Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

Bu universitetda faqat PhD dasturlari taklif etiladi.

Oʻqish va tadqiqot olib borish ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi).
– Yiliga 18 400 dollar stipendiya beriladi.
– Yaponiyaga borib, joylashib olish uchun yordam puli beriladi.
– Shaxsiy kompyuter beriladi.
– Konferensiyalarda ishtirok etish xarajatlari qoplanadi.

Arizalar yiliga 2 marta: mart oyi oxirlari va noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Hozir ochiq boʻlgan qabul uchun hujjatlar 2023-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍66❤11🔥2
O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha Milliy tanlov

Tanlovda tegishli oʻqituvchilar, pedagog xodimlar, fan mutaxassislari, ilmiy xodimlar, mualliflar guruhi hamda mustaqil izlanuvchilar qatnashishi mumkin.

Mukofot
G‘olib muallif yoki mualliflar guruhi 100 million so‘mdan bir martalik mukofot pullari bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil 10-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kimyo-va-biologiya-fanlaridan-oquv-va-ilmiy-adabiyotlarni-yaratish-tanlovi/

@grantlar
👍25❤6🔥1
Rossiya: HSE oliygohidan bakalavriat va magistratura kurslari uchun toʻliq va qisman grantlar!

Nomzod faqat ingliz tilida yoki ham rus, ham ingliz tilida oʻqitiladigan kurslardan birini tanlashi mumkin.

Grant turlari quyidagicha:

HSE Gold Scholarship – kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qiladi va 1700 rubl oylik stipendiya taqdim etadi

Tuition fee waivers – kontrakt summasidan 25% dan 70% gacha chegirma qilinadi.

Qabul 2023-yil 13-avgustgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-ingliz-va-rus-tillaridagi-bakalavr-va-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grantlar-va-stipendiya/

@grantlar
👍31🔥1
Koreyada taʼlim forumi – qatnashish bepul!

Kuz faslini Janubiy Koreyada qarshi oling.

“Oazis Diamond Group”
agentligi Koreya universiteti vakillari bilan yuzma-yuz muloqot (forum) tashkil etmoqda.

Forumda quyidagi dasturlar haqida maʼlumot beriladi:
– Yozgi oromgoh
– Til kursi
– Kollejda taʼlim
– Bakalavriat
– Magistratura
– Hunar tanlash va kasblar bilan tanishish

Universitet vakillari savollaringizga ham javob beradi.

Forum davomida maʼlumot olgan dasturlaringizdan birida oʻqishingiz mumkin. Grantlar ham mavjud.

Qatnashish BEPUL.

– Forum sanasi:
18.06.2023
– Yosh chegarasi: 16-35 yosh
– Taʼlim sohalari: Sanʼat, muhandislik yoʻnalishlari, HR maslahati, IT
– Oʻtkaziladigan joy: Husma mehmonxonasi, manzil: Sergeli tumani, Azim Umarov ko'chasi 22, Toshkent

Forum vaqtlari:
– 1-smena: 12:00-13:00
– 2-smena: 14:30-15:30
– 3-smena: 16:00-17:30

Roʻyxatdan oʻtish:
📱@Forumstudy202306
☎️ +998909274161

Telegram kanal | Instagram sahifa
👍64❤12🔥7
Oʻqish bepul universitetlar: Zigen universiteti (Germaniya)

Zigen universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 801-1000-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi).
– Har semestr uchun 322,9 yevro haq toʻlanadi. Bu toʻlov jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta haqini oʻz ichiga oladi.
– Ingliz va nemis tillarida tahsil olish mumkin.

Qabul

Arizalar dasturga qarab, odatda har yili qishki semestr uchun aprel, may va iyul oylarigacha; yozgi semestr uchun esa noyabr yoki yanvar oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍62❤15🔥4
Qirgʻiziston: OSCE Akademiyasidan loyiha boshqaruvi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 5 kunlik trening!

Trening mashgʻulotlari Bishkek shahrida 2023-yil 7-11-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Bakalavrlik yoki magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Afzalliklar:
– Ishtirok etish bepul
– Safar va viza xarajatlari qoplanadi
– Aeroport transferi xarajati qoplanadi
– Maxsus sertifikat

Arizalar 2023-yil 25-iyun 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/qirgiziston-osce-akademiyasidan-loyiha-boshqaruvi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-5-kunlik-trening/

@grantlar
👍29❤8
Harvard Radcliffe Fellowship Program: Turli soha vakillari uchun AQSHda 9 oylik amaliyot!

