Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2023-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 100 ta sovrindor Londondagi taqdirlash marosimiga taklif etiladi
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, 25 ming nusxada kutubxona va maktablarga tarqatiladi

Sheʼrlar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
👍39❤8
Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beruvchi FSJ dasturi mavjud.

Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin.

Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Grantlar.uz jamoasi ushbu dastur boʻyicha tibbiyot sohasida amaliyot oʻtagan va hozirda Germaniyada shifokor boʻlib ishlayotgan hamyurtimiz – Hamidullo Halilov bilan suhbat qilgan.

Suhbatda dastur, uning talablari, hujjat topshirish jarayoni va boshqa qimmatli maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyada-fsj-dasturi-boyicha-amaliyot-otagan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍42🔥9❤3
Harvard Kennedy School: AQSHda 4 oylik amaliyot dasturi; 40 000 dollar stipendiya beriladi!

Dasturga jurnalist, siyosatchi, olim va professor-oʻqituvchilar ariza topshirishi mumkin.

Ishtirokchilar media va siyosatga oid masalalar yuzasidan tadqiqot olib boradi (ingliz tilida).

Dastur imtiyozlari:
– 40 ming dollar stipendiya
– Ish joyi, telefon, kompyuter, Garvard email manzili va Garvard ID hujjati beriladi
– Assistent boʻlib ishlash ham mumkin (alohida haq toʻlanadi)

Arizalar yiliga 2 marta qabul qilinadi. Hozirda eng yaqin qabul muddati: 2023-yil 7-sentabr.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-kennedy-school-jurnalist-siyosatchi-va-professor-oqituvchilar-uchun-4-oylik-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍42🔥11❤8
Oʻqish bepul universitetlar: Xitoydagi Yenching akademiyasi (magistratura)

Akademiyada faqat magistratura mavjud, boshqa bosqichlar mavjud emas. Darslar toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Har yili 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Qabul qilingan barcha talaba quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Borish-kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar har yili avgust oyidan dekabr oyi boshlarigacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍47❤7
AQSHda huquq boʻyicha magistratura PhD bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 marta qabul qilinadi. 2023-yildagi qabulning oxirgi muddati – 2023-yil 1-noyabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍37❤4
Ichki ishlar vazirligidan videoroliklar tanlovi: mukofot jamgʻarmasi 58 million soʻm!

Tanlovda barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari qatnashishi mumkin.

Tanlovga xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ular tomonidan shaxsga qarshi qaratilgan hamda o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishni targ‘ib qiluvchi videoroliklar qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: diplom va 17 mln soʻm
– 2-oʻrin: diplom va 13,5 mln soʻm
– 3-oʻrin: diplom va 11 mln soʻm
– Eng yaxshi operator ishi: 5,5 mln so‘m
– Eng yaxshi videomontaj: 5,5 mln so‘m
– Eng yaxshi infografika: 5,5 mln so‘m

Ishlar 2023-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ichki-ishlar-vazirligidan-videoroliklar-tanlovi-mukofot-jamgarmasi-58-million-som/

@grantlar
👍68❤13
DAAD Helmut-Schmidt-Programme: Germaniyada magistraturani oʻqish uchun barcha xarajatlari qoplanuvchi grant!

Bu grant davlat siyosati, boshqaruv, ijtimoiy himoya, tinchlik va nizolarni oʻrganish kabi sohalarda magistraturani oʻqish uchun taqdim etiladi. Nomzod ingliz yoki nemis tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– 934 yevro oylik stipendiya
– Germaniyaga borish va kelish xarajati qoplanadi
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Turar joy uchun mablagʻ
– 6 oygacha bepul nemis tili kursi va boshqalar

Arizalar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/daad-helmut-schmidt-programme-germaniyada-magistraturani-oqish-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanuvchi-grant/

@grantlar
👍65🔥6❤3
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2023-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍45❤14🔥2
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 130 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍70❤11🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Московский авиационный институт объявляет набор на бюджетные места для граждан Узбекистана на 2023-2024 учебный год.

Более 3000+ бюджетных мест!

