Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.4K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
FLEX gʻolibasi bilan ovozli chat!

@Grantlar_namuna kanali jamoasi FLEX dasturini yutib olgan hamyurtimiz – Jakbaraliyeva Muxlisa bilan ovozli chat oʻtkazadi.

Chat davomida Muxlisa bilan dastur, ariza topshirish jarayoni va uni qoʻlga kiritishdagi muhim jihatlar haqida suhbatlashamiz. Shuningdek, Muxlisadan dastur haqidagi savollaringizni soʻrashingiz ham mumkin boʻladi.

Ovozli chat manzili: @grantlar_namuna

O'tkaziladigan vaqt: 2024-yil, 12-avgust, soat 20:30.

Maʼlumot uchun: FLEX dasturi maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilariga 1 yil AQSHda oʻqish imkonini beradi. Oʻqish xarajatlari toʻliq qoplanadi. Qabul 2024-yil, 28-sentyabrgacha davom etadi.

P.S. Suhbatdan oldin FLEX haqida MAQOLA bilan albatta tanishib chiqing.

@grantlar_namuna
👍34🔥6❤5
Dunyoning 6-raqamli universitetida to'liq grant asosida o'qish imkoniyati!

Princeton universiteti
(AQSH) bakalavriatga qabul qilingan va yillik oilaviy daromadi 100 000 AQSH dollaridan kam boʻlgan barcha talabalar toʻliq moliyaviy yordam ajratiladi. Bu yordam jami 1500 ta talabaga ajratiladi.

Oʻzbekistonda deyarli barcha oilaning yillik daromadi 100 000 dollardan kam. Bu Princeton universitetiga qabul qilingan har qanday oʻzbek talaba (bakalavr) toʻliq moliyaviy yordam olishi anglatadi.

Toʻliq moliyaviy yordam imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Kitoblar va shaxsiy ehtiyojlar xarajati qoplanadi

Qabulning tugash sanalari:
- 2024-yil 1-noyabr
- 2025-yil 1-yanvar

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍78❤10🔥10
AQSHda huquq boʻyicha magistratura va doktorantura bosqichida o'qish uchun grantlar

AQSHdagi Widener University Delaware Law School oliygohi magistratura va doktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga grantlar taklif etadi.

Grant oliygohda oʻqish uchun kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.

Arizalar har yili 3 marta qabul qilinadi va qabul muddatlari dasturga qarab farq qiladi. 2024-yildagi qabullarning eng oxirgi muddati: 2024-yil 1-dekabr.

👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈

@grantlar
👍33❤4
Excellence Master Fellowships: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun yiliga 16 ming dollargacha grantlar!

Bu grantlar quyidagi magistrlik dasturlarida oʻqish uchun beriladi: Astrophysics, Biochemistry, Biology, Biomedical Sciences, Chemical Biology, Chemistry, Computer Science, Earth Sciences, Environmental Science, Mathematics, Mathematics Computer Science and Numerical Sciences, Neuroscience, Pharmacy, Physics, Prehistoric Archaeology.

Magistrlik dasturlari toʻliq ingliz tilida yoki ingliz va fransuz tilida oʻtiqiladi.

Grant miqdori: Grantni qoʻlga kiritganlar yiliga 11 200-16 700 AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlanadi.

Eslatma: Bu universitetdagi kontrakt summasi miqdori 1 semestr uchun 600 AQSH dollari.

Arizalar qabuli 2025-yilning yanvar oyida boshlanadi va 2025-yil 28-fevralgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-geneva-excellence-master-fellowships/

@grantlar
👍36❤12🔥7
FLEX dasturi g'olibasi Muxlisa Jakbaraliyeva bilan suhbat
Hujjat topshirish jarayonlari
FLEX dasturi g'olibasi bilan o'tkazilgan ovozli suhbatning yozib olingan varianti.

FLEX dasturi g'olibasi – Jakbaraliyeva Muxlisa shu dastur boʻyicha suhbat qilgandik. Shu suhbatning yozib olingan versiyasini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Suhbatda quyidagi mavzular qamrab olindi:
- Dastur uchun yozilgan insho qanday yozilishi;
- Suhbat jarayonida beriladigan savollar;
- Til bilish muhimlilik darajasi;
- Test jarayoni;
- AQShga borganda muammo bo'lsa, qanday hal qilinishi va boshqalar.

