Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
ERP Study Scholarships (DAAD): Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Dasturga iqtisod mutaxassisliklari va/yoki biznes boshqaruvi sohasida bakalavrlik diplomiga ega boʻlgan yoki bu diplomni 2024-yil iyul oyigacha qoʻlga kiritadigan nomzodlar topshirishi mumkin.

Nomzod ingliz yoki nemis tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– 850 yevro oylik stipendiya.
– Oʻquv xarajatlari uchun yiliga 460 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Zarur hollarda 2 oylik bepul nemis tili kursi.

Arizalar 2023-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erp-study-scholarships-daad-germaniyada-iqtisodiyot-va-biznes-boshqaruvi-boyicha-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍35❤13🔥3
FLEX dasturiga qabul boshlandi!

FLEX dasturi maktabning 9-10-sinf o'quvchilari hamda litsey va kollejning 1-kurs oʻquvchilari uchun AQSHda 1 yil davomida yashash va oʻqish imkoniyatini beradi.

Manfaatli tomonlari:
– AQSHga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Mezbon oilada bir yil mobaynida bepul yashash imkoniyati
– Amerikadagi oʻrta maktabga roʻyxatga olinadi va 1 yil davomida oʻqiladi
– Oldidan tayyorlov mashgʻulotlari
– AQSHda tashkil etiladigan mahalliy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati
– Bepul tibbiy sug‘urta

Arizalar qabul 2023-yil 28-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilari-uchun-toliq-grant-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
🔥107👍69❤23
Kanada: dunyoning 31-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati!

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, tibbiyot, stomatologiya, huquq, musiqa, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1500 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3700 dollargacha grant

Arizalar 2023-yil 24-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍70❤11🔥5
FLEX boʻyicha savollarga javoblar

2023-yil 1-avgustdan FLEX dasturiga qabul boshlangani haqida xabar qilgan edik.

Bugun eʼtiboringizga shu dastur boʻyicha eng koʻp beriladigan savollar va ularning javoblarini havola qilamiz.

Maʼlumotlarni diqqat bilan oʻqib chiqish tavsiya qilinadi.

👉 SAVOLLAR VA JAVOBLAR 👈

👉 FLEX dasturi haqida 👈

@grantlar
👍21🔥14❤2
The Young Leadership Program: 18-25 yoshli nomzodlar uchun yetakchilik boʻyicha 3 oylik bepul dastur

Bu dastur 18-25 yoshli Oʻzbekiston fuqarolari uchun moʻljallangan. Dastur doirasida mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan uchrashuvlar, keyslar tahlili, joylarga safarlar tashkil etiladi (ingliz tilida).

Moddiy imtiyoz: Qabul qilingan ishtirokchilar 3 oylik ushbu dasturda bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Arizalar 2023-yil 18-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-young-leadership-program-3-oylik-bepul-kurs/

@grantlar
👍51❤3🔥2
Oʻzbekiston: “Smart Rural Planning” yosh arxitektorlar va shaharsozlik mutaxassislari tanlovi!

Tanlovda 35 yoshdan oshmagan arxitektorlar, muhandislik va shaharsozlik mutaxassislari, shuningdek, shu sohalar boʻyicha tahsil oluvchi OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Tanlov nominatsiyalari:
– Smart rural settlement
: qishloq hududining bosh rejasi (master-plan) / kontseptual dizayni.
– Smart district: shahar / tumanning kontseptual loyihasi, bosh reja (master-plan).
– Green building: jamoat binosi yoki ijtimoiy obyektning loyihasi.

Mukofot: Har bir nominatsiya boʻyicha gʻoliblar grafik dasturlar bilan ishlashga moʻljallangan noutbuklar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil 31-avgust 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/smart-rural-planning-yosh-arxitektorlar-va-shaharsozlik-mutaxassislari-tanlovi/

@grantlar
👍34❤1
Yosh tadqiqotchi ayol-qizlar uchun bepul 5 kunlik ilm-fan oromgohi

Bu dasturga O’zbekistondagi ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanuvchi ayol-qizlar ariza topshirishi mumkin.