Dasturga deyarli barcha soha vakillari topshira oladi. Yiliga oʻrtacha 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Qabul qilinganlar oʻz sohasiga oid tadqiqot loyihasi ustida ishlaydi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Umumiy 78 ming AQSH dollari stipendiya
– Loyiha xarajatlari uchun 5000 AQSH dollari
– Koʻchish, oila aʼzolari turar joyi, bola parvarishi va boshqalar uchun ham qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi mumkin

Arizalar 2023-yil 5-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-radcliffe-fellowship-program/

@grantlar
👍58❤16🔥12
Oʻzbekiston: “Doʻstlik” videoroliklar tanlovida qatnashib 25 million soʻmgacha pul mukofotini yutib oling!

Bu tanlovda barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov 2 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Doʻstlikni tarannum etgan eng yaxshi rolik
– Millatlararo totuvlik aks ettirilgan eng yaxshi koʻrsatuv, reportaj, film

Mukofotlar: Har bir nominatsiya gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 25 000 000 soʻm;
– 2-oʻrin: 20 000 000 soʻm;
– 3-oʻrin: 15 000 000 soʻm;
– Shuningdek, 5 ta ragʻbatlantiruvchi oʻrin – 10 000 000 soʻmdan.

Ishlar 2023-yil 20-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/dostlik-videoroliklar-tanlovida-qatnashib-25-milliongacha-pul-mukofotini-yutib-oling/

@grantlar
👍59❤10🔥7
Oʻqish bepul universitetlar: Germaniyadagi Erlangen-Nyurenberg universiteti (FAU)

FAU dunyoning eng nufuzli universitetlari roʻyxatida 340-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– Har semestr 67 yevro talabalarga koʻrsatiladigan xizmatlar badali toʻlanadi
– Har semestr 77 yevroga transport chiptasi olinadi (1 semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beradi)
– Ingliz, nemis, fransuz, ispan va yana bir nechta xorijiy tillarda oʻqitiladigan dasturlar mavjud

Qabul

Arizalar odatda har yili:
– Qishki semestr uchun 15-iyulgacha;
– Yozgi semestr uchun 15-yanvargacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍75❤7
IMF Youth Fellowship Program: 20-35 yoshli yetakchilar uchun Marokashda 6-kunlik forum; barcha xarajatlar qoplanadi!

Xalqaro valyuta fondi tomonidan tashkil etilgan bu dasturga xalqaro aloqalar va rivojlanish, kommunikatsiyalar, iqtisod yoki shularga oid sohalardan birini bitirgan nomzodlar hamda shu sohalar boʻyicha oʻqiyotgan talabalar ariza topshirishi mumkin.

20-35-yosh oraligʻida boʻlish va ingliz tilini bilish talab etiladi.

Imtiyozlar:
– Ekspert, olim va mutaxassislarning seminarlari.
– Dunyoning turli burchaklaridan boʻlgan yetakchilar bilan doimiy aloqa oʻrtanish.
– 2023-yil 9-15-oktabr kunlari Marokashda oʻtkazildigan forumda qatnashish. Bunda tadbirda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/imf-youth-fellowship-program/

@grantlar
👍44❤4🔥2
NSP_ZAHR_2023_04_30_POO.pdf
526.8 KB
NSP granti javoblar chiqdi – 69 nafar oʻzbekistonlik gʻolibdan 61 nafari bizning kurs va/yoki xizmatdan foydalangan!

Slovakiyada 2 semestrgacha oʻqish/tadqiqot olib borish imkonini beruvchi Slovakiya Milliy stipendiya dasturining (NSP) natijalari eʼlon qilindi.

Bu safargi qabulda jami 69 nafar oʻzbekistonlik nomzod ushbu grantni qoʻlga kiritgan. Shulardan 61 nafari @grantlar_namuna loyihasi tomonidan tashkil qilingan maxsus kurs va/yoki hujjatlarni tekshirish xizmatidan foydalangan!

Kategoriyalar kesimida oʻzbekistonlik gʻoliblar soni:
– A kategoriya: 74 ta gʻolibdan 63 tasi oʻzbekistonlik
– B kategoriya: 22 ta gʻolibdan 4 tasi oʻzbekistonlik
– C kategoriya: 84 ta gʻolibdan 2 tasi oʻzbekistonlik

Gʻoliblarni tabriklaymiz!

@grantlar_namuna
👍92🔥24❤21
Volunteer Society Nepal: Nepalda volontyorlik dasturi

Ayrimlar biroz toʻlovi boʻlsa ham, xorijdagi biror volontyorlik dasturi orqali tajriba orttirishni xohlaydi.

