.
✔️ Ingliz tilida oʻqish uchun faqat Business Administration yoʻnalishiga qabul ochiq.

Hujjatlar 2023-yil 16-iyungacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

Murojaat va ariza topshirish uchun:
📱@SilkRoad_Academy3
☎️ +998932849806
👍36❤7🔥3
Xorij universitetlarida magistratura: “Research Degree” yaxshimi yoki “Taught Degree”?

Xorijiy davlatlarda magistraturani oʻqimoqchi boʻlganlar magistrlik darajasining ikki turiga duch kelishi mumkin: Taught Masters va Research Masters.

Ushbu maqolamizda bu ikki darajaning farqlari va ulardan birini tanlashda nimalarga eʼtibor qaratish kerakligini bilib olasiz.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/xorij-universitetlarida-magistratura-research-degree-yaxshimi-yoki-taught-degree/

@grantlar
👍31❤3🔥3
​​Koreyada ingliz tili sohasida tahsil oling (magistratura)

Seul shahrida
(Janubiy Koreya) joylashgan IGSE oliygohi ingliz tiliga ixtisoslashgan quyidagi magistrlik dasturlarini taklif qiladi:
– MA in TESOL
– MA in ELT Contents Development

Oliygoh xalqaro talabalar uchun 2023-yil kuzgi qabuli boʻyicha onlayn brifing tashkillashtirmoqda.

Qabul boʻyicha brifing (Zoom orqali):
– Kim uchun:
Seulda TESOL boʻyicha magistraturani oʻqishni xohlaganlar uchun
– Vaqti: 2023-yil 15-iyun, 18:00 (Uzb vaqti bilan)
– Dastur tarkibi:
1) IGSE MA in TESOL dasturi oʻquv haqida maʼlumot
2) Ariza topshirish jarayoni va grantlar
3) Vizaga ariza topshirish
4) Savol-javoblar

☝️Brifingda qatnashish uchun BU YERDA oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim (roʻyxatdan oʻtgach, Zoom havolasi email orqali yuboriladi).

Magistraturaga qabul jarayonlari 2023-yil 26-iyundan 5-iyulgacha davom etadi.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar, grantlar haqida QABUL YOʻRIQNOMASIDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Oliygoh talabalari videolari:

👉
Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

👉 Oʻzbekist
onlik talaba qiz videosi

👉
Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti l Qabul yoʻriqnomasi
👍28🔥4❤2
Green Youth for Central Asia: 6-11-sinf oʻquvchilari uchun videoroliklar tanlovi!

Ishtirokchilar “Waste problem and environmental sustainability in Central Asia” mavzusida ingliz tilida 3 daqiqalik video olishi va uni Instagramga joylashi kerak.

Tanlovda yakka tartibda yoki 3 kishidan oshmagan jamoa sifatida qatnashish mumkin.

Mukofotlar:
– 1 nafar gʻolib maxsus sovgʻalar va brendli mahsulotlar bilan taqdirlanadi
– 2 nafar gʻolib Bishkek, Olmaota va Buxorodagi 1 kunlik yozgi maktabda qatnashish imkoniga ega boʻladi
– Barcha gʻoliblar maxsus onlayn kursda qatnashadi va faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi

Videolar 2023-yil 27-iyungacha joylanishi mumkin.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/green-youth-for-central-asia-6-11-sinf-oquvchilari-uchun-videoroliklar-tanlovi/

@grantlar
👍43❤8
Oʻqish bepul universitetlar: MLU (Germaniya)

MLU universiteti dunyoning eng kuchli universitetlari roʻyxatida 477-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 56,1 yevro (62 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Har semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta uchun 60 yevro (68 dollar) toʻlanadi
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
– Bakalavriatga eng yaqin qabul: 2023-yil 15-iyul
– Magistraturaga eng yaqin qabul: 2023-yil 15-iyun

👉 UNIVERSITET HAQIDA BATAFSIL

@grantlar
👍44❤6
Yale Drama Series: Pyesa yozib, uni jahonga taniqli nashriyotda chop ettirish va 10 000 dollar yutib olish imkoniyati

Bu tanlov hali professional faoliyatga kirishmagan dramaturglar uchun moʻljallangan. Unda istalgan davlat fuqarolari ingliz tilida yozgan pyesasi bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Gʻolib pyesa Yale University Press tomonidan nashr etiladi
– Gʻolib 10 ming dollar bilan taqdirlanadi

Arizalar 2023-yilning 15-avgustigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yale-drama-series-pyesalar-tanlovi/

@grantlar
👍29❤13
Global Youth Summit: 18-24 yoshlilar uchun Janubiy Koreyada xarajatlari qoplanuvchi 8 kunlik sammit; joy – 140 ta!

Sammit 2023-yil 19-26-iyul kunlari Seul shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Sammitga jami 140 nafar ishtirokchi (Janubiy Koreyadan 20 nafar, boshqa davlatlardan 120 nafar) qabul qilinadi.

Sammitning asosiy mavzusi: Harmony of Global Youths Towards a Sustainable Future.

Imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Ichki transport va sugʻurta xarajatlari qoplanadi
– Xalqaro safar uchun 300 dollar mablagʻ beriladi
– Turli suvenirlar va maxsus sertifikat beriladi

Arizalar 2023-yil 12-iyun 19:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-youth-summit-janubiy-koreyada-xarajatlari-qoplanuvchi-sammit/

@grantlar
👍48❤17🔥11
Tech Briefs: Innovatsion texnologiyalar boʻyicha tanlov; bosh mukofot 25 ming dollar!

Har yili oʻtkaziladigan Create the Future Design tanloviga inson hayotini yengillashtirish boʻyicha yangi ixtirolar, texnika va texnologiyalar dizaynlari/gʻoyalari qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Bosh mukofot: 25 ming dollar
– 7 ta kategoriya gʻolibining har biriga ish stansiyasi kompyuteri
– En ommabop 10 ta ish muallifiga magnitik toʻplam
– Yuqori baholangan 100 ta ish egalariga maxsus sertifikat

Ishlar 2023-yil 1-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tech-briefs-aqshda-innovatsion-texnologiyalar-boyicha-tanlov/

@grantlar
👍40❤4
SAT imtihoni: Nima? Qayerda? Qachon? Qanday?

Maqolada tanishasiz:
– SAT nima?
– SAT qanday imkoniyatlar beradi?
– Qanday va qayerda tayyorlanish mumkin?
– Oʻzbekistonda SAT imtihonini qayerda topshirish mumkin?
– Imtihon topshirish narxi qancha?
– Imtihonga qanday roʻyxatdan oʻtaman?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/sat-imtihoni-nima-qayerda-qachon-qanday/

@grantlar
👍49🔥2
Oʻqish bepul universitetlar: Ludwig Maximilian University of Munich – LMU (Germaniya)

LMU universiteti dunyoning eng kuchli universitetlari roʻyxatida 33-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 62 yevro (67 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Har semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta uchun 66,5 yevro (71 dollar) toʻlanadi
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
Arizalar yiliga 2 marta (qishki va kuzgi semestr uchun) qabul qilinadi. Yoʻnalishga qarab, qabul sanalari nihoyatda farq qiladi.

👉 UNIVERSITET HAQIDA BATAFSIL 👈

@grantlar
👍64❤11🔥7
Stamps Scholarship: AQSHda bakalavriat uchun toʻliq grant, bepul turar joy va 12 000 dollar mablagʻ!

Mayami universiteti bakalavriatda oʻqishni xohlovchilar uchun Stamps Scholarship dasturini taklif etadi.

Maktab, kollej yoki litseyda oxirgi sinf/kurs vaqti ariza topshiradiganlar bu grantga talabgorlik qilishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi va boshqa badallar qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul oziq-ovqat
– Noutbuk va darsliklar olish uchun mablagʻ
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Tadqiqotlar uchun 12 ming dollar mablagʻ

Arizalar 2023-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi (2024-yilning bahorgi yoki kuzgi semestri uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stamps-scholarship-aqshda-bakalavr-kursi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍91❤15🔥8
ESD Okayama Award: Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar!

Tanlovda mahalliy darajada Barqaror rivojlanish uchun taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan, shu sohaga oid mashgʻulotlarni amalga oshirayotgan tashkilotlar oʻz loyihasi bilan qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki yapon tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar: 2 tagacha eng yaxshi loyihaga 3 ming dollar mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 14-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/esd-okayama-award-tashkilotlar-uchun-talim-boyicha-mahalliy-loyihalar-tanlovi/

@grantlar
👍33❤4🔥2
IES almashinuv dasturi boʻyicha toʻliq dastur

Germaniyada 1 semestr oʻqish va amaliyot oʻtash imkonini beruvchi IES dasturi boʻyicha toʻliq dastur shakllandi.

Dastur tarkibi:

👉 Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

👉 Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

👉 Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

Ariza topshirish jarayoni haqida video darslar:

👉 1-DARS

👉 2-DARS

Arizalar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

P.S. IESda ishtirokchilar uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

@grantlar_namuna
👍33🔥11❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Bilimga intiluvchilar uchun: hayot haqidagi fanlarni o'rganish imkoniyati!

👀 Hayot Fanlari Festivalida sizni nimalar kutadi:
— Ma'ruzalar va taqdimotlar;
— Innovatsiyalar ko'rgazmasi;
— Mehnat yarmarkalari;
— Bilimlar markazi, baxs va munozaralar;
— Ikki universitetning ochiq eshiklari kuni;
— Konsert, ochiq osmon ostidagi kinoteatr va boshqa ko‘ngil ochar tadbirlar.

Roʻyxatdan oʻtganlar uchun kirish bepul:
➡️ Roʻyxatdan oʻtish shakli

Batafsil ma'lumot uchun havola:
➡️ www.iau.uz/festival

Tashrif buyurishingizning asosiy sabablarini belgilang:
➡️ 22 Sabab

💬 Biz bilan bog'lanish:
+998999810919
festival@iau.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38🔥7❤5