Suhbat yakunida tinglovchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Mazmunli suhbat uchun Muxlisaga alohida minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz.

Eslatma: FLEX dasturi uchun qabul 2024-yil, 26-sentyabrgacha davom etadi.

👉 Dastur haqida batafsil ma'lumot BU YERDA

@grantlar_namuna
👍43🔥13❤2
FLEX dasturi haqida batafsil materiallar

FLEX dasturi maktab va kollej/litsey oʻquvchilariga AQSH maktablarida (high school) 1 yil davomida oʻqish imkonini beradi. Dastur bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

Granlar.uz jamoasi ushbu dastur haqida batafsil materiallarni shakllantirgan.

Ular quyidagilar:

👉 FLEX dasturi talablari, qabul jarayoni va boshqalar haqida batafsil maqola

👉 FLEX haqida eng koʻp beriladigan savollarga javoblar

👉 FLEX dasturiga ariza topshirish qoʻllanmasi – 3 tilda

👉 FLEX dasturining oʻtgan yilgi gʻolibasi bilan suhnat

Bu dasturga arizalar 2024-yil 26-sentabrgacha qabul qilinadi.

@grantlar
👍34❤9🔥4
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridagi biri – Stenford uninversiteti (AQSH) bakalavriat kurslariga ariza topshirayotganlarga moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Moliyaviy yordam shakllari quyidagicha:

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 150 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 100 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Qabul uchun 2 ta dedlayn (qabul muddati) bor:
– Erta qabul: har yili 1-noyabr.
– Odatiy qabul: har yili 5-yanvar.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stenford-universitetining-bakalavriat-talabalariga-moliyaviy-yordam-dasturi/

@grantlar
👍38🔥16❤4
Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan kishilarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2024-yil 22-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grantlar
👍28❤3🔥3
Qabul muddati uzaytirildi

ICYF International Media Training Camp: 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar uchun Turkiyada 6 kunlik media oromgoh!

Dasturda 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar qatnashishi mumkin. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Qatnashish bepul.
– Turar joy, oziq-ovqat va shaharga ekskursiyalar xarajati qoplanadi.
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy va sayohat sugʻrutasi xarajatlari qoplanadi.
– Sertifikat beriladi.

Arizalar 2024-yil 19-avgust soat tungi 01:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/icyf-international-media-training-camp/

@grantlar
👍29❤6🔥6
Princeton Arts Fellowships – Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish va malaka oshirish imkoniyati; yillik stipendiya – 92 000 dollar!

Dasturga ijodkorona yozish (Creative Writing), teatr, raqs, musiqa va tasviriy sanʼat sohasidagi mutaxassislar va ijodkorlar taklif etiladi. Ishtirokchilar universitetda oʻz sohasi boʻyicha dars beradi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 92 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2024-yil 10-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-arts-fellowships-aqshning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-dars-berish-imkoniyati/

@grantlar
👍23❤3🔥2
World Children’s Picture Contest: 6-15 yoshdagi bolalar uchun xalqaro rasmlar tanlovi

Yaponiyaning IE-NO-HIKARI jurnali nashriyoti tomonidan “Jahon bolalar rasmlari tanlovi” ishlar qabul qilinmoqda. Bu tanlovda 6-15 yoshli barcha bolalar oʻzlari chizgan rasmlar bilan qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 20 nafar gʻolib uchun “Oltin mukofoti”, boʻyoqlar toʻplami
– 40 nafar sovrindor uchun “Kumush mukofoti”
– 60 nafar sovrindor uchun “Bronza mukofoti”
– 80 nafar ishtirokchi alohida eʼtirof etiladi
– Barcha g'oliblar o’z ishlarining rasmi tushirilgan statuetka va maxsus esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi

Ishlar 2024-yil 1-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-childrens-picture-contest-6-15-yoshdagi-bolalar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/

P.S. Ushbu postdagi rasm oʻtgan yilgi tanlovda sovrindorlar safidan joy olgan oʻzbekistonlik ishtirokchiga tegishli.


