Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Yosh tadqiqotchi ayol-qizlar uchun bepul 5 kunlik ilm-fan oromgohi

Bu dasturga O’zbekistondagi ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanuvchi ayol-qizlar ariza topshirishi mumkin.

Mashgʻlotlar 2023-yil 18-22-avgust kunlari Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Semurg‘” oromgohida oʻtkaziladi.

Moddiy imtiyozi:
– Qatnashish bepul
– Ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi

Arizalar 2023-yil 10-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yosh-tadqiqotchi-ayol-qizlar-uchun-bepul-5-kunlik-ilm-fan-oromgohi/

@grantlar
👍40❤11🔥6
ICYF International Conflict Resolution Camp: 18-35 yoshlilar uchun Turkiyada 6 bepul kunlik oromgoh!

Bu dasturga nizolarni hal qilish, tinchlik oʻrnatish sohasiga qiziquvchi 18-35 yoshli nomzodlar ariza berishi mumkin.

Oromgoh sanalari:
– 2023-yil 2-7-noyabr: ayol-qizlar uchun
– 2023-yil 9-14-noyabr: erkaklar uchun

Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– ishtirok etish bepul
– Turar joy, oziq-ovqat va shaharga ekskursiyalar xarajati qoplanadi
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
– Maxsus sertifikat beriladi

Arizalar 2023-yil 26-avgust tungi 01:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/icyf-international-conflict-resolution-camp/

@grantlar
👍70❤9🔥7
Harvard Radcliffe Fellowship Program: Turli soha vakillari uchun AQSHda 9 oylik amaliyot!

Dasturga deyarli barcha soha vakillari topshira oladi. Yiliga oʻrtacha 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Qabul qilinganlar oʻz sohasiga oid tadqiqot loyihasi ustida ishlaydi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Umumiy 78 ming AQSH dollari stipendiya
– Loyiha xarajatlari uchun 5000 AQSH dollari
– Koʻchish, oila aʼzolari turar joyi, bola parvarishi va boshqalar uchun ham qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi mumkin

Arizalar 2023-yil 5-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-radcliffe-fellowship-program/

@grantlar
👍64❤19🔥11
FLEX dasturi boʻyicha dasturning rasmiy vakillari bilan onlayn vebinar

FLEX dasturining rasmiy vakillari Emily Olmstead va Azim Khasanov FLEX dasturi va unga ariza topshirish bosqichlari haqida onlayn vebinar tashkil etilmoqda. Ishtirok etish mutlaqo bepul va ro'yxatdan o'tish talab etilmaydi.

🕐 O'tkazilish vaqti:
2023-yil 4-avgust, soat 15:00 da

📍O'tkazilish joyi: onlayn, ZOOM platformasida

🔗 Vebinarga qo'shilish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/89118558627?pwd=djJtTWgvZ3lhMWFTTWljeG5tUVdXQT09

Vebinarda dastur haqida batafsil maʼlumot olishingiz va savollaringizni soʻrashingiz mumkin.

FLEX dasturiga arizalar faqat RASMIY PORTAL orqali BEPUL qabul qilinadi.

👉 FLEX dasturi haqida batafsil

👉 FLEX haqida savol-javoblar

@grantlar_namuna
👍47❤10🔥4
Model OSCE 2023 for Central Asia: 18-29 yoshililar uchun Turkiyada 5 kunlik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga Markaziy Osiyo davlatlaridan jami 25 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Ishtirokchilar nizolarni hal qilish simulyatsiyasida qatnashadi (2023-yil 25-29-sentabr).

Nomzodlardan rus va ingliz tillarida erkin muloqot qilish talab etiladi.

Moddiy imkoniyatlar:
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 13-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/model-osce-for-central-asia-fully-funded/

@grantlar
👍45❤8
AQSH: ayol-qizlarga bakalavriatda o'qish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!

AQSHdagi Simmons universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchi nomzodlarga Kotzen Scholarship grantini taklif qiladi.

