Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2023-2024-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1500 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/biznes-tadbirkorlik-sohasi-talabalari-uchun-tanlov-mukofot-2000-kanada-dollari/

@grantlar
👍30❤4
Germaniya parlamentida (Bundestag) barcha xarajatlar qoplanadigan 5 oylik amaliyot dasturi!

Dasturga nemis tilini kamida B2 darajada biladigan, 1994-yil 1-martdan keyin tugʻilgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Turar joy xarajatlari qoplanadi
– 500 yevro oylik stipendiya
– Berlinga borish-qaytish va sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-bundestag-parlament-tizimi-boyicha-barcha-xarajatlar/

@grantlar
👍63❤16🔥10
Qabul boshlandi!

Dunyoning 3-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar qabuli 2023-yil 11-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍89🔥15❤10
Kanada: dunyoning 31-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati!

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, tibbiyot, stomatologiya, huquq, musiqa, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1500 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3700 dollargacha grant

Arizalar 2023-yil 24-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍78🔥9❤7
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2023-yil 30-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍47❤12🔥1
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2023-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
👍20❤5
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatorda oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3000 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 300 AQSh dollaridan pul mukofoti.
– Eng yaxshi 12 ta sheʼr Winning Writers saytiga joylanadi.

Sheʼrlar 2023-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍30❤9
Germaniya: Musiqa yoʻnalishida magistratura yoki malaka oshirish kurslari uchun stipendiya!

Dastur Germaniya oliygohlarida musiqa yoʻnalishida bakalavriatdan keyingi bosqichlarda tahsil olish yoki malaka oshirish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 934 yevro oylik stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Oʻqish va tadqiqotlar uchun bir martalik mablagʻ
– Tibbiy sugʻurta

Arizalar 2023-yil 28-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-musiqa-yonalishida-magistratura-yoki-malaka-oshirish-kurslari-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍25🔥2
📣 Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetida yangi o'quv mavsumiga qabul davom etmoqda. SHOSHILING 100 TA GRANT O‘RINLARI QOLDI!

✅ Oziq-ovqat xavfsizligi boshqaruvi
✅ Barqaror-aqlli qishloq xo'jaligi

Dasturlarimiz aynan o’z sohasida yetakchi bo'lishni maqsad qilganlar uchun!

Nega aynan Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti?
1. Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo’jaligi universiteti diplomi.
2. Qishloq xo’jaligi sohasida ilg’or bilimli va malakali mutaxassislarga talab yuqoriligi.
3. Bir yil davomida chet elda o’qib kelish imkoniyati;
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-237-sonli qarori bilan universitetning tashkil etilganligi;
5. GRANT o‘rinlari!

☎️ Shoshiling! Hoziroq murojaat qiling:
+998999810919 | @iau_2022
+998977335298 | +998993159860

Veb-sayt • Telegram • Facebook • Instagram
👍29❤5
Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati!

Copernicus dasturi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga Gamburg universitetida 1 semestr oʻqish imkonini beradi.

Qabul qilinganlar ushbu imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Aviachipta va viza xarajatlari qoplanadi.
– Semestr uchun oʻqish toʻlovi toʻlab beriladi.
– Turar joy, sug'urta, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 310 yevro choʻntak puli ajratiladi.

Bakalavrni tugatgan va magistraturaga oʻqishga kirishni rejalashtirayotganlar ham ariza topshira oladi.

Arizalar har yili quyidagi sanagacha qabul qilinadi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
– Qishki semestr uchun 1-martgacha.

Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati: 2023-yil 1-sentabr.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stipendium-copernicus-germaniyada-bir-semestr-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Bu dasturni International Excellence Scholarship dasturi bilan adashtirmang.

@grantlar
👍55🔥5❤4
Vistula University Merit Scholarship: Polshada bakalavriat va magistratura kurslari uchun 100% lik grant; joy - 70 ta!

Gantlar Vistula universiteti yoki Vistula mehmonnavonzlik maktabidagi ingliz tilida oʻqitiladigan istalgan bakalavriat yoki magistratura kursi uchun taqdim etiladi.

2023-2024 oʻquv yili uchun jami 70 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imtiyozi: Grantni qoʻlga kiritgan talabalar kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod etiladi.

Qabul muddatlari quyidagicha:
– 2023-yil 1-avgustgacha (2023-yil oktabrdan boshlanadigan oʻqish uchun)
– 2024-yil 15-yanvargacha (2024-yil martdan boshlanadigan oʻqish uchun)

Batafil👇
https://grantlar.uz/vistula-university-merit-scholarship-polsha/

@grantlar
👍48❤6🔥1
Business Today International Conference: Nyu-Yorkda bakalavriat talabalari uchun xarajatlari qoplanadigan xalqaro konferensiya!

