Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
AQSH: ayol-qizlarga bakalavriatda o'qish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!

AQSHdagi Simmons universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchi nomzodlarga Kotzen Scholarship grantini taklif qiladi.

Bu universitetning bakalavriat kurslariga faqat ayol-qizlar qabul qilinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilinadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat ta'minlanadi
– O'qish, tadqiqot xarajatlari uchun 3000 dollar mablag'ajratiladi

2024-yil kuzgi semestrda o'qishni boshlash uchun arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/simmons-university-aqsh-bakalavr-kursida-bepul-oqish-turar-joy-taminoti-oqish-xarajatlari-uchun-qoshimcha-3000-aqsh-dollari-miqdorida-yordam-puli/

@grantlar
👍56❤17
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2023-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
👍39🔥10
Getty Foundation: Olim va tadqiqotchilar uchun AQSHda 9 oygacha rezidensiya dasturi; stipendiya 65 ming dollargacha

Dasturda san’at va gumanitar fanlar sohasida PhD darajasiga ega olim va tadqiqotchilar qatnashishi mumkin. Dastur ishtirokchilarga oʻzlarining ilmiy tadqiqot loyihasi ustida ishlash uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Turar joy beriladi.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi.
– Tibbiy sug’urta qoplanadi.
– 21 500 dollardan 65 000 dollargacha stipendiya beriladi.

Arizalar 2023-yil 2-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/getty-foundation-olim-va-tadqiqotchilar-uchun-aqshda-9-oygacha-rezidensiya-dasturi/

@grantlar
👍34❤3
Urban.Tech Uzbekistan-2023 hakaton musobaqasi: mukofot jamgʻarmasi 200 mln soʻm!

Bu musobaqada 18-40 yoshli barcha qatnashishi mumkin. Musobaqa davomida ishtirokchilar 4 kishilik jamoa boʻlib, berilgan vazifaga yechim ishlab chiqadi.

Musobaqa yoʻnalishlari:
– AI in Social Life (Ijtimoiy hayotda SI)
– AI in Education (Fan va ta'limda SI)
– AI in Industry (Sanoat va ishlab chiqarishda SI)
– AI in Healthcare (Tibbiyot va sog'likda SI)

Jamoa boʻlib yoki yakka tartibda roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Mukofot: Har bir yoʻnalish boʻyicha gʻolib jamoa 50 mln soʻm bilan taqdirlanadi.

Nomzodlar 2023-yil 10-avgustgacha roʻyxatdan oʻtishi lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/urban-tech-uzbekistan-hakaton-musobaqasi/

@grantlar
👍37❤11🔥6
Princeton Arts Fellowships – Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish va malaka oshirish imkoniyati; yillik stipendiya – 90 000 dollar!

Dasturga ijodkorona yozish (Creative Writing), teatr va tasviriy sanʼat sohasidagi mutaxassislar va ijodkorlar taklif etiladi. Ishtirokchilar universitetda oʻz sohasi boʻyicha dars beradi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 90 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2023-yilning 1-iyulidan 12-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-arts-fellowships-aqshning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-dars-berish-imkoniyati/

@grantlar
👍37🔥10❤6
GCSP Prize – global xavfsizlikka oid innovatsion loyihalar uchun 11 660 dollar mukofot!

Dasturga yakka shaxslar, jamoalar yoki davlat va xususiy tashkilotlar ariza berishi mumkin (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 11 660 dollar va maxsus sertifikat
– 2- va 3-oʻrin: maxsus sertifikat

Arizalar 2023-yil 25-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gcsp-prize-global-xavfsizlikka-oid-innovatsion-loyihalar-uchun-mukofot/

@grantlar
👍37❤6🔥3
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 18 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2023-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍35❤16🔥2
ICYF International Media Training Camp: 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh!

Dasturda 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar qatnashishi mumkin. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Qatnashish bepul.
– Turar joy, oziq-ovqat va shaharga ekskursiyalar xarajati qoplanadi.
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy va sayohat sugʻrutasi xarajatlari qoplanadi.
– Sertifikat beriladi.

Arizalar 2023-yil 1-avgust soat tungi 01:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/icyf-international-media-training-camp/

@grantlar
👍33❤11🔥1
iF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro!

Tanlovga BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan biriga aloqador loyihalar qabul qilinadi.

Tanlova kompaniyalar, fondlar, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar ariza topshirishi mumkin.

Mukofot: Eng munosib loyiha(lar) 100 ming yevro mablagʻ bilan taʼminlanadi.

Arizalar 2023-yil 25-sentabrgacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/if-social-impact-prize-ijtimoiy-loyihalar-tanlovi-mukofot-jamgarmasi-100-000-yevro/

@grantlar
👍30❤6🔥2
Mentalaba.uz talabalarni o‘zlari istagan joyda ilm olish yo‘llari va imkoniyatlarini ko‘rsatadi, qulay yechimlar taklif qiladi.

Platformada foydalanuvchilar uchun oliy ta’lim muassasalari, professional ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumotlar va ularning manzil/aloqa ma’lumotlari bor.

Undan tashqari, mutaxassisliklar, mutaxassisliklar uchun oliy ta’lim muassasalari va professional ta’lim muassasalari kesimida yillik qabul kvotalari ham mavjud.

