Grantlar.uz
79.2K subscribers
8.41K photos
50 videos
14 files
7.12K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Top-7 ta chet eldagi BEPUL universitetlar

Aviasales.uz smmchisi o’zbek universitetiga kira olmadi va oshxonasida somsa bilan osh berilmaydigan universitetda o’qishga majbur bo‘ldi🥺

Agar sizda ham vaziyat shunday bo’lsa, xavotir olmang, biz siz uchun dunyo boʻylab kirish oson boʻlgan va oʻqishga pul toʻlanmaydigan universitetlar roʻyxatini tuzdik:

🇮🇹 The Sculo Normale Superiore

Asosiy e'tibor fizika va kimyoga qaratilgan Italiyaning eng yaxshi universitetlaridan biri.
Bu yerga kirish uchun 12 yil o'qish kerak, ya'ni boshqa universitetda bir yillik o'qishni bitirish.
Kirish imtihonlari yo’q, abituriyentlar faqat ingliz tilini bilish sertifikatini taqdim etishlari va italyan tilida suhbatdan o'tishlari kerak.

🇦🇹 University of Vienna

Yevropadagi eng yirik...
davomini aviasales.uz kanalida o'qing
👍55❤4🔥4
Dunyoning eng nufuzli universitetlarida oʻqish uchun grantlar

Hozirda dunyoning eng nufuzli universitetlarida oʻqishga moʻljallangan bir qancha grantlarga arizalar qabul qilinmoqda. Quyida ularning roʻyxatini taqdim qilamiz.

1. Knight-Hennessy Scholars granti AQSHdagi Stenford universitetida (Top 2) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

O'rinlar soni – 100 tagacha. Dedlayn: 2024-yil 9-oktabr.

2. Stenford (Top 2) universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordami. Bu dastur Stenforda qabul qilingan va yillik oilaviy daromadi 100 ming dollardan kam boʻlgan bakalavrlarga toʻliq grant taqdim qiladi.

Dedlayn: 2024-yil 1-noyabr yoki 2025-yil 5-yanvar.

3. Princeton universitetining moliyaviy yordam dasturi – Princeton universitetiga qabul qilingan va yillik oilaviy daromadi 100 ming dollardan kam boʻlgan bakalavrlarga toʻliq grant taqdim qiladi.

Dedlayn: 2024-yil 1-noyabr yoki 2025-yil 5-yanvar.

4. Calerdon Scholarship dasturi – Oksford universitetida (Top 1) magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Dedlayn: 2025-yil yanvar oyi oʻrtalarigacha (dasturga qarab farq qiladi).

5. Gates Cambridge Scholarships – Kembrij universitetida (Top 5) PhD, magistratura (MLitt) bosqichi yoki 1 yillik aspirantura kurslarida oʻqimoqchi boʻlganlarga toʻliq grant ajratadi.

Dedlayn: 2024-yil 3-dekabr yoki 2025-yil 7-yanvar.

6. Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme – Oksford universitetida (Top 1) 43 ta 43 ta magistrlik kursida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Dedlayn: 2025-yil 7-yanvargacha (dasturga qarab farq qiladi).

7. KAIST International Student Undergraduate Scholarships – Koreyadagi KAIST universitetining (Top 53) bakalavriat kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant taqdim qiladi.

2025-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2024-yil 20-sentabrdan 20-oktabrgacha
– 2024-yil 6-noyabrdan 2025-yil 7-yanvargacha

Qabul muddatlarini oʻtkazib yubormang.

@grantlar
👍37❤12🔥12
Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun: Erasmus Mundus dasturi magistraturani Yevropa davlatlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi (kontrakt summasi qoplanadi, oylik stipendiya 1400 yevro va sugʻurta xarajatlari qoplanadi).

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
– “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

MUHIM: Dastlab siz oʻqimoqchi boʻlgan soha mavjudligini BU YERDAN tekshirib oling.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
👍61❤13🔥1
International Diversity Scholarship: AQShdagi Maryville College bakalavriat kurslarida bepul o’qish imkoniyati!

Maryville College bakalavriatda oʻqishni xohlaydigan xorijiy talabalarga International Diversity Scholarship grantini taklif qiladi.

Grantni oliygohdagi istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyati: Grantni yutib olgan talaba 4 yillik oʻqish davomida kotrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2025-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Oʻqish 2025-yil sentabrdan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-diversity-award-aqsh-bakalavr-kurslarida-bepul-oqish-uchun-grant/

@grantlar
👍31❤5🔥5
Kanada: Dunyoning 21-raqamli universitetida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 37 ta!

