Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.4K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
“Amerika va Kanadada o’qish” mavzusida ovozli suhbat

Navbatdagi ovozli suhbatimiz AQSH va Kanadaning TOP universitetlarida o’qimoqchi bo’lganlarga hujjat topshirish ishlarida ko’rsatma yordam berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Suhbatimiz mehmonlari:
1. Makhamadjonova Munisa:
— University of South Florida talabasi.
— El-Yurt Umidi stipendiya g’olibasi.
— US Young Women Leaders dasturi g’olibasi
— HPAIR dasturi grant sohibasi.
— Germaniyada bo’lib o’tgan “ “VDI-Schularforum” konferensiyasida startup loyihasi bilan g’olib bo’lgan.

2. Bakhtiyorov Shakhriyor — University of Toronto (QS ranking top 20) talabasi.

Suhbat vaqti: 2024-yil 14-fevral, 20:00 da
Suhbat joyi: @Grantlar_namuna telegram kanali

Suhbat davomida AQSH va Kanadaning eng nufuzli universitetlarida o’qish, xalqaro grantlar, ularga hujjat tayyorlash, xalqaro dasturlarda qatnashish va ularning ahamiyati haqida gaplashamiz.

Shunday dasturlarda qatnashishni istovchi barchani ovozli suhbatimizda kutib qolamiz.

@grantlar_namuna
👍58🔥15❤13
Taiwan International Internship Program: Tayvanda haq toʻlanadigan amaliyot!

Bu dasturda quyidagilar qatnasha oladi:
– Bakalarviatning oxirgi bosqich talabalari
– Magistratura talabalari
– Bakalavr yoki magistr diplomiga ega boʻlganlar

Amaliyot oʻtash uchun 10 dan ortiq yoʻnalishlar mavjud boʻlib, nomzodlar oʻziga mos sohani tanlaydi. Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi.

Iqtisodiy imtiyozlari:
– Oyiga 1000 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 500 dollargacha mablagʻ
– Hamyonbop narxda turarjoy tashkillashtiriladi

Arizalar 2024-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/taiwan-international-internship-program-haq-tolanadigan-amaliyot/

@grantlar
👍50❤4
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2370 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (740 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1110 dollar).

Arizalar 2024-yil 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍61❤6🔥5
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

Bu universitetda faqat PhD dasturlari taklif etiladi.

Oʻqish va tadqiqot olib borish ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi).
– Yiliga 16 000 dollar stipendiya beriladi.
– Yaponiyaga borib, joylashib olish uchun yordam puli beriladi.
– Shaxsiy kompyuter beriladi.
– Konferensiyalarda ishtirok etish xarajatlari qoplanadi.

Arizalar yiliga 2 marta: mart oyi oxirlari va noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Hozir ochiq boʻlgan qabul uchun hujjatlar 2024-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-oist-graduate-university-yaponiya/

@grantlar
👍66❤10🔥9
JSTdan esselar tanlovi: Mukofot – 5500 dollar va Gretsiyaga bepul sayohat!

Jahon savdo tashkiloti navbatdagi WTO Essay Award for Young Economists esselar (ilmiy maqolalar) tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovda PhD darajasiga ega yoki PhD bosqichini yakunlash jarayonidagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Esselar ingliz tilida, savdo siyosati va xalqaro savdo hamkorligi muammolariga qaratilgan boʻlishi kerak.

Mukofot:
– 5547 AQSH dollari
– Gretsiyadagi taqdirlash marosimida ishtirok etish imkoniyati (xarajatlar qoplanadi)

Esselar 2024-yil 3-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wto-essay-award-for-young-economists/

@grantlar
👍43🔥7❤5
Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!

Tanlov 6 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi: vizual san’at asarlari, sheʼriyat, ijodiy yozma ish, video (film), musiqa va raqs, interaktiv va multimedia ishlari.

