Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.41K photos
50 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Koreyada ingliz tili sohasida tahsil oling (magistratura)

Seul shahrida
(Janubiy Koreya) joylashgan IGSE oliygohi ingliz tiliga ixtisoslashgan quyidagi magistrlik dasturlarini taklif qiladi:
– MA in TESOL
– MA in ELT Contents Development

Qabul uchun kamida IELTS 5.5 talab etiladi.

Oʻqish uchun turli grantlar ham taklif qilinadi.

Magistraturaga qabul jarayonlari 2023-yil 6-noyabrdan 22-noyabrgacha davom etadi.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar, grantlar haqida QABUL YOʻRIQNOMASIDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Oliygoh talabalari videolari:

👉
Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

👉 Oʻzbekist
onlik talaba qiz videosi

Universitet kontaktlari:
Email: kje@igse.ac.kr
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti l Qabul yoʻriqnomasi
👍38❤7
Kanada: Dunyoning 18-raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan Lester B. Pearson International Scholarship granti ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2024-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Tasodifiy xarajatlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar qabuli 2023-yil 30-noyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

Maʼlumot uchun: Toronto universiteti nufuzi boʻyicha Kanadada 1-oʻrinni, dunyoda 18-oʻrinni egallab turibdi.

@grantlar
👍71❤16🔥15
Erasmus Mundus EPS – Yevropaning bir nechta davlatlarida magistraturani oʻqish to’liq grant, oylik 1000 yevro stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ!

Bu dastur doirasida har yili 20 nafar talabaga grant ajratiladi. Talabalar Chexiya, Polsha, Gollandiya va Ispaniya davlatlarida joylashgan universitetlarda oʻqishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Oylik 1000 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun yiliga 4000-6000 yevro
– Joylashib olish uchun 1000 yevro
– Sugʻurta xarajati qoplanadi

Arizalar 2024-yil 29-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erasmus-mundus-eps/

@grantlar
👍47❤12🔥2
Hozirda Erasmus Mundus dasturining bir qancha grantlariga arizalar qabul qilinmoqda.

Erasmus Mundus grantlaridan birini yutib olgan hamyurtimizdan biri bizga dastur uchun topshirgan hujjatlari toʻplamini taqdim etdi.

Hujjatlar quyidagilardn iborat:

👉 Motivatsiya inshosi va tavsiyanomalar.

👉 Diplom va olingan baholar.

👉 Talabaning CVʼsi.

👉 Yashash joyi haqida maʼlumotnoma (Proof of Place of Residence).

@grantlar
👍32
LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

AQSHdagi Oy va sayyoralar instituti bakalavriat talabalariga oy va sayyoralarni tadqiq qilish boʻyicha 10 haftalik amaliyot dasturini taklif etadi.

Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dasturning moliyaviy imkoniyatlari:
– 8220 dollar stipendiya.
– Konferensiyaga tezis (maqola) topshirgan amaliyotchilarga 1000 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2023-yil 12-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lpi-summer-intern-program-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-10-haftalik-haq-tolanadigan-yozgi-amaliyot/

@grantlar
👍47❤5🔥5
Yevropada iqtisod bo’yicha Erasmus Mundus EGEI magistratura kursi: bepul o’qish va 1000 yevro oylik stipendiya!

Dasturga iqtisod, amaliy iqtisod yoki shunga aloqador sohalarda kamida bakalavrlik darajasiga ega nomzodlar (oxirgi kursda oʻqiyotganlar ham) ariza topshirishi mumkin.

Dastur ingliz tilida, 3 tagcha davlatda joylashgan universitetlarda oʻqitiladi.

Dasturning moliyaviy imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 1000 yevro oylik stiendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevrogacha mablagʻ.
– Dastur boshlanishida 1000 yevro yordam puli.
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yevropada-iqtisod-boyicha-erasmus-mundus-egei/

@grantlar
👍49❤5🔥5
NIGINTERN 2024: Yaponiyada talabalar uchun amaliyot dasturi; safar va turar joy xarajatlari qoplanadi!