Kanadadagi Toronto universiteti tomonidan taklif etiladigan Lester B. Pearson International Scholarship granti ushbu universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturida 2025-yil kuzgi semestrdan boshlab oʻqish uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi
– Kitoblar olish uchun ketadigan xarajatlar qoplanadi
– Tasodifiy xarajatlar qoplanadi
– 4 yil davomida turar joy xarajati qoplanadi

Arizalar 2024-yil 11-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/kanada-bakalavr-toliq-grant-stipendiya/

Maʼlumot uchun: Toronto universiteti nufuzi boʻyicha Kanadada 1-oʻrinni, dunyoda 18-oʻrinni egallab turibdi.

@grantlar
👍51🔥11❤8
SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Singapurda PhD bosqichida tahsil olish imkonini beruvchi eng nufuzli dastur – SINGA dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Oʻqish toʻliq ingliz tilida boʻladi.

Dastur imtiyozlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Oyiga 2382 dollargacha stipendiya.
– Joylashib olish uchun bir martalik toʻlov (744 dollar).
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ (1110 dollar).

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/singa-singapurda-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍31❤5🔥3
Dunyoning 7-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya; joy – 60 ta!

Shveytsariyadagi ETH Zurich universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun ESOP grantini taklif qiladi.

Grant universitetda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Magistrlik dasturlarining koʻpi ingliz, baʼzilari nemis tilida oʻtiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 28 ming dollar stipendiya beriladi.

Bu yil ushbu grant taxminan 60 nafar talabaga ajratilishi rejalashtirilgan.

Arizalar 2024-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shaveytsariya-eth-zurich-universiteti-magistrlik-dasturlarida-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍32🔥9❤5
Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 950 dollargacha oylik stipendiya!

Rotary Yoneyama
stipendiya dasturi Yaponiyada oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni 2 yil davomida iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.

Stipendiya istalgan soha boʻyicha ingliz yoki yapon tilida oʻqish uchun ajratiladi.

Har yili taxminan 15 nafar talabaga stipendiya ajratiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yil davomida 950 dollargacha oylik stipendiya.
– Yaponiyaga borish xarajatlari uchun 1700 dollargacha yordam puli.

Arizalar 2024-yil 1-oktabrdan 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rotary-yoneyama-scholarship-yaponiyada-bakalavriat-magistratura-va-doktoranturada-oqish-uchun-1230-dollargacha-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍47❤6
🎓 Siz Janubiy Koreyaning nufuzli universitetida oʻqishni orzu qilasizmi?

📢 Siz Janubiy Koreyada o'qimoqchisiz, ammo konsalting xizmatlarining narxlari qiyinlik tug‘diryaptimi?

Endi bu masalada biz sizga yordam beramiz!

🔔 MEGA CHEGIRMALAR MAVSUMI boshlandi!

➡️SAMARKAND INTERNATIONAL SILK ROAD ACADEMY 100% gacha bepul konsalting xizmatlarini taklif etadi.

👀 Qiziqayapsizmi? Bu sizning kelajakdagi orzularingizni amalga oshirish imkoniyatidir! Tez orada Janubiy Koreyaning top universitetlaridan birida talaba bo‘lishingizni tasavvur qiling – bu ajoyib emasmi? Biz ilmli, maqsadini aniq belgilagan va muvaffaqiyatga erishishga tayyor yoshlar uchun maxsus imkoniyatlarni yaratdik!

🏃 Shoshiling! Joylar soni cheklangan. To'liq shartlar telegram kanalimizda e'lon qilinadi.
➡️ Telegram

👉 Hozir ariza topshiring va bizning bepul konsalting xizmatlarimizdan foydalaning!

Arizalar 10-oktabrgacha qabul qilinadi.

Ariza topshirish:
@SilkRoad_Academy3

To'liq ma'lumot uchun:
+99890-283-98-06
👍27🔥3❤1
Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 28 ta qisman grant!

Gollandiyadagi Radboud universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun 28 ta qisman grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasiga chegirma qilinadi (17 000 yevro emas, 2530 yevro toʻlanadi).
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 1-oktabrdan 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-scholarship-programme-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-grantlar/

@grantlar
👍14🔥6
Radboud Encouragement Scholarship: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Ushbu grant Radboud universiteti tomonidan ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda jami 13 ta grant oʻrni ajratilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 14 640 yevro stipendiya beriladi.
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2024-yil oktabrdan 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-encouragement-scholarship-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍26❤4
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1600 dollargacha oylik stipendiya!