Konferensiya 2023-yil 2-5-noyabr kunlari Manxettenda (Nyu-York) boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Konferensiya mavzusi: Beyond the horizon

Imtiyozlar:
– Ariza toshirish bepul
– Nyu-Yorkka safar xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul oziq-ovqat
– Konferensiya doirasida Impact Challenge musobaqasida qatnashib, gʻolib boʻlgan jamoaga 15 ming dollar mukofot

Arizalar 2023-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/business-today-international-conference/

@grantlar
👍55❤13🔥3
Oʻzbekiston: “Smart Rural Planning” yosh arxitektorlar va shaharsozlik mutaxassislari tanlovi!

Tanlovda 35 yoshdan oshmagan arxitektorlar, muhandislik va shaharsozlik mutaxassislari, shuningdek, shu sohalar boʻyicha tahsil oluvchi OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Tanlov nominatsiyalari:
– Smart rural settlement
: qishloq hududining bosh rejasi (master-plan) / kontseptual dizayni.
– Smart district: shahar / tumanning kontseptual loyihasi, bosh reja (master-plan).
– Green building: jamoat binosi yoki ijtimoiy obyektning loyihasi.

Mukofot: Har bir nominatsiya boʻyicha gʻoliblar grafik dasturlar bilan ishlashga moʻljallangan noutbuklar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil 30-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/smart-rural-planning-yosh-arxitektorlar-va-shaharsozlik-mutaxassislari-tanlovi/

@grantlar
👍25❤9
Universiti Brunei Darussalam: Bruneyda bepul PhD bosqichi, bepul turar joy, stipendiya va aviachipta!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri (TOP 256) Brunei Darussalam universiteti PhD bosqichi uchun 20 ta toʻliq grant taklif etadi. Darslar toʻliq ingliz tilida boʻladi (IELTS 6.0. kerak).

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi, qabul badali va registratsiya badali qoplanadi
– 1640 dollar oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Bruneyga borish va kelish uchun aviachipta
– Tadqiqot xarajatlari uchun 2240 dollargacha mablagʻ
– Viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/universiti-brunei-darussalam-bruneyda-bepul-doktorantura-bepul-turar-joy-stipendiya-va-aviachipta/

@grantlar
👍63❤9🔥5
Grant yutish boʻyicha qisqa maslahatlar

Biror grantga ariza topshirishda juda yoki nisbatan oddiy tuyulgan, eʼtiborda chetda qolishi mumkin boʻlgan hollar mavjud.

Bu postda shunday hollarning oldini olish boʻyicha qisqa eslatmalar bilan tanishasiz.

👉 QISQA MASLAHATLARNI O'QISH

@grantlar
👍31❤9
Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Kimlar qatnasha oladi?
– PhD darajasiga ega OTM oʻqituvchilari;
– Tadqiqotchilar;
– 10 yillik tajribaga ega tahlil markazlari, tegishli hukumat va nohukumat tashkilotlari xodimlari.

Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi (til sertifikati shart emas).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish uchun aviachipta.
– AQSHda yashash va faoliyat olib borish uchun toʻliq moliyaviy yordam.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Kasbiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Arizalar 2023-yil 16-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-fulbright-visiting-scholars/

@grantlar
👍58❤7🔥4
Young Founders Programme: Yosh tadbirkorlar uchun 6 oylik malaka oshirish va Berlinda 5 kunlik moliyalashtiriladigan konferensiya!

Dastur 25 nafar yosh yetakchi (tadbirkor)larga 6 oy davomida onlayn malaka oshirish, oʻz zamondoshlari va investorlar bilan tanishish imkonini beradi.

Manfaatli jihatlar:
– Qatnashish bepul
– Mentorlik yordami
– Tengdoshlardan oʻrganish va fikr almashish
– Ekspertlar tomonidan seminarlar
– Dasturning oldingi bitiruvchilar bilan aloqa oʻrnatish
– 10 nafar eng yaxshi ishtirokchi Berlindagi 5 kunlik konferensiyada qatnashadi, barcha xarajatlar qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 14-avgust 02:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/young-founders-programme-yosh-tadbirkorlar-uchun-malaka-oshirish-dasturi/

@grantlar
👍47🔥6❤5
Schwarzman Scholars: Dunyoning 14-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2023-yil 19-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
👍54🔥9❤7
Oʻzbekiston: Biotexnologiya boʻyicha bepul yozgi maktab – turar joy va kunlik xarajatlar qisman qoplanadi!

Dasturga biologiya, biotexnologiya, farmatsevtika va shu sohalarga aloqador yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari (2023-yilda oʻqishni bitirganlar ham) qatnashishi mumkin.

Mashgʻulotlar 2023-yil avgust oyida Toshkentdagi Ilgʻor texnologiyalar markazida oʻtkaziladi.

Taxminan 15 nafar talaba qabul qilinadi.

Dastur imtiyozlari:
– Qatnashish bepul
– Turar joy va kunlik xarajatlar qisman qoplanishi mumkin
– Maxsus sertifikat
– Movie night, Bowling day

Arizalar 2023-yil 21-iyul 18:00 gacha qabul qilinadi.

Arizani oʻzbek, rus yoki ingliz tilida topshirish mumkin.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ozbekiston-biotexnologiya-boyicha-bepul-yozgi-maktab/

@grantlar
👍35🔥20❤3