Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

2024-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2024-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍47❤13🔥7
OPEN: Toshkentdagi AQSH elchixonasi tomonidan ingliz tili oʻqituvchilari uchun bepul onlayn kurs

Ushbu 8 haftalik malaka oshirish kursiga ingliz tili oʻqituvchilari ariza berishi mumkin. Kurs mashgʻulotlari 2024-yil 9-yanvardan 4-martgacha onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Manfaatli jihati: Qabul qilinganlar kursda mutlaqo bepul ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritadi.

Arizalar 2023-yil 23-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/online-professional-english-network-open/

@grantlar
👍58🔥6❤5
International Wildbird Photo Competition: Qushlarni suratga olib, 1500 yevrogacha mukofot yutib oling!

Tanlovda 15 yosh va undan katta barcha qatnashishi mumkin.

Tanlov quyidagi 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– 15-17 yoshlilar
– 18 yosh va undan kattalar

Mukofotlar:
– Oliy oʻrin: 1500 yevro
– Har bir turkum gʻolibiga 800 yevrodan
– Yosh iqtidor turkumi gʻolibiga 800 yevro
– Jamoatchilik mukofoti: 500 yevro
– Gʻoliblarning barchasi Fransiyadagi taqdirlash marosimiga taklif etiladi xarajatlar qisman qoplanadi

Suratlar 2023-yil 4-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-wildbird-photo-competition/

@grantlar
👍36❤16🔥5
Stamps Scholarship: AQSHda bakalavriat uchun toʻliq grant, bepul turar joy va 12 000 dollar mablagʻ!

Mayami universiteti bakalavriatda oʻqishni xohlovchilar uchun Stamps Scholarship dasturini taklif etadi.

Maktab, kollej yoki litseyda oxirgi sinf/kurs vaqti ariza topshiradiganlar bu grantga talabgorlik qilishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi va boshqa badallar qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul oziq-ovqat
– Noutbuk va darsliklar olish uchun mablagʻ
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Tadqiqotlar uchun 12 ming dollar mablagʻ

Arizalar 2023-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi (2024-yilning bahorgi yoki kuzgi semestri uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stamps-scholarship-aqshda-bakalavr-kursi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍49🔥13❤8
Noyabrda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2023-yil noyabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 AQSHda bakalavriat uchun toʻliq grant, bepul turar joy va 12 000 dollar mablagʻ! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Kanadada doktoranturani oʻqish uchun yillik 50 ming dollar grant; joy – 166 ta! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 UNIL Master's grants: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun 1820 dollar oylik stipendiya! (dedlayn: 1-noyabr)

👉 AQSHda huquq boʻyicha magistratura PhD bosqichida o'qish uchun grantlar (dedlayn: 1-noyabr)

👉 Atlas Shrugged Essay Contest: Bosh mukofoti 10 000 dollar bo’lgan insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 84 ta! (dedlayn: 6-noyabr)

👉 Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 7-noyabr)

👉 Wake Forest University: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va o'ziq-ovqat! (dedlayn: 15-noyabr)

👉 AAUW International Fellowships: AQSHda magistratura, doktoranturada o’qish va  postdoktorlik tadqiqoti uchun 50 000 dollargacha grant (dedlayn: 15-noyabr)

👉 Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya! (dedlayn: 17-noyabr)

👉 Kanada: Dunyoning 18-raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari (dedlayn: 30-noyabr)

👉 Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya! (dedlayn: 30-noyabr)

👉 “Bo’lajak olim” startap loyihalar tanlovi: loyihalar 990 million so’mgacha moliyalashtiriladi (dedlayn: 30-noyabr)

👉 “Boʻlajak olim” ilmiy gʻoyalar tanlovi – munosib gʻoyalar uchun 1 mlrd 320 mln soʻmgacha mablagʻ ajratiladi! (dedlayn: 30-noyabr)

Oktabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDA topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
👍68❤14🔥10
AQSHning nufuzli Fulbright Foreign Student Program dasturi g’olibi bilan suhbat

Grantlar.uz jamoasi AQSHda magistraturani toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Fulbright Foreign Student Program dasturi gʻolibi Abduaziz Isakulov bilan suhbat qildi.

Suhbatda ushbu dastur, uning talablari, gʻolib boʻlish uchun eʼtibor qaratiladigan jihatlar va boshqa masalalar muhokama qilingan.

Suhbatni oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/fulbright-foreign-student-program-grantini-yutgan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍76❤7🔥4
Barcha xarajatlari qoplanadigan 1 yillik malaka oshirish dasturi; 4 oy AQSHda amaliyot oʻtaladi!