@grantlar
👍32🔥3❤2
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 622 funt-sterling mqidorida).

Arizalar qabuli 2024-yil senyabrdan 2025-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

@grantlar
👍37❤9🔥5
CV/Rezyumeda hobbi va qiziqishlarning ahamiyati haqida

Ba'zan CV/rezyumega hobbi va qiziqishlarni kiritish siz uchun ijobiy natija berishi mumkin.

Bugun ularni CV/rezyumega kiritishning ahamiyatli haqida ma'lumot beramiz.

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

👉 VIDEO SHAKLIDA KO'RISH 👈

@grantlar
👍17❤2🔥2
ICU Global Youth Essay Competition: 14-18 yoshlilar uchun insholar tanlovi; bosh mukofot – Yaponiyaga bepul safar!

Tanlovda tegishli mavzuga oid 650 soʻzdan oshmagan insholar (ingliz tilida) bilan qatnashish mumkin.

Ishtirokchilar 14-18 yosh boʻlishi va universitet talabasi boʻlmasligi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 1 nafar hamroh bilan Yaponiyaga bepul safar
– 2-oʻrin: 335 dollarlik sovgʻa kartasi
– 3-oʻrin (10 nafar): maxsus nashr nusxasi
– Barcha sovrindorlar sertifikat bilan taqdirlanadi

Ishlar 2024-yil 9-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/icu-global-youth-essay-competition/

@grantlar
👍41❤12🔥12
AQSH: ayol-qizlarga bakalavriatda o'qish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!

AQSHdagi Simmons universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchi nomzodlarga Simmons Distinguished Scholar Award grantini taklif qiladi.

Bu universitetning bakalavriat kurslariga faqat ayol-qizlar qabul qilinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilinadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat ta'minlanadi

2025-yil kuzgi semestrda o'qishni boshlash uchun arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/simmons-university-aqsh-bakalavr-kursida-bepul-oqish-turar-joy-taminoti-oqish-xarajatlari-uchun-qoshimcha-3000-aqsh-dollari-miqdorida-yordam-puli/

@grantlar
👍54❤9🔥9
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 12 785 yevrodan 17 000 yevrogacha.

Qabul muddatlari:
- 2024-yil 15-oktabrdan 2025-yil 1-fevralgacha
- 2025-yil 1-fevraldan 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
👍33🔥4❤1
Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 2-oʻrin: 250 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 100 dollardan.

Sheʼrlar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍16❤2🔥1
Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant!

Akademiyaga 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi va barchasiga grant beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍37❤6🔥5
The Hodder Fellowship – sanʼatkorlar uchun AQSHda amaliyot dasturi; stipendiya – 92 000 AQSh dollari!

Dasturga bastakor, xoreograf, ijrochi (jumladan, teatr aktyorlari, raqqoslar va h.k.), shoir, tasviy sanʼat vakillari, yozuvchi, tarjimon va boshqa turdagi sanʼatkorlar ariza berishlari mumkin.

Odatda dasturga 5 nafar ishtirokchi qabul qilinadi va ular Prinston universitetida 1 yil davomida amaliyot (tadqiqot) oʻtaydi (ingliz tilida).

Dastur imkoniyatlari:
– Yiliga 92 000 dollar stipendiya
– Tadqiqot xarajatlari uchun yiliga 5000 dollar mablagʻ
– Taʼlim qurollari uchun yiliga 2000 dollar mablagʻ

Arizalar 2024-yilning 10-sentabrigacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-hodder-fellowship-sanatkorlar-uchun-aqshda-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍18❤8🔥2
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazidan ijodiy ishlar tanlovi: gʻoliblar 50 mln soʻmgacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan barcha ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Tanlov yoʻnalishlari:
– Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik
– Eng yaxshi  vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq
– Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r

Mukofotlar: Har bir yoʻnalish boʻyicha 1-3 oʻrinni olganlar 20 mln soʻmdan 50 mln soʻmgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Ishlar 2024-yil 30-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/respublika-manaviyat-va-marifat-markazidan-tanlov/

@grantlar
👍20🔥8❤5