Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.4K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2024-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
👍30❤8🔥4
“Samarqand - Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzusidagi videorolik uchun ssenariylar tanlovi

Tanlovda barcha O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan mavzu doirasida 3 daqiqalik video uchun ssenariy yubish soʻraladi.

Ssenariylarni oʻzbek yoki rus tilida topshirish mumkin.

Mukofot: Tanlov gʻolibi 30 mln soʻm bilan taqdirlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/samarqand-yangi-ozbekistonning-turizm-darvozasi/

@grantlar
👍67❤16🔥10
Oʻqish bepul universitetlar: MLU (Germaniya)

MLU universiteti dunyoning eng kuchli universitetlari roʻyxatida 611-oʻrinni egallab turibdi.

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Oʻqish bepul (kontrakt toʻlanmaydi)
– 1 semestr uchun 56,1 yevro (61 dollar) semestr badali toʻlanadi
– Har semestr jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beruvchi chipta uchun 60 yevro (65 dollar) toʻlanadi
– Ingliz va nemis tilida kurslar mavjud

Qabul
– Bakalavriatga eng yaqin qabul: 2024-yil 15-iyul
– Magistraturaga eng yaqin qabul: 2024-yil 31-mart/15-iyun

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-mlu-germaniya/

@grantlar
👍96🔥18❤12
Qabul bugundan boshlanadi

Bakalavriat va magistratura uchun Koreya milliy san’at universitetining AMA+ toʻliq granti!

Arizalarni koreys yoki ingliz tilida topshirish mumkin. Grantlar ushbu universitetda mavjud sanʼatga oid yoʻnalishlar boʻyicha tahsil olish uchun beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi
– Koreyaga borish va qaytish uchun aviachipta beriladi
– 600 dollar oylik stipendiya
– Oʻqish boshlanishidan oldin 6 oylik bepul koreys tili kursi
– Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplanadi
– Joylashib olish uchun 150 dollar mablagʻ
– Koreya tili malakasi puli (oyiga 75 dollar)
– Bitiruv ishi uchun mablag' (750 dollar)

Qabul 2024-yilning 21-martidan 31-martigacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/koreya-bakalavriat-va-magistratura-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-borish-kelish-xarjatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍55❤11🔥8
International Merit Postgraduate Scholarship: Britaniyada magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar; joy 125 ta!

Sheffild universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun qisman grantlar taklif etmoqda. Grantlar 2024-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun beriladi.

Grant imtiyozi: Grant kontrakt summasi uchun 5000 funt-sterling chegirma qiladi. Jami 125 nafar talaba ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2024-yil 13-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-merit-postgraduate-scholarship-britaniyada-magistraturani-oqish-uchun-qisman-grantlar/

@grantlar
👍33❤8🔥8
Oʻqish bepul boʻlgan oliygoh – Deep Springs kolleji (AQSH)

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Faqat bakalavriat bosqichi kurslari taklif etiladi.
– Qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant beriladi (grant taʼlim, turar joy va oziq-ovqat xarajatini qoplaydi).
– Oʻqish davomida ranchoda haftasiga kamida 20 soat ishlash talab etiladi.

Qabul

Arizalar 2024-yil, kuzning 1-haftasidan noyabr oyi o'rtalarigacha qabul qilinadi (oʻqish 2025-yil yozgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-deep-springs-kolleji-aqsh/

@grantlar
👍49❤8🔥8
Qabul tugashiga 3 kun qoldi

Volontyorlar uchun Antaliyada 6 kunlik bahorgi lager: Turar joy, oziq-ovqat va ichki transport xarajatlari qoplanadi!

Dasturda volontyorlik tajribasiga ega 18-35 yoshlilar qatnashishi mumkin. Dastur tadbirlari ingliz tilida boʻliadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Ichki transport xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy, oziq-ovqat, va ichki turizm xarajatlari qoplanadi.
– Bepul tibbiy sug‘urta.
– Viza olish uchun taklifnoma yuboriladi (agar viza kerak boʻlsa).
– Maxsus sertifikat.

Arizalar 2024-yil 25-mart 02:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/4th-icyf-international-young-volunteers-camp/

@grantlar
👍58🔥13❤11
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 16,5 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2024-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
👍52❤8🔥8
Nailekhanim Foundation: Ayol-qizlarning magistratura yoki PhD bosqichini Ozarbayjonda oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!

Grant Bokudagi Hazar universitetining magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi.

Oʻqish ingliz tilida, biroq ariza topshirishda til sertifikati (IELTS va hk) talab etilmaydi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
– Yotoqxona toʻlovi toʻliq qoplanadi
– 1 yil davomida oylik stipendiya
– Ozarbayjonga borish va kelish xarajati qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nailekhanim-foundation-ayol-qizlarning-magistratura-yoki-phd-bosqichini-ozarbayjonda-oqishi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍53❤6
Charles University: Chexiyada bakalavriat va magistraturani oʻqish uchun toʻliq grantlar!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 248) kompyuter fanlariga oid bakalavriat va magistratura dasturlarida (ingliz tilida) oʻqishni xohlovchilarga CSTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/chexiya-magistratura-va-bakalavriat-uchun-grant-dasturi/

@grantlar
👍56❤18
Charlz universitetidan navbatdagi grant: Matematika yoʻnalishida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 248) matematika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PMTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/prague-mathematics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
👍51❤4🔥2
OSCE school and Model OSCE Conference: Gruziyada barcha xarajatlari qoplanadigan 7 kunlik dastur!