Bu universitetning bakalavriat kurslariga faqat ayol-qizlar qabul qilinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilinadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat ta'minlanadi
– O'qish, tadqiqot xarajatlari uchun 3000 dollar mablag'ajratiladi

2024-yil kuzgi semestrda o'qishni boshlash uchun arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/simmons-university-aqsh-bakalavr-kursida-bepul-oqish-turar-joy-taminoti-oqish-xarajatlari-uchun-qoshimcha-3000-aqsh-dollari-miqdorida-yordam-puli/

@grantlar
👍52❤12🔥12
AQSHda huquq boʻyicha magistratura PhD bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 marta qabul qilinadi. 2023-yildagi qabulning oxirgi muddati – 2023-yil 1-noyabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍34❤6🔥2
Germaniya: Musiqa yoʻnalishida magistratura yoki malaka oshirish kurslari uchun stipendiya!

Dastur Germaniya oliygohlarida musiqa yoʻnalishida bakalavriatdan keyingi bosqichlarda tahsil olish yoki malaka oshirish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 934 yevro oylik stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Oʻqish va tadqiqotlar uchun bir martalik mablagʻ
– Tibbiy sugʻurta

Arizalar 2023-yil 28-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-musiqa-yonalishida-magistratura-yoki-malaka-oshirish-kurslari-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍18❤8
Germaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun DAAD grantlari

DAAD tomonidan taqdim etiladigan “Master Studies for All Academic Disciplines” grantlari deyarli barcha sohalar boʻyicha magistraturani Germaniyada oʻqish imkonini beradi (ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin).

Universitetni bitirganiga 6 yildan oshmagan yoki 2024-yili bakalavriatni bitiruvchilar ariza berishi mumkin.

Grant imtiyozlari:
– Oyiga 934 yevro stipendiya
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Oʻqish va tadqiqot xarajatlari uchun bir martalik mablagʻ va boshqalar.

Arizalar 2023-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Oʻqish 2024-yil kuzidan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniyada-oqish-uchun-daad-grantlari/

@grantlar
👍55❤13🔥10
DAAD dasturi g’olibi bilan ovozli suhbat

Bugun Germaniyada magistratura bosqichida o’qish uchun barcha xarajatlari qoplanadigan nufuzli dastur — DAAD dasturi g’olibi Diyorbek Toshniyozov bilan suhbat tashkillamoqchimiz.

Diyorbek Toshniyozov — Turin Politexnika universiteti bakalavr bitiruvchisi.

Diyorbek DAAD All studies — barcha yo’nalishlar bo’yicha magistraturada o’qish uchun Germaniyaning Potsdam Universitetida Geologiya fakultetiga qabul qilingan va hozirda Germaniyaning Leipzig shahrida yashab kelmoqda.

Suhbat vaqti: 2023-yil 6-avgust 20:00 da.
O’tkazilish joyi: @grantlar_namuna telegram kanali

Suhbat davomida Diyorbek DAAD dasturiga ariza topshirmoqchi bo’lgan yoshlar uchun o’z maslahat va tavsiyalarini beradi.

Suhbat ishtirokchilari dastur bo’yicha o’zlarining qiziqtirgan savollariga Diyorbekdan javob olishlari mumkin.

@grantlar_namuna
👍51❤15🔥12
AAUW International Fellowships: AQSHda magistratura, doktoranturada o’qish va  postdoktorlik tadqiqoti uchun 50 000 dollargacha grant

Bu grant faqat ayol-qizlar uchun ajratiladi. Nomzodlardan kamida IELTS 6.5 yoki shunga teng til sertifikati so'raladi.

Grant miqdori: Grant sohibalariga ta'lim xarajatlariga ishlatish uchun yillik 20 ming dollardan 50 ming dollargacha grant ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aauw-international-fellowships-magistratura-doktoranturada-oqish-va-postdoktorlik-tadqiqoti-uchun-grant/

@grantlar
👍25❤24
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2023-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍53❤14
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatorda oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3000 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3000 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 300 AQSh dollaridan pul mukofoti.
– Eng yaxshi 12 ta sheʼr Winning Writers saytiga joylanadi.