Mashgʻlotlar 2023-yil 18-22-avgust kunlari Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Semurg‘” oromgohida oʻtkaziladi.

Moddiy imtiyozi:
– Qatnashish bepul
– Ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi

Arizalar 2023-yil 10-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yosh-tadqiqotchi-ayol-qizlar-uchun-bepul-5-kunlik-ilm-fan-oromgohi/

@grantlar
👍40❤11🔥6
ICYF International Conflict Resolution Camp: 18-35 yoshlilar uchun Turkiyada 6 bepul kunlik oromgoh!

Bu dasturga nizolarni hal qilish, tinchlik oʻrnatish sohasiga qiziquvchi 18-35 yoshli nomzodlar ariza berishi mumkin.

Oromgoh sanalari:
– 2023-yil 2-7-noyabr: ayol-qizlar uchun
– 2023-yil 9-14-noyabr: erkaklar uchun

Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– ishtirok etish bepul
– Turar joy, oziq-ovqat va shaharga ekskursiyalar xarajati qoplanadi
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
– Maxsus sertifikat beriladi

Arizalar 2023-yil 26-avgust tungi 01:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/icyf-international-conflict-resolution-camp/

@grantlar
👍70❤9🔥7
Harvard Radcliffe Fellowship Program: Turli soha vakillari uchun AQSHda 9 oylik amaliyot!

Dasturga deyarli barcha soha vakillari topshira oladi. Yiliga oʻrtacha 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Qabul qilinganlar oʻz sohasiga oid tadqiqot loyihasi ustida ishlaydi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Umumiy 78 ming AQSH dollari stipendiya
– Loyiha xarajatlari uchun 5000 AQSH dollari
– Koʻchish, oila aʼzolari turar joyi, bola parvarishi va boshqalar uchun ham qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi mumkin

Arizalar 2023-yil 5-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-radcliffe-fellowship-program/

@grantlar
👍64❤19🔥11
FLEX dasturi boʻyicha dasturning rasmiy vakillari bilan onlayn vebinar

FLEX dasturining rasmiy vakillari Emily Olmstead va Azim Khasanov FLEX dasturi va unga ariza topshirish bosqichlari haqida onlayn vebinar tashkil etilmoqda. Ishtirok etish mutlaqo bepul va ro'yxatdan o'tish talab etilmaydi.

🕐 O'tkazilish vaqti:
2023-yil 4-avgust, soat 15:00 da

📍O'tkazilish joyi: onlayn, ZOOM platformasida

🔗 Vebinarga qo'shilish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/89118558627?pwd=djJtTWgvZ3lhMWFTTWljeG5tUVdXQT09

Vebinarda dastur haqida batafsil maʼlumot olishingiz va savollaringizni soʻrashingiz mumkin.

FLEX dasturiga arizalar faqat RASMIY PORTAL orqali BEPUL qabul qilinadi.

👉 FLEX dasturi haqida batafsil

👉 FLEX haqida savol-javoblar

@grantlar_namuna
👍47❤10🔥4
Model OSCE 2023 for Central Asia: 18-29 yoshililar uchun Turkiyada 5 kunlik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga Markaziy Osiyo davlatlaridan jami 25 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Ishtirokchilar nizolarni hal qilish simulyatsiyasida qatnashadi (2023-yil 25-29-sentabr).

Nomzodlardan rus va ingliz tillarida erkin muloqot qilish talab etiladi.

Moddiy imkoniyatlar:
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 13-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/model-osce-for-central-asia-fully-funded/

@grantlar
👍45❤8
AQSH: ayol-qizlarga bakalavriatda o'qish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!

AQSHdagi Simmons universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchi nomzodlarga Kotzen Scholarship grantini taklif qiladi.

