Grantlar.uz
79.3K subscribers
8.4K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Dunyoning 7-raqamli universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya; joy – 60 ta!

Shveytsariyadagi ETH Zurich universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun ESOP grantini taklif qiladi.

Grant universitetda mavjud barcha magistrlik dasturlari uchun beriladi.

Magistrlik dasturlarining koʻpi ingliz, baʼzilari nemis tilida oʻtiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 28 ming dollar stipendiya beriladi.

Bu yil ushbu grant taxminan 60 nafar talabaga ajratilishi rejalashtirilgan.

Arizalar 2024-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shaveytsariya-eth-zurich-universiteti-magistrlik-dasturlarida-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍32🔥9❤5
Yaponiyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun 950 dollargacha oylik stipendiya!

Rotary Yoneyama
stipendiya dasturi Yaponiyada oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni 2 yil davomida iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.

Stipendiya istalgan soha boʻyicha ingliz yoki yapon tilida oʻqish uchun ajratiladi.

Har yili taxminan 15 nafar talabaga stipendiya ajratiladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 2 yil davomida 950 dollargacha oylik stipendiya.
– Yaponiyaga borish xarajatlari uchun 1700 dollargacha yordam puli.

Arizalar 2024-yil 1-oktabrdan 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rotary-yoneyama-scholarship-yaponiyada-bakalavriat-magistratura-va-doktoranturada-oqish-uchun-1230-dollargacha-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍47❤6
🎓 Siz Janubiy Koreyaning nufuzli universitetida oʻqishni orzu qilasizmi?

📢 Siz Janubiy Koreyada o'qimoqchisiz, ammo konsalting xizmatlarining narxlari qiyinlik tug‘diryaptimi?

Endi bu masalada biz sizga yordam beramiz!

🔔 MEGA CHEGIRMALAR MAVSUMI boshlandi!

➡️SAMARKAND INTERNATIONAL SILK ROAD ACADEMY 100% gacha bepul konsalting xizmatlarini taklif etadi.

👀 Qiziqayapsizmi? Bu sizning kelajakdagi orzularingizni amalga oshirish imkoniyatidir! Tez orada Janubiy Koreyaning top universitetlaridan birida talaba bo‘lishingizni tasavvur qiling – bu ajoyib emasmi? Biz ilmli, maqsadini aniq belgilagan va muvaffaqiyatga erishishga tayyor yoshlar uchun maxsus imkoniyatlarni yaratdik!

🏃 Shoshiling! Joylar soni cheklangan. To'liq shartlar telegram kanalimizda e'lon qilinadi.
➡️ Telegram

👉 Hozir ariza topshiring va bizning bepul konsalting xizmatlarimizdan foydalaning!

Arizalar 10-oktabrgacha qabul qilinadi.

Ariza topshirish:
@SilkRoad_Academy3

To'liq ma'lumot uchun:
+99890-283-98-06
👍27🔥3❤1
Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 28 ta qisman grant!

Gollandiyadagi Radboud universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun 28 ta qisman grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasiga chegirma qilinadi (17 000 yevro emas, 2530 yevro toʻlanadi).
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 1-oktabrdan 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-scholarship-programme-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-grantlar/

@grantlar
👍14🔥6
Radboud Encouragement Scholarship: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Ushbu grant Radboud universiteti tomonidan ingliz tilida oʻtiladigan magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda jami 13 ta grant oʻrni ajratilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– Yiliga 14 640 yevro stipendiya beriladi.
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2024-yil oktabrdan 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-encouragement-scholarship-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
👍26❤4
Honjo International Scholarship Foundation: Yaponiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 1600 dollargacha oylik stipendiya!

Nomzodlar ingliz yoki yapon tilida oʻqishi mumkin, biroq bu grantga ariza topshira olish uchun yapon tilini suhbatlasha oladigan darajada bilishi kerak.

Grant imkoniyati:
– Taxminan 10 nafar gʻolibning har biriga oʻqishini tugatguncha 1250 dollardan 1600 dollargacha oylik stipendiya beriladi.

Arizalar 2024-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/honjo-international-scholarship-foundation-yaponiyada-bakalavriatdan-keyingi-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiya/

@grantlar
👍21❤12
Постройте надежную карьеру в России — присоединяйтесь к оплачиваемой стажировке СИБУР «Первый элемент» для инженеров и химиков из Узбекистана! Компания оплатит переезд, аренду и дорогу домой раз в год.

Вас ждет:
— зарплата выше рынка уже на старте и расширенный соцпакет;
— уверенный рост в карьере с возможностью остаться в штате после стажировки;
— участие в реальных проектах СИБУРа и работа с передовыми технологиями и материалами — например, с loT-датчиками, дронами, VR-тренажерами и инновационными полимерами;
— повышение квалификации в нефтегазохимии и развитие производственных навыков в корпоративном университете.

Регистрируйтесь на стажировку и стройте международную карьеру вместе с СИБУРом!

Я химик >>
Я инженер >>
👍19🔥5❤4
Boston University: AQSHda bakalavr bosqichini o'qish uchun to'liq grant; joy – 20 ta!

AQSHdagi Boston universiteti istalgan bakalavrlik dasturida oʻqish uchun Trustee Scholarship grantini taklif qiladi. Har yili taxminan 20 ta talaba bu grant bilan taqdirlanadi.

Grant mkoniyatlari:
– Kontrakt pulida toʻliq ozod qiladi (4 yilgacha)
– Boshqa majburiy talabalik toʻlovlaridan ozod qiladi

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/boston-university-bakalavr-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍38🔥14❤8
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

2025-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2025-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil:
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
👍30❤1
Boston University Presidential Scholarship: AQSHda bakalavriatda oʻqish uchun qisman grant

Bu grant universitetda mavjud barcha bakalavriat yoʻnalishlari uchun taqdim etiladi.

