Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Schwarzman Scholars: Dunyoning 14-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha!

Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.

Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.

Bu yilgi qabul 2023-yil 19-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/

@grantlar
👍31❤9🔥4
Wake Forest University: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va o'ziq-ovqat!

AQShda joylashgan Wake Forest universiteti bakalavriat bosqichiga topshiruvchi nomzodlarga Guy T. Carswell Scholarships grantlarini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Shaxsiy xarajatlar uchun 3400 AQSh dollar mablagʻ ajratiladi.
– Tadqiqotlar uchun qoʻshimcha 5000 dollarlik yordam puliga ariza berish mumkin.

Bu grant yiliga 5 nafargacha talabaga ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wake-forest-university-aqshda-bepul-oqish-bepul-yotoqxona-va-ovqatlanish-uchun-grant-stipendiya-3-400-dollar/

@grantlar
👍36❤16🔥4
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2023-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2024-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2023-yil1-dekabrdan 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ertaroq maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍45🔥19❤3
FLEX boʻyicha kerakli manbalar

Grantlar.uz jamoasi FLEX dasturiga ariza topshirayotganlar uchun zaruriy manbalarni tayyorlagan.

Ularni eʼtiboringizga havola qilamiz:

👉 FLEX dasturi haqida batafsil

👉 FLEX dasturiga topshirish bo'yicha qadamma-qadam qo'llanma (3 xil tilda)

👉 FLEX dasturiga oid muhim savollarga javoblar

👉 FLEX gʻolibi bilan ovozli suhbat

👉 FLEX dasturi boʻyicha savol-javob guruhi

Maʼlumot uchun: FLEX dasturi maktabning 9-10-sinf oʻquvchilari va kollej/litseyning 1-kurs oʻquvchilarga AQSHda 1 yil oʻqish imkonini beradi; dasturda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi.

@grantlar
👍27🔥14
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍25🔥8
Boston University: AQSHda bakalavr bosqichini o'qish uchun to'liq grant; joy – 20 ta!

AQSHdagi Boston universiteti istalgan bakalavrlik dasturida oʻqish uchun Trustee Scholarship grantini taklif qiladi. Har yili taxminan 20 ta talaba bu grant bilan taqdirlanadi.

Grant mkoniyatlari:
– Kontrakt pulida toʻliq ozod qiladi (4 yilgacha)
– Boshqa majburiy talabalik toʻlovlaridan ozod qiladi

Arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/boston-university-bakalavr-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍60❤21🔥3
National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!

Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 funt-streling.
– 2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
– 3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
– Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 200 funt-sterling.

Sheʼrlar qabuli 2023-yil 31-oktyabrgacha davom davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
👍22❤7
Boston University Presidential Scholarship (AQSH): Bakalavr bosqichi uchun 100 000 AQSh dollar grant

Bu grant universitetda mavjud barcha bakalavriat yoʻnalishlari uchun taqdim etiladi.

Boston universiteti QS reytingi boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 93-oʻrinni egallab turibdi.

Grant miqdori: Bu grantni yutganlar uchun kontrakt summasiga yiliga 25 ming dollar (4 yilga 100 ming dollar) chegirma qilinadi.

Arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yilda boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/boston-university-presidential-scholarship-bakalavr-bosqichi-uchun-100-000-aqsh-dollar/

@grantlar
👍32❤8🔥7
Dunyoning 32-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Britaniyadagi Manchester universiteti buxgalteriya va moliya hamda biznes va boshqaruvga oid 15 ta magistrlik kurslarida oʻqish uchun Alliance MBS grantini taqdim etadi.

Bu grant har yili kuzgi semestrdan oʻqish uchun taklif etiladi va tegishli magistrlik kurslariga ariza topshirganlar avtomatik tarzda ushbu grantda talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt toʻlovini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Navbatdagi eng yaqin qabul 2024-yil mart-aprel oylarida boshlanadi (2024-yil kuzidan boshlab oʻqish uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-manchester-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍46❤15🔥1
DAAD ERP dasturi gʻolibi Ismoil Karimov bilan suhbat

Hozirda magistraturani Germaniyada toʻliq grant asosida oʻqish imkonini DAAD ERP dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Grantlar.uz jamoasi shu grantni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz Ismoil Karimov bilan suhbat qildi.

