Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
50 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Erasmus Mundus InterMath: matematika bo’yicha magistratura kursini Yevropaning bir nechta davlatlarida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!

InterMath – matematika boʻyicha 2 yillik magisratura dasturi boʻlib, ushbu dastur uchun Erasmus Mundus granti ajratiladi. Bu yilga qabul uchun jami 21 ta grant ajratilgan.

Dastur ingliz tilida va Yevropadaning 3 tagacha davlatida oʻqitiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 1000 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 29-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erasmus-mundus-intermath/

@grantlar
👍43❤6🔥3
Z Zurich Foundation Scholarship 2024: Kanadadagi 4 kunlik sammit uchun toʻliq grant!

Z Zurich jamgʻarmasi One Young World sammitida (2024-yil 18-21-sentabr) qatnashish imkonini beruvchi ruhiy farovonlikni yaxshilash, iqlim oʻzgarishiga moslashish va ijtimoiy tenglikni taʼminlash bo'yicha loyihalar ustida ishlovchi yoshlar uchun grantlar eʼlon qildi. Grantlar jami 30 nafar nomzodga ajratiladi.

Sammit ingliz tilida olib boriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Belfastdagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi qatnovlar uchun transport taʼminlanadi.

Arizalar 2024-yil 20-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/https-grantlar-uz-z-zurich-foundation-scholarship-2024/

@grantlar
👍74❤15🔥1
Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 100 dollardan.

Sheʼrlar 2024-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍61❤8
KOICA: Koreyada magistratura kursini o'qish uchun to'liq grant; yashash va sug'urta xarajatlari ham qoplanadi!

Kimlar uchun?

Davlat
xizmatchilari, davlat tashkilotlari va korxonalari xodimlari, davlat banklari, tadqiqot institutlari xodimlari, davlat maktablari o'qituvchilari uchun

O'qish ingliz tilida bo'ladi.

Grant imkoniyatlari:
- Borish-kelish uchun aviachipta
- Kontrakt to'lovi qoplanadi
- Oylik stipendiya (750 dollar)
- Joylashib olish uchun 450 dollar mablag'
- Turar joy xarajati qoplanadi
- Bepul tibbiy sug'urta
- Ta'lim tashriflari, seminarlari, koreys tili kursi xarajatlari qisman qoplanadi
- Dasturni tamomlash mukofoti (226 dollar)

Arizalar 2024-yil 19-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/koica-koreyada-magistratura-kursini-o%ca%bbqish-uchun-toliq-grant-yashash-xarajatlari-ham-qoplanadi/

@grantlar
👍77❤18
8-11-sinf oʻquvchilari uchun qishki oromgoh!

❄️ “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Qishki oromgoh”ga qabul boshlandi.

Bu oromgohda qatnashish mutlaqo bepul.

Oromgoh tarkibi:
– startap loyiha yaratirish
bo‘yicha malakali mentor va xorijlik professorlardan 5-kunlik onlayn darslar;
– darslarni puxta o‘zlashtirgan qatnashchilar uchun startaplar tanlovi;
– tanlov g‘oliblari uchun qimmatbaho sovg‘alar, “Yozgi oromgoh”ga yo‘llanma hamda turli kompaniya va korxonalarga bir kunlik sayohat.

Qatnashish uchun ingliz tilini yetarlicha bilish lozim. Oromgoh haqida batafsil maʼlumotni BU YERDAN olishingiz mumkin.

Arizalar 2024-yil 9-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 ROʻYXATDAN OʻTISH

P.S. Roʻyxatdan oʻtish uchun 3 kishilik jamoa tuzish va aʼzolarning har biri registratsiya shaklini alohida toʻldirishi kerak.

@grantlar
👍100❤26🔥3
Toshkentdagi Amerika markazidan loyihalar uchun 2000 dollardan 6000 dollargacha grant!

Grantlar quyidagi sohalarga oid loyihalarni amalga oshirish uchun beriladi:
– Media savodxonlik
– Fuqarolik jurnalizmi
– STEM dasturlari
– Iqlim boʻyicha savodxonlik
– Debatlar

Jismoniy shaxslar ham, tashkilotlar ham ariza topshirishi mumkin.

Arizalar 2024-yil 20-martgacha qabul qilinad.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/grant-from-the-american-center-tashkent/

@grantlar
👍65❤15
Barcha bosqich talabalari, OTM oʻqituvchilari va tadqiqotchilariga Latviyadagi yozgi maktablar uchun grantlar!