Sheʼrlar 2023-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍36❤11🔥4
World Children’s Picture Contest: 6-15 yoshdagi bolalar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Yaponiyaning IE-NO-HIKARI jurnali nashriyoti tomonidan “Jahon bolalar rasmlari tanlovi” ishlar qabul qilinmoqda. Bu tanlovda 6-15 yoshli barcha bolalar oʻzlari chizgan rasmlar bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 20 nafar gʻolib uchun “Oltin mukofoti”, boʻyoqlar toʻplami
– 40 nafar sovrindor uchun “Kumush mukofoti”
– 60 nafar sovrindor uchun “Bronza mukofoti”
– 80 nafar ishtirokchi alohida eʼtirfo etiladi
– Barcha g'oliblar o’z ishlarining rasmi tushirilgan statuetka va maxsus esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi

Ishlar 2023-yil 2-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-childrens-picture-contest-6-15-yoshdagi-bolalar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
👍33❤6🔥4
Grantlar.uz jamoasi Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatib, oʻqish uchun qolgan hamyurtimiz – Nargiza Numonjonova bilan Au Pair dastur haqida suhbat qilgan.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:

👉 Au Pair qanday dastur?

👉 Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?

👉 Qanday hujjat topshirish mumkin?

👉 Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqing👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyaga-au-pair-dasturi-orqali-borish-haqida-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍43❤17
Digital Communication Network: Qozogʻistonda 2 kunlik forum – barcha xarajatlar qoplanadi!

Forum 2023-yil 20-21-sentyabr kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Forum mavzulari:
– IT infratuzilmasini mustahkamlash.
– Internetdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish.
– Raqamli savodxonlikni oshirish.

Tegishli sohalar boʻyicha qiziqish va tajribaga ega 18-35 yoshli nomzodlar qatnashishi mumkin.

Moddiy taʼminot:
– Borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Mehmonxonadan bepul xona ajratiladi
– Bepul oziq-ovqat bilan taʼminlanadi

Arizalar 2023-yil 20-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/igital-communication-network-qozogistonda-barcha-xarajatlari-qoplanuvchi-forum/

@grantlar
👍44🔥6❤4
FLEX gʻolibi bilan ovozli chat!

@Grantlar_namuna kanali jamoasi FLEX dasturini yutib olgan hamyurtimiz – Akhtamov Zafar bilan ovozli chat oʻtkazadi.

Chat davomida Zafar bilan dastur, ariza topshirish jarayoni va uni qoʻlga kiritishdagi muhim jihatlar haqida suhbatlashamiz. Shuningdek, Zafardan dastur haqidagi savollaringizni soʻrashingiz ham mumkin boʻladi.

Ovozli chat manzili: @grantlar_namuna

O'tkaziladigan vaqt: 2023-yil, 9-avgust, soat 20:00.

Maʼlumot uchun: FLEX dasturi maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilariga 1 yil AQSHda oʻqish imkonini beradi. Oʻqish xarajatlari toʻliq qoplanadi. Qabul 2023-yil, 28-sentyabrgacha davom etadi.

P.S. Suhbatdan oldin FLEX haqida MAQOLA bilan albatta tanishib chiqing.

@grantlar_namuna
👍54❤4🔥2
International Diversity Scholarship: AQShdagi Maryville College bakalavriat kurslarida bepul o’qish imkoniyati!

Maryville College bakalavriatda oʻqishni xohlaydigan xorijiy talabalarga International Diversity Scholarship grantini taklif qiladi.

Grantni oliygohdagi istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyati: Grantni yutib olgan talaba 4 yillik oʻqish davomida kotrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2024-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Oʻqish 2024-yil sentabrdan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-diversity-award-aqsh-bakalavr-kurslarida-bepul-oqish-uchun-grant/

@grantlar
👍44🔥12❤4
DAAD dasturiga ariza topshiruvchilar uchun manbalar

Hozirda Germaniyada magistraturani toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi DAAD grantlariga arizalar qabul qilinmoqda.

Hozirga qadar DAAD bilan bogʻliq bir qancha materiallar tayyorlangan.

Ularni eʼtiboringizga havola qilamiz.

👉 DAAD grantini yutgan oʻzbek talabaning hujjatlari

👉 DAAD grantini yutgan oʻzbek talaba bilan suhbat

👉 DAAD tomonidan “Master Studies for All Academic Disciplines” grantlari

👉 Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun DAAD granti

@grantlar
👍21❤8🔥1
Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2023-2024-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1500 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/biznes-tadbirkorlik-sohasi-talabalari-uchun-tanlov-mukofot-2000-kanada-dollari/

@grantlar
👍40🔥11❤5