Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.4K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Germaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun DAAD grantlari

DAAD tomonidan taqdim etiladigan “Master Studies for All Academic Disciplines” grantlari deyarli barcha sohalar boʻyicha magistraturani Germaniyada oʻqish imkonini beradi (ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin).

Universitetni bitirganiga 6 yildan oshmagan yoki 2025-yili bakalavriatni bitiruvchilar ariza berishi mumkin.

Grant imtiyozlari:
– Oyiga 934 yevro stipendiya
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Oʻqish va tadqiqot xarajatlari uchun bir martalik mablagʻ va boshqalar.

Arizalar 2024-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Oʻqish 2025-yil kuzidan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniyada-oqish-uchun-daad-grantlari/

@grantlar
👍57❤15🔥1
International CGI Scholarship: Tailandda magistratura – barcha xarajatlar qoplanadi!

Tailandning Chulabhorn Graduate Institute oliygohi 15 nafar xalqaro talabaga magistraturani grant asosida oʻqishni taklif qilmoqda.

Taʼlim ingliz tilida olib boriladi va quyidagi yoʻnalishlardan birida oʻqish mukmin:
– Applied Biological Sciences: Environmental Health
– Environmental toxicology
– Chemical sciences

Moddiy imtiyozlar:
– Kontrakt summasi va boshqa akademik toʻlovlar qoplanadi
– Borish-kelish, tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi
– Bepul turar joy
– Oylik stipendiya
– Joylashib olish uchun yordam puli

Arizalar 2024-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2025-yil avgustdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-cgi-scholarship-tailandda-magistratura-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍32❤7🔥7
Central Asia Media Literacy Project : 16-22 yoshlilar uchun bepul onlayn media savodxonlik kursi

Bu kursda ingliz tilini yetarli darajada biluvchi 16-22 yoshli nomzodlar qatnashishi mumkin. Kurs mashgʻulotlari 3 oy – 2024-yil 5-avgustdan 31-oktyabrgacha davom etadi (onlayn).

Manfaatli jihatlar:
– Ishtirok etish bepul
– Sertifikat va tavsiyanomalar
– Ishtirok bilan bogʻliq xarajatlar uchun stipendiya berilishi mumkin

Arizalar 2024-yil 21-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-asia-media-literacy-project/

@grantlar
👍52❤19🔥4
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatordan oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3500 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3500 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 300 AQSh dollaridan pul mukofoti.

Sheʼrlar 2024-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍27❤6🔥4
Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati!

Copernicus dasturi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga Gamburg universitetida 1 semestr oʻqish imkonini beradi.

Qabul qilinganlar ushbu imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Aviachipta va viza xarajatlari qoplanadi.
– Semestr uchun oʻqish toʻlovi toʻlab beriladi.
– Turar joy, sug'urta, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 300 yevro choʻntak puli ajratiladi.

Bakalavrni tugatgan va magistraturaga oʻqishga kirishni rejalashtirayotganlar ham ariza topshira oladi.

Arizalar har yili quyidagi sanagacha qabul qilinadi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
– Qishki semestr uchun 1-martgacha.

Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati: 2024-yil 1-sentabr.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stipendium-copernicus-germaniyada-bir-semestr-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Bu dasturni International Excellence Scholarship dasturi bilan adashtirmang.

@grantlar
👍61❤9🔥6
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2024-yil 30-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍38❤9🔥2
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2024-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
👍35❤2
Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2024-2025-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1456 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/biznes-tadbirkorlik-sohasi-talabalari-uchun-tanlov-mukofot-2000-kanada-dollari/

@grantlar
👍43❤9🔥3
Samarqandda 6 kunlik yozgi maktab: barcha xarajatlar qoplanadi!

2024-yil 9-15-sentyabr kunlari Samarqand davlat universitetida “Markaziy Osiyoda yerdan barqaror foydalanish va tabiatni muhofaza qilish uchun innovatsiyalar” yozgi maktabi oʻtkaziladi.

Maktabda ekologiya, qishloq xo'jaligi, ijtimoiy fanlar, tabiatni muhofaza qilish, geografiya yo'nalishlarida o'qiyotgan yoki ishlayotgan yosh mutaxassislar qatnashishi mumkin. Ingliz yoki rus tilini bilish talab etiladi.