Tanlovga ishlar 2 kategoriya boʻyicha qabul qilinadi:
– Junior divison – 11-14 yoshlilar kategoriyasi.
– Senior division – 15-18 yoshlilari kategoriyasi.

Mukofot: Har ikkala kategoriyada 6 nominatsiya boʻyicha 5 ta sovrinli oʻrin mavjud boʻlib, gʻoliblar 100 dollardan 1000 dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ishlar 2024-yil 10-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-ocean-awareness-contest-18-yoshgacha-bolgan/

@grantlar
👍40❤6
Magistratura, PhD talabalari, tadqiqotchi va yetakchilar uchun Tayvanda yozgi maktab – xarajatlar qoplanadi!

Bu dasturda siyosiy partiya, saylov, vakillik demokratiyasi va boshqa aloqador sohalardagi magistratura va PhD tadqiqotchilari, amaliyotchilar va fuqarolik jamiyati yetakchilari oʻzlarining imliy maqolalari bilan qatnashishi mumkin (ingliz tilida).

Dastur mashgʻulotlari 2024-yil 20-26-may kunlari Tayvandagi National Chengchi universitetida boʻlib oʻtadi.

Manfaatli jihatlar:
– Qatnashish bepul
– Bepul turarjoy
– Safar, sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 26-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/asian-summer-school-on-political-parties-and-democracy/

@grantlar
👍48❤6🔥2
Juru kompaniyasidan bakalavlar, magistrlar va OTMni bitirganiga 2 yildan oshmaganlar uchun Toshkentda haq toʻlanadigan amaliyot!

Bu dasturda bakalavriatning 3-4-bosqichida oʻqiyotgan talabalar, magistrlar, shuningdek, OTMni bitirganiga 2 yildan oshmagan bitiruvchilar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot oʻtash uchun 20 dan ortiq soha mavjud. Amaliyot davomiyligi – 3 oy.

Nomzodlardan ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi.

Manfaatli tomonlari:
– Amaliyot davomida haq toʻlanadi
– Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagandan keyin ishda qolish imkoniyati
– Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagandan keyin tavsiyanoma beriladi
– Turli trening va kurslar

Arizalar 2024-yil 29-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/juru-energy-paid-internship/

@grantlar
👍58❤8🔥6
Yaponiyaning 1-raqamli universitetiga o'qishni stipendiya asosida ko'chirish imkoniyati!

Global Science Course dasturi Tokio universitetining bakalavriat bosqichiga (3-kursga) stipendiya asosida oʻqishni koʻchirish imkonini beradi.

Dastur ingliz tilida, yapon tilini bilish talab qilinmaydi. Bakalavriatning 2, 3 va 4-kursida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Faqat kimyo sohasiga oʻqishni koʻchirish mumkin. Lekin hozirda aynan kimyo sohasi boʻyicha oʻqiyotgan boʻlish talab etilmaydi.

Imkoniyatlari:
– 1050 dollar oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Bepul yapon tili kursi
– Doimiy yordam

Arizalar 2024-yil 21-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-utokyo-transfer/

@grantlar
👍67❤6
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 12 750 yevrodan 16 750 yevrogacha.

Arizalar 2024-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
👍54❤12
Xalqaro onlayn olimpiada: MAI da oʻqish uchun 3490 ta davlat grantidan birini qoʻlga kiriting!

Moskva aviatsiya instituti (MAI) xorijlik nomzodlar uchun “Men MAI talabasiman” nomli xalqaro onlayn olimpiada tashkillashtirmoqda.

Unda maktabning 10-11-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Olimpiada va oʻqish rus tilida boʻladi.

