Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
50 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Oʻqish bepul boʻlgan oliygoh – Deep Springs kolleji (AQSH)

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Faqat bakalavriat bosqichi kurslari taklif etiladi.
– Qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant beriladi (grant taʼlim, turar joy va oziq-ovqat xarajatini qoplaydi).
– Oʻqish davomida ranchoda haftasiga kamida 20 soat ishlash talab etiladi.

Qabul

Arizalar 2023-yil 5-noyabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-deep-springs-kolleji-aqsh/

@grantlar
👍29🔥27❤7
Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyadagi Groningen universiteti taklif qiladigan ushbu grant shu universitetdagi istalgan magistratura kursida tahsil olish uchun beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi 100% qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Oylik 970 yevro beriladi.
– Oʻquv anjomlari uchun 310 yevro bir martalik mablag’ beriladi.
– Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
– Sug’urtalanadi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

Hujjatlar 2023-yilning 1-oktabridan 1-dekabrigacha qabul qilinadi (2024-2025-oʻquv yili uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eric-bleumink-fund-gollandiyada-magirtratura/

@grantlar
👍60❤9🔥1
Ongoing LF: Ingliz yoki nemis tilini B1 darajada biluvchilar uchun Germaniyada 2 haftadan 24 haftagacha amaliyot dasturi!

Copernicus Berlin tashkiloti tomonidan taklif etiluvchi bu dasturga istalgan yosh va istalgan soha vakillari, jumladan, oʻquvchilar, talabalar, ishlayotganlar, ishsizlar ham ariza topshirishi mumkin.

Nomzod amaliyot davomiyligi va davrini oʻzi tanlaydi.

Ingliz yoki nemis tilini kamida B1 darajada bilish lozim (til sertifikati talab etilmaydi).

Dastur pulli, lekin dastur haqi uchun 50% lik grantlar taklif etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Germaniya va Yevropa Ittifoqiga safar qilish imkoniyati
– Nemis va ingliz tilini yaxshilash, nemis madaniyati bilan tanishish va tanishlar orttirish imkoniyati
– Dastur haqida uchun 50% gacha grant olish imkoni mavjud

Arizalar yiliga 4 marta qabul qilinadi:
– 1-28-fevral
– 1-31-may
– 1-31-avgust
– 20-noyabr – 20-dekabr

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ongoing-internship-program-leaders-for-future-ongoing-lf/

@grantlar
👍68🔥14❤9
Wake Forest University: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va o'ziq-ovqat!

AQShda joylashgan Wake Forest universiteti bakalavriat bosqichiga topshiruvchi nomzodlarga Guy T. Carswell Scholarships grantlarini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Shaxsiy xarajatlar uchun 3400 AQSh dollar mablagʻ ajratiladi.
– Tadqiqotlar uchun qoʻshimcha 5000 dollarlik yordam puliga ariza berish mumkin.

Bu grant yiliga 5 nafargacha talabaga ajratiladi.

Arizalar 2023-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wake-forest-university-aqshda-bepul-oqish-bepul-yotoqxona-va-ovqatlanish-uchun-grant-stipendiya-3-400-dollar/

@grantlar
👍54❤11🔥10
Germaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun DAAD grantlari

DAAD tomonidan taqdim etiladigan “Master Studies for All Academic Disciplines” grantlari deyarli barcha sohalar boʻyicha magistraturani Germaniyada oʻqish imkonini beradi (ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin).

Universitetni bitirganiga 6 yildan oshmagan yoki 2024-yili bakalavriatni bitiruvchilar ariza berishi mumkin.

Grant imtiyozlari:
– Oyiga 934 yevro stipendiya
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Oʻqish va tadqiqot xarajatlari uchun bir martalik mablagʻ va boshqalar.

Arizalar 2023-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Oʻqish 2024-yil kuzidan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniyada-oqish-uchun-daad-grantlari/

@grantlar
👍45❤27🔥4
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2050 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (760 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1140 dollar).

Arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍27❤5🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunaqasi hali bo'lmagan!😱

Malayziyadagi hamkor universitetlarimizni kutib olamiz!

Seminar davomida:
✅ Malayziyaning ajoyib jihatlari
✅"City University Malasia" universiteti haqida
✅Yo'nalishlari
✅Universitetga kirish tartibi
✅Qanchalik o'qib ishlay olishi

Va nihoyat, Seminardan so'ng "City University Malaysia" universitetiga topshirmoqchi bo'lganlar uchun universitet professorlari bilan interviyu bo'lib o'tadi.

🥤🍰 Tanaffusda bepul ichimlik va shirinliklar tarqatiladi!

Vaqti: 11-oktabr, 16:00da

Manzil: Andijon shahar, Navro'z Mall ro'parasidagi English Life filiali, 2-qavat

Ro'yxatdan o'tish uchun: @unibridge_admin

UNIBRIDGE_CONSULTING
👍34🔥11❤4
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Helsinki universiteti (TOP 101) magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi qoplanadi (50% dan 100% gacha).

Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmatsevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

Hujjatlar qabuli 2023-yil 1-dekabrdan 2024-yil 3-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍45❤6🔥5
Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 8200 dollar stipendiya!

Kyoto University of Advanced Science oliygohi muhandislik boʻyicha bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga 2 turdagi grantlarni taklif etadi.

1. Super KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Qabul to'lovidan to'liq ozod qiladi.
– Yiliga 8200 dollar stipendiya beriladi.

2. KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt va qabul to'lovini to'lashdan 30%, 50% yoki 100% ozod qiladi.

Qabul muddatlari:
– Erta qabul: 2023-yil 2-oktabrdan 27-oktabrgacha
– Odatiy qabul: 2023-yil 1-dekabrdan 2024-yil 12-yanvargacha
– Yakuniy qabul: 2024-yil 5-fevraldan 8-martgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kyoto-university-of-advanced-science-yaponiyada-muhandislik-boyicha-bakalavr-kurslari-uchun-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍41❤6🔥5
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1450 dollargacha oylik stipendiya!

Nomzodlar ingliz yoki yapon tilida oʻqishi mumkin, biroq bu grantga ariza topshira olish uchun yapon tilini suhbatlasha oladigan darajada bilishi kerak.

Grant imkoniyati:
– Taxminan 5 nafar gʻolibning har biriga oʻqishini tugatguncha 1100 dollardan 1450 dollargacha oylik stipendiya beriladi.

Arizalar 2023-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/honjo-international-scholarship-foundation-yaponiyada-bakalavriatdan-keyingi-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiya/

@grantlar
👍26🔥5❤2
Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 964 dollargacha oylik stipendiya!

Rotary Yoneyama
stipendiya dasturi Yaponiyada oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni 2 yil davomida iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.

Stipendiya istalgan soha boʻyicha ingliz yoki yapon tilida oʻqish uchun ajratiladi.

Har yili taxminan 15 nafar talabaga stipendiya ajratiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yil davomida 964 dollargacha oylik stipendiya.
– Yaponiyaga borish xarajatlari uchun 1722 dollargacha yordam puli.

