Grantlar.uz
79.4K subscribers
8.39K photos
49 videos
14 files
7.11K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Utrecht Excellence Scholarship (UES): Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Gollandiyada joylashgan Utrecht universitetida xalqaro magistrlik dasturlarida oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Utrecht Excellence Scholarship grantini taklif etadi.

Grant gʻoliblari quyidagi imkoniyatlardan birini qoʻlga kiritadi:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi hamda yashash ruxsatini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Arizalar 2024-yil 1-noyabrdan 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utrecht-excellence-scholarship-ues-gollandiyada-magistraturani-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlat
👍24❤4🔥1
Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun: Erasmus Mundus dasturi magistraturani Yevropa davlatlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi (kontrakt summasi qoplanadi, oylik stipendiya 1400 yevro va sugʻurta xarajatlari qoplanadi).

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
– “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

MUHIM: Dastlab siz oʻqimoqchi boʻlgan soha mavjudligini BU YERDAN tekshirib oling.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
👍35❤11
Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant!

Akademiyaga 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi va barchasiga grant beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍31❤6
Open Doors onlayn olimpiadasi; 400 nafar sovrindorlar Rossiyada bakalavriat, magistratura, PhD yoki postdoktorantura bosqichida grant asosida oʻqiydi!

Open Doors olimpiadasida bakalavriat, magistratura, PhD yoki postdoktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchilar qatnashishi mumkin.

Olimpiada 14 ta yoʻnalish boʻyicha onlayn tarzda boʻladi, unda ingliz yoki rus tilida ishtirok etish mumkin.

Sovrindorlarga beriladigan imkoniyatlar:
– Yoʻnalishiga mos istalgan magistrlik yoki PhD kursiga imtihonsiz va toʻlovlarsiz kirish.
– Oʻqishdagi toʻlov-kontrakt summasi Rossiya hukumati tomonidan toʻliq qoplanadi.
– Oylik stipendiya berilishi mumkin.

Har yili 400 nafargacha ishtirokchi sovrindor boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtish muddatlari:
– Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi uchun: 2024-yil 20-noyabr
– Postdoktorantura uchun: 2024-yil 10-dekabr

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-open-doors-onlayn-olimpiadasi/

@grantlar
👍43❤11🔥1
O'qish bepul bo'lgan Berea kollejiga (AQSH) arizalar qabul qilinmoqda

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud. Bu oliygohda 40 ga yaqin yoʻnalish taklif qilinadi.

Ariza topshirish uchun kamida IELTS 6.0 yoki shunga teng boshqa xalqaro hujjat talab etiladi.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– 1-yilda bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Arizalar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-oqish-bepul-bolgan-berea-college-oliygohiga-hujjatlar-qabul-qilinmoqda/

Foydali:

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

@grantlar
👍53🔥13❤12
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
👍41❤4🔥3
Central European University: doktorantura uchun 100% grant va 1880 yevro oylik stipendiya!

Avstriyadagi Markaziy Yevropa universiteti doktorantura (PhD) bosqichida oʻqishni xohlovchilarga CEU Doctoral Scholarship grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud barcha doktorantura kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 1880 yevro stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2025-yil 4-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-doktorantura-uchun-100-grant-va-1350-yevrogacha-oylik-stipendiya//

@grantlar
👍31❤14🔥2
Toshkentda 10 dan ortiq sertifikat va diplomli kurs bepul oʻrgatilmoqda!

“International inclusive hub” xalqaro markazida 14-30 yoshli barcha oʻrganuvchilarga 10 dan ortiq kasbiy va til kurslari bepul oʻrgatiladi.

Ushbu markaz Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tashkil etilgan.

Afzalliklari:
– Kurslar butunlay bepul
– Bitiruvchilar sertifikat/diplom bilan taqdirlanadi
– Bitiruvchilarga ishga joylashish hamda ishlab chiqqan mahsulotlarini marketlarda joylashtirishda ko‘mak beriladi

Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/international-inclusive-hub/

@grantlar
👍68❤8🔥4
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2024-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2025-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2024-yil 1-dekabrdan 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
👍37❤10🔥7
Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme: Oksford universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dastur rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan nomzodlarga Oksford universitetining 43 ta magistrlik kursida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
– Yiliga kamida 19 237 funt-sterling miqdoridagi stipendiya beriladi.

Arizalar 2025-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi (qabul muddati yoʻnalishga qarab farq qiladi).

Maʼlumot uchun: THE reytingiga koʻra, Oksford universiteti 2024-yilda dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 1-oʻrinni egallab turibdi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weidenfeld-hoffmann-scholarships-and-leadership-programme/

@grantlar
👍47❤7🔥4
Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!

Saudiya Arabistonidagi KAUST universiteti magistratura va PhD bosqichida o'qishni xohlovchilarga KAUST Fellowship grantini taklif etadi.

Grant universitetda mavjud barcha yo'nalishlar uchun va qabul qilingan barcha talabalarga beriladi.

Grant imkoniytarlari:
- Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qolinadi.
- Yiliga 30 ming dollargacha stipendiya.
- Turar joy ta'minlanadi.
- Sug'urta xarajati qoplanadi.
- Saudiya Arabistoniga borish va joylashish uchun yordam ko'rsatiladi.

Hozirda 2025-yildan o'qishni boshlash uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/saudiya-arabistoni-magistratura-va-phd-uchun-toliq-grant-yillik-stipendiya-30-000/

@grantlar
👍40🔥14❤7
Gollandiya: Dunyodagi 73-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar

Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega boʻladi:
– Kontrakt summasiga 10 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasiga 15 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasi yiliga 2601 yevro chegirma.