Ushbu dasturga hozirda bakalavriatning 3-kursi yoki magistraturaning 1-kursida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot 2024-yil 13-iyundan 24-iyulgacha Yaponiyada oʻtaladi. Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi.

Dastur imtiyozlari:
– Yaponiyaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Yaponiyadagi aeroportdan institutgacha yetib olish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul turar joy taʼminlandi.
– Dastur yakunida sertifikat taqdim etiladi.
– Sayohat sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 27-noyabrdan 2024-yil 9-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nigintern-yaponiyada-talabalar-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍43🔥13❤11
“Climate Smart” yashil startaplar uchun biznes-inkubator dasturi: finalistlar mini-grant uchun ariza topshirishi mumkin

Dastur Orol dengizining qurigan tubida ekotizimlarni qayta tiklash 2 (ERAS-II)  loyihasi doirasida tashkillashtirilgan.

Dastur mashgʻulotlari 2024-yil yanvardan may oyigacha aralash formatda (onlayn va Qoraqalpog‘istonda yuzma-yuz uchrashuvlar) o‘tkaziladi.

O‘zbekistondagi barcha tegishli tadbirkorlar va startaplar qatnashishi mumkin.

Manfaatli jihatlar:
– Dastur tadbirlari, uchashuvlari, mentorlik mashgʻulotlarida qatnashish bepul.
– Finalchilai eng yaxshi 3 ta loyiha uchun mini-grant dasturiga ariza topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi (har bir loyiha 10 000$ gacha grant olishi mumkin).

Arizalar 2023-yil 15-dekabr, 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/climate-smart-yashil-startaplar-uchun-biznes-inkubator-dasturi/

@grantlar
👍26❤7
Erasmus Mundus InterMath: matematika bo’yicha magistratura kursini Yevropaning bir nechta davlatlarida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

InterMath – matematika boʻyicha 2 yillik magisratura dasturi boʻlib, ushbu dastur uchun Erasmus Mundus granti ajratiladi. Bu yilga qabul uchun jami 21 ta grant ajratilgan.

Dastur ingliz tilida va Yevropadaning 3 tagacha davlatida oʻqitiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 1000 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 29-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erasmus-mundus-intermath/

@grantlar
👍32❤8🔥1
Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyadagi Groningen universiteti taklif qiladigan ushbu grant shu universitetdagi istalgan magistratura kursida tahsil olish uchun beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi 100% qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Oylik 970 yevro beriladi.
– Oʻquv anjomlari uchun 310 yevro bir martalik mablag’ beriladi.
– Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
– Sug’urtalanadi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

Hujjatlar 2023-yilning 1-dekabrigacha qabul qilinadi (2024-2025-oʻquv yili uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eric-bleumink-fund-gollandiyada-magirtratura/

@grantlar
👍43❤7🔥4
RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

RIPS dasturi bakalavriat talabalariga Kaliforniya universiteti tarkibidagi IPAMda 1 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Amaliyot ingliz tilida, 2024-yil 24-iyundan 23-avgustgacha boʻlib oʻtadi hamda kompyuter fanlari, matematika, ma'lumotlar tahliliga oid hisoblash ishlarini o'zi ichiga oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 4000 dollar stipendiya.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– AQSHga borish-kelish uchun mablagʻ.
– Viza olishga yordam.

Arizalar 2024-yil 12-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rips-bakalavrlar-uchun-kaliforniya-universitetida-1-oylik-amaliyot-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍49❤12🔥8
Utrecht Excellence Scholarship (UES): Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyada joylashgan Utrecht universitetida xalqaro magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Utrecht Excellence Scholarship grantini taklif etadi.

Grant gʻoliblari quyidagi imkoniyatlardan birini qoʻlga kiritadi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi hamda yashash ruxsatini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Arizalar 2024-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utrecht-excellence-scholarship-ues-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlat
👍36❤8🔥3
Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati!

UPG Sustainability Leadership dasturi insonlar va tashkilotlarni barqaror rivojlanish sohasida ijobiy yetakchilikka chaqiruvchi harakatdir.