Volunteer Society Nepal tashkiloti Nepalda volontyrolik qilishni xohlovchilarga shunday imkoniyatni taqdim qiladi.

Dastur narxlari:
– 2 haftalik dastur: 400 yevro;
– 3 haftalik dastur: 500 yevro;
– 4 haftalik dastur: 600 yevro;
– keyingi qo’shimcha har bir hafta uchun: 75 yevrodan.

Toʻlangan haq quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– Aeroportda kutib olish va kuzatib qoʻyish
– Dastur davomida bepul oziq-ovqat (2 mahal)
– Mezbon oilalarda yashash imkoniyati
– Shahar transportidan foydalanish
– Nepal tili va madaniyati darslari
– Katmandu shahri boʻylab gid yordamidagi ekskursiya
– Viza olish va joʻnab ketish oldidan yordam
– Nepal boʻylab boshqa sayohatlarni tashkil etishda ko’mak

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/volunteer-society-nepal-nepalda-volontyorlik-dasturi/

@grantlar
👍54❤10🔥5
Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bu stipendiya quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun taqdim etiladi:
– Logic and Computation
– Business Informatics
– Computer Engineering
– Media and Human-Centered Computing

Bu kurslarning barchasi ingliz tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi
– Yiliga 6000 yevro stipendiya beriladi

Arizalar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil yozgi semestrdan boshlanadi).

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍30❤8🔥7
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Helsinki universiteti (TOP 101) magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi qoplanadi (50% dan 100% gacha).

Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmatsevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

Hujjatlar qabuli 2023-yil 1-dekabrdan 2024-yil 3-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ertaroq maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍45🔥23❤8
O'qish bepul universitetlar: Berea kolleji (AQSH)

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– 1-yilda bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Arizalar yiliga 2 marta qabul qilinadi:
– 15-oktabrgacha (erta qabul)
– 15-yanvargacha (odatiy qabul)

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍56❤11🔥6
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 3 xil muddat bor:
– Har yili 31-dekabrgacha.
– Har yili 31-yanvargacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
👍43❤3
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.

Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.

Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi

Ishlar 2023-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
👍42❤9🔥1
Iqtisodiyot, moliya va biznes masalalari yoritiladigan jurnalistik ishlar uchun 15 000 dollargacha grant!

Ushbu McGraw Fellowship for Business Journalism dasturiga ingliz tilida material tayyorlay oladigan va kamida 5 yillik tajribaga ega jurnalistlar, frilans jurnalistlar, muxbirlar va muharrirlar ariza berishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Tanlangan mavzuni yoritish uchun 15 000 dollargacha grant beriladi
– Muharrirlik yordami koʻrsatiladi

Arizalar 2023-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-biznes-jurnalistikasi-boyicha-loyihalar-tanlovi-mukofot-15-000/

@grantlar
👍27❤2🔥2
Vanier Canada Graduate Scholarship: Kanadada doktoranturani oʻqish uchun yillik 50 ming dollar grant; joy – 166 ta!

Bu grantga quyidagi sohalarda tadqiqot olib borishni xohlovchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin:
– Health research
– Natural sciences and/or engineering
– Social sciences and humanities

Dastur imtiyozi: Doktorantura davomida (3 yil) yiliga 50 ming dollar stipendiya beriladi.

Arizalar 2023-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vanier-canada-graduate-scholarship/

@grantlar
👍40❤4🔥3
Grantlar.uz jamoasi Germaniyada oʻqish uchun Hanns Seidel Stiftung stipendiyasini yutib olgan talaba – Umidjon Karimberdiyev bilan suhbatlashgan.

Suhbatda bilib olasiz:

👉 Bu stipendiya qanday imkoniyatlar beradi (bakalavriat, magistratura, PhD uchun)?
👉 Dastur talablari qanday?
👉 Qanday hujjatlar topshiriladi?
👉 Hujjat topshirish va suhbat jarayonida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar
👉 Bu stipendiya orqali Germaniyaga ketishda oila aʼzolarini olib ketish mumkinmi?
👉 Stipendiya olgan holda Germaniyada haftasiga necha soat ishlash mumkin va boshqa muhim masalalar.

Ushbu dasturga arizalar yilda 2 marta qabul qilinadi:
– Kuzgi semestr uchun: 15-iyulgacha
– Bahorgi semestr uchun: 15-yanvargacha

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/hanns-seidel-stiftung-stipendiyasini-yutgan-talaba-umidjon-karimberdiyev-bilan-suhbat/

@grantlar
👍46❤7🔥1