Boston universiteti QS reytingi boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 108-oʻrinni egallab turibdi.

Grant miqdori: Bu grantni yutganlar kontrakt toʻlovining yarmini toʻlashdan ozod qilinadi.

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2025-yilda boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/boston-university-presidential-scholarship-bakalavr-bosqichi-uchun-100-000-aqsh-dollar/

@grantlar
👍35❤5
U.S.-CAEF: American University of Central Asia oliygohida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq!

Ushbu grant Bishkekda (Qirgʻiziston) joylashgan American University of Central Asia oliygohida quyidagi sohalarda oʻqish uchun beriladi:
– biznes boshqaruvi
– iqtisodiyot
– amaliy matematika va informatika
– dasturiy taʼminot muhadisligi

Darslar toʻliq ingliz tilida oʻtiladi.

Imtiyozlar:
– Kontrakt pulidan toʻliq ozod qilinadi
– Oylik stipendiya
– Turar joy xarajatlari qoplanadi
– Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Har yozda haq toʻlanadigan amaliyot
– Professional va shaxsiy rivojlanish tadbirlari
– U.S.-CAEF dasturi bitiruvchilari hamjamiyatiga qoʻshilish imkoni

Arizalar 2025-yil 22-yanvar 16:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/american-university-of-central-asia-bakalavriatda-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

Foydali:

👉 Shu grant g'olibi bilan suhbat

@grantlar
👍34❤4
UM Holland-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 21 ta!

Gollandiyadagi Maastricht universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun UM Holland-High Potential Scholarship dasturini taklif etadi.

Dastur doirasida 21 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– 15 925 yevro (1 yillik magistrlik kurslari uchun) yoki 30 625 yevro (2 yillik kurslar uchun) stipendiya beriladi.
– Salomatlik va javobgarlik sug’urtasi xarajati qoplanadi.
– Viza arizasi toʻlovi qoplanadi.
– Zarur hollarda tayyorlov kursi qoʻyiladi va uning toʻlovi ham qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/holland-high-potential-scholarship-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-toliq-grant-stipendiya-va-sugurta-joy-24-ta/

@grantlar
👍33❤4
Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya!

Avstriyadagi Markaziy Yevropa universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga bir nechta turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant turlari va miqdorlari turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma.
– Oyiga 1000 yervo stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 5-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grant-va-oyiga-1000-yevrogacha-stipendiya/

@grantlar
👍30❤1
YPIP: Amerika Kengashlari tomonidan bakalavriat talabalari uchun Oʻzbekistonda haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash imkoniyati!

Dasturga biznes yoki STEM (science, technology, engineering, mathematics) sohalarida karyera qilishga ahd qilgan, ingliz tilini yetarli darajada biluvchi bakalavriat talabalari qatnashishi mumkin.

Talaba hozirda Oʻzbekistondagi OTMda 3-4-kurs boʻlishi yoki 2025-yil may oyida OTMni yakunlashi kutilayotgan boʻlishi kerak.

Imtiyozlar:
– Butun dastur uchun muayyan miqdorda stipendiya beriladi
– Tasdiqlangan hollarda safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi
– Amaliyot oʻtash (2025-yil yozda), mentorning onlayn seanslarida qatnashish, yangi tanishlar orttirish imkoniyati
– Dastur yakunida sertifikat va tavsiyanoma beriladi

Arizalar 2024-yil 8-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/young-professional-internships-program/

@grantlar
👍53❤16🔥4
AUC Excellence Scholarship Program: bakalavriatni Misrda oʻqish uchun 100% gacha grantlar!

Qohiradagi Amerika universiteti bir qancha yoʻnalishlar boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqish uchun grantlar taklif qiladi. Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant miqdori: Talabalarga iqtidori va moliyaviy holatiga qarab, kontrak summasi uchun 20-100% lik grantlar taqdim etiladi.

Arizalar 2024-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi (2025-yil bahorgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/auc-excellence-scholarship-program-bachelors/

@grantlar
👍46❤5🔥2
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2024-yil 31-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
👍41🔥9❤6
Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi: gʻoliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul oʻqiydi

Tanlovga huquqshunoslik sohasida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlganlar qatnashishi mumkin.

Tanlovda ingliz yoki ispan tilida maqola topshirish mumkin.

Gʻoliblar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalandi:
– AQSHda 3 haftalik kursda oʻqish puli qoplab beriladi.
– G'olib maqolalar belgilangan talablarga mos bo'lsa, rasmiy nashrda chop etiladi

Maqolalar qabuli 2025-yil 3-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/human-rights-essay-award-ilmiy-maqolalar-tanlovi/

@grantlar
👍26❤4🔥1
The Earth Prize: maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 100 ming dollardan ortiq boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-19 yoshli oʻrta taʼlim muassasasi oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Tanlov onlayn formatda va ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar ekologik barqarorlikka oid ijobiy oʻzgarish olib keladigan yechim taklif qilishi kerak boʻladi.

Mukofotlar:
– Mintaqaviy gʻolib (jami 7 ta): 12 500 dollar
– Yil pedagogi (3 nafar): 2500 dollar
– Yil mentori (3 nafar): 2500 dollar

Nomzodlar bu tanlovda qatnashish uchun 2024-yil 30-noyabrgacha roʻyxatdan oʻtishi kerak.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-earth-prize-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilar-uchun-tanlov/

@grantlar
👍28❤8🔥4
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
👍23🔥10❤7