Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
51 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
GIST Global Internship Program: talabalar uchun Koreyada 8 haftalik haq toʻlanadigan amaliyot!

Bu dasturga bakalarviatning oxirgi kurs talabalari va magistratura talabalari ariza topshirishi mumkin. Amaliyot mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Nomzodlar ariza topshirish vaqtida mavjud tadqiqot laboratoriyasidan oʻzlari uchun afzal 2 tasini tanlashi mumkin.

Manfaatli jihatlar:
– Koreyaga borish va kelish uchun aviachipta xarajatining yarmi qoplanadi
– Turar joy ta’minlanadi
– Bepul koreys tili kurslari
– Stipendiya beriladi
– Maxsus dars va seminarlar

Arizalar 2024-yil 8-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/gist-global-internship-program-talabalar-uchun-koreyada-8-haftalik-amaliyot-uchun-toliq-grant-turar-joy-va-stipendiya/

@grantlar
👍57❤10
Toshkentdagi Amerika markazidan loyihalar uchun 2000 dollardan 6000 dollargacha grant!

Grantlar quyidagi sohalarga oid loyihalarni amalga oshirish uchun beriladi:
– Media savodxonlik
– Fuqarolik jurnalizmi
– STEM dasturlari
– Iqlim boʻyicha savodxonlik
– Debatlar

Jismoniy shaxslar ham, tashkilotlar ham ariza topshirishi mumkin.

Arizalar 2024-yil 20-martgacha qabul qilinad.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/grant-from-the-american-center-tashkent/

@grantlar
👍45❤6🔥5
Rahbarlik lavozimida 2 yillik tajribaga ega nomzodlar uchun Germaniyada malaka oshirish dasturi!

Bu dastur xalqaro biznes hamjamiyatiga kirish va muvaffaqiyatli Germaniya kompaniyalari bilan tanishish istagida boʻlganlar uchun moʻljallangan.

Nomzodlardan ingliz tilini bilish, kamida 3 yillik ish tajribasi va kamida 2 yillik rahbar lavozimidagi ish tajribasiga ega boʻlish talab etiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Onlayn va oflayn treninglar (bepul)
– Germaniyada 2 haftalik malaka oshirish va trening (turar joy, viza, oziq-ovqat va sugʻurta xarajati qoplanadi)
– Germaniya kompaniyalari bilan tanishish
– Xalqaro biznesn hamjamiyatiga kirish imkoniyati

Arizalar 2024-yil 20-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/partnering-in-business-with-germany/

@grantlar
👍61❤11
Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Moskvadagi Skolkovo fan va texnologiya instituti joriy yilda jami 420 nafar talabani (300 nafar magistr, 120 nafar PhD) oʻqishga qabul qilishini e'lon qildi. Qabul qilingan barcha talabalarga avtomatik tarzda grant beriladi.

Barcha darslar ingliz tilida boʻladi. IELTS 6.0 yoki TOEFL 80 sertifikati soʻraladi.

Til sertifikati yoʻqlar ham ariza topshirishi va sertifikatni keyinchalik taqdim etishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish bepul
– Oylik stipendiya (440-820dollar)
– Bepul tibbiy sugʻurta

Magistratura uchun qabul: 2024-yil 15-iyulgacha
PhD uchun qabul: 2024-yil 5-iyulgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/skoltech-rossiyada-magistratura-va-phd-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍57🔥7❤6
AQSH elchixonasi Fulbright Foreign Student Program dasturiga qabul boshlanganini eʼlon qildi!

Dastur magistraturani AQSHda deyarli barcha sohalar boʻyicha toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Kimlar ariza topshira oladi?

Ingliz tilini yetarli darajada biluvchi, kamida bakalavrlik diplomi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Talabalar tibbiy sug’urtalanadi.
– J-1 vizasini olishda yordam koʻrsatiladi.
– Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi.
– AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta taʼminlanadi.

Arizalar 2024-yil 25-may, 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-aqshda-magistaturada-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-borib-kelish-uchun-aviachipta/

Foydali:

👉 Fulbright dasturining suhbat bosqichiga oʻtgan hamyurtimiz hujjatlari

👉 Shu dasturni qoʻlga kiritgan hamyurtimiz bilan suhbat

@grantlar
👍64❤8🔥8
Oʻqish bepul universitetlar: OIST Graduate University (Yaponiya)

Bu universitetda faqat PhD dasturlari taklif etiladi.

Oʻqish va tadqiqot olib borish ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi).
– Yiliga 16 000 dollar stipendiya beriladi.
– Yaponiyaga borib, joylashib olish uchun yordam puli beriladi.
– Shaxsiy kompyuter beriladi.
– Konferensiyalarda ishtirok etish xarajatlari qoplanadi.

Arizalar yiliga 2 marta: mart oyi oxirlari va noyabr oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi.

Hozir ochiq boʻlgan qabul uchun hujjatlar 2024-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-oist-graduate-university-yaponiya/

@grantlar
👍51🔥6❤4
🇰🇷 Janubiy Koreyaning TOP milliy jniversitetlardan biri
KANGWON MILLIY UNIVERSITETI
2024-yil uchun qabulni e'lon qildi.