Community Solutions Program – 25-38 yoshli yetakchilar uchun 1 yillik malaka oshirish dasturi; ishtirokchilar yuzma-yuz va onlayn kurslarda qatnashadi, 4 oy AQSHda amaliyot oʻtaydi.

Imkoniyatlar:
– J-1 viza olishda yordam beriladi.
– AQSHga borish va kelish uchun aviachipta bilan taʼminlanadi.
– Yashash xarajatlarini qoplash uchun stipendiya beriladi.
– Baxtsiz hodisalar va kasallikka qarshi sugʻurta qilinadi.

Arizalar 2023-yil 5-oktabrdan 1-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/community-solutions-program-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-1-yillik-oquv-va-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍37🔥9❤2
Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya!

Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga bir nechta turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant turlari va miqdorlari turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma.
– Oyiga 1000 yervo stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grant-va-oyiga-1000-yevrogacha-stipendiya/

@grantlar
👍49❤4🔥2
Central European University: doktorantura uchun 100% grant va 1680 yevro oylik stipendiya!

Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti doktorantura (PhD) bosqichida oʻqishni xohlovchilarga CEU Doctoral Scholarship grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud barcha doktorantura kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 1680 yevro stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-doktorantura-uchun-100-grant-va-1350-yevrogacha-oylik-stipendiya//

@grantlar
👍45❤6🔥6
Reagan-Fascell Democracy Fellows Program: AQSHda demokratiyani rivojlantirish boʻyicha 5 oylik amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga demokratiya faollari, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati yetakchilari va olimlar (tadqiqotchilar) ariza topshirish mumkin.

Nomzodlardan:
– ish tajribasi yoki
– doktorlik, fan nomzodi yoki shunga teng daraja hamda
– ingliz tilini bilish talab etiladi.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Seminar, joylarga safarlar, mashgʻulotlar xarajati qoplanadi
– Yashash, oziq-ovqat, AQSHga borish-kelish xarajati qoplanadi
– Demokratik manbalar markazidan foydalanish imkoni beriladi

Arizalar 2023-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/reagan-fascell-democracy-fellows-program/

@grantlar
👍33❤4🔥2
YPIP: Amerika Kengashlari tomonidan bakalavriat talabalari uchun Oʻzbekistonda haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash imkoniyati!

Dasturga biznes yoki STEM (science, technology, engineering, mathematics) sohalarida karyera qilishga ahd qilgan, ingliz tilini yetarli darajada biluvchi bakalavriat talabalari qatnashishi mumkin.

Talaba hozirda Oʻzbekistondagi OTMda 3-4-kurs boʻlishi yoki 2024-yil may oyida OTMni yakunlashi kutilayotgan boʻlishi kerak.

Imtiyozlar:
– Butun dastur uchun stipendiya beriladi
– Amaliyot oʻtash (2024-yil yozda), AQSHlik mentorning onlayn seanslarida qatnashish, yangi tanishlar orttirish imkoniyati
– Dastur yakunida sertifikat beriladi

Arizalar 2023-yil 8-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/young-professional-internships-program/

@grantlar
👍55🔥11❤4
AAUW International Fellowships: AQSHda magistratura, doktoranturada o’qish va  postdoktorlik tadqiqoti uchun 50 000 dollargacha grant

Bu grant faqat ayol-qizlar uchun ajratiladi. Nomzodlardan kamida IELTS 6.5 yoki shunga teng til sertifikati so'raladi.

Grant miqdori: Grant sohibalariga ta'lim xarajatlariga ishlatish uchun yillik 20 ming dollardan 50 ming dollargacha grant ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aauw-international-fellowships-magistratura-doktoranturada-oqish-va-postdoktorlik-tadqiqoti-uchun-grant/

@grantlar
👍33❤9🔥9
Oʻqish bepul boʻlgan oliygoh – Deep Springs kolleji (AQSH)

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Faqat bakalavriat bosqichi kurslari taklif etiladi.
– Qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant beriladi (grant taʼlim, turar joy va oziq-ovqat xarajatini qoplaydi).
– Oʻqish davomida ranchoda haftasiga kamida 20 soat ishlash talab etiladi.

