Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Tech Briefs: Innovatsion texnologiyalar boʻyicha tanlov; bosh mukofot 25 ming dollar!

Har yili oʻtkaziladigan Create the Future Design tanloviga inson hayotini yengillashtirish boʻyicha yangi ixtirolar, texnika va texnologiyalar dizaynlari/gʻoyalari qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Bosh mukofot: 25 ming dollar
– 7 ta kategoriya gʻolibining har biriga ish stansiyasi kompyuteri
– En ommabop 10 ta ish muallifiga magnitik toʻplam
– Yuqori baholangan 100 ta ish egalariga maxsus sertifikat

Ishlar 2023-yil 1-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tech-briefs-aqshda-innovatsion-texnologiyalar-boyicha-tanlov/

@grantlar
👍40❤4
SAT imtihoni: Nima? Qayerda? Qachon? Qanday?

Maqolada tanishasiz:
– SAT nima?
– SAT qanday imkoniyatlar beradi?
– Qanday va qayerda tayyorlanish mumkin?
– Oʻzbekistonda SAT imtihonini qayerda topshirish mumkin?
– Imtihon topshirish narxi qancha?
– Imtihonga qanday roʻyxatdan oʻtaman?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/sat-imtihoni-nima-qayerda-qachon-qanday/

@grantlar
👍49🔥2
Oʻqish bepul universitetlar: Ludwig Maximilian University of Munich – LMU (Germaniya)

LMU universiteti dunyoning eng kuchli universitetlari roʻyxatida 33-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 62 yevro (67 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Har semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta uchun 66,5 yevro (71 dollar) toʻlanadi
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
Arizalar yiliga 2 marta (qishki va kuzgi semestr uchun) qabul qilinadi. Yoʻnalishga qarab, qabul sanalari nihoyatda farq qiladi.

👉 UNIVERSITET HAQIDA BATAFSIL 👈

@grantlar
👍64❤11🔥7
Stamps Scholarship: AQSHda bakalavriat uchun toʻliq grant, bepul turar joy va 12 000 dollar mablagʻ!

Mayami universiteti bakalavriatda oʻqishni xohlovchilar uchun Stamps Scholarship dasturini taklif etadi.

Maktab, kollej yoki litseyda oxirgi sinf/kurs vaqti ariza topshiradiganlar bu grantga talabgorlik qilishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi va boshqa badallar qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul oziq-ovqat
– Noutbuk va darsliklar olish uchun mablagʻ
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Tadqiqotlar uchun 12 ming dollar mablagʻ

Arizalar 2023-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi (2024-yilning bahorgi yoki kuzgi semestri uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stamps-scholarship-aqshda-bakalavr-kursi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍91❤15🔥8
ESD Okayama Award: Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar!

Tanlovda mahalliy darajada Barqaror rivojlanish uchun taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan, shu sohaga oid mashgʻulotlarni amalga oshirayotgan tashkilotlar oʻz loyihasi bilan qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki yapon tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar: 2 tagacha eng yaxshi loyihaga 3 ming dollar mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 14-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/esd-okayama-award-tashkilotlar-uchun-talim-boyicha-mahalliy-loyihalar-tanlovi/

@grantlar
👍33❤4🔥2
IES almashinuv dasturi boʻyicha toʻliq dastur

Germaniyada 1 semestr oʻqish va amaliyot oʻtash imkonini beruvchi IES dasturi boʻyicha toʻliq dastur shakllandi.

Dastur tarkibi:

👉 Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

👉 Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

👉 Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

Ariza topshirish jarayoni haqida video darslar:

👉 1-DARS

👉 2-DARS

Arizalar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

P.S. IESda ishtirokchilar uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

@grantlar_namuna
👍33🔥11❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Bilimga intiluvchilar uchun: hayot haqidagi fanlarni o'rganish imkoniyati!

👀 Hayot Fanlari Festivalida sizni nimalar kutadi:
— Ma'ruzalar va taqdimotlar;
— Innovatsiyalar ko'rgazmasi;
— Mehnat yarmarkalari;
— Bilimlar markazi, baxs va munozaralar;
— Ikki universitetning ochiq eshiklari kuni;
— Konsert, ochiq osmon ostidagi kinoteatr va boshqa ko‘ngil ochar tadbirlar.

Roʻyxatdan oʻtganlar uchun kirish bepul:
➡️ Roʻyxatdan oʻtish shakli

Batafsil ma'lumot uchun havola:
➡️ www.iau.uz/festival

Tashrif buyurishingizning asosiy sabablarini belgilang:
➡️ 22 Sabab

💬 Biz bilan bog'lanish:
+998999810919
festival@iau.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍38🔥7❤5
Princeton Arts Fellowships – Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish va malaka oshirish imkoniyati; yillik stipendiya – 90 000 dollar!