MAI ga bu yilgi qabulda 3490 dan ortiq talaba davlat granti asosida qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Mukofotlar:
– Gʻoliblarga I darajali diplom, qabul va davlat grantini olish uchun qoʻshimcha 10 ball
– 2 va 3-oʻrinlarga II va III darajali diplom, qabul va davlat grantini olish uchun qoʻshimcha 8 ball
– Qoʻshimcha ball bilan yotoqxonaga ega boʻlish va oylik stipendiya uchun ariza topshirish mumkin

Olimpiadada qatnashish uchun 2024-yil 15-aprelgacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇

https://grantlar.uz/blog/men-mai-talabasiman-nomli-xalqaro-onlayn-olimpiada/

👉 MAI Telegram kanali

@grantlar
👍34❤9🔥7
Canada/USA Mathcamp: 13-18 yoshli oʻquvchilar uchun AQSHda yozgi matematika oromgohi; toʻliq moliyaviy yordam mavjud!

Oromgohda ingliz tilini biladigan va matematikaga qiziqadigan 13-18 yoshli maktab, oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Oromgoh mashgʻulotlari 2024-yil 30-iyundan 4-avgustgacha AQSHda boʻlib oʻtadi.

Moliyaviy yordam

Dastur bir necha turdagi toʻliq va qisman grantlarni taklif etadi. Ularning eng katta miqdorlisi quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– Dasturda qatnashish haqi, jumladan, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Borish va kelish xarajatlari
qoplanadi

Arizalar 2024-yil 6-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/canada-usa-mathcamp-for-13-18-year-olds/

@grantlar
👍40🔥30❤10
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 16,5 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2024-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍36🔥6❤1
SABF: Barcha bosqich talabalari uchun Argentinada 3 kunlik forum – xarajatlar qoplanadi; joy 100 ta!

Forumda ingliz yoki ispan tilini biladigan bakalavriat, magistratura yoki PhD bosiqichi talabalari, shuningdek shu darajalarni 2023 yoki 2024-yili bitirganlar qatnashishi mumkin.

Forum 2024-yil 2-4-avgust kunlari Buenos-Ayres shahrida boʻlib oʻtadi.

Dastur imtiyozlari:
– Forumga bepul qatnashish
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Forum davomida mahalliy transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 6-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/south-american-business-forum-sabf/

@grantlar
👍58❤12🔥4
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2024-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2024-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
👍58🔥9❤7
Ruminiya hukumatining stipendiya dasturi: bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun toʻliq grant!

Dastur Ruminiya universitetlarida toʻliq grant asosida tahsil olish imkonini beradi.

Grantga ingliz, rumin yoki fransuz tilida ariza topshirish mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi, universitetga roʻyxatdan oʻtish va boshqa shu kabi toʻlovlardan toʻliq ozod qilidi.
– 1 yillik rumin tili kursi kontraktidan toʻliq ozod qiladi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Bepul yotoqxona taʼminlanadi.
– Favqulodda tibbiy yordam xizmatlari qoplanadi.
– Mahalliy jamoat transportlaridan foydalanishda imtiyozlar beriladi.

Arizalar 2024-yil 16-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/romanian-government-scholarship-ruminiyada-bakalavr-magistratura-va-doktorantura-kurslari-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍79❤5
THIEL Fellowship: 22 yoshgacha bo’lgan, o’z biznes g’oyasiga ega yoshlar uchun 100 000 AQSH dollari!

Bu dastur OTMda oʻqish oʻrniga oʻz loyihasini amalga oshirmoqchi boʻlganlarga moʻljallangan. Agar gʻolib talaba boʻlsa, oʻqishni tashlashi kerak boʻladi.

Mukofot

Har yili 20-30 nafar gʻolib quyidagicha taqdirlanadi:
– 100 ming dollar mablagʻ
– Thiel jamgʻarmasing asoschilari, investorlari va olimlari yordami

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/thiel-fellowship-22-yoshgacha-bolgan-oz-biznes-goyasiga-ega-yoshlar-uchun-100-000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍49🔥8❤1
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2024-yil 31-martgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍47❤7🔥4
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2024-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
👍38❤4
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2024-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
👍33❤9🔥2