Moddiy imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– Safar xarajatlari qoplanadi
– Bepul turar joy va oziq ovqat

Arizalar 2024-yil 21-iyulgacha qabul qilinad.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/samarqandda-6-kunlik-yozgi-maktab-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
👍83❤18🔥12
“Men o‘zbekistonlikman – qonimda g‘alaba” umummilliy chellenji: mukofot jamg’armasi 500 million so’m!

Bu chellenj Uzbekistan’s Club tomonidan Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilmoqda. Chellenjda barcha qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilardan mavzu doirasida koʻpi bilan 1 daqiqalik kreativ video olish va #Qonimdagalaba heshtegi bilan Instagramga joylash soʻraladi.

Mukofotlar: Eng yaxshi 10 ta video egasining har biri 50 mln soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Videolarni joylashtirishning oxirgi muddati: 2024-yil, 20-iyul.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/men-ozbekistonlikman-qonimda-galaba/

@grantlar
👍87❤16🔥8
“Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik ofatning salbiy oqibatlari” fotosuratlar va maqolalar tanlovi

Bu tanlov 2 yoʻnalish boʻyicha o‘tkaziladi:
– Tabiat nigohi: eng yaxshi fotosurat
– Tabiat ovozi: eng yaxshi ekologik maqola

Tanlovda jurnalistlar, bloggerlar va fotosuratchilar qatnashishi mumkin. Tanlovga o‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi ishlar qabul qilinadi.

Mukofotlar: Har bir yoʻnalish gʻoliblari noutbuk, fotoapparat va smartfonlar bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2024-yil 15-sentabr, 18:00 gacha qabul qiliinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fotosuratlar-va-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
👍50❤6
Hurford Youth Fellowship Program: AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 3 oylik dastur!

Dasturga 30 yoshdan oshmagan, demokratiya rivojiga hissa qo'shish va demokratik faollikka qiziquvchi nomzodlar ariza berishi mumkin.

Qabul qilinganlar 3 oy davomida Vashingtonda amaliyot o'taydi va malaka oshiradi (ingliz tilida).

Moliyaviy imkoniyatlari:
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Bepul tibbiy sug'urta
– Jihozlangan, internetga ulangan ish xonasi

Arizalar 2024-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hurford-youth-fellowship-program-aqshda-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-3-oylik-dastur/

@grantlar
👍47❤7🔥2
The Hodder Fellowship – sanʼatkorlar uchun AQSHda amaliyot dasturi; stipendiya – 92 000 AQSh dollari!

Dasturga bastakor, xoreograf, ijrochi (jumladan, teatr aktyorlari, raqqoslar va h.k.), shoir, tasviy sanʼat vakillari, yozuvchi, tarjimon va boshqa turdagi sanʼatkorlar ariza berishlari mumkin.

Odatda dasturga 5 nafar ishtirokchi qabul qilinadi va ular Prinston universitetida 1 yil davomida amaliyot (tadqiqot) oʻtaydi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 92 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2024-yilning 10-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-hodder-fellowship-sanatkorlar-uchun-aqshda-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍26❤8🔥1
Germaniyada ijodkorlar uchun 3 oylik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi

Dasturda tasviriy san'at, fotografiya, kino, multimedia sohasidagi ijodkorlar, shuningdek, tasviriy san'at, fotografiya, kino, multimedia bilan birlashtirilgan musiqa sohasi ijodkorlari qatnashishi mumkin.

Arizalarni ingliz yoki nemis tilida tophirish mumkin. Ishtirokchilar dastur davomida badiiy loyiha ustida ishlaydi.

Moddiy imtiyozlar:
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul turar joy
– 900 yevro oylik stipendiya
– Yakuniy tadqimot uchun 500 yevro

Arizalar 2024-yil 28-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniyadaijodkorlar-uchun-3-oylik-dastur/

@grantlar
👍33❤6🔥4
Dunyoning 6-raqamli universitetida to'liq grant asosida o'qish imkoniyati!