Bu universitetning bakalavriat kurslariga faqat ayol-qizlar qabul qilinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilinadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat ta'minlanadi
– O'qish, tadqiqot xarajatlari uchun 3000 dollar mablag'ajratiladi

2024-yil kuzgi semestrda o'qishni boshlash uchun arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/simmons-university-aqsh-bakalavr-kursida-bepul-oqish-turar-joy-taminoti-oqish-xarajatlari-uchun-qoshimcha-3000-aqsh-dollari-miqdorida-yordam-puli/

@grantlar
👍52❤12🔥12
AQSHda huquq boʻyicha magistratura PhD bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 marta qabul qilinadi. 2023-yildagi qabulning oxirgi muddati – 2023-yil 1-noyabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍34❤6🔥2
Germaniya: Musiqa yoʻnalishida magistratura yoki malaka oshirish kurslari uchun stipendiya!

Dastur Germaniya oliygohlarida musiqa yoʻnalishida bakalavriatdan keyingi bosqichlarda tahsil olish yoki malaka oshirish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 934 yevro oylik stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Oʻqish va tadqiqotlar uchun bir martalik mablagʻ
– Tibbiy sugʻurta

Arizalar 2023-yil 28-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-musiqa-yonalishida-magistratura-yoki-malaka-oshirish-kurslari-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍18❤8
Germaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun DAAD grantlari

DAAD tomonidan taqdim etiladigan “Master Studies for All Academic Disciplines” grantlari deyarli barcha sohalar boʻyicha magistraturani Germaniyada oʻqish imkonini beradi (ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin).

Universitetni bitirganiga 6 yildan oshmagan yoki 2024-yili bakalavriatni bitiruvchilar ariza berishi mumkin.

Grant imtiyozlari:
– Oyiga 934 yevro stipendiya
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Oʻqish va tadqiqot xarajatlari uchun bir martalik mablagʻ va boshqalar.

Arizalar 2023-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Oʻqish 2024-yil kuzidan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniyada-oqish-uchun-daad-grantlari/

@grantlar
👍55❤13🔥10
DAAD dasturi g’olibi bilan ovozli suhbat

Bugun Germaniyada magistratura bosqichida o’qish uchun barcha xarajatlari qoplanadigan nufuzli dastur — DAAD dasturi g’olibi Diyorbek Toshniyozov bilan suhbat tashkillamoqchimiz.

Diyorbek Toshniyozov — Turin Politexnika universiteti bakalavr bitiruvchisi.

Diyorbek DAAD All studies — barcha yo’nalishlar bo’yicha magistraturada o’qish uchun Germaniyaning Potsdam Universitetida Geologiya fakultetiga qabul qilingan va hozirda Germaniyaning Leipzig shahrida yashab kelmoqda.

Suhbat vaqti: 2023-yil 6-avgust 20:00 da.
O’tkazilish joyi: @grantlar_namuna telegram kanali

Suhbat davomida Diyorbek DAAD dasturiga ariza topshirmoqchi bo’lgan yoshlar uchun o’z maslahat va tavsiyalarini beradi.

Suhbat ishtirokchilari dastur bo’yicha o’zlarining qiziqtirgan savollariga Diyorbekdan javob olishlari mumkin.

@grantlar_namuna
👍51❤15🔥12
AAUW International Fellowships: AQSHda magistratura, doktoranturada o’qish va  postdoktorlik tadqiqoti uchun 50 000 dollargacha grant

Bu grant faqat ayol-qizlar uchun ajratiladi. Nomzodlardan kamida IELTS 6.5 yoki shunga teng til sertifikati so'raladi.

Grant miqdori: Grant sohibalariga ta'lim xarajatlariga ishlatish uchun yillik 20 ming dollardan 50 ming dollargacha grant ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aauw-international-fellowships-magistratura-doktoranturada-oqish-va-postdoktorlik-tadqiqoti-uchun-grant/

@grantlar
👍25❤24
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2023-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍53❤14
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatorda oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3000 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 300 AQSh dollaridan pul mukofoti.
– Eng yaxshi 12 ta sheʼr Winning Writers saytiga joylanadi.

Sheʼrlar 2023-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍36❤11🔥4