Qabul

Arizalar 2023-yil 5-noyabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-deep-springs-kolleji-aqsh/

@grantlar
👍29🔥27❤7
Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyadagi Groningen universiteti taklif qiladigan ushbu grant shu universitetdagi istalgan magistratura kursida tahsil olish uchun beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi 100% qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Oylik 970 yevro beriladi.
– Oʻquv anjomlari uchun 310 yevro bir martalik mablag’ beriladi.
– Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
– Sug’urtalanadi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

Hujjatlar 2023-yilning 1-oktabridan 1-dekabrigacha qabul qilinadi (2024-2025-oʻquv yili uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eric-bleumink-fund-gollandiyada-magirtratura/

@grantlar
👍60❤9🔥1
Ongoing LF: Ingliz yoki nemis tilini B1 darajada biluvchilar uchun Germaniyada 2 haftadan 24 haftagacha amaliyot dasturi!

Copernicus Berlin tashkiloti tomonidan taklif etiluvchi bu dasturga istalgan yosh va istalgan soha vakillari, jumladan, oʻquvchilar, talabalar, ishlayotganlar, ishsizlar ham ariza topshirishi mumkin.

Nomzod amaliyot davomiyligi va davrini oʻzi tanlaydi.

Ingliz yoki nemis tilini kamida B1 darajada bilish lozim (til sertifikati talab etilmaydi).

Dastur pulli, lekin dastur haqi uchun 50% lik grantlar taklif etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Germaniya va Yevropa Ittifoqiga safar qilish imkoniyati
– Nemis va ingliz tilini yaxshilash, nemis madaniyati bilan tanishish va tanishlar orttirish imkoniyati
– Dastur haqida uchun 50% gacha grant olish imkoni mavjud

Arizalar yiliga 4 marta qabul qilinadi:
– 1-28-fevral
– 1-31-may
– 1-31-avgust
– 20-noyabr – 20-dekabr

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ongoing-internship-program-leaders-for-future-ongoing-lf/

@grantlar
👍68🔥14❤9
Wake Forest University: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va o'ziq-ovqat!

AQShda joylashgan Wake Forest universiteti bakalavriat bosqichiga topshiruvchi nomzodlarga Guy T. Carswell Scholarships grantlarini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Shaxsiy xarajatlar uchun 3400 AQSh dollar mablagʻ ajratiladi.
– Tadqiqotlar uchun qoʻshimcha 5000 dollarlik yordam puliga ariza berish mumkin.

Bu grant yiliga 5 nafargacha talabaga ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wake-forest-university-aqshda-bepul-oqish-bepul-yotoqxona-va-ovqatlanish-uchun-grant-stipendiya-3-400-dollar/

@grantlar
👍54❤11🔥10
Germaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun DAAD grantlari

DAAD tomonidan taqdim etiladigan “Master Studies for All Academic Disciplines” grantlari deyarli barcha sohalar boʻyicha magistraturani Germaniyada oʻqish imkonini beradi (ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin).

Universitetni bitirganiga 6 yildan oshmagan yoki 2024-yili bakalavriatni bitiruvchilar ariza berishi mumkin.

Grant imtiyozlari:
– Oyiga 934 yevro stipendiya
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Oʻqish va tadqiqot xarajatlari uchun bir martalik mablagʻ va boshqalar.

Arizalar 2023-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Oʻqish 2024-yil kuzidan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniyada-oqish-uchun-daad-grantlari/

@grantlar
👍45❤27🔥4
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2050 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (760 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1140 dollar).

Arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍27❤5🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunaqasi hali bo'lmagan!😱

Malayziyadagi hamkor universitetlarimizni kutib olamiz!

Seminar davomida:
✅ Malayziyaning ajoyib jihatlari
✅"City University Malasia" universiteti haqida
✅Yo'nalishlari
✅Universitetga kirish tartibi
✅Qanchalik o'qib ishlay olishi

Va nihoyat, Seminardan so'ng "City University Malaysia" universitetiga topshirmoqchi bo'lganlar uchun universitet professorlari bilan interviyu bo'lib o'tadi.

🥤🍰 Tanaffusda bepul ichimlik va shirinliklar tarqatiladi!

Vaqti: 11-oktabr, 16:00da

Manzil: Andijon shahar, Navro'z Mall ro'parasidagi English Life filiali, 2-qavat

Ro'yxatdan o'tish uchun: @unibridge_admin

UNIBRIDGE_CONSULTING
👍34🔥11❤4
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Helsinki universiteti (TOP 101) magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi qoplanadi (50% dan 100% gacha).

Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmatsevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

Hujjatlar qabuli 2023-yil 1-dekabrdan 2024-yil 3-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍45❤6🔥5