Dasturga ijodkorona yozish (Creative Writing), teatr va tasviriy sanʼat sohasidagi mutaxassislar va ijodkorlar taklif etiladi. Ishtirokchilar universitetda oʻz sohasi boʻyicha dars beradi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 90 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2023-yilning 1-iyulidan 12-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-arts-fellowships-aqshning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-dars-berish-imkoniyati/

@grantlar
👍48❤9🔥5
Oʻqish bepul universitetlar: Lyuksemburg universiteti

– Aksariyat yoʻnalishlarda oʻqish uchun kontrakt toʻlovi yoʻq
– Dunyoda nufuzi boʻyicha TOP 300 likka kiradi
– Bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari mavjud

Arizalar odatda har yili 1-fevraldan 30-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 UNIVERSITET HAQIDA BATAFSIL 👈

@grantlar
👍47❤9🔥4
The Hodder Fellowship – sanʼatkorlar uchun AQSHda amaliyot dasturi; stipendiya – 90 000 AQSh dollari!

Dasturga bastakor, xoreograf, ijrochi (jumladan, teatr aktyorlari, raqqoslar va h.k.), shoir, tasviy sanʼat vakillari, yozuvchi, tarjimon va boshqa turdagi sanʼatkorlar ariza berishlari mumkin.

Odatda dasturga 5 nafar ishtirokchi qabul qilinadi va ular Prinston universitetida 1 yil davomida amaliyot (tadqiqot) oʻtaydi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 90 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2023-yilning 1-iyulidan 12-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-hodder-fellowship-sanatkorlar-uchun-aqshda-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍36❤6
Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar!

Universitetdagi darslar ingliz tilida olib boriladi. Grantlarni istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasini toʻlashdan 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% ozod qiladi.
– Eng munosib nomzodlar uchun yotoqxona toʻlovi ham qoplanishi mumkin.

Arizalar 2023-yil 12-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bilkent-universiteti-turkiyada-ingliz-tilida-bakalavr-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar/

@grantlar
👍39
Universiti Brunei Darussalam: Bruneyda bepul PhD bosqichi, bepul turar joy, stipendiya va aviachipta!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri (TOP 256) Brunei Darussalam universiteti PhD bosqichi uchun 20 ta toʻliq grant taklif etadi. Darslar toʻliq ingliz tilida boʻladi (IELTS 6.0. kerak).

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi, qabul badali va registratsiya badali qoplanadi
– 1640 dollar oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Bruneyga borish va kelish uchun aviachipta
– Tadqiqot xarajatlari uchun 2240 dollargacha mablagʻ
– Viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/universiti-brunei-darussalam-bruneyda-bepul-doktorantura-bepul-turar-joy-stipendiya-va-aviachipta/

@grantlar
👍39❤9🔥2
Iqlim oʻzgarishi taʼsiri aks etgan fotosuratlar tanlovida ishritok etib, 1000 funt sterlinggacha mukofot yutib oling!

Tanlov 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– 18 yosh va undan kattalar
– 18 yoshdan kichiklar

Ishtirokchilar tabiat va yerdagi hayotga iqlim, ob-havo oʻzgarishi yoki mavsumiy oʻzgarishlar taʼsiri aks etgan fotosuratlar bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar
– 18 yosh va undan kattalar kategoriyasi gʻolibiga 1000 GBP (1237 AQSH dollari)
– 18 yoshdan kichiklar kategoriyasi gʻolibiga 500 GBP (618 AQSH dollari)

Arizalar 2023-yil 27-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tabiatni-suratga-tushirishni-yoqtirasizmi-fotosuratlaringiz-bilan-tanlovda-ishtirok-etib-1000-funt-sterling-yutib-oling/

@grantlar
👍39❤6🔥1
​​Koreys tilini oʻqitish boʻyicha magistraturani Seulda oʻqing!

Seul shahrida
(Janubiy Koreya) joylashgan IGSE oliygohi koreys tilini oʻqitish sohasiga ixtisoslashgan “MA in Korean Language Education” magistrlik dasturini taklif qiladi.

Bu dasturni bitirganlar:
– Koreys tilini oʻqitish boʻyicha sertifikatga ega boʻladi (2-daraja)
– Koreys tili taʼlimi boʻyicha ixtisoslashtirilgan bilimlarga ega boʻladi
– Oliy darajadagi koreys tili koʻnikmalarini rivojlantiradi
– Bilimlarini amalga tatbiq etishni oʻrganadi

Oliygoh shu magistrlik dasturi yuzasidan xalqaro talabalar uchun 2023-yil kuzgi qabuli boʻyicha onlayn brifing tashkillashtirmoqda.