❗️Приём документов осуществляется с 20 июня до 10 июля!

Документы можно подать на lk.mai.ru
📌Инструкция по заполнению заявки в личном кабинете МАИ.

9 меганаправлений:
▫️Авиастроение
▫️Информатика, кибернетика и электроэнергетика
▫️Двигателестроение
▫️Радиоэлектроника и системы связи
▫️Управленческие-экономические и лингвистические направления
▫️Ракетно-космические системы
▫️Математика и информатика
▫️Робототехнические системы и комплексы вооружения ЛА
▫️Материалы и современные технологии

👩🏻‍🏫 Язык обучения: русский
📚 Форма обучения: очное
🗓 Продолжительность обучения: 4 и 5,5 лет.
📝Экзамен состоит всего из 3 предметов.
👩🏻‍💻Формат экзаменов: дистанционно.

📞+998555110136
Ресурсный центр МАИ:
📍Ц-1, ул. Буюк Ипак Йули, 45Б, Ташкент.

priem.mai.ru | Telegram | Instagram
👍31🔥6
Xalqaro oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi aʼzosi bilan suhbat

Biror xorijiy (xalqaro) universitet yoki grant dasturiga hujjat topshirishni reja qilayotganlar uchun maxsus suhbat tashkillanmoqda.

Suhbat mehmoni: Javlon Juraev, OSCE Akademiyasi katta oʻqituvchisi va qabul komissiyasi aʼzosi

Bu suhbatda aynan grant ajratilishi uchun xalqaro talabalar hujjatlarini koʻrib chiquvchi mutaxassisdan maslahat va koʻrsatmalar olish imkoniga ega boʻlasiz.

Suhbatda muhokama qilinadi:
– Xorijiy (xalqaro) OTM va/yoki grant dasturiga ariza topshirish jarayoni va bosqichlari
– Motivatsiya xati: qanday yozish, nimalardan qochish kerak, bu xatda qabul komissiya eʼtiborini nimalar jalb qiladi
– CV ahamiyati, qanday tayyorlash boʻyicha tavsiyalar
– Tavsiyanomaning kimlardan olinishi va qanday yozilishi
– Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtish
– Qabul komissiyasi aʼzosining shaxsiy tajribasida uchragan muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz hujjatlarga misollar va boshqalar

Suhbat tafsilotlari:
– Vaqti:
2023-yil 29-iyun, 21:00
– Joyi: @grantlar_namuna Telegram kanali

@grantlar_namuna
👍51🔥8❤7
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍46❤6🔥2
ICYF International Media Training Camp: 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh!

Dasturda 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar qatnashishi mumkin. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Qatnashish bepul.
– Turar joy, oziq-ovqat va shaharga ekskursiyalar xarajati qoplanadi.
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy va sayohat sugʻrutasi xarajatlari qoplanadi.
– Sertifikat beriladi.

Arizalar 2023-yil 1-avgust soat tungi 01:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/icyf-international-media-training-camp/

@grantlar
👍45❤12🔥6
Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2023-2024-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1500 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/biznes-tadbirkorlik-sohasi-talabalari-uchun-tanlov-mukofot-2000-kanada-dollari/

@grantlar
👍30❤4
Germaniya parlamentida (Bundestag) barcha xarajatlar qoplanadigan 5 oylik amaliyot dasturi!

Dasturga nemis tilini kamida B2 darajada biladigan, 1994-yil 1-martdan keyin tugʻilgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Turar joy xarajatlari qoplanadi
– 500 yevro oylik stipendiya
– Berlinga borish-qaytish va sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-bundestag-parlament-tizimi-boyicha-barcha-xarajatlar/

@grantlar
👍63❤16🔥10
Qabul boshlandi!

Dunyoning 3-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar qabuli 2023-yil 11-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍89🔥15❤10
Kanada: dunyoning 31-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati!

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, tibbiyot, stomatologiya, huquq, musiqa, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1500 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3700 dollargacha grant

Arizalar 2023-yil 24-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍78🔥9❤7
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2023-yil 30-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍47❤12🔥1
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2023-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
👍20❤5