Shuningdek, oliy va o‘rta-maxsus ta’lim tizimidagi ko‘plab yangiliklar, imtihon natijalari, o‘tish ballari berib boriladi.

Platforma orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘qishga ariza topshirishingiz ham juda oson kechadi. Smartfondagi bir-ikkita barmoq harakatlari, passport, shahodatnoma, agar bor bo‘lsa sertifikat — bo‘ldi, ortiqcha narsa kerak emas.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram
👍29
Gwangju Institute of Science and Technology (GIST): Koreyada magistratura yoki PhD kursida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

GIST magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga turli grant va stipendiya dasturlarini taklif etadi.

Ushbu grant va stipendiyalarga alohida ariza topshirish shart emas, universitetdagi biror magistratura yoki PhD bosqichiga ariza topshirgan barcha nomzodlar grantlarga daʼvogar sifatida koʻrib chiqiladi.

Talabalar quyidagilardan biri yoki bir nechtasini qoʻlga kiritishi mumkin:
– Oʻqish toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi
– Oʻzlashtirishga qarab, oyiga 225 dollargacha stipendiya (1-semestrdan keyin)
– Tadqiqot loyihalarida ishtirok etuvchi talabalar uchun 8773 dollargacha yillik mablagʻ
– Koreyaga borish va qaytish uchun aviachipta

Arizalar 2023-yil 14-oktabrgacha qabul qilinadi (2024-yil bahorgi semestr uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gwangju-institute-of-science-and-technology-koreyada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍34❤12
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2023-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2024-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2023-yil1-dekabrdan 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ertaroq maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍63❤23🔥14
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2050 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (760 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1140 dollar).

Arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍43❤13🔥8
The CineSpace Film Competition: NASAdan qisqa metrajli filmlar tanlovi; mukofot – 10 000 dollargacha!

Tanlovga istalgan mavzu va janrdagi, 10 daqiqadan oshmaydigan qisqa video, qisqa film va raqamli media ishlari qabul qilinadi.

Filmlar ingliz tilida boʻlishi yoki ingliz tilidagi subtitr bilan birga topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 10 000 dollar
– 2-oʻrin: 5000 dollar
– 3-oʻrin: 3000 dollar

Arizalar 2023-yil 8-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-cinespace-film-competition-qisqa-metrajli-filmlar-uchun-10-000-aqsh-dollari-mukofot/

@grantlar
👍45❤9🔥9
Gollandiya: Dunyodagi 77-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar

Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega boʻladi:
– Kontrakt summasiga 10 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasiga 15 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasi yiliga 2314 yevro chegirma.

Arizalar 2023-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi (o'qish 2024-yil fevraldan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leiden-university-excellence-scholarship-gollandiyada-magistratura/

@grantlar
👍40❤8
Qirgʻiziston: Tinchlik va ziddiyatlar mavzusida 5 kunlik trening!

Bishkekdagi OSCE akademiyasi 2023-yil 17-21-sentabr kunlari Bishkekda oʻtkaziladigan Tinchlik va ziddiyatlar mavzusidagi treningga taklif etmoqda.

Trening afzalliklari:
– Ishtirok etish bepul.
– Qirgʻizistonga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
– Trening yakunida sertifikat taqdim etiladi.

Arizalar 2023-yil 31-iyul 22:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-academy-training-in-peace-and-conflict/

@grantlar
👍56❤11🔥10
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3500 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2023-yil 15-oktabrdan 2024-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
👍41❤9
Dunyoning 32-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Britaniyadagi Manchester universiteti buxgalteriya va moliya hamda biznes va boshqaruvga oid 15 ta magistrlik kurslarida oʻqish uchun Alliance MBS grantini taqdim etadi.

Bu grant har yili kuzgi semestrdan oʻqish uchun taklif etiladi va tegishli magistrlik kurslariga ariza topshirganlar avtomatik tarzda ushbu grantda talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Navbatdagi eng yaqin qabul 2024-yil mart-aprel oylarida boshlanadi (2024-yil kuzidan boshlab oʻqish uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-manchester-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍39❤9🔥3
Gollandiyada magistraturada tahsil olish uchun to‘liq va qisman grantlar!

Gollandiyadagi Amsterdam ozod universiteti ingliz tilidagi magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga VU Fellowship Programme grant dasturini taklif etadi.

Nomzodlar quyidagilardan birini qoʻlga kiritishi mumkin:
– Kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi va umumiy 5000-10 000 yevro stipendiya.
– Faqat kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Faqat 5000-10 000 yevro stipendiya.

Arizalar 2023-yil 1-oktabrdan 1-dekabrgacha qabul qilinadi (2024-yil sentabrdan oʻqishni boshlash uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gollandiya-magistraturada-tahsil-olish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍28❤11
Grantga hujjat topshirishdagi muhim qoida: qabulning oxirgi kunini kutmang

Biror grant yoki dasturga ariza topshirishni oxirgi kun/daqiqaga taqash bir qancha koʻngilsiz oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin.

Quyidagi maqolada bu haqida batafsil tanishishingiz mumkin.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/grantga-hujjat-topshirishdagi-muhim-qoida-qabulning-oxirgi-kunini-kutmang/

@grantlar
👍34❤6