Qabul boʻyicha brifing (Zoom orqali):
– Kim uchun:
Seulda “MA in Korean Language Education” magistrlik dasturida oʻqishni xohlaganlar uchun
– Vaqti: 2023-yil 14-iyun, 15:00 (Uzb vaqti bilan)
– Dastur tarkibi:
1) “MA in Korean Language Education” dasturi oʻquv haqida maʼlumot
2) Ariza topshirish jarayoni va grantlar
3) Vizaga ariza topshirish
4) Savol-javoblar

☝️Brifingda qatnashish uchun BU YERDA oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim (roʻyxatdan oʻtgach, Zoom havolasi email orqali yuboriladi).

Magistraturaga qabul jarayonlari 2023-yil 26-iyundan 5-iyulgacha davom etadi.

Qabul jarayoni haqida universitetning rasmiy saytidan maʼlumot olishingiz mumkin: http://www.igse.ac.kr/en/admission/kr_guide/

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114
👍39❤1
Bilarmidingiz: deyarli barcha oʻzbek talabalari AQSHning TOP universitetlarida bakalavriatni BEPUL o'qish mumkin

AQSHning koʻplab TOP universitetlarida joriy etilgan moliyaviy yordam tizimi deyarli barcha oʻzbek talabalariga bakalavriatni bepul oʻqish imkonini beradi.

Bugungi postda shunday yordam taklif qiluvchi ayrim universitetlar bilan tanishasiz.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍47🔥12❤5
AQSHning 15 ta universitetiga grant asosida qabul qilingan Murodbek Usmonov bilan suhbat

Suhbat davomida:

👉
Bunday natijani qayd etish uchun qanday tayyorgarlik koʻrish va nimalar qilish kerak?

👉 8 ta universitet talabaning arizasini rad etgan. Buning sabablari nimada?

👉 Tayyorgarlik va hujjat topshirish uchun qancha xarajat qilindi?

👉 Va boshqa foydali maʼlumotlarga ega bo'lasiz

Suhbatni toʻliq oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/aqshning-15-ta-universitetiga-grant-asosida-qabul-qilingan-ozbek-talaba-bilan-suhbat/

P.S. Talabaning universitetlarga topshirgan hujjatlari bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar
👍51❤10🔥4
Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Kimlar qatnasha oladi?
– PhD darajasiga ega OTM oʻqituvchilari;
– Tadqiqotchilar;
– 10 yillik tajribaga ega tahlil markazlari, tegishli hukumat va nohukumat tashkilotlari xodimlari.

Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi (til sertifikati shart emas).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish uchun aviachipta.
– AQSHda yashash va faoliyat olib borish uchun toʻliq moliyaviy yordam.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Kasbiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Arizalar 2023-yil 16-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-fulbright-visiting-scholars/

@grantlar
👍39❤2
Ichki ishlar vazirligidan videoroliklar tanlovi: mukofot jamgʻarmasi 58 million soʻm!

Tanlovda barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari qatnashishi mumkin.

Tanlovga xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ular tomonidan shaxsga qarshi qaratilgan hamda o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishni targ‘ib qiluvchi videoroliklar qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: diplom va 17 mln soʻm
– 2-oʻrin: diplom va 13,5 mln soʻm
– 3-oʻrin: diplom va 11 mln soʻm
– Eng yaxshi operator ishi: 5,5 mln so‘m
– Eng yaxshi videomontaj: 5,5 mln so‘m
– Eng yaxshi infografika: 5,5 mln so‘m

Ishlar 2023-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ichki-ishlar-vazirligidan-videoroliklar-tanlovi-mukofot-jamgarmasi-58-million-som/

@grantlar
👍44🔥8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farmasevtika texnik universitetiga qabul davom etmoqda– 40 ta grant oʻrni mavjud!

Ushbu davlat universiteti Buyuk Britaniyaning nufuzli oliygohlari: University of Sunderland va De Montfort University bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Hozirda

➖Farmatsevtika fanlari (Pharmaceutical Science);
➖Biologik fanlar (Biosciences);
➖Tabiiy fanlar yo'nalishlarida umumta'lim dasturlariga qabul davom etmoqda.

🎓O'zbekistonda o'qib, Britaniya diplomiga ega bo'ling!

Shoshiling! 40 ta grant o'rni ham mavjud!

Batafsil maʼlumot👇
https://grantlar.uz/blog/farmatsevtika-texnik-universitetiga-2023-2024-oquv-yili-uchun-qabul-davom-etmoqda

☎️Murojaat uchun:
+998999508080 | @ptuuz_bot
+998958338181

🌐 Veb-sayt: pharmatechuni.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37❤2🔥1
Oʻqish bepul universitetlar – Deep Springs kolleji (AQSH)

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Faqat bakalavriat bosqichi kurslari taklif etiladi.
– Qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant beriladi (grant taʼlim, turar joy va oziq-ovqat xarajatini qoplaydi).
– Oʻqish davomida ranchoda haftasiga kamida 20 soat ishlash talab etiladi.

Qabul

Arizalar odatda har yili sentabr yoki oktabr oyidan noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT

@grantlar
👍56❤9🔥7