Nomzodlar ingliz yoki yapon tilida oʻqishi mumkin, biroq bu grantga ariza topshira olish uchun yapon tilini suhbatlasha oladigan darajada bilishi kerak.

Grant imkoniyati:
– Taxminan 10 nafar gʻolibning har biriga oʻqishini tugatguncha 1250 dollardan 1600 dollargacha oylik stipendiya beriladi.

Arizalar 2024-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/honjo-international-scholarship-foundation-yaponiyada-bakalavriatdan-keyingi-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiya/

@grantlar
👍21❤12
Постройте надежную карьеру в России — присоединяйтесь к оплачиваемой стажировке СИБУР «Первый элемент» для инженеров и химиков из Узбекистана! Компания оплатит переезд, аренду и дорогу домой раз в год.

Вас ждет:
— зарплата выше рынка уже на старте и расширенный соцпакет;
— уверенный рост в карьере с возможностью остаться в штате после стажировки;
— участие в реальных проектах СИБУРа и работа с передовыми технологиями и материалами — например, с loT-датчиками, дронами, VR-тренажерами и инновационными полимерами;
— повышение квалификации в нефтегазохимии и развитие производственных навыков в корпоративном университете.

Регистрируйтесь на стажировку и стройте международную карьеру вместе с СИБУРом!

Я химик >>
Я инженер >>
👍19🔥5❤4
Boston University: AQSHda bakalavr bosqichini o'qish uchun to'liq grant; joy – 20 ta!

AQSHdagi Boston universiteti istalgan bakalavrlik dasturida oʻqish uchun Trustee Scholarship grantini taklif qiladi. Har yili taxminan 20 ta talaba bu grant bilan taqdirlanadi.

Grant mkoniyatlari:
– Kontrakt pulida toʻliq ozod qiladi (4 yilgacha)
– Boshqa majburiy talabalik toʻlovlaridan ozod qiladi

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/boston-university-bakalavr-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍38🔥14❤8
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

2025-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2025-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil:
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍30❤1
Boston University Presidential Scholarship: AQSHda bakalavriatda oʻqish uchun qisman grant

Bu grant universitetda mavjud barcha bakalavriat yoʻnalishlari uchun taqdim etiladi.

Boston universiteti QS reytingi boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 108-oʻrinni egallab turibdi.

Grant miqdori: Bu grantni yutganlar kontrakt toʻlovining yarmini toʻlashdan ozod qilinadi.

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2025-yilda boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/boston-university-presidential-scholarship-bakalavr-bosqichi-uchun-100-000-aqsh-dollar/

@grantlar
👍35❤5
U.S.-CAEF: American University of Central Asia oliygohida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq!

Ushbu grant Bishkekda (Qirgʻiziston) joylashgan American University of Central Asia oliygohida quyidagi sohalarda oʻqish uchun beriladi:
– biznes boshqaruvi
– iqtisodiyot
– amaliy matematika va informatika
– dasturiy taʼminot muhadisligi

Darslar toʻliq ingliz tilida oʻtiladi.

Imtiyozlar:
– Kontrakt pulidan toʻliq ozod qilinadi
– Oylik stipendiya
– Turar joy xarajatlari qoplanadi
– Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Har yozda haq toʻlanadigan amaliyot
– Professional va shaxsiy rivojlanish tadbirlari
– U.S.-CAEF dasturi bitiruvchilari hamjamiyatiga qoʻshilish imkoni

Arizalar 2025-yil 22-yanvar 16:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/american-university-of-central-asia-bakalavriatda-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

Foydali:

👉 Shu grant g'olibi bilan suhbat

@grantlar
👍34❤4
UM Holland-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 21 ta!

Gollandiyadagi Maastricht universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun UM Holland-High Potential Scholarship dasturini taklif etadi.

Dastur doirasida 21 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– 15 925 yevro (1 yillik magistrlik kurslari uchun) yoki 30 625 yevro (2 yillik kurslar uchun) stipendiya beriladi.
– Salomatlik va javobgarlik sug’urtasi xarajati qoplanadi.
– Viza arizasi toʻlovi qoplanadi.
– Zarur hollarda tayyorlov kursi qoʻyiladi va uning toʻlovi ham qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/holland-high-potential-scholarship-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-toliq-grant-stipendiya-va-sugurta-joy-24-ta/

@grantlar
👍33❤4
Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya!

Avstriyadagi Markaziy Yevropa universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga bir nechta turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant turlari va miqdorlari turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma.
– Oyiga 1000 yervo stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 5-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grant-va-oyiga-1000-yevrogacha-stipendiya/

@grantlar
👍30❤1