🗓 Hujjatlar qabul qilish davri: 2024-yil 30-martgacha

📊VISA CHIQISH HOLATI: JUDA YUQORI

✅ KNU D-4 (koreys til kursi) viza uchun 2024 yozgi qabul uchun TOPIK 2 bilan
✅ KNU D-2 Bakalavr, Magistr va PhD yo'nalishlariga 2024-yil uchun kuzgi qabul uchun TOPIK 3/IELTS 5.5 va undan yuqori daraja bilan qabul davom etmoqda.

💰Grantlar: 20-100% (GKS, HEAT, Campus Asian AIMS, KOICA)

🤝KO'PLAB QIZIQISHLAR KUTIB QOLAMIZ.!

📍Universitet manzili - Gangwon-do shahri.

Ariza berish va ba'tafsil ma'lumotlar uchun:

🛡@SilkRoad_Academy1
🇺🇿 +998902839806
@SilkRoad_Academy2
🇰🇷   010-7739-2882
@SilkRoad_Academy3
🇺🇿 +998952620505

Kanal: https://t.me/sam_inter_silk_road
👍35❤9🔥2
Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 100 dollardan.

Sheʼrlar 2024-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍25❤4
"SILK ROAD ACADEMY" dan navbatdagi olamshumul yangilik 😮

Endilikda siz
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
ishchi vizasini atigi birgina suhbat orqali qo'lga kiritishingiz mumkin 💯

Asosiy talab:
📎Diplom kollejni bitirganlar ham topshirishlari mumkin)
📎Yapon tilini bilish sertifikati 5 - (eng past) daraja bo'lsagina kifoya
📎Yosh chegarasi: Yo'q

Imkoniyatlar:
📌Viza davomiyligi: 5 yil
📌Ish soati: Kunda 8 soat ish (qo'shimcha soat ishlash imkoni mavjud)
📌Dam olish: Oyda 7~8 marta (ish mavsumida kamayishi xam mumkin)
📌Sug'urta: Ta'minlanadi

Bundan tashqari siz bu vizaga🔤
🇺🇿 O'zbekiston ✅
🇰🇷 Koreya ✅
🇷🇺 Rossiya ✅
davlatlaridan ham onlayn registratsiya qilishingiz mumkin❗️

ℹ️Batafsil ma'lumot 🔤ariza berish uchun:
👇
🛡 @SilkRoad_Academy3
🇺🇿 +998932849806

🛡 @SilkRoad_Academy2
 🇰🇷 010-7739-2880

https://t.me/sam_inter_silk_road
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35❤6🔥3
Janubiy Koreyada bakalavr va magistratura talabalari uchun yozgi 8 haftalik amaliyot dasturi!

Bu amaliyot Koreyaning mashhur KAIST universiteti tomonidan oʻtkaziladi (2024-yil 24-iyun – 16-avgust). Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

3-4-kursda oʻqiydigan bakalavriat talabalar va magistratura talabalari qatnashishi mumkin.

Moddiy imtiyozlar:
– Borish va kelish xarajari uchun 750 dollargacha mablagʻ
– Yotoqxona uchun 375 dollar mablagʻ

Arizalar 2024-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kai-x-research-internship-program/

@grantlar
👍56❤8🔥4
Italiyada joylashgan Calabria universitetida magistraturada oʻqish uchun 120 ta toʻliq grant!

Bu grantlarning ingliz tilida oʻqitiladigan 2 yillik magistrlik kurslari uchun beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish (kontrakt) toʻlovi toʻliq qoplab beriladi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– 3600 yevrogacha mablagʻ beriladi.

Qabul uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) topshirish majburiy emas.

Arizalar 2024-yil 10-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-calabria-italiyada-magistraturada-oqish-uchun-120-ta-grant/

@grantlar
👍73❤8🔥6
Markaziy Bankdan “Pullaringizni himoya qiling. Kelajagingizni ta’minlang” mavzusida videoroliklar tanlovi

Tanlovda 17-21 yoshli barcha qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan mavzuga oid, istalgan syujetdagi 2 daqiqadan oshmagan video tayyorlash talab etiladi.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: noutbuk
– 2-oʻrin: smartfon
– 3-oʻrin: smart soat

Ishlar 2024-yil 1-aprel, 12:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/pullaringizni-himoya-qiling-kelajagingizni-taminlang/

@grantlar
👍46🔥9❤8
“Siyosat sohasidagi yetakchi ayol: o‘rnak bo‘ladigan inson” mavzusidagi video uchun ssenariylar tanlovi

Bu tanlovda barcha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishi mumkin.

Ssenariylarni oʻzbek yoki rus tilida yuborish mumkin.

Gʻolib ssenariydan siyosat sohasidagi yetakchi ayol haqida 3-5 daqiqalik motivatsion video yaratish uchun asos sifatida foydalanish rejalashtirilgan.

Mukofotlar:
– 1-o‘rin: noutbuk
– 2-o‘rin: planshet
– 3-o‘rin: elektron kitob o‘qish qurilmasi

Ishlar 2024-yil 17-mart, soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/video-uchun-ssenariylar-tanlovi/

@grantlar
👍56❤3🔥1
ClimateScience Olympiad 2024: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Bakuga bepul safar qiladi!