Latviya hukumati 2024-yilning yozida Latviyada oʻtkaziladigan 7 ta yozgi maktab uchun grantlar taqdim etmoqda. Maktablar ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Grant yutib olganlarga 1000 yevro mablagʻ ajratiladi va bu mablagʻ quyidagilarni toʻliq qoplaydi:
– Maktabga qatnashish haqi
– Turar joy
– Oziq-ovqat
– Seminar va maʼruzalar
– Ekskuriyalar
– Va boshqa madaniy tadbirlar

Arizalar 2024-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/talabalar-va-otm-xodimlariga-latviyada-yozgi-kurslar-uchun-711-yevro-grant/

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan hamyurtimizning hujjatlari

@grantlar
👍72🔥11❤8
Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida bakalavr va magistrlar uchun xalqaro konferensiya

Konferensiyada oflayn (Vestminster universitetida) yoki onlayn tarzda qatnashish mumkin.

Nomzodlardan ingliz tilidagi tadqiqot ishini topshirish va konferensiyada shu ish boʻyicha taqdimot qilish talab etiladi.

Tadqiqot ishlari belgilangan soha/mavzularga qaratilgan boʻlishi kerak (50 ta soha/mavzu bor).

Manfaatli jihatlari:
– Qatnashish bepul
– Maxsus sertifikat beriladi
– Saralangan ishlar turli nashrlarda chop etiladi
– Tanishlar orttirish va taqdimot tajribasi imkoniyati

Arizalar 2024-yil 10-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/student-research-society-conference/

@grantlar
👍106❤14🔥7
Turkiye Burslari: barcha bosqichlar va sohalar uchun toʻliq grantlar, yotoqxona, stipendiya va boshqalar!

Ushbu grant Turkiya universitetlarida barcha bosqichlar (bakalavr, magistr, PhD) va sohalarda, jumladan, tibbiyotga oid sohalarda ham oʻqish uchun beriladi.

Nomzodlar ingliz yoki turk tilida oʻqish uchun ariza topshirishi mumkin. Har yili butun dunyodan taxminan 5000 kishi ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli qoplanadi.
– Oylik stipendiya.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Bepul turar joy.
– Bepul turk tili kursi.

Arizalar 20-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 GRANT HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan talaba bilan suhbat

@grantlar
👍111❤21🔥12
Martda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2024-yil mart oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 13-18 yoshli oʻquvchilar uchun AQSHda yozgi matematika oromgohi; toʻliq moliyaviy yordam mavjud! (dedlayn: 6-mart)

👉 Maktab, kollej va/yoki akademik litsey oʻquvchilari uchun videolar tanlovi (dedlayn: 6-mart)

👉 Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 8200 dollar stipendiya! (dedlayn: 8-mart)

👉 Jurnalist, bloger va tadqiqotchilar uchun Germaniyada 2 haftalik bepul yozgi maktab; transport, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi! (dedlayn: 16-mart)

👉 Ruminiya hukumatining stipendiya dasturi: bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 16-mart)

👉 Toshkentdagi Amerika markazidan loyihalar uchun 2000 dollardan 6000 dollargacha grant! (dedlayn: 20-mart)

👉 Kanadadagi 4 kunlik sammit uchun toʻliq grant! (dedlayn: 20-mart)

👉 Yaponiyaning 1-raqamli universitetiga o'qishni stipendiya asosida ko'chirish imkoniyati! (dedlayn: 21-mart)

👉 France Excellence: Magistraturani Fransiyada oʻqimoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar uchun maxsus grant!

👉 MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant! (dedlayn: 31-mart)

👉 Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar! (dedlayn: 31-mart)

👉 Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari! (dedlayn: 31-mart)

Fevral oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
👍56❤12🔥11
Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 8200 dollar stipendiya!

Kyoto University of Advanced Science oliygohi muhandislik boʻyicha bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga 2 turdagi grantlarni taklif etadi.

1. Super KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Qabul to'lovidan to'liq ozod qiladi.
– Yiliga 8200 dollar stipendiya beriladi.

2. KUAS-E Scholarship:
– Kontrakt va qabul to'lovini to'lashdan 30%, 50% yoki 100% ozod qiladi.

Navbatdagi qabul muddati:
2024-yil 5-fevraldan 8-martgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kyoto-university-of-advanced-science-yaponiyada-muhandislik-boyicha-bakalavr-kurslari-uchun-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍50🔥8❤6
Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

Dasturda kamida bakalavrlik darajasiga (istalgan yoʻnalishda) ega va ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 9 oylik taʼlim va amaliyot dasturida bepul oʻqish
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Navbatdagi qabul muddati:

– 2024-yil 1-fevraldan 1-aprelgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/dubai-business-associates-dubayda-biznes-sohasi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-oylik-dastur/

@grantlar
👍61🔥13❤12
Saudiya Arabistonida VSRP amaliyot dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi; oylik stipendiya – 1000 AQSH dollari; joy – 100 ta!