Arizalar 2023-yil 1-oktabrdan 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rotary-yoneyama-scholarship-yaponiyada-bakalavriat-magistratura-va-doktoranturada-oqish-uchun-1230-dollargacha-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍61❤8🔥1
𝗜𝗻𝗴𝗹𝗶𝘇 𝘁𝗶𝗹𝗶𝗱𝗮𝗻 𝗶𝘀𝗵𝗼𝗻𝗰𝗵𝗹𝗶 𝘃𝗮 𝘀𝗮𝗺𝗮𝗿𝗮𝗹𝗶 𝗼𝗻𝗹𝗮𝘆𝗻 𝗸𝘂𝗿𝘀 𝗾𝗶𝗱𝗶𝗿𝗮𝘆𝗼𝘁𝗴𝗮𝗻𝗹𝗮𝗿 𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻 𝗮𝗷𝗼𝘆𝗶𝗯 𝘆𝗮𝗻𝗴𝗶𝗹𝗶𝗸, 𝘀𝗶𝘇 𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻 𝗻𝗼𝗹𝗱𝗮𝗻 𝗯𝗼𝘀𝗵𝗹𝗮𝗯 𝗼'𝗿𝗴𝗮𝘁𝗮𝗱𝗶𝗴𝗮𝗻 𝗸𝘂𝗿𝘀𝗹𝗮𝗿 𝘁𝗮𝘀𝗵𝗸𝗶𝗹 𝗾𝗶𝗹𝘆𝗮𝗽𝗺𝗶𝘇!!!🥳🥳🥳

✅Beginner
✅Elementary,
✅Pre-intermediate
✅Intermediate
✅Upper Intermediate guruhlari ochilyapti.

Darslar reading, listening, writing, speaking va grammatikadan iborat va haftada 5 kun o'tiladi (dushanbadan jumagacha).

Har hafta oxirida takrorlash uchun Zoom yoki telegramda jonli dars o'tiladi va dars qatnasha olmaganlar uchun yozib olinadi. Uyga vazifalar tekshiriladi va tushunmagan mavzuyingizni bemalol qayta so'rashingiz mumkin.

Har bitta darsni mustahkamlash uchun alohida testlar beriladi va mavzular video, audio, pdf, rasmlar va test orqali o'tiladi.

Namunaviy darslar bilan quyidagi link orqali tanishing: https://t.me/LEARN_ENGLISH_ONLINE9

Murojaat uchun: @ETutor
👍41❤9🔥8
Shvetsiya: Magistraturada oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!

Orebro universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi nomzodlarga Orebro University Scholarship grantini taklif qiladi. Bu grant universitetdagi barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyati: Grantni qoʻlga kiritganlar kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod qilinadi.

Arizalar 2024-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shvetsiya-magistraturada-oqish-uchun-toliq-va-qisman-grantlar/

@grantlar
👍38❤11🔥4
International Diversity Scholarship: AQShdagi Maryville College bakalavriat kurslarida bepul o’qish imkoniyati!

Maryville College bakalavriatda oʻqishni xohlaydigan xorijiy talabalarga International Diversity Scholarship grantini taklif qiladi.

Grantni oliygohdagi istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyati: Grantni yutib olgan talaba 4 yillik oʻqish davomida kotrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2024-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Oʻqish 2024-yil sentabrdan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-diversity-award-aqsh-bakalavr-kurslarida-bepul-oqish-uchun-grant/

@grantlar
👍54🔥12❤6
“EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition” fototanlovida qatnashib, 500 dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda butun dunyodan suratkashlikka qiziquvchi barcha qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Bosh sovrin – 500 dollar
– Yana 2 ta kategoriya boʻyicha gʻoliblarning har biriga 250 dollardan mukofot

Suratlar 2024-yil 26-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eo-global-wildlife-natural-world-photography-competition/

@grantlar
👍30❤4
Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bu stipendiya quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun taqdim etiladi:
– Logic and Computation
– Business Informatics
– Computer Engineering
– Media and Human-Centered Computing

Bu kurslarning barchasi ingliz tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi
– Yiliga 6000 yevro stipendiya beriladi

Arizalar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil yozgi semestrdan boshlanadi).

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍24❤5
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1184 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
👍33
Utrecht Excellence Scholarship (UES): Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyada joylashgan Utrecht universitetida xalqaro magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Utrecht Excellence Scholarship grantini taklif etadi.

Grant gʻoliblari quyidagi imkoniyatlardan birini qoʻlga kiritadi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi hamda yashash ruxsatini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Arizalar 2024-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utrecht-excellence-scholarship-ues-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlat
👍37🔥7❤2
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2023-yil 31-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍50🔥5❤4
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
👍31