Dastur 500 dan ortiq 18-35 yoshli yoshlarga barqaror rivojlanishdagi yetakchilik boʻyicha 2 oylik bepul onlayn kurslarni taklif etadi.

Datsur imkoniyatlari:
– 500 dan ortiq ishtirokchi bepul 2 oylik onlayn kursda ishtirok etadi.
– Ulardan 60 nafar eng munosiblari AQSHdagi 1 haftalik kursda qatnashadi: kursda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajat qoplanadi.
– Kursni tamomlagan barcha 500 dan ortiq ishtirokchiga sertifikat beriladi.

Arizalar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/upg-sustainability-leadership-barqaror-rivojlanish-sohasida-yetakchilik-boyicha-bepul-kurslar/

@grantlar
👍41❤4
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2023-yil 31-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍39❤10🔥6
ECAMPUZ: Ispaniyada oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mikrobiologiyasi sohasida 2 haftalik oromgoh: xarajatlar qoplanadi!

Dasturda quyidagi universitetlardan birida oziq-ovqatga aloqador yo’nalishda tahsil olayotgan bakalavr, magistr yoki 1-yil tadqiqot olib borayotgan tayanch doktorantlar qatnashishi mumkin:
– Toshkent kimyo-texnologiya instituti
– O‘zbekiston Milliy universiteti
– Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
– Urganch davlat universiteti
– Andijon davlat universiteti

Oromgoh mashgʻulotlari (ingliz tilida) 2024-yil may/iyun oyida boshlanadi va 2 hafta davom etadi.

Manfaatli jihatlar:
– Qatnashish bepul
– Borish va kelish, turar joy va kunlik xarajatlar qoplanadi
– Kichik sayohatlar va koʻngilochar dasturlar
– Olimlar va tengdoshlar bilan tanishish imkoniyati

Arizalar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ispaniya-oziq-ovqat-xavfsizligi-va-oziq-ovqat-mikrobiologiyasi-sohasida-2-haftalik-oromgoh/

@grantlar
👍30🔥6❤4
Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya!

Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga bir nechta turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant turlari va miqdorlari turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma.
– Oyiga 1000 yervo stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grant-va-oyiga-1000-yevrogacha-stipendiya/

@grantlar
👍51❤5🔥4
Germaniya: Bakalavr va magistrlar uchun yozgi amaliyot dasturi; oylik stipendiya - 1200 yevro!

Germaniyadagi DESY tadqiqot markazi fizika, fizikaga oid tabiiy fanlar va hisoblash (computing) sohasida oʻqiyotgan bakalavr va magistrlarga yozgi amaliyot dasturini taklif etadi.

Amaliyot 2024-yil 16-iyuldan 5-sentabrgacha, ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oyiga 1200 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Markaz hostelidan chegirmali turar joy (xona)

Arizalar 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-desy-summer/

@grantlar
👍38❤3🔥3
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2023-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
👍39❤7🔥2
Grantlar.uz jamoasi Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatib, oʻqish uchun qolgan hamyurtimiz – Nargiza Numonjonova bilan Au Pair dastur haqida suhbat qilgan.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:

👉 Au Pair qanday dastur?

👉 Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?

👉 Qanday hujjat topshirish mumkin?

👉 Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqing👇

https://grantlar.uz/blog/germaniyaga-au-pair-dasturi-orqali-borish-haqida-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

@grantlar
👍48❤3🔥3
International Diversity Scholarship: AQShdagi Maryville College bakalavriat kurslarida bepul o’qish imkoniyati!

Maryville College bakalavriatda oʻqishni xohlaydigan xorijiy talabalarga International Diversity Scholarship grantini taklif qiladi.

Grantni oliygohdagi istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyati: Grantni yutib olgan talaba 4 yillik oʻqish davomida kotrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2024-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Oʻqish 2024-yil sentabrdan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-diversity-award-aqsh-bakalavr-kurslarida-bepul-oqish-uchun-grant/

@grantlar
👍37🔥7❤1