Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.4K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2024-yil 30-sentabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍38❤6🔥2
Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati!

Copernicus dasturi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga Gamburg universitetida 1 semestr oʻqish imkonini beradi.

Qabul qilinganlar ushbu imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:
– Aviachipta va viza xarajatlari qoplanadi.
– Semestr uchun oʻqish toʻlovi toʻlab beriladi.
– Turar joy, sug'urta, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.
– Oyiga 300 yevro choʻntak puli ajratiladi.

Bakalavrni tugatgan va magistraturaga oʻqishga kirishni rejalashtirayotganlar ham ariza topshira oladi.

Arizalar har yili quyidagi sanagacha qabul qilinadi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
– Qishki semestr uchun 1-martgacha.

Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati: 2024-yil 1-sentabr.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stipendium-copernicus-germaniyada-bir-semestr-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

P.S. Bu dasturni International Excellence Scholarship dasturi bilan adashtirmang.

@grantlar
👍42❤8🔥6
ERP Study Scholarships (DAAD): Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Dasturga iqtisod mutaxassisliklari va/yoki biznes boshqaruvi sohasida bakalavrlik diplomiga ega boʻlgan yoki bu diplomni 2025-yil iyul oyigacha qoʻlga kiritadigan nomzodlar topshirishi mumkin.

Nomzod ingliz yoki nemis tilida oʻqishni tanlashi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– 934 yevro oylik stipendiya.
– Oʻquv xarajatlari uchun yiliga 460 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Zarur hollarda 2 oylik bepul nemis tili kursi.

Arizalar 2024-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/erp-study-scholarships-daad-germaniyada-iqtisodiyot-va-biznes-boshqaruvi-boyicha-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍32❤7🔥6
Wake Forest University: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va o'ziq-ovqat!

AQShda joylashgan Wake Forest universiteti bakalavriat bosqichiga topshiruvchi nomzodlarga Guy T. Carswell Scholarships grantlarini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Shaxsiy xarajatlar uchun 3400 AQSh dollar mablagʻ ajratiladi.
– Tadqiqotlar uchun qoʻshimcha 5000 dollarlik yordam puliga ariza berish mumkin.

Bu grant yiliga 5 nafargacha talabaga ajratiladi.

Arizalar 2024-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/wake-forest-university-aqshda-bepul-oqish-bepul-yotoqxona-va-ovqatlanish-uchun-grant-stipendiya-3-400-dollar/

@grantlar
🔥30👍19❤9
International Diversity Scholarship: AQShdagi Maryville College bakalavriat kurslarida bepul o’qish imkoniyati!

Maryville College bakalavriatda oʻqishni xohlaydigan xorijiy talabalarga International Diversity Scholarship grantini taklif qiladi.

Grantni oliygohdagi istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyati: Grantni yutib olgan talaba 4 yillik oʻqish davomida kotrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2025-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Oʻqish 2025-yil sentabrdan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-diversity-award-aqsh-bakalavr-kurslarida-bepul-oqish-uchun-grant/

@grantlar
👍33🔥8❤2
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2024-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
👍41🔥4❤2
Shveytsariya: Huquqshunoslik boʻyicha magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Shveytsariyadagi Jeneva Akademiyasi huquq boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilarga toʻliq grantlar taklif etadi.

Grantlar quyidagi masgitrlik dasturlari uchun beriladi:
– LLM in International Humanitarian Law and Human Rights
– Master of Advanced Studies in Transitional Justice, Human Rights and the Rule of Law

Grant imkoniyatlari:
– Kontrkat summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Arizalar 2024-yil 4-noyabrdan 2025-yil 9-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shveytsariya-huquqshunoslik-magistratura-toliq/

@grantlar
👍43❤7🔥6
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 250 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2025-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2024-yil 20-sentabrdan 20-oktabrgacha (oʻqish 2025-yil bahorgi semestrdan)
– 2024-yil 6-noyabrdan 2025-yil 7-yanvargacha (oʻqish 2025-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan)

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibi bilan ovozli suhbat

👉 Shu grant g'olibi bilan matnli suhbat

@grantlar
👍54❤6🔥3
Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dasturga bakalavrlik diplomi va kamida 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun mablagʻ
– Joʻnab ketish uchun mablagʻ
– Viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 5-noyabrgacha qabul qilinadi.

Dastur haqida manbalar:

👉 Chevening dasturi haqida batafsil maʼlumot

👉 Chevening gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat

👉 Chevening gʻoliblarining hujjatlari

@grantlar
👍48❤9🔥8
Qozogʻistondagi Nazarbayev universiteti: qabul jarayoni, taʼlim, toʻliq va qisman grantlar

Nazarbayev universiteti Markaziy Osiyodagi eng nufuzli universitetlardan biri. Universitetda taʼlim toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Universitet xususiyatlari:
– Bu universitet dunyoning nufuzli oliygohlari, jumladan, Ivy League universitetlarining strategik hamkori hisoblanadi
– Xalqaro talabalar uchun bir necha turdagi grantlar taklif qiladi
– Nazarboyev universiteti Osiyodagi eng yaxshi 11% va dunyodagi eng yaxshi 30% tadqiqot universitetlari qatoriga kiradi
– Universitet bitiruvchilar Apple, Google, Amazon, Booking, Netflix, Meta, UNDP va dunyoning boshqa yetakchi kompaniyalarida ishlamoqda

Qabul jarayoni har yili qish fasli boshida boshlanadi va 2 oy davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/qozogistondagi-nazarbayev-universiteti/

@grantlar
👍41❤18🔥8
Iqtisodiyot, moliya va biznes masalalari yoritiladigan jurnalistik ishlar uchun 15 000 dollargacha grant!