Bu dasturga tegishli sohalarda oʻqiyotgan yoki faoliyat yuritayotgan 18-29 yoshli nomzodlar ariza berishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2024-yil 15-21-iyul kunlari Tbilisida (Gruziya) oʻtkaziladi (ingliz tilida).

Moddiy taʼminot:
Gruziyaga borish va kelish, turar joy va ovqatlanish xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 28-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇

https://grantlar.uz/osce-school-and-model-osce-conference/

@grantlar
👍47❤7🔥7
Charles University: Chexiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 248) Computer Science - Language Technologies and Computational Linguistics magistrlik dasturi uchun 1 ta toʻliq grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻliq qoplanadi
– Yiliga 4800 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 400 yevro mablagʻ

Arizalar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/computational-linguistics-scholarship/

@grantlar
👍35🔥10❤9
Chexiyada fizika sohasida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 248) fizika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PPTFS grantini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.

Arizalar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/prague-physics-tuition-fee-scholarship/

@grantlar
👍35❤8🔥6
YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!

Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.

Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).

Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2000 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.

Qatnashish uchun 2024-yil 31-maygacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/

@grantlar
👍53❤8🔥7
Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq!

Ushbu xalqaro insholar tanloviga 2 kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:
– 14 yoshgacha boʻlganlar;
– 15-25 yoshlilar.

Bu yilgi tanlov mavzusi: My Experience of Overcoming Conflict (Ziddiyatni yengish boʻyicha tajribam)

Insholar ingliz, fransuz yoki yapon tilida yozilishi mumkin.

Mukofotlar: Jami 60 dan ortiq sovrinli oʻrinlar bor. Sovrindorlar diplom, sovgʻalar va pul mukofoti (660 dollargacha) bilan taqdirlanadi.

Insholar 2024-yil 15-iyun, 23:59 gacha qabul qilinadi

Batafsil👇
https://grantlar.uz/goi-peace-foundation-25-yoshgacha-bolganlar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍46❤6🔥6
Janubiy Koreyada bakalavr va magistratura talabalari uchun yozgi 8 haftalik amaliyot dasturi!

Bu amaliyot Koreyaning mashhur KAIST universiteti tomonidan oʻtkaziladi (2024-yil 24-iyun – 16-avgust). Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

3-4-kursda oʻqiydigan bakalavriat talabalar va magistratura talabalari qatnashishi mumkin.

Moddiy imtiyozlar:
– Borish va kelish xarajari uchun 750 dollargacha mablagʻ
– Yotoqxona uchun 375 dollar mablagʻ

Arizalar 2024-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kai-x-research-internship-program/

@grantlar
👍37❤10🔥7
IWSH Essay Scholarship Contest: Talabalar va maktab, kollej hamda litseyning oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Insholar berilgan mavzu boʻyicha ingliz tilida yozilishi va 800-1600 soʻzdan iborat boʻlishi kerak.

Tanlovda universitet talabalari va oʻrta/kasbiy taʼlim muassasalarining oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o'rin (1 nafar): 2000 dollar
– 2-o'rin (3 nafar): 1000 dollar

Insholar 2024-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-talaba-va-oquvchilar-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍44❤11🔥3
Chexiyada oʻqishga qiziquvchilar uchun eslatma

Hozirda dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblangan Charlz universiteti (TOP 248) bakalavriat va magistratura uchun bir qancha grantlar taklif etmoqda.

Bu grantlarning barchasiga qabul 2024-yil 30-aprelda tugaydi.

Quyida ularni keltirib oʻtamiz:

👉 Kompyuter fanlariga oid bakalavriat va magistratura dasturlari uchun grantlar

👉 Fizika sohasidagi magistratura dasturlari uchun grantlar

👉 Matematika sohasidagi magistratura dasturlari uchun grantlar

👉 Til texnologiyalari va hisoblash lingvistikasi boʻyicha magistratura uchun grantlar

@grantlar
👍24🔥16❤5
FuSEP Summer Research Program: bakalavr va magistrlar uchun Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi dastur!

Bu dasturga fizika, kimyo, moddashunoslik, hayot haqidagi fanlar, tibbiyot, yer va kosmik fanlar, matematika, muhandislik, kompyuter fanlari kabi yo’nalishlarida oʻqiyotgan bakalavriat va magistratura talabalari ariza berishi mumin.

Ishtirokchilar professorlar rahbarligida tegishli loyihalar boʻyicha tadqiqot olib boradi. Dastur mashgʻulotlari 2024-yil 1-iyuldan boshlanadi va 1 oy davom etadi (ingliz tilida).

Imtiyozlar:
– Ishtirok etish bepul
– Xitoyga borish-kelish xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy va sugʻurta
– Maxsus sertifikat

Arizalar 2024-yil 31-mart (ayrim sohalar boʻyicha) yoki 14-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fusep-summer-research-program/

@grantlar
👍39❤6🔥1