Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.41K photos
50 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Gates Cambridge Scholarships: Dunyoning 2-raqamli universitetida oʻqish uchun 80 ta toʻliq grant!

Bu grantga Kembrij universitetida PhD, magistratura (MLitt) bosqichi yoki 1 yillik aspirantura kurslarida oʻqimoqchi boʻlganlar topshira oladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– Yillik stipendiya beriladi (12 oy uchun 20 000 funt-sterling).
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Kiruvchi viza xarajatlari va immigratsion tibbiy yigʻim toʻlovi qoplanadi.
– Farzandi borlar yiliga 11 604 funt-sterling (1 nafar farzand uchun) yoki 16 548 funt-sterling (2 yoki undan koʻp farzand uchun) qoʻshimcha yordam mablagʻi ham olishi mumkin.

Arizalar qabul 2023-yil 4-sentabrdan boshlanadi va 2023-yil 5-dekabr yoki 2024-yil 5-yanvarda tugaydi (qabulning oxirgi muddati dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gates-cambridge-scholarships-university-of-cambridge/

@grantlar
👍51🔥10❤6
Oʻqish bepul boʻlgan oliygoh – Deep Springs kolleji (AQSH)

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Faqat bakalavriat bosqichi kurslari taklif etiladi.
– Qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant beriladi (grant taʼlim, turar joy va oziq-ovqat xarajatini qoplaydi).
– Oʻqish davomida ranchoda haftasiga kamida 20 soat ishlash talab etiladi.

Qabul

Arizalar 2023-yil 1-sentabrdan 5-noyabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-deep-springs-kolleji-aqsh/

@grantlar
👍55🔥17❤3
UNIL Master's grants: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun 1820 dollar oylik stipendiya!

Lozanna universitetida taklif qiladigan ushbu grant universitetda mavjud ingliz yoki fransuz tilida oʻqitiladigan aksariyat magistratura dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 1820 dollar stipendiya
– Roʻyxatdan oʻtish toʻlovidan ozod qilinadi

Arizalar 2023-yil 1-sebtabrdan 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/unil-masters-scholarship-shveytsariyada-magistratura/

@grantlar
👍30🔥12
“Boʻlajak olim” ilmiy gʻoyalar tanlovi – munosib gʻoyalar uchun 132 mln soʻmgacha mablagʻ ajratiladi!

Tanlovda 40 yoshgacha boʻlgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin.

Topshiriladigan ilmiy gʻoya anʼanaviy biznes turlaridan farqli boʻlishi, ilmiy yangilik hamda innovatsion elementga ega boʻlishi kerak.

Mukofot: Munosib ilimiy gʻolalarni amalga oshirish uchun 132 mln soʻmgacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bolajak-olim-ilmiy-goyalar-tanlovi/

@grantlar
👍30❤10🔥7
Xorijda tahsil olishning afzalliklari

Kanalimizga joylanadigan aksariyat dasturlar xorijda o'qish imkonini beradi.

Xo'sh, chet elda o'qish qanday afzalliklarga ega?

Bu post orqali xorijda o'qishning afzalliklari bilan tanishasiz.

👉 MATN SHAKLIDA MA'LUMOT OLISH

👉 VIDEO ORQALI MA'LUMOT OLISH

@grantlar
👍18🔥7❤2
Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dasturga bakalavrlik diplomi va kamida 2 yillik mehnat tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun mablagʻ
– Joʻnab ketish uchun mablagʻ
– Viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 12-sentabrdan 7-noyabrgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍42❤12🔥6
Chevening grantini yutgan hamyurtlarimiz hujjatlari

Bugun Chevening dasturi haqida post joylagandik. Bu dastur Buyuk Britaniyada magistraturani oʻqish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni toʻliq qoplaydi.

Ushbu postda shu grantni yutgan hamyurlarimizning hujjatlarini havola etamiz.

👉 HUJJATLARNI KOʻRISH 👈

@grantlar
👍13❤12
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 130 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍42❤7
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 700 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍33❤8
Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyadagi Groningen universiteti taklif qiladigan ushbu grant shu universitetdagi istalgan magistratura kursida tahsil olish uchun beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi 100% qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Oylik 970 yevro beriladi.
– Oʻquv anjomlari uchun 310 yevro bir martalik mablag’ beriladi.
– Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
– Sug’urtalanadi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

Hujjatlar 2023-yilning 1-oktabridan 1-dekabrigacha qabul qilinadi (2024-2025-oʻquv yili uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eric-bleumink-fund-gollandiyada-magirtratura/

@grantlar
👍33❤9
Gollandiya: Dunyodagi 77-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar

Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega boʻladi:
– Kontrakt summasiga 10 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasiga 15 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasi yiliga 2314 yevro chegirma.

Arizalar 2023-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi (o'qish 2024-yil fevraldan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leiden-university-excellence-scholarship-gollandiyada-magistratura/

@grantlar
👍32❤7
Janubiy Koreya: Dunyoning 56-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 260 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

KAISTga yiliga 2 marta qabul boʻladi. 2024-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddatlari:
– Erta qabul – 2023-yil 5-sentabrdan 20-oktyabrgacha (oʻqish 2024-yil bahor yoki kuzdan);
– Odatiy qabul – 2023-yil 7-noyabrdan 2024-yil 13-yanvargacha (oʻqish 2024-yil kuzdan);

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

👉 Shu grant g'olibi bilan matnli suhbat

👉 Shu grant g'olibi bilan ovozli suhbat

@grantlar
👍62❤16
Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant!