Princeton universiteti
(AQSH) bakalavriatga qabul qilingan va yillik oilaviy daromadi 100 000 AQSH dollaridan kam boʻlgan barcha talabalar toʻliq moliyaviy yordam ajratiladi. Bu yordam jami 1500 ta talabaga ajratiladi.

Oʻzbekistonda deyarli barcha oilaning yillik daromadi 100 000 dollardan kam. Bu Princeton universitetiga qabul qilingan har qanday oʻzbek talaba (bakalavr) toʻliq moliyaviy yordam olishi anglatadi.

Toʻliq moliyaviy yordam imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Kitoblar va shaxsiy ehtiyojlar xarajati qoplanadi

Arizalar qabuli har yili avgust oyi oʻrtalarida boshlanadi. Qabulning tugash sanalari:
- 2024-yil 1-noyabr
- 2025-yil 1-yanvar

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrilishi uchun ertaroq maʼlumot berilmoqda.


@grantlar
👍100❤20🔥8
Princeton Arts Fellowships – Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish va malaka oshirish imkoniyati; yillik stipendiya – 92 000 dollar!

Dasturga ijodkorona yozish (Creative Writing), teatr, raqs, musiqa va tasviriy sanʼat sohasidagi mutaxassislar va ijodkorlar taklif etiladi. Ishtirokchilar universitetda oʻz sohasi boʻyicha dars beradi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 92 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2024-yil 10-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-arts-fellowships-aqshning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-dars-berish-imkoniyati/

@grantlar
👍37❤2🔥2
AQSHda huquq boʻyicha magistratura va doktorantura bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va doktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 marta qabul qilinadi va qabul muddatlari dasturga qarab farq qiladi. 2024-yildagi qabullarning eng oxirgi muddati: 2024-yil 1-dekabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍22❤7🔥2
Excellence Master Fellowships: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun yiliga 16 ming dollargacha grantlar!

Bu grantlar quyidagi magistrlik dasturlarida oʻqish uchun beriladi: Astrophysics, Biochemistry, Biology, Biomedical Sciences, Chemical Biology, Chemistry, Computer Science, Earth Sciences, Environmental Science, Mathematics, Mathematics Computer Science and Numerical Sciences, Neuroscience, Pharmacy, Physics, Prehistoric Archaeology.

Magistrlik dasturlari toʻliq ingliz tilida yoki ingliz va fransuz tilida oʻtiqiladi.

Grant miqdori: Grantni qoʻlga kiritganlar yiliga 11 200-16 700 AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlanadi.

Eslatma: Bu universitetdagi kontrakt summasi miqdori 1 semestr uchun 600 AQSH dollari.

Arizalar qabuli 2025-yilning yanvar oyida boshlanadi va 2025-yil 28-fevralgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-geneva-excellence-master-fellowships/

@grantlar
👍30❤8🔥2
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridagi biri – Stenford uninversiteti (AQSH) bakalavriat kurslariga ariza topshirayotganlarga moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Moliyaviy yordam shakllari quyidagicha:

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 150 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 100 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Arizalar qabuli har yili avgust oyida boshlanadi. Qabul uchun 2 ta dedlayn (qabul muddati) bor:
– Erta qabul: har yili 1-noyabr.
– Odatiy qabul: har yili 5-yanvar.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stenford-universitetining-bakalavriat-talabalariga-moliyaviy-yordam-dasturi/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrilishi uchun ertaroq maʼlumot berilmoqda.

@grantlar
👍35❤17🔥9
AQSH: ayol-qizlarga bakalavriatda o'qish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!

AQSHdagi Simmons universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchi nomzodlarga Simmons Distinguished Scholar Award grantini taklif qiladi.

Bu universitetning bakalavriat kurslariga faqat ayol-qizlar qabul qilinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilinadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat ta'minlanadi

2025-yil kuzgi semestrda o'qishni boshlash uchun arizalar 2024-yil avgust oyidan 1-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/simmons-university-aqsh-bakalavr-kursida-bepul-oqish-turar-joy-taminoti-oqish-xarajatlari-uchun-qoshimcha-3000-aqsh-dollari-miqdorida-yordam-puli/

@grantlar
👍45❤13🔥4