Ushbu dasturga bakalavriatning kamida 3-bosqichida yoki magistraturada oʻqiyotgan talalablar va magistrlik darajasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.

Amaliyot ingliz tilida, 3-6 oy davomida olib boriladi.

Dastur imtiyozlari:
– Viza safar xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 1000 AQSH dollari stipendiya.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Ijtimoiy va madaniy tadbirlarda qatnashish imkoniyati.
– Laboratoriyalar va yirik tadqiqot hamda hamjamiyat muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vsrp-amaliyot-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi-oylik-stipendiya-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍63❤18🔥9
France Excellence: Magistraturani Fransiyada oʻqimoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar uchun maxsus grant!

France Excellence (sobiq BGF granti) – magistraturani Fransiyada oʻqimoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar uchun ajratildigan Fransiya hukumati grantidir. Grant istalgan soha boʻyicha oʻqish uchun ajratiladi.

Nomzodlar ingliz yoki fransuz tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Dastur imkoniyatlari (1 yil uchun):
– 860 yevro oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Sugʻurta xarajati qoplanadi
– Viza toʻlovi qoplanadi
– Yotoqxonadan joy olishda ustunlik beriladi

Arizalar 2024-yil 22-martgacha qabul qilinadi.

👉 GRANT HAQIDA BATAFSIL 👈

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan hamyurtimiz bilan suhbat

👉 Shu grantni yutgan hamyurtimizning grant uchun topshirgan hujjatlari

@grantlar
👍69🔥11❤9
Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1184 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grantlar
👍54🔥8❤6
ETH Robotics Student Fellowship: Talabalar uchun Shveytsariyada 2 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga robototexnika yoki shunga yaqin sohalarda (mashinazoslik, elektrotexnika kabi) oʻqiyotgan magistrlar yoki bakalarviatning oxirgi bosqich talabalari ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot ingliz tilida, 2024-yil 3-iyuldan 31-avgustgacha boʻladi.

Imkoniyatlar:
– 4584 dollar stipendiya
– Safar va viza xarajatlari qoplanadi
– Turar joy tashkillashtiriladi

Arizalar 2024-yil 1-mart, soat tonggi 03:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/eth-robotics-student-fellowship-talabalar-uchun-shveytsariyada-2-oylik-amaliyot/

@grantlar
👍28🔥27❤4
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatorda oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3500 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3500 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 300 AQSh dollaridan pul mukofoti.

Sheʼrlar 2024-yil 15-apreldan 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍44❤9🔥6
Vengriya: Qishloq xoʻjaligi muhandisligi sohalari boʻyicha magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

BMTning FAO tashkilot va Vengriya hukumati quyidagi 3 ta magistrlik kursida oʻqish uchun toʻliq grant taklif etmoqda:
– Master in Environmental Engineering
– Master in Crop Production Engineering
– Master in Horticultural Engineering

Oʻqish ingliz tilida boʻladi va 2024-yil sentabrdan boshlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Ariza va kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– Kitob va oʻquv materiallari

Arizalar 2024-yil 29-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/agrosanoat-boyicha-magistraturada-oqishni-xohlovchilar-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍33❤7🔥3
International Merit Postgraduate Scholarship: Britaniyada magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar; joy 125 ta!

Sheffild universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun qisman grantlar taklif etmoqda. Grantlar 2024-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun beriladi.

Grant imtiyozi: Grant kontrakt summasi uchun 5000 funt-sterling chegirma qiladi. Jami 125 nafar talaba ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2024-yil 13-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-merit-postgraduate-scholarship-britaniyada-magistraturani-oqish-uchun-qisman-grantlar/

@grantlar
👍34❤6🔥4
IFA Paris: Fransiyada moda va dizayn yo'nalishida foundation, bakalavriat va magistratura kurslari uchun 100% gacha grantlar!

Parijda joylashgan International Parish Academy Paris foundation, bakalavriat va magistratura kurslarida o'qimoqchi bo'lgan nomzodlarga turli grantlar taklif etadi.

Grantlar nomozdning iqtidori yoki moliyaviy holatiga qarab taqdim etiladi.

O'qish ingliz tilida bo'ladi.

Grant imkoniyatlari: Grantlar talabani kontrakt to'lovining 20% dan 100% gacha qismini to'lashdan ozod qiladi.

Arizalar qabul 2024-yil 15-martgacha yoki yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fransiya-ifa-grantlar/

@grantlar
👍53❤12🔥6