Ushbu McGraw Fellowship for Business Journalism dasturiga ingliz tilida material tayyorlay oladigan va kamida 5 yillik tajribaga ega jurnalistlar, frilans jurnalistlar, muxbirlar va muharrirlar ariza berishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Tanlangan mavzuni yoritish uchun 15 000 dollargacha grant beriladi
– Muharrirlik yordami koʻrsatiladi

Arizalar 2024-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-biznes-jurnalistikasi-boyicha-loyihalar-tanlovi-mukofot-15-000/

@grantlar
🔥14👍9❤4
Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3500 AQSh dollarigacha!

Tanlovga istalgan yoshdagi havaskor yoki professional shoirlar 250 qatordan oshmagan sheʼrini topshirishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofotlar:
– Tom Howard Prize mukofoti gʻolibiga 3500 AQSh dollari.
– Margaret Reid Prize mukofoti gʻolibiga ham 3500 AQSh dollari.
– Ikkala gʻolibga Duotrope platformasiga 2 yillik obuna sertifikati.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 300 AQSh dollaridan pul mukofoti.

Sheʼrlar 2024-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-margaret-reid-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍42❤17
Grant yutish uchun personal statement’ni qanday yozish kerak?

Quyidagi maqolamizda bu masalani yaxshi va yomon misollar hamda ularga izohlar orqali muhokama qilingan.

Maqolani oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/grant-yutish-uchun-personal-statementni-qanday-yozish-kerak-yaxshi-va-yomon-misollar-va-ularga-izohlar/

@grantlar
👍26❤9🔥4
OneBeat: Musiqachilar uchun AQSHda 1 oylik rezidensiya dasturi – ishtirok etish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi!

OneBeat – turli davlatlardan boʻlgan musiqachilarga hamkorlikda ishlash, tajriba almashish va ijod qilish imkonini beruvchi dasturdir.

19-35 yoshli, ingliz tilidan biroz boʻlsa-da xabari bor musiqachilar ariza berishi mumkin.

Biror taʼlim muassasasida musiqa boʻyicha oʻqiganlik talab etilmaydi.

Dastur imtiyozlar:
– Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar, jumladan, AQSHga borish va qaytish, turar joy xarajatlari qoplanadi.
– Ishtirokchilarga kunlik sitipendiya va 600$ gonorar ham beriladi.

Arizalar 2024-yil 6-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-musiqachilar-uchun-bir-oylik-onebeat-dasturi-barcha-xarajatlari-qoplanadi/

@grantlar
👍32🔥12❤4
FLEX dasturiga ariza topshirish boʻyicha qadamma-qadam qoʻllanma!

FLEX dasturiga ariza topshirish qadamma-qadam tushuntirilgan qoʻllanmani eʼlon qilindi.

Qoʻllanmada ariza shaklini toʻldirish jarayoni rasmlar bilan batafsil tushuntirilgan.

Bu qoʻllanmani quyida oʻzingizga qulay tilda oʻqishingiz mumkin:

👉 OʻZBEK TILIDA OʻQISH

👉 INGLIZ TILIDA OʻQISH

👉 RUS TILIDA OʻQISH

Maʼlumot uchun: FLEX dasturi AQSHdagi oʻrta taʼlim maktablarida (high school) 1 yil oʻqish imkonini beradi. Oʻqish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

Asosiy manbalar:

👉 FLEX dasturi haqida batafsil

👉 FLEX boʻyicha eng koʻp beriladigan savollarga javoblar

@grantlar
👍28❤20🔥9
CV/Rezyumeda hobbi va qiziqishlarning ahamiyati haqida

Ba'zan CV/rezyumega hobbi va qiziqishlarni kiritish siz uchun ijobiy natija berishi mumkin.

Bugun ularni CV/rezyumega kiritishning ahamiyatli haqida ma'lumot beramiz.

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH 👈

@grantlar
👍12❤2
ICYF International Media Training Camp: 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh!

Dasturda 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar qatnashishi mumkin. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Qatnashish bepul.
– Turar joy, oziq-ovqat va shaharga ekskursiyalar xarajati qoplanadi.
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy va sayohat sugʻrutasi xarajatlari qoplanadi.
– Sertifikat beriladi.

Arizalar 2024-yil 12-avgust soat tungi 01:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/icyf-international-media-training-camp/

@grantlar
👍36❤8
National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!

Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 funt-streling.
– 2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
– 3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
– Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 500 funt-sterling.

Sheʼrlar qabuli 2024-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
👍28❤3
Fulbright Visiting Scholar Program: AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant!

Kimlar qatnasha oladi?
– PhD darajasiga ega OTM oʻqituvchilari;
– Tadqiqotchilar;
– 10 yillik tajribaga ega tahlil markazlari, tegishli hukumat va nohukumat tashkilotlari xodimlari.

Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi (til sertifikati shart emas).

Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish uchun aviachipta.
– AQSHda yashash va faoliyat olib borish uchun toʻliq moliyaviy yordam.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Kasbiy va madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati.

Arizalar 2024-yil 16-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-fulbright-visiting-scholars/

@grantlar
👍52❤7🔥1
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

2025-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2024-yil 1-oktabrdan 2025-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍32❤2🔥2