Akademiyaga 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi va barchasiga grant beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 3-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍25❤10
Gollandiyada magistraturada tahsil olish uchun to‘liq va qisman grantlar!

Gollandiyadagi Amsterdam ozod universiteti ingliz tilidagi magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik talabalarga VU Fellowship Programme grant dasturini taklif etadi.

Nomzodlar quyidagilardan birini qoʻlga kiritishi mumkin:
– Kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi va umumiy 5000-10 000 yevro stipendiya.
– Faqat kotrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Faqat 5000-10 000 yevro stipendiya.

Arizalar 2023-yil 1-oktabrdan 1-dekabrgacha qabul qilinadi (2024-yil sentabrdan oʻqishni boshlash uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gollandiya-magistraturada-tahsil-olish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍27❤9
Atlas Shrugged Essay Contest: Bosh mukofoti 10 000 dollar bo’lgan insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 84 ta!

Tanlovda 12-sinf (tashkilotchilar ruxsati bilan 11-sinf) oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari ishtirok etishi mumkin.

Insholar “Atlas Shrugged” asari boʻyicha yozilishi kerak.

Goʻliblar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-o’rin – 10 000 dollar;
– 2-o’rin (3 ta) – 2500 dollar;
– 3-oʻrin (5 ta) – 500 dollar;
– Finalistlar (25 ta) – 100 dollar;
– Yarim final ishtirokchilari (50 ta) – 50 dollar.

Tanlovda qatnashish mutlaqo bepul.

Insholar 2023-yil 6-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/atlas-shrugged-essay-contest-for-students/

@grantlar
👍45❤5🔥4
Excellence Master Fellowships: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun yiliga 16 ming dollargacha grantlar!

Bu grantlar quyidagi magistrlik dasturlarida oʻqish uchun beriladi: Astrophysics, Biochemistry, Biology, Chemical Biology, Chemistry, Computer Science, Earth Sciences, Environmental Science, Mathematics, Mathematics and Computer Science, Neuroscience, Pharmacy, Physics Prehistoric Archaeology.

Magistrlik dasturlari toʻliq ingliz tilida yoki ingliz va fransuz tilida oʻtiqiladi.

Grant miqdori: Grantni qoʻlga kiritganlar yiliga 11-16 ming AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlanadi.

Eslatma: Bu universitetdagi kontrakt summasi miqdori 1 semestr uchun 560 AQSH dollari.

Arizalar qabuli 2023-yilning oxirlaridan boshlanadi va 2024-yil 28-fevralgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-geneva-excellence-master-fellowships/

@grantlar
👍44❤11🔥4
Shveytsariya: Huquqshunoslik boʻyicha magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Shveytsariyadagi Jeneva Akademiyasi huquq boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilarga toʻliq grantlar taklif etadi.

Grantlar quyidagi masgitrlik dasturlari uchun beriladi:
– LLM in International Humanitarian Law and Human Rights
– Master of Advanced Studies in Transitional Justice, Human Rights and the Rule of Law

Grant imkoniyatlari:
– Kontrkat summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Arizalar 2023-yil 27-noyabrdan 2024-yil 26-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shveytsariya-huquqshunoslik-magistratura-toliq/

@grantlar
👍31🔥6❤3
iF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro!

Tanlovga BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridan biriga aloqador loyihalar qabul qilinadi.

Tanlova kompaniyalar, fondlar, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari, davlat va nodavlat tashkilotlar, dizayn studiyalari va boshqalar ariza topshirishi mumkin.

Mukofot: Eng munosib loyiha(lar) 100 ming yevro mablagʻ bilan taʼminlanadi.

Arizalar 2023-yil 25-sentabrgacha qabul qilinadi (ingliz tilida).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/if-social-impact-prize-ijtimoiy-loyihalar-tanlovi-mukofot-jamgarmasi-100-000-yevro/

@grantlar
👍30🔥2❤1
World Children’s Picture Contest: 6-15 yoshdagi bolalar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Yaponiyaning IE-NO-HIKARI jurnali nashriyoti tomonidan “Jahon bolalar rasmlari tanlovi” ishlar qabul qilinmoqda. Bu tanlovda 6-15 yoshli barcha bolalar oʻzlari chizgan rasmlar bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 20 nafar gʻolib uchun “Oltin mukofoti”, boʻyoqlar toʻplami
– 40 nafar sovrindor uchun “Kumush mukofoti”
– 60 nafar sovrindor uchun “Bronza mukofoti”
– 80 nafar ishtirokchi alohida eʼtirfo etiladi
– Barcha g'oliblar o’z ishlarining rasmi tushirilgan statuetka va maxsus esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi

Ishlar 2023-yil 2-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-childrens-picture-contest-6-15-yoshdagi-bolalar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

@grantlar
👍45❤5🔥4
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3500 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2023-yil 15-oktabrdan 2024-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
👍48❤1