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi (o'qish 2025-yil sentabrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leiden-university-excellence-scholarship-gollandiyada-magistratura/

@grantlar
👍25❤6
LPI Summer Intern Program: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 10 haftalik haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

AQSHdagi Oy va sayyoralar instituti bakalavriat talabalariga oy va sayyoralarni tadqiq qilish boʻyicha 10 haftalik amaliyot dasturini taklif etadi.

Istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan bakalavrlar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dasturning moliyaviy imkoniyatlari:
– 8056 dollar stipendiya.
– Konferensiyaga tezis (maqola) topshirgan amaliyotchilarga 1500 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2024-yil 12-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/lpi-summer-intern-program-bakalavriat-talabalari-uchun-aqshda-10-haftalik-haq-tolanadigan-yozgi-amaliyot/

@grantlar
👍29❤6🔥6
National Poetry Competition: havaskor va professional shoirlar uchun sheʼrlar tanlovi!

Tanlovda butun dunyodan 18 yoshga toʻlgan havaskor va professional shoirlar qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 5000 funt-streling.
– 2-oʻrin: 2000 funt-sterling.
– 3-oʻrin: 1000 funt-sterling.
– Alohida eʼtirof etilgan sheʼrlar mualliflari: 500 funt-sterling.

Sheʼrlar qabuli 2024-yil 31-oktyabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/national-poetry-competition-havaskor-va-professional-shoirlar-uchun-sherlar-tanlovi/

@grantlar
👍23❤9🔥7
University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 12 785 yevrodan 17 000 yevrogacha.

Qabul muddatlari:
- 2024-yil 15-oktabrdan 2025-yil 1-fevralgacha
- 2025-yil 1-fevraldan 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grantlar
👍28❤7🔥7
Justus & Louise van Effen Scholarships: Gollandiyada magistratura uchun to'liq grant va stipendiya!

Gollandiyadagi Tu Delft universiteti magistratura bosqichida tahsil olishni xohlaganlarga The Justus & Louise van Effen Scholarships grant dasturini taklif etadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.
– Shaxsiy rivojlanish mashgʻulotlari, seminarlar, treninglar va h.k.larda ishtirok etish imkoniyati mavjud.

Dastur doirasida har bir fakultet uchun 2 nafar talabaga grant ajratiladi.

Arizalar 2024-yil 15-oktabrdan 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tu_delft_grant_msc/

@grantlar
👍19🔥7❤6
15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohi: barcha xarajatlar qoplanadi!

Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga moʻljallangan boʻlib, ishtirokchilar AQSHdagi 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashadi (ingliz tilida).

Bu dasturda qatnashish uchun 2007-yil 12-iyuldan 2010-yil 12-iyulgacha sanalar oraligʻida tugʻilgan boʻlish kerak.

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– Viza toʻlovi qoplanadi.
– AQSHga borish-kelish aviachiptasi olib beriladi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Dastur tadbirlariga qatnash uchun mahalliy transport taʼminalandi.
– Favqulodda tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 6-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/15-17-yoshli-qizlar-uchun-aqshda-techgirls-yozgi-oromgohi-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

Foydali:

👉 Shu dastur gʻolibasi bilan suhbat

@grantlar
👍63❤25🔥18
CCP Fellowships – Strenghtening Civil Societies: Germaniya tomonidan 3 oygacha haq to'lanadigan trening!

Trening nomzodning tanloviga qarab, onlayn yoki oflayn boʻladi.

Ishtirokchilar 2-3 davomida malaka oshiradi, fikr almashadi. Dastur ingliz tilida amalga oshiriladi.

Dasturning iqtisodiy imkoniyatlari:
– Oyiga 650 yevro stipendiya
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Bepul turar joy
– Mahalliy qatnov uchun oylik jamoat transporti chiptasi
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Viza xarajatlari uchun kompensatsiya

Arizalar 2024-yil 5-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ccp-fellowships-strenghtening-civil-societies-germaniya-tomonidan-haq-tolanadigan-trening/

@grantlar
👍40🔥7❤5
Young Leaders Fellowship: Yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha 1 yillik dastur; 10 kuni AQSHda oʻtkaziladi – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda 18-26 yoshli, ingliz tilini yaxshi biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin. Ishtirokchilar taʼlim, sogʻliqni saqlash yoki iqtisodiy xavfsizlik sohasiga oid muammo boʻyicha ish olib boradi.

Dasturda qatnashish bepul. Asosiy mashgʻulotllar onlayn tarzda olib boriladi, 10 kun (2025-yil 15-24-iyul) AQSHda malaka oshiriladi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– AQSHga borish-kelish xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Dastur yuzasidan mahalliy qatnovlar xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 11-noyabr 08:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/young-leaders-fellowship-program/

@grantlar
👍39🔥10❤9
NSP dasturiga topshirayotganlar uchun maxsus hujjat tekshirish xizmati

NSP dasturi uchun ariza topshirayotgan talabalar hamda tadqiqotchilar uchun maxsus hujjat tekshirish xizmatini yo’lga qo’yganmiz.

Xizmat davomida:
— Dastur uchun kerakli hujjatlar 2 marotaba tekshirib beriladi.
— Kamchiliklari batafsil aytiladi.
— Dasturda g’olib bo’lishda yordam beradigan omillar eslatib o’tiladi.

Hujjatlar ushbu dastur 3 marotaba g’olibasi, har mavsumda 50 dan ortiq o’zbek talabalarning grant yutishiga yordam berayotgan mentor Ozodaxon Oʻktamova tomonidan tekshirib beriladi.

Xizmatdan foydalanish uchun @GN_work hisobiga yozing.

ESLATMA: profilingiz qanchalik yuqori bo’lmasin, hujjatlaringiz talabga javob bermagan holda, hakamlar tomonidan ko’rib chiqilmasligiga sabab bo’ladi.

@grantlar_namuna
👍27❤4🔥1