Olimpiada onlayn shaklda, 12 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-19 yoshlilar.
– 20-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 3000 dollar
– 2-oʻrin: 2500 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-5-oʻrinlarning har biri: 1500 dollar
– 6-10-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– OLTIN, KUMUSH VA BRONZA MEDALLARI sohiblari Bakuda (Ozarbayjon) oʻtkaziladigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi
– Barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi

Qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati:
- 2024-yil 16-iyun

Batafsil👇
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

@grantlar
👍73🔥14❤7
Deutschland Scholarship: Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 140 ta!

Mannheim universiteti bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun 140 ta grant taklif etmoqda.

Grantlar universitetdagi istalgan yoʻnalishda oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oyiga 300 yevro stipendiya
– Taqdirlash marosimi
– Amaliyot, turli tadbirlarga takliflar imkoniyati

Qabul muddatlari:
– Bakalavriat uchun 2024-yil 1-iyundan 15-iyulgacha;
– Magistratura uchun 2024-yil 27-martdan 31-maygacha.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/deutschland-scholarship/

@grantlar
👍68❤16🔥10
Oʻqish bepul universitetlar: Berlin ozod universiteti (Germaniya)

Bu universitet dunyoning eng kuchli universitetlari roʻyxatida 98-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 312,89 yevro badal toʻlanadi (bu semestr badali, 1 semestrlik jamoat transporti chiptasi, ijtimoiy toʻlov va boshqalarni oʻz ichiga oladi)
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
Arizalar yiliga 2 marta (qishki va kuzgi semestr uchun) qabul qilinadi. Yoʻnalishga qarab, qabul sanalari nihoyatda farq qiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-berlin-bepul-universiteti-freie-universitat-berlin/

@grantlar
👍83🔥14❤9
Xalqaro onlayn olimpiada: MAI da oʻqish uchun 3490 ta davlat grantidan birini qoʻlga kiriting!

Moskva aviatsiya instituti (MAI) xorijlik nomzodlar uchun “Men MAI talabasiman” nomli xalqaro onlayn olimpiada tashkillashtirmoqda.

Unda maktabning 10-11-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Olimpiada va oʻqish rus tilida boʻladi.

MAI ga bu yilgi qabulda 3490 dan ortiq talaba davlat granti asosida qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Mukofotlar:
– Gʻoliblarga I darajali diplom, qabul va davlat grantini olish uchun qoʻshimcha 10 ball
– 2 va 3-oʻrinlarga II va III darajali diplom, qabul va davlat grantini olish uchun qoʻshimcha 8 ball
– Qoʻshimcha ball bilan yotoqxonaga ega boʻlish va oylik stipendiya uchun ariza topshirish mumkin

Olimpiadada qatnashish uchun 2024-yil 15-aprelgacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇

https://grantlar.uz/blog/men-mai-talabasiman-nomli-xalqaro-onlayn-olimpiada/

@grantlar
👍52❤4🔥2
bp kompaniyasidan Kanadadagi 4 kunlik One Young World sammitida qatnashish uchun toʻliq grant!

bp
kompaniyasi One Young World sammitida (2024-yil 18-21-sentabr) qatnashish imkonini beruvchi Net Zero grantini eʼlon qildi.

Dasturga karbonat angidriddan xoli / karbonat chiqindilarini kamaytiruvchi energiya manbalari ustida ish olib boruvchi yosh yetakchilar ariza topshirishi mumkin.

Sammit ingliz tilida olib boriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Monrealdagi 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bp-kompaniyasidan-one-young-world-sammitida-qatnashish-uchun-grant/

@grantlar
👍48❤13🔥8
The Young Leadership Program: 18-25 yoshli nomzodlar uchun yetakchilik boʻyicha 3 oylik bepul dastur

Bu dastur 18-25 yoshli Oʻzbekiston fuqarolari uchun moʻljallangan. Dastur doirasida mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan uchrashuvlar, keyslar tahlili, joylarga safarlar tashkil etiladi (ingliz tilida).

Moddiy imtiyoz: Qabul qilingan ishtirokchilar 3 oylik ushbu dasturda bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Arizalar 2024-yil 15-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-young-leadership-program-3-oylik-bepul-kurs/

@grantlar
👍62🔥7❤4
SABF: Barcha bosqich talabalari uchun Argentinada 3 kunlik forum – xarajatlar qoplanadi; joy 100 ta!

Forumda ingliz yoki ispan tilini biladigan bakalavriat, magistratura yoki PhD bosiqichi talabalari, shuningdek shu darajalarni 2023 yoki 2024-yili bitirganlar qatnashishi mumkin.

Forum 2024-yil 2-4-avgust kunlari Buenos-Ayres shahrida boʻlib oʻtadi.

Dastur imtiyozlari:
– Forumga bepul qatnashish
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Forum davomida mahalliy transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 6-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/south-american-business-forum-sabf/

@grantlar
👍59🔥12❤6