Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Vanier Canada Graduate Scholarship: Kanadada doktoranturani oʻqish uchun yillik 50 ming dollar grant; joy – 166 ta!

Bu grantga quyidagi sohalarda tadqiqot olib borishni xohlovchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin:
– Health research
– Natural sciences and/or engineering
– Social sciences and humanities

Dastur imtiyozi: Doktorantura davomida (3 yil) yiliga 50 ming dollar stipendiya beriladi.

Arizalar 2023-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vanier-canada-graduate-scholarship/

@grantlar
👍20❤7🔥1
Oxford University Said Business School: Skoll Scholarship Programme - MBA kursi uchun toʻliq grant va yillik stipendiya!

Bu dasturga kamida 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin. IELTS 7.5 talab etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Yillik stipendiya beriladi

Arizalar 2024-yil 4-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oxford-university-said-business-school-skoll-scholarship-programme/

@grantlar
👍39❤9🔥2
NordArt 2024- zamonaviy san’at asarlari tanlovi; bosh mukofot – 10 000 yevro!

Bu tanlovda istalgan davlatdagi sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Tanlovga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishlar qabul qilinadi:
– Haykaltaroshlik
– Fotografiya
– Rassomchilik
– Instalyatsiya

Mukofot:
– Bosh mukofot – 10 ming yevro
– Yana 3 nafar ish muallifi 1000 yevrodan mukofot bilan taqdirlanadi

Arizalar 2023-yil 13-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nordart-ijodiy-ishlar-tanlovi/

@grantlar
👍16❤4🔥2
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 000 funt-sterling mqidorida).

Arizalar qabuli 2023-yil sentabr oyi boshida boshlanadi hamda 2023-yil dekabr yoki 2024-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ertaroq maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍34❤22🔥8
Forwarded from STARS
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛 O'zbekistondagi eng ko‘p xalqaro akkreditatsiyadan o'tgan universitet – STARS International University abituriyentlar va maktabning 10-11-sinf oʻquvchilarini Britaniyaning xalqaro akademik malakasi (bakalavrgacha bo'lgan daraja) – LEVEL 3 INTERNATIONAL FOUNDATION DIPLOMA for HIGHER EDUCATION STUDIES (L3IFDHES) boʻyicha oʻqishga taklif qiladi.

L3IFDHES
— O'zbekistonda Britaniyaning 🇬🇧 xalqaro akademik malakasi (bakalavrgacha bo'lgan daraja) bo'lib, Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tartibga solinadi va o‘z navbatida Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim organlari tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan.

📁 Tasdiqlovchi hujjat ❕

🏆 Ushbu xalqaro kvalifikatsiya O‘zbekistonda faqat STARS International University tomonidan taqdim etiladi hamda quyidagi noyob afzalliklarni o‘z ichiga oladi:

✅ Buyuk Britaniya hukumati tomonidan taqdim etiladigan rasmiy tan olingan xalqaro pre-bakalavr diplomi

✅ L3IFDHES xalqaro diplomi ham Oʻzbekiston, ham dunyoning nufuzli xalqaro universitetlariga to'g'ridan-to'g'ri 2-kursga imtihonlarsiz kirish imkoniyatini beradi.

✅ Tibbiyot, yurisprudensiya, biznes, muhandislik, axborot texnologiyalari, dizayn va moda, filologiya, nanotexnologiya, aerokosmik muhandislik, buxgalteriya hisobi va audit, mashinasozlik, diplomatiya, san'at, neft va gaz va boshqa ko'plab yo'nalishlar bo'yicha bakalavrning asosiy bosqichiga tayyorlaydigan O'zbekistondagi yagona XALQARO AKADEMIK DASTUR.

📚 Ta‘limning umumiy davomiyligi ingliz tilini bilish darajasiga qarab 9 oydan 12 oygacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Ingliz tili bilim darajasining minimal talabi - Beginner.

📖 Ta‘lim shakli:
✅ kunduzgi
✅ masofaviy-sirtqi

❗️Diqqat! Joylar soni cheklangan!

🌐 Roʻyxatdan oʻtish uchun havola

Qabul komissiyasi bilan bog'lanish uchun xalqaro bo'lim vakillariga murojaat qiling:
📞 +998770120990
☎️ +998781291919
📍 Manzil

🇺🇿UZB 🇷🇺RU 🇬🇧ENG

🚀@starsuniversity | 📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube | 🌐stars.university.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42❤3
Chet elda grant yutishning 11 siri

Chet elda grant asosida o'qish uchun qanday yo'l tutish kerak? Buning sirlari nimada?