Suhbatda Ismoil ushbu grantga ariza topshirish, suhbat jarayoni, grantni qoʻlga kiritishga taʼsir qiluvchi omillar haqida maʼlumot bergan.

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/daad-erp-dasturi-golibi-ismoil-karimov-bilan-suhbat/

👉 DAAD ERP granti haqida

@grantlar
👍50❤21🔥14
Toshkentda “Koreyada taʼlim” yarmarkasi – ishtirok etish bepul!

Seulda (Janubiy Koreya) joylashgan International Graduate School of Language Education (IGSE) oliygohi ingliz tilini oʻqitish (TESOL) boʻyicha magistraturani Koreyada oʻqishni xohlovchilar uchun “Koreyada taʼlim“ yarmarkasini tashkil etmoqda.

IGSE – ingliz tilini oʻqitish (TESOL) boʻyicha magistrlik dasturiga ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasasidir.

IGSE professorlari va xodimlari joriy yilning sentabr oyida Toshkentda taʼlim yarmarkasini tashkil qilmoqda. Bunda ushbu oliygihdagi "MA in TESOL" dasturiga qabul jarayoni, o'qish, grantlar va boshqalar haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

Yarmarka tafsilotlari:
– Vaqti:
2023-yil 14-16-sentabr, 10:00-17:00
– Qayerda: Toshkentdagi Koreya ta'lim markazida
– Formati: Yuzma-yuz uchrashuv va konsultatsiya shaklida o'tkaziladi
– Kim uchun: Janubiy Koreyada "MA in TESOL" magistrlk dasturini o'qishni xohlovchilar uchun
– Qabul talablari: Kamida IELTS 5,5 va istalgan soha bo'yicha bakavrlik diplomiga ega bo'lsangiz, IGSE oliygohidagi “MA in TESOL” dasturiga ariza topshira olasiz

Ishtirok etish uchun BU SO'ROVNOMANI to'ldiring.

Eslatma: Ishtirok etmoqchi boʻlganlar yuqoridagi soʻrovnimada oʻzi belgilagan kun va vaqtda Toshkentdagi Koreya ta'lim markaziga borishi kerak.

📍Toshkentdagi Koreya taʼlim markazi manzili

@grantlar
👍52❤8🔥1
GCSP Prize – global xavfsizlikka oid innovatsion loyihalar uchun 11 660 dollar mukofot!

Dasturga yakka shaxslar, jamoalar yoki davlat va xususiy tashkilotlar ariza berishi mumkin (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 11 660 dollar va maxsus sertifikat
– 2- va 3-oʻrin: maxsus sertifikat

Arizalar 2023-yil 25-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gcsp-prize-global-xavfsizlikka-oid-innovatsion-loyihalar-uchun-mukofot/

@grantlar
👍30🔥2❤1
Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun: Erasmus Mundus dasturi magistraturani Yevropa davlatlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi (oylik stipendiya 1400 yevro, borish-kelish, sugʻurta va boshqa xarajatlar qoplanadi).

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
– “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

Oʻqish uchun deyarli barcha sohalar mavjud.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
👍51🔥4❤2
Gwangju Institute of Science and Technology (GIST): Koreyada magistratura yoki PhD kursida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

GIST magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga turli grant va stipendiya dasturlarini taklif etadi.

Ushbu grant va stipendiyalarga alohida ariza topshirish shart emas, universitetdagi biror magistratura yoki PhD bosqichiga ariza topshirgan barcha nomzodlar grantlarga daʼvogar sifatida koʻrib chiqiladi.

Talabalar quyidagilardan biri yoki bir nechtasini qoʻlga kiritishi mumkin:
– Oʻqish toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi
– Oʻzlashtirishga qarab, oyiga 225 dollargacha stipendiya (1-semestrdan keyin)
– Tadqiqot loyihalarida ishtirok etuvchi talabalar uchun 8773 dollargacha yillik mablagʻ
– Koreyaga borish va qaytish uchun aviachipta

Arizalar 2023-yil 14-oktabrgacha qabul qilinadi (2024-yil bahorgi semestr uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gwangju-institute-of-science-and-technology-koreyada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍38❤12🔥1
🇺🇸 CEE: AQSHda bepul malaka oshirish dasturi ishtirokchisi bilan jonli ovozli suhbat

Bu galgi suhbatmiz AQSHda 3 oy malaka oshirish dasturida qatnashib kelgan Muhabbat Mamirova bilan bo'lib o'tadi.

Muhabbat Mamirova — Community Engagement Exchange (CEE) dasturi g'olibi, 2023-yil 17-apreldan 21-iyulga qadar AQSHning Vashington, Kolumbiya Okrugida malaka oshirib qaytgan.

Suhbat davomida quyidagi savollarga javob olamiz:
— CEE dasturi o'zi nima?
— Dasturda kimlar qatnasha oladi?
— Dastur imkoniyatlari qanday?
— Ariza topshirish bosqichlari, unda e'tibor berish kerak bo'lgan jihatlar va boshqalar.

Suhbat vaqti: 2023-yil 20-avgust, 21:00 da
Suhbat manzili: @Grantlar_namuna telegram kanali

Suhbat davomida o'zingizni qiziqtirgan savollaringizga Muhabbat Mamirovadan javob olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
👍51❤9🔥2
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1450 dollargacha oylik stipendiya!

Nomzodlar ingliz yoki yapon tilida oʻqishi mumkin, biroq bu grantga ariza topshira olish uchun yapon tilini suhbatlasha oladigan darajada bilishi kerak.

Grant imkoniyati:
– Taxminan 5 nafar gʻolibning har biriga oʻqishini tugatguncha 1100 dollardan 1450 dollargacha oylik stipendiya beriladi.

Arizalar 2023-yil 1-oktabrdan 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/honjo-international-scholarship-foundation-yaponiyada-bakalavriatdan-keyingi-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiya/

@grantlar
👍19❤9
AQSH universitetlariga (bakalavriat) hujjat topshirishda sifatli yordam xizmati

@Grantlar_namuna loyihasi AQSH universitetlarining bakalavriat bosqichiga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar uchun yordam xizmatlarini yoʻlga qoʻydi.

Xizmatlar oʻzi AQSHda toʻliq grant asosida oʻqiyotgan va hujjatlarni tayyorlash hamda topshirishda 3 yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan koʻrsatiladi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍33❤5🔥3
Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 964 dollargacha oylik stipendiya!

Rotary Yoneyama
stipendiya dasturi Yaponiyada oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni 2 yil davomida iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.

Stipendiya istalgan soha boʻyicha ingliz yoki yapon tilida oʻqish uchun ajratiladi.

Har yili taxminan 15 nafar talabaga stipendiya ajratiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yil davomida 964 dollargacha oylik stipendiya.
– Yaponiyaga borish xarajatlari uchun 1722 dollargacha yordam puli.

Arizalar 2023-yil 1-oktabrdan 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rotary-yoneyama-scholarship-yaponiyada-bakalavriat-magistratura-va-doktoranturada-oqish-uchun-1230-dollargacha-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍39❤4🔥4
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 18 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2023-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍26🔥7
Harvard Kennedy School: AQSHda 4 oylik amaliyot dasturi; 40 000 dollar stipendiya beriladi!

Dasturga jurnalist, siyosatchi, olim va professor-oʻqituvchilar ariza topshirishi mumkin.

Ishtirokchilar media va siyosatga oid masalalar yuzasidan tadqiqot olib boradi (ingliz tilida).

Dastur imtiyozlari:
– 40 ming dollar stipendiya
– Ish joyi, telefon, kompyuter, Garvard email manzili va Garvard ID hujjati beriladi
– Assistent boʻlib ishlash ham mumkin (alohida haq toʻlanadi)

Arizalar yiliga 2 marta qabul qilinadi. Hozirda eng yaqin qabul muddati: 2023-yil 7-sentabr.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-kennedy-school-jurnalist-siyosatchi-va-professor-oqituvchilar-uchun-4-oylik-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍44❤8🔥4