Grantlar.uz jamoasi xorijda o'qish uchun grant yutish borasida real va amaliy tavsiyalardan iborat material tayyorlagan.

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH 👈

@grantlar
👍12🔥11❤3
🌟REGISTER NOW!

JOIN RISE CHALLENGE

Set up a Rise profile to unlock access to Rise’s online global community. Be the first to hear about program and application updates, gain access to opportunities from our partners around the world, and stay up-to-date on our latest events.

The application for the 2023-2024 Rise Challenge opens by the end of September 2023. But register today to receive updates!

BENEFITS:
☑️ Residential Summit
☑️ University Scholarships
☑️ Funding for Project Ideas
☑️ Network Matching
☑️ Technology Packages
☑️ Mentorship & Career Services

ELIGIBILITY:
Applicants for the 2024 cohort must be between the ages of 15 and 17 as of July 1, 2024, meaning they are born on or between July 2, 2006 and July 1, 2009.

Not eligible? You can still stay connected to Rise through our newsletter and recommending someone to join.

Registration: www.risefortheworld.org/bilim

Participation fee:
Cost-free
Apply by January, 2024

@grantlar
👍22🔥20❤4
Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bu stipendiya quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun taqdim etiladi:
– Logic and Computation
– Business Informatics
– Computer Engineering
– Media and Human-Centered Computing

Bu kurslarning barchasi ingliz tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi
– Yiliga 6000 yevro stipendiya beriladi

Arizalar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil yozgi semestrdan boshlanadi).

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍25❤3🔥2
Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Summer@EPFL dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga yozgi taʼtilda Shveytsariyada 2-3 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar:
– Oyiga 1600 CHF (taxminan 1773 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
– Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
– Kompyuter fanlari
– Kompyuter injiniringi
– Telekommunikatsiyalar
– Elektrotexnika

Arizalar qabuli 2023-yil noyabrda boshlanadi va 2023-yil 4-dekabrgacha davom etadi (2024-yilgi yozgi amaliyot uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summerepfl-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-shveytsariyada-xarajatlar-qoplanadigan-amaliyot/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ertaroq maʼlumot ulashmoqdamiz.

@grantlar
👍38❤12🔥2
International Diversity Scholarship: AQShdagi Maryville College bakalavriat kurslarida bepul o’qish imkoniyati!

Maryville College bakalavriatda oʻqishni xohlaydigan xorijiy talabalarga International Diversity Scholarship grantini taklif qiladi.

Grantni oliygohdagi istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyati: Grantni yutib olgan talaba 4 yillik oʻqish davomida kotrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2024-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Oʻqish 2024-yil sentabrdan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-diversity-award-aqsh-bakalavr-kurslarida-bepul-oqish-uchun-grant/

@grantlar
👍21🔥13❤1
Kanada: Dunyoning 18-raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan Lester B. Pearson International Scholarship granti ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2024-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Tasodifiy xarajatlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar qabuli 2023-yil sentabr oyida boshlanadi va 2023-yil 30-noyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

Maʼlumot uchun: Toronto universiteti nufuzi boʻyicha Kanadada 1-oʻrinni, dunyoda 18-oʻrinni egallab turibdi.

@grantlar
👍47❤10🔥6
Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 8200 dollar stipendiya!

Kyoto University of Advanced Science oliygohi muhandislik boʻyicha bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga 2 turdagi grantlarni taklif etadi.

1. Super KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Qabul to'lovidan to'liq ozod qiladi.
– Yiliga 8200 dollar stipendiya beriladi.

2. KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt va qabul to'lovini to'lashdan 30%, 50% yoki 100% ozod qiladi.

Qabul muddatlari:
– Erta qabul: 2023-yil 2-oktabrdan 27-oktabrgacha
– Odatiy qabul: 2023-yil 1-dekabrdan 2024-yil 12-yanvargacha
– Yakuniy qabul: 2024-yil 5-fevraldan 8-martgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kyoto-university-of-advanced-science-yaponiyada-muhandislik-boyicha-bakalavr-kurslari-uchun-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍35❤8🔥4
Aksariyat talabalar xorijda o'qish paytida ishlashni ham rejalashtiradi.

Xo'sh, xorijda ham o'qib, ham ishlamoqchi bo'lganlar nimalarga e'tibor qaratishi kerak?

Bugun shu haqida qisqacha to'xtalamiz.

👉 VIDEONI SHAKLIDA KO'RISH👈

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

@grantlar
👍17❤4
AAUW International Fellowships: AQSHda magistratura, doktoranturada o’qish va  postdoktorlik tadqiqoti uchun 50 000 dollargacha grant

Bu grant faqat ayol-qizlar uchun ajratiladi. Nomzodlardan kamida IELTS 6.5 yoki shunga teng til sertifikati so'raladi.

Grant miqdori: Grant sohibalariga ta'lim xarajatlariga ishlatish uchun yillik 20 ming dollardan 50 ming dollargacha grant ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aauw-international-fellowships-magistratura-doktoranturada-oqish-va-postdoktorlik-tadqiqoti-uchun-grant/

@grantlar
👍29🔥9❤2
Ongoing LF: Ingliz yoki nemis tilini B1 darajada biluvchilar uchun Germaniyada 2 haftadan 24 haftagacha amaliyot dasturi!

Copernicus Berlin tashkiloti tomonidan taklif etiluvchi bu dasturga istalgan yosh va istalgan soha vakillari, jumladan, oʻquvchilar, talabalar, ishlayotganlar, ishsizlar ham ariza topshirishi mumkin.

Nomzod amaliyot davomiyligi va davrini oʻzi tanlaydi.

Ingliz yoki nemis tilini kamida B1 darajada bilish lozim (til sertifikati talab etilmaydi).

Dastur pulli, lekin dastur haqi uchun 50% lik grantlar taklif etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Germaniya va Yevropa Ittifoqiga safar qilish imkoniyati
– Nemis va ingliz tilini yaxshilash, nemis madaniyati bilan tanishish va tanishlar orttirish imkoniyati
– Dastur haqida uchun 50% gacha grant olish imkoni mavjud

Arizalar yiliga 4 marta qabul qilinadi:
– 1-28-fevral
– 1-31-may
– 1-31-avgust
– 20-noyabr – 20-dekabr

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ongoing-internship-program-leaders-for-future-ongoing-lf/

@grantlar
👍74❤12🔥12
Oʻqish bepul boʻlgan oliygoh – Deep Springs kollejiga (AQSH) hujjatlar qabuli boshlandi!

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Faqat bakalavriat bosqichi kurslari taklif etiladi.
– Qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant beriladi (grant taʼlim, turar joy va oziq-ovqat xarajatini qoplaydi).
– Oʻqish davomida ranchoda haftasiga kamida 20 soat ishlash talab etiladi.

Qabul

Arizalar 2023-yil 5-noyabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-deep-springs-kolleji-aqsh/

@grantlar
👍66🔥10❤4
Harvard Radcliffe Fellowship Program: Turli soha vakillari uchun AQSHda 9 oylik amaliyot!

Dasturga deyarli barcha soha vakillari topshira oladi. Yiliga oʻrtacha 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Qabul qilinganlar oʻz sohasiga oid tadqiqot loyihasi ustida ishlaydi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Umumiy 78 ming AQSH dollari stipendiya
– Loyiha xarajatlari uchun 5000 AQSH dollari
– Koʻchish, oila aʼzolari turar joyi, bola parvarishi va boshqalar uchun ham qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi mumkin

Arizalar 2023-yil 5-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-radcliffe-fellowship-program/

@grantlar
👍33🔥24❤14
Wake Forest University: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va o'ziq-ovqat!

AQShda joylashgan Wake Forest universiteti bakalavriat bosqichiga topshiruvchi nomzodlarga Guy T. Carswell Scholarships grantlarini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Shaxsiy xarajatlar uchun 3400 AQSh dollar mablagʻ ajratiladi.
– Tadqiqotlar uchun qoʻshimcha 5000 dollarlik yordam puliga ariza berish mumkin.

Bu grant yiliga 5 nafargacha talabaga ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wake-forest-university-aqshda-bepul-oqish-bepul-yotoqxona-va-ovqatlanish-uchun-grant-stipendiya-3-400-dollar/

